cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

With Shahnoza✨️

Yurist Shahnozaning Lifestyle blogi💕 •2-kurs Yuridik talabasi👩‍⚖️ •Booklover girl📚 •Bloger💛 •Biznes lady😎 Shop: https://t.me/+9VIkUey3_a01N2Ri Rek: @withshahnozarek Link: @withshahnozaspage Creo: @Atakulovna_2210

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
900
المشتركون
-324 ساعات
-297 أيام
-18030 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Photo unavailable
Bilganlaringning hammasini ovoza qilishning keragi yo'q. Odamlar atrofida o'zidan aqlliroq odam bo'lishini yoqtirmaydi. Bu ularni jazavaga soladi. Adabiy tilda gapirish bilan ularni o'zgartirib bo'lmaydi. Ular barchasini o'zlari o'rganishi lozim. Bunday qilishni istashmasa, qo'lingdan hech nima kelmaydi: yo jim yurishing, yo ularday gapirishing kerak. Harper Li - "Mazaxchini o'ldirish"
إظهار الكل...
👍 1 1🔥 1
Bu hayotdan nima istashini aniq biladigan va o'z fikriga ega qiz... U boshqacha bo'ladi. U gapirishni boshlashi bilan yillar davomida to'planib, sayqallanib kelgan kuchli bilim va o'tkir zehn namoyon bo'ladi. U donolik maqomiga da'vo qilmaydi. Bahs-munozaralarda o'z fikrini bildirib, har bir so'zini asoslab berganidan so'ng, ortiqcha savolga o'rin qoldirmay bahs maydonini tark etadi. O'z hurmati va haddini juda yaxshi biladi. Uning shaxsiy chegaralarini kesib o'tishga hech kimning haddi sig'maydi. Ochiqko'ngillik va sovuqqonlikning bir tanada jam bo'lishini faqat uning misolida ko'rish mumkin. Intellektda mana man degan yigitlardan o'zib ketadi. Ilmning qadriga yetadigan insonlar uning salohiyatiga tasannolar aytadi. "Bo'laveradi" deb oila qurmaydi. Yosh tushunchasi u uchun shunchaki tajriba xolos. Jamiyatning oila qurishga shoshilmayotgan qizlarga bosadigan eskidan qolgan tamg'asiga esa tupurgani bor. Noyob bo'lganligi uchun ham odamlar uni yomon ko'rishini juda yaxshi biladi. Ammo birovga yaxshi ko'rinish uchun aslo o'zligiga xiyonat qilmaydi. U haqiqiy san'at asari. San'atni anglash esa har kimga ham nasib qilavermaydi.
إظهار الكل...
1🔥 1🥰 1
Photo unavailable
Лето❤️
إظهار الكل...
5👍 2😁 2🔥 1🥰 1👏 1
Telegramda blog yuritish kutilmagan foydalari haqida ozroq yozib o‘tmoqchiman. Oldin kimgadir havas qilib ochilgan telegram kanal/blog keyinchalik sizni shaxsiy kundaligingiz yoki daromad olib keluvchi vosita bo‘lishi mumkin. Blog yuritishni foydalari haqida ko’pchilik aytib o’tgan, cho‘zib o‘tirmayman shunchaki qo‘shimcha qilmoqchiman. Konfutsiy aytganidek, blog yuritish tanishlar orttirish, tartibli yozish skill'ini rivojlanishi, sekin sekin fikrlash sifati oshishi va filtr bo‘lishiga sabab bo‘ladi degan ekan. Ko‘pincha shaxsiy fikrlar berib boriladigan blogda postdan keyingi bo‘lishi mumkin bo‘lgan potensial salbiy reaksiya erkin fikrlashga to‘siq bo‘ladi. Boshida kontent ko‘chiriladi, paraphrase qilinadi, sekin sekin mustaqil fikrlar chiqa boshlaydi. O’zini Eynshteyn deb o’ylaydigan Qo’zivoy sizni heyt qilishiga cho’kib qolmang. Asossiz tanqidga absolyutno gitara deb e’tiborsizlik qilish bu blog/kanal yuritishning birinchi oltin qoidasi, o‘rinli tanqidga esa normal qarash kerak bu sizni o‘stiradi. Fikrlaringizni yozavering kimgadir yoqadi kimgadir yoqmaydi, kimdir chiqib ketadi, kimdir share qiladi. Share'lar soni ko‘payyaptimi tabriklayman yana bir levelga ko‘tarildingiz, fikrlaringiz auditoriyaga yoqyapti.
إظهار الكل...
👍 1🔥 1🥰 1
Photo unavailable
📌 Yoshlar kuni muborak, qadrli yoshlar! 🥳🥳🥳🥳 Qalbimizda energiya bor ekan, halicha yengilishga haqqimiz yo'q. Be the best🍀🍀🍀🍀
إظهار الكل...
4❤‍🔥 2🥰 2🔥 1
📌 Yildan yilga, kundan kunga inson o'sishni, tafakkur darajasi oshishni boshlaydi. Ilm tomon, yangi tajribalar tomon ildamlaydi. Bilmam, nega doim eng yuqorisi uchun harakat qilaman? Balkim, oyimning bolaligimdan boshlangan undovlari haliyam qalbimni, fikrlarimni tark etmagandir. Qaysidir muddat faqat va faqat sokinlik va yengil hayot istayman. Yetarlicha mablag', sokin uy va yaqinlarim. Ba'zida shular yetarlidir man uchun... 📌 Ammo to'satdan ichimda bo'ron paydo bo'ladi. Ma'lum muddat sokinlikdan so'ng yana hayotimda nimadir yetishmayotgandek, barchadan ortda qolib ketayotganligim haqidagi o'ylar tinchlik bermaydi. Nafs o'z-o'zini qiynash o'rniga avvalgidek hordiq va tinch hayotni xohlaydi. Miyam esa bunday sokin hayotda hech nimaga erishib bo'lmasligini, mening taqdirim ko'pchiliknikidek oddiy bo'lib o'tib ketmasligi kerakligi hamda o'z-o'zimga bergan va'dalarimni eslatadi. Bir yoqda nafs, bir yoqda qalb va aql meni go'yoki ikkita insonga aylantiradi... 📌 Ilm ortidan yugurish hech qaysi davrda oson bo'lmagan. O'zi istagandek hayotga hech kim hech qanday harakatsiz erisha olmagan.
إظهار الكل...
👍 2 1🔥 1
Ba’zan esa shunchaki sukunat olamiga sho’ng’ish ila barham topadi bari. Chunki inson yolg’iz o’ylagani sari fikrlar shakllanib boradi. Ma’lum muddatdan so’ng ularni ravon tarzda yetkazib berish qulaylashishni boshlaydi. Ya’ni o’zi nima istayotgani, nimani his qilayotganini anglab yetib ola bilish ham bir san’at.
إظهار الكل...
👍 1🥰 1👏 1
Fikrlar kelaveradi, ammo ularni boshqalarga yetkazib berish ba’zan qiyinlashib qoladi…
إظهار الكل...
👍 1 1👻 1
I plus sessiyani boshlanishini kutib ham🤣🤣
إظهار الكل...
👻 1
Zerikishdanam zerikarkansan ba'zan😂
إظهار الكل...
😎 1
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.