cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

The Maverick

Siz bilgan va bilmagan maʼlumotlar kanali. ●Xokkular ●Faktlar ●Iboralar ●Maqollar ●Sheʼrlar ●Zakovat savollari ●Shaxsiy fikrlar ©️ Iltimos uzatganda manbani koʻrsating 📅Kanal yaratilgan sana: 20.02.2024 Murojaat uchun: @AmirbekAktamov

إظهار المزيد
Uzbekistan48 581لم يتم تحديد اللغةحقائق6 938
مشاركات الإعلانات
376
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
-97 أيام
-1930 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Photo unavailableShow in Telegram
Blyutus Shaxsiy simsiz tarmoq turini anglatadi. U inglizcha blue – ko‘k va tooth – tish so‘zlaridan. U aslida dan tilidagi Blåtand – ko‘k tishli so‘zining tarjimasi. Hozirgi Daniya va Norvegiya hududlarida X asrda hukmronlik qilgan Harald I ni shunday atashgan. U tarqoq qabilalarini bir qirollikka birlashtirgan. Blyutus ham shu shaklda ishlaydi: u bir necha qurilmalarni bitta tarmoqqa jamlaydi. Ma’lumotlarga ko‘ra, blå so‘zi qadimda qora degan ma’noni bergan. Qirol Harald birinchining old tishi qora rangda bo‘lgani uchun unga shunday nom berganlar. Blyutusning logotipi skandinav yozuvlaridan olingan, u Harald I Ko‘ktishli ismining bosh harflarini anglatadi. Keyingi qarashga kelsak, Harald I doim nos chekkanligi sababli uning tishining rangi oʻzgarib, koʻk boʻlib qolgan.Buning natijasida u koʻk tish degan laqab olgan. ❤The Maverick
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
📚Zero to One © Peter Thiel Nihoyat shu kitobni ham topdim
إظهار الكل...
👍 4
Photo unavailableShow in Telegram
Befstrogan Bu so‘z fransuzcha Bœuf Stroganoff – Stroganov usulida pishirilgan mol go‘shti degan ma’noni anglatadi. Rus oshxonasining dunyoga mashhur bu taomi graf Aleksandr Stroganov (1795–1891) sharafiga nomlangan. Bir talqinga ko‘ra, mayda go‘sht bo‘laklarini qayla bilan qovurib tayyorlanadigan bu ovqatni Stroganovlarning fransuz oshpazi Andre Dyupon o‘ylab topgan. Boshqa talqinga asosan esa, Aleksandr Stroganovning oshpazlaridan biri fransuz va rus oshxonasini an’analarini omixtalashtirib, shunday taom tayyorlagan. Bu ovqat tezda ommalashib, butun dunyoda shuhrat topdi. U o‘zbek oshxonalari va restoranlari ro‘yxatidan ham muntazam joy olib keladi. Uni jonli tilda qisqaroq qilib bistrogan deb qo‘ya qolamiz. Lug‘atga ko‘ra, o‘zbekchada befstrogan shaklida qo‘llanadi. ❤The Maverick
إظهار الكل...
👍 3
Repost from Zakovat harakati
Photo unavailableShow in Telegram
Diqqat, ajoyib e’lon! 🤩 #ZakovatYaqinlashtiradi heshtegi ostida Zakovat tufayli do‘st, dugona, yor, jufti halol topganingiz haqida o‘z hikoyangizni yozing va bizni belgilang! Eng qiziqarli hikoyalar bilan biz shu kabi roliklar tayyorlaymiz va barcha bilan bo‘lishamiz! @zakovatharakati
إظهار الكل...
1
Photo unavailableShow in Telegram
Mandat aslida “topshiriq” degani Odatda imtihon javoblari belgilangan, kutilgan sanadan kech chiqadi. Bu so‘z har yili avgust oyida abituriyentlar va ota-onalar eng ko‘p qaytargan ibora bo‘ladi. Mandat so‘zi lotincha mandatum so‘zidan olingan, topshiriq, buyruq degan ma’noni anglatadi. Mandatum so‘zi mandāre – qo‘liga bermoq, topshirmoq so‘ziga, u esa manus – qo‘l, dare – bermoq o‘zagiga borib taqaladi. Atama sifatida biror shaxsning vakolatini, muayyan faoliyat yoki narsaga huquqini tasdiqlovchi rasmiy hujjatni anglatadi: Deputatlik mandati. Qo‘lga mandat bermoq. Talabaning mandati esa oliy o‘quv yurtida o‘qish huquqini beruvchi hujjatdir. Imtihonda yig‘ilgan ball o‘qishga kirishga yetishini tasdiqlash mandatdir. ❤The Maverick
إظهار الكل...
👍 3
Endi Zakovat koʻrib pul ishlasak-ha 😎
إظهار الكل...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
Universitet – fanlar jamlangan joy Universitet so‘zining ildizi lotincha universitas litterarum atamasiga borib taqaladi. U barcha fanlar jamlanmasi degan ma’noni bildiradi. Chunki universitetlar yuzaga kelgan paytda ularda o‘sha zamonda ma’lum bo‘lgan barcha fanlar o‘qitilgan. Hozir ham universitetlar keng tarmoqli ekani bilan ajralib turadi. Institutlar odatda bitta yo‘nalishda faoliyat olib borsa, universitetlarda xilma-xil yo‘nalishdagi fakultetlar bo‘ladi. Dastlabki universitetlar Italiyaning Bolonya (XI asr), Salerno (XII asr oxirlari), Fransiyaning Parij (1215), Monpele (1289), Buyuk Britaniyaning Kembrij (1209), Oksford (XII asrning ikkinchi yarmi), Ispaniyaning Salamanka (1218), Portugaliyaning Lissabon (1290) shaharlarida paydo bo‘ldi. Bular iqtisodiy jihatdan ancha rivojlangan, shaharlari ko‘p, savdo va hunarmandchiligi yuqori darajada bo‘lgan, madaniyat, falsafa va ilm-fan taraqqiy etgan mamlakatlar edi. Sharqdagi oliy ta’lim dargohlari Yevropadan oldinroq paydo bo‘lgan. Tunisdagi az-Zaytun universitetiga 732-yili asos solingan. Mashhur tarixchi Ibn Xaldun ana shu ilm dargohi bitiruvchisidir. Marokashdagi Qaraviyyin universiteti 859-yili tashkil topgan. Misrdagi dunyoga mashhur al-Azhar universiteti esa 970-yildan faoliyatini boshlagan. Milliy ensiklopediyaga ko‘ra, Buxorodagi “Forjak” madrasasi O‘rta Osiyodagi dastlabki oliy ilm dargohlaridandir. U Narshaxiyning «Buxoro tarixi» asarida aytib o‘tilgan 937-yilgi yong‘inda zarar ko‘rgan. Ushbu madrasaga Islom olamida mashhur faqih Abu Hafs Kabiyr Buxoriy (767–832) asos solgan. Shu bois u ko‘plab manbalarda Abu Hafs madrasasi deb ham atalgan. Abu Hafs Kabir madrasasida mashhur muhaddis Imom Buxoriy ham taʼlim olgan. ❤The Maverick
إظهار الكل...
👍 2 2
Photo unavailableShow in Telegram
Institut qizlar o‘qiydigan joy bo‘lganmi? Institut oliy o‘quv yurtini yoki ilmiy tadqiqot muassasasini bildiradi. U mustaqil tashkilot bo‘lishi ham, universitet tarkibida faoliyat yuritishi ham mumkin. Lotincha institutum – tashkilot, tuzilma, odat so‘zidan hosil bo‘lgan. So‘z tarkibidagi in – ichida, doirasida, statuo – quraman, o‘rnataman ma’nosiga ega. So‘zdagi st o‘zagi qadimgi hind-yevropa tillariga borib taqaladi. Uning ma’nosi bo‘lmoq, turmoqdir. Konstitutsiya so‘zi ham ana shu o‘zakka borib taqaladi. Institut so‘zi bizga ruschadan o‘zlashgan. Rus tiliga esa fransuzchadan kirgan. Rus tilida XIX asr boshidan ilm maskani ma’nosida qo‘llana boshlagan. Rossiya imperiyasida institut oqsuyaklarning qizlari o‘qiydigan yopiq shakldagi o‘rta ta’lim dargohini ham bildirgan. O‘rta Osiyoda, jumladan, hozirgi O‘zbekiston hududida institut va universitetlar vazifasini madrasalar o‘tagan. ❤The Maverick
إظهار الكل...
👍 3
00:42
Video unavailableShow in Telegram
Biz dunyoga ishchi kuchi yetkazib beruvchi mamlakat boʻlib qolmasligimiz kerak. https://www.instagram.com/reel/C8cRiZhqb6N/?igsh=MTN6MHlxaW4zNTFh
إظهار الكل...
5.33 MB
👍 4 3🌭 1
Photo unavailableShow in Telegram
Talaba – talab qiluvchi, student – qattiq ishlovchi Oliy yoki o‘rta maxsus bilim yurti o‘quvchisi talaba deyiladi. Arab tilidan o‘zlashgan bu so‘z tilimizda ko‘pdan beri bor. U asliyatda so‘rovchilar, talab qi­luvchilar; o‘quvchilar kabi ma’nolarni anglatadi. Alisher Navoiy bu so‘zni shogirdlar, o‘quvchilar ma’nosida qo‘llaydi: Ilm talabasi uchun madrasa ham ihdos qildi. (Alisher Navoiy, “Nasoyimul muhabbat”) Eski o‘zbek tilida talaba ma’nosida uning biroz o‘zgargan shakli – tolib va tolibi ilm so‘zlaridan keng foydalanilgan. Tolibi ilm atamasi bugungi tilimizda ham bot-bot ishlatib turiladi. Tolib so‘zi arab tilida izlovchi; talab qiluv­chi, xohlovchi; o‘quvchi; tinglovchi kabi ma’nolarni anglatadi. Tolibi ilm ilm talab qiluvchi, ilm izlovchi demakdir. Mustaqillik yillarida o‘z o‘rnini talabaga bo‘shatib bergan student so‘zi dastlab hozirgidan boshqa ma’noda qo‘llangan. Lotin tilida studens so‘zi qattiq mehnat qiluvchi, berilib ishlovchi kishiga nisbatan ishlatilgan. Qadimgi Rimda va o‘rta asrlarda ilm bilan shug‘ullanuvchi har qanday kishi student atalgan. XII asrda universitetlar paydo bo‘lgach, student atamasi unda o‘qiydigan va dars beradiganlarni anglata boshlagan. Magistr, professor kabi ilmiy darajalar ta’sis qilingach esa, bu ibora faqat talabalarga nisbatan qo‘llana boshlagan. ❤The Maverick
إظهار الكل...
👍 3 1
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.