cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Gulshoda Gul_hikoyasi

Tasodifni taqdirga yo'yadigan va unga ishonadigan insonlar baxtlidirlar. @Gulshoda_G_H https://t.me/+hwek16ZDrEw2OGFi kanal silkasi #SADOQAT va #BEGONALAR(doimiy yangi hikoyalar) Ikkinchi kanal: https://t.me/+VKofWc6-Q-oxOWIy @Xotira_eslash_uchun

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
1 188
المشتركون
-424 ساعات
+107 أيام
-14530 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Mana siz kutgan hikoya ham tayyor boʻldi Pdf qiluvchi:Ruqiyabegim Hayot bu ertak emas. Shunday ekan sabr va matonat bizni baxt sari yetaklaydi. Bu meni ilk yakunlagan hikoyama yoqadi degan umiddaman🥰🥰🥰 Negadir tregediya menga yoqadi.....😔
إظهار الكل...
Kechir meni 2-fasl.pdf7.79 KB
Assalomu aleykum hammaga men #Sevara man. #Gulshoda ni mana shu hikoyasidan taniganman, shundan keyin izlashga tushganman. Oʻqimaganlar boʻlsa oʻqib koʻrishni tavsiya qilardim.
إظهار الكل...
👍 1
Bazilarga juda yoqqan hikoya🥰
إظهار الكل...
Kechir meni.pdf4.14 KB
❤‍🔥 3👍 1 1
---men...men...sizni sevmayman ---koshki bilmasam ekan seni Vasila kel qoʻy endi arazni seni qanchalar sevishimni bilmaysan hattoki aqlinga ham sigʻdirolmaysan..dedi men boʻlsa moydek erib ketdim endi yaqinlashayotgan edi itarib yuborib uyga kirib ketdim darvoza oldida esa unga qarab ---toʻygacha koʻrishmaymiz menga yaqinlashishga urinavermang deb endi eshikni yopmoqchi edim u eshikni qoʻllari bilan ushlab qolib bemalol kirib bordi. Uydagilar bilan bemalol soʻrashib Vasilani qoʻlidan ushlagancha chiqib ketdi. Men yana bir bor hayron qoldim. Mana bugun ancha arazlashlarim va jahl qilishlarim bilan toʻy kuni men uni kutyapman. Toʻyimiz qishloqda boʻlyapti. U qoʻlida doimgidek qip qizil atirgullar bilan kirib keldi. Vasila esa yonimda edi. Qoʻllarini men tomon uzatdi. ---men bilan birga boʻlishga vaʼda berasanmi? ---vada beraman siz bilan birga boʻlishga..qoʻlimdan tutdi men ham hayajon bilan qoʻlidan ushladim...Meni Olloh u bilan birga boʻlishga imkon berdi....bundan xursandman eng asosiysi u meni sevadi...men ham uni sevaman...juda juda koʻp...uni doim sevganman. Kelin kuyov soʻrisida oʻtirar ekanmiz u belimdan quchib qulogʻimga sekin pichirladi ---seni dunyolarcha sevaman... #Sevara TAMOM
إظهار الكل...
👍 13 6🥰 1👏 1
#Koʻngil hislari 2 Derazadan tushgan sharpaga koʻzimni yumib guldon bilan soldim uni boshiga tushirdim ammo u chaqqonlik qilib guldonni ushlagan qoʻllarimdan ushlab oʻziga tortdi. Sekinlik bilan menga yaqindan nafasi urilib yuragimni dukkilab urishiga sababchi boʻlgan insonni koʻrish maqsadida ohista koʻzlarimni ochdim. Qoʻrquv va hayajon oʻz aksini topdi. Koʻzlar tiniq va oppoq yuz yaqindan boshqacha koʻrinadi bu yuragimni tez urishiga sababchi boʻlyapti. U ham menga qarab turibdi. Biz hozir chegarani buzib oʻtishimiz mumkin uni qarashlari labimga toʻxtagach labimni qattiq tishlab undan oʻzimni nari qilmoqchi boʻldim ammo u hech qoʻyib yuboray demayapti. Menga kulib qarab darrov lablarimda issiq taftini his qildim qotib qoldim yuragim toʻxtab qolgandek. Biroz karaxt holda turib uni oʻzimdan itarib yubordimda tarsaki tushirdim. Birinchidan xonamga ruxsatsiz kirdi va avval qilmagan ishimni hozir qildim oʻshanda karaxt ahvolda ekanligimdan foydalanib hushsiz qilgandi. ---nima siz telbamisiz nega uyimga kirasiz. Yaqinlashmoqchi boʻlganda oʻzimni ortga oldim ---hozir baqiraman keting tez derazani koʻrsatdim. ---kel Vasila iltimos yangi hayot boshlaylik...dedi menga iltijoli tikilib men erib ketaman uninng koʻzlariga choʻkib ketaman. Qancha kulmaslikka urinmay baribir jilmaydim qoʻlimdan kelmadi. Uni itarib deraza tomonga olib bordim ---boring keting keting tez boʻling. Magʻrurbek menga qarab jilmaydi shunchalar xursandki ---Vasila Majidova seni sevaman. Dedi daraxt shoxiga chiqib olib yana menga mamnun qararkan...sekin pichirlaganini ham eshitdim...seni uyquda koʻrmoqchi edim ammo senga yetishdim...dedi pastga qarab sakradi va yana tepaga qaradi ---SENI SEVAMAN...baqirdi. ---hey hey sekin qoʻshnilar nima deydi.? ---seni sevaman...dedi past ovozda pichirlab bu safar va ketdi.. negadir uni ham oʻzimni ham ortiqcha qiynashni istamadim axir ikkimiz ham yetarlicha qiynalmadikmi? Jahl qilsam arazlasam kechirmasam uni ham oʻzimni ham baxtsiz qilamanku agar birorta oyimcha uchrab qolsa Vasilaga qanday mehr beradi. Oʻgay demaydimi? Ammo menimcha Magʻrurbek meni koʻrmaguncha uylanmoqchi boʻlmagan buni uni gaplaridan bildim qarashlari ham menda boʻlgan sevgisini ifoda etayotgandi. Jim turganda ham koʻzlari doim menga soʻzlardi. Bu holatni faqatgina sevgi otashida yongan men sezdim koʻzlarim uni koʻzidagi menga boʻlgan hislarni sezdi
إظهار الكل...
7👍 1🥰 1
#Koʻngil hislari 2 Ertasi kuni shirin tushlardan uygʻonar ekanman quyosh chiqib boʻlganini koʻrdim. Kechagi voqeani eslab kulib qoʻydim. Oʻzimdan uyalib koʻrpani yuzimga yashirdim. Va turib yuvinish xonasiga bordim. Gʻirt telbaman axir unga hali roziman demadimku. Lekin barbir rozi boʻlishim ham ayon edi. Bu yangilikni notanish doʻstim bilan boʻlishmoqchi boʻldim. Necha kundan beri yoqilmagan telefonimni endi yoqdim. Soʻngra javobsiz chaqiruvlar va xabarlarni oʻtkazib yuborib saytga kirdim. "Salom qadrdon notanish doʻstim balki doʻst emasdirmiz ammo sizga yangilikni aytgani yozmoqdaman men unga imkon berdim balki bu xatodir bilmadim ammo hamma ham ikkinchi imkoniyatga loyiq uni kechirdim oʻzim uchun garchi uni oʻzi hali bilmasada men uni sevaman hamon sevaman azoblari bilan sevaman kamchiliklari bilan sevaman men uni u ekanligi uchun sevaman..buni oʻziga aytolmasam ham sevaman..siz ham uni tutib qoling vaqtida boʻlmasa uni boshqasi ilib ketadi." Juda uzun matn yozgandek boʻldimda shartta joʻnatdim. Joʻnatganimdan soʻng shuncha gapni qaytadan oʻqib chiqib oʻzimdan uyaldim. Oʻsha notanish doʻstimni nima deb oʻylashi ham qiziq emas men lekin ichimdagilarni boricha unga aytdim. Undan esa javob keldi. "Keling birinchi va oxirgi marta bir birimizga surat tashlaymiz" dedi men esa ancha oʻylandim. Biroz turib mashinamga minib darrov shahardagi kafega bordim. Bu xotirjamligim uchun doimiy kafe shu yerga kelib bir narsani uzoq oʻylayman. Ancha oʻyladim rostan ham xato qilmayapmanmi? Degan Magʻrurbekni tanlab adashmadimmikan degan. Biroz oldin juda xursand edim. Endi esa ichimdagi shubhalar ich etimni kemirmoqda. Juda gʻalati. Keyin oʻsha saytga kirdim qadrdon notanish doʻstimga javob yozdim "Bu fikrga qarshiman" " Hozir qayerdasiz?" " ***kafeda" "Qaysi stol" "*** Stol" " Siz nega soʻrayapsiz?" " Men qarshingizdaman" qarasam Magʻrurbek turibdi. Keyin telefonga qaradim " Xuddi oʻzim" degan xabar keldi. Bu nima hammasi oʻyinmi? U meni hislarim bilan oʻynamoqchimi? Ichimdagilarni bilib balki ustimdan kulmoqchi boʻlgandir. ---nima siz men bilan oʻynadingizmi? Dedim unga qarab ichimda nimagadir u meni oʻyin qilyapti derdi. Ammo ich ichimdan bu yolgʻon ekanligini ham his qilib turardim. ---yoʻq sen meni notoʻgʻri tushunding. Uning gaplarini eshitgim kelmadi shu sababli indamay kafedan chiqib ketdim. Ochigʻi hozir xafaman undan meni kimligimni bilib turib shunday qildi. Meni ichimdagilarni bilib olish uchun shunday qilgan..lekin koʻnglim gʻalati boʻldi men uni oʻziga tan olmagan hislarimni notanish deb bilgan insonimga ochiqdan ochiq tan oldim. Oʻzimdan uyalib ham ketyapman. Qishloqqa qaytdim bir ahvolda yaxshisi bu yerlardan ketaman. U meni aldagan ichimdagilarni bilish uchun. Narsalarimni tezda yigʻdim. Chipta buyurtma qildim. Darvozadan endi chiqqan edim hamki gullar toʻshalgan qora mashinaga qadar toʻgʻrida Magʻrurbek atirgul bilan turibdi. Juda ajoyib insonda bir vaqtni oʻzida ham romantik ham jahldor ham jiddiy boʻla oladi. Uni qanday yaxshi koʻrmaslik mumkin. Bu moviy koʻzlarni qanday sevmaslik mumkin. Shoshmasdan bordim u boʻlsa menga tushuntirish bilan band ---Vasila men senga aytmoqchi edim sen ekanligingni oʻzim ham endigina bildim seni oʻyin qilmoqchi emasdim. Iltimos iltimos Vasila ikkimizga imkon ber bu safar ketma...men bilan qol.. indamay gaplarini eshitdim ---bu ham bir oʻyindir endi ichimdagilarni bilasiz doim yuzimga solib kulsangiz kerak...jiddiy va sovuq ohangda gapirdim lekin ich ichimdan osmonlarga qanotsiz uchyapman. ---hecham unday qilmayman Vasila menga ishon..men rostan ...ham bilmagandim...iltimos Vasila...men indamasdan chamadonimni sudragancha mashinamga qarab ketdim. Ortga qarama Vasila iltimos qarama..oʻzimga oʻzim shu soʻzlarni takrorlab mashinagacha bordim. Shu payt Vasilaning jarangdor va shirin ovozi eshitildi.
إظهار الكل...
6👍 2👏 1
#Koʻngil hislari 2 ---demak rozisanaaa? Magʻrurbek menga mehrli nigohlari bilan qaradi. ---nimaga roziman? ---hozir menga ha deb javob berdingku. Vasila menga oyi boʻlasizmi? Deganda men ...dediyu toʻxtab qoldi..demak eshitmagansan....xoʻp unda qaytaraman Vasila sen unga oyi boʻlishingni xoxlayapti va sen rozilik berding..yeyotgan ovqatimga tiqilib qoldim.. ---nima? Kutilmagan taklif boʻldi. Tutilib savol berdim. ---xoʻsh qaytaraman Vasila Majidova menga turmushga chiqasanmi? ---menga oyi boʻlasizmi? Dedi menga moʻltirab qarab turgan Vasila iltijoli qaradi. Meni ha deyishimni kutayapti. Magʻrurbekka hayron qaradimda indamay stoldan turib ketdim. Chunki ha deyolmayman sababi gʻurur yoʻl qoʻymaydi. Yoʻq ham deyolmayman bunga sabab Vasilani koʻngli yarim boʻlsa umidlangan yuragi chil chil sinishini istamayman. Lekin qaysidir ma'noda quvondim. Tan olaman. Gʻurursizlik boʻlsa ham aytaman hali hamon telbalarcha Magʻrurbekni sevaman. Restorandan quvongancha chiqib ketarkanman qishloqqa bordim. Lekin bu voqea bir tomondan oʻtmishni ham eslatdi. Sababi oʻshanda ham restorandan chiqib noxush holatga duch kelgandim. Hammasi oʻtdi ketdi. Unut oʻtmishni eslama. Oʻzimga shunaqa gaplar bilan dalda berdim. Vasiladek qizni onasi boʻlishni ham xoxlayman sababi u ham men kabi bir yaqinsiz oʻsishini istamayman lekin darrov birinchi urinishda ha degim yoʻq. Qishloqqa quvongancha qaytdim. Uyni yigʻdim. Ancha vaqt hovlida nimadir ishlar qildim lekin nima ekanligini bilmayman sababi xayollarim kelajakdagi orzular va xayollar bilan band edi. Umrimni qolgan qismini u bilan qanday oʻtkazishni oʻylayapman. Men va u hamda Vasila..ajoyib oila boʻlardik. Kech tushgach oʻz xonamga kirdim. Oy toʻlgan yulduzlar ham boshqacha ularga termuldim. Juda ajoyib. Derazaga oʻtirib suyangancha tomosha qilyapman. Bir payt daraxt shoxlari qimirladi. Xavotir bilan qaradim nimadir kimdir turibdi. Xayolimga nimalar kelmadi. Ammo baqirmadim qoʻrquvdanmi qarab turibman nima qilishni bilmay ogʻir yutinib qoʻyib sekinlik bilan derazadan tushdim. Xonani narigi betida turgan guldonni olib deraza yoniga turdim. Nahotki oʻtmish qaytarilyotgan boʻlsa...qoʻlimda qurol sifatida olib jangga shay holatda turdim
إظهار الكل...
👍 5 3😁 1
---oyi.. bilasizmi bu qanday baxt ekanligini? Juda boshqacha his men toʻxtadim. Ortimga qarashni istamayapman. Chunki ojizligimni koʻrsatib qoʻyolmayman. Vasila meni ilk bor "oyi'' dedi men rostan ham boshqacha boʻlib ketdim ichimdan ajib hislar chulgʻab oldi. Men uni tashlab ketolmayman. Chamadonimdan qoʻlimni olib koʻz yoshlarimni artdim va sekingina Vasila tomonga oʻgirildim. ---kel qizim.. u tengi oʻtirib men ham qoʻllarimni keng yoydim...u yugurib kelib meni qattiq quchdi. Men ham uni quchdim qanday qilib men oʻz baxtimni tashlab ketishim mumkin...Vasila meni qoʻyib yubormagan koʻyi pichirladi. ---meni tashlab ketmaysizaaa oyijon?? ---yoʻq..yoʻq..aslo...hech qachon.. Men shunday deb yana uni bagʻrimga bosdim bizga mamnun qiyofada Magʻrurbek qarab turardi...men ham unga yosh toʻlgan koʻzlarim bilan jilmaydim.. Biz Vasila bilan shu koʻyi turib hovliga kirdik. Magʻrurbekka esa ataydan yuziga eshikni yopdim. Kechasi Vasila ikkimiz oʻz xonamda uyquga ketdik.. menimcha onalik baxti boshqacha sevgidan ham ustun boʻlsa kerak lekin bu sevgi mevasi boʻlsa... Men shu koʻyi u bilan uxlab qoldim. Magʻrurbekni yuzini hech yodimdan chiqarmadim. Oʻz qizi men bilan boʻlishni tanladi. Oʻshanda yuzi biram kulguli boʻlgandiki..bechora hozir qay ahvolda ekan.? Vasila uxlab qolibdi..men ham xotirjam uyquga ketdim... Erta tong ham Vasila bilan nonushta qildik...hattoki tushlikni ham ammo Magʻrurbekdan darak yoʻq..kechga esa hovliga akam oyim kelinoyim jiyanlarim kirib kelishdi. Biroz hayron qolgan boʻldim. Kutmagandim ularni keyin qoʻllarida sovgʻa salomlar bilan...kelinoyimni salmoqli gaplarini ham tushunmadim.."kelinimizni yolgʻiz qoʻymaylik" deydilarmiye..."kelinga koʻp narsalarni oʻrgatishimiz kerak" va yana allaqanday gaplar. Oyimdan hayron soʻrasam meni unashtirishganini aytishdi. Shu qadar jahlim chiqdiki oyimga baqirmoqchi boʻldim. Mendan soʻramasdan meni hayotimni hal qilib qoʻyishibdi. Oʻsha kuni ham seni toʻying deb aytishardi. Xullas endi baqirib gapirmoqchi boʻlganimda darvoza taqqiladi. Oyim esa "bir eshikka qara qara" degancha qoldilar. Men hozirgi qarorlarini hazm qilgancha bazoʻr darvozaga bordim. Darvoza ortida esa Magʻrurbek turibdi. Hozir yoshli koʻzlarim unga bergan umidlarimni qanday tortib olaman? Vasilachi? Axir qanday qilib 6 yillik sevgimni bilgan oyim menga bu taqdirni ravo koʻrdilar nahot achinmadilar nahot achinmadilar...unga qarab turib yuzim boʻylab oqayotgan yoshlarni ham payqamabman.. ---Vasila Vasila yaxshimisan? Dedi u menga yaqin kelib yelkamdan ushlamoqchi boʻldi men esa oʻzimni nari tortdim ---nima boʻldi Vasila.. ---uydagilar ..uydagilar..meni..meni..unashtirib qoʻyishibdi...uch kun ichida toʻy ekan...dedim toʻxtab toʻxtab tutilib sal avval eshitgan gaplarimni aytib. Unga aytish uchun qancha kuch sarfladim hozir oʻzimdan ham koʻra unga qiyin boʻlishini oʻylayapman axir qanaqasiga? Unga umid berdim men aybdorman...yerga tizzalab oʻtirdim.. ---Vasila Vasila tinchlan men yoningdaman...dedi sekingina men tengi oʻtirib iyagimdan tutib oʻziga qaratib men esa uni koʻzlariga qarolmay koʻzimni yumib oldim.. ---oʻsha toʻying boʻlayotgan yigitni taniysanmi? Yoʻq ma'nosida bosh qimirlatdim.. ---u qarshingda turibdi..dedi ---meni ovutish uchun shunday deyapsizmi? Dedim bu safar unga qarab ---yoʻq...dedi va yana yuziga kulgu yugurdi. Men biroz hayron qoldim. Yuzidagi kulgudan bu haqiqat ekanligi aniq. ---yoʻgʻeee demak sizmisiz? Sekinlik bilan oʻrnimdan turdim. U ham turdi men barobar. ---yaramas, ablax, vijdonsiz dedimda qoʻlim bilan ura ketdim ---men shu gapni aytish uchun qancha qiynaldim bilasizmi? Unga umid berdim deb oʻzimni aybladim..Vasilani ahvoli ne kechar ekan deb oʻyladim. Siz boʻlsa menga bir ogʻiz aytmasdan men man oʻsha yigit deysiz..koʻksiga urib urib yigʻladim yana..keyin u meni tinchlantirish maqsadida sekinlik bilan bagʻriga bosmoqchi boʻldi men esa uni oʻzimdan itarib qoʻlimni bigiz qildimda gapimda davom etdim
إظهار الكل...
8😁 1
#Koʻngil hislari 2 Negadir xafa boʻldim. Oʻzimcha jahl qilaman unga aslini olganda unga qiyin rafiqasi vafot etganiga ancha boʻlgan shekilli lekin onasiz farzand katta qilish qanchalar qiyin erkak kishi uchun uni hech qanday yaqini ham yoʻq. Bir paytlar men uni dardiga davo boʻlmoqchi edim. Unga mehr bersam yolgʻizligini unutadi deb oʻylardim ammo taqdir yoʻllarimiz ayro tushdi.. Taqdir emas ekan. Yana turib negadir meni ham nonushta qilgim kelmay dasturxonni yigʻib oldim. Bir payt Vasila chiqib hovliga uchib kirgan kabutarlar bilan oʻynayapti. Bu qiz juda chaqqon chiqib qoldiku otasiga oʻxshab...biroz kulimsirab dakki bergan boʻldim.. darrov labini choʻchaytirib oldi. Yana tezda uni kayfiyatini koʻtardim. Tushlik vaqti esa aybdorona nigohlar bilan Magʻrurbek kirib keldi. Biz esa Vasila bilan oʻynayotgan edik. Yana noroziman. Sababi bir ogʻiz aytmay ketdi. Unga parvo qilmadim ---ovqatlandinglarmi? ---ha ovqatlandik.. ---opa axir qornim ochdi. Dedi Vasila menga norozi va moʻltirab turgan koʻzlari bilan. Koʻzlarim kattalashib ketdi. Sababi u bilan kelishib olgan edik yolgʻondan shunday deyishga. Uyalib ketdim Vasila Magʻrurbekka bor gapni aytib bergach "biz oʻynayotgandik" deb qutuldim. Keyin Vasilani qistovi bilan bizni shahardagi restoranga olib keldi. Xavotir oldim biroz soʻzsiz ketgan Magʻrurbekdan axir qizini menga tashlab soʻzsiz ketib qoldi. ---soʻzsiz ketib qolib toʻsatdan yana kelibsiz demak Vasila menikida ekanligi esingizga tushgan ekanda..kesatib qoʻydim. ---telefoningga qaraganingda soʻz bilan ketganimni tushunarding. Muhim ishim boʻlmasa men ham ketib qolmasdim. U norozi nigoh tashladi menga yana Vasilaga ovqat yedirishda davom etdi. ---shunchalik muhim ish ekanki qizingizdan ham ustun ekanda. Qoʻlidan tortib olib oʻzim bera boshladim Vasilaga tuzuk ovqat yedirishi ham bilmaydi. Iloji boricha qattiq gapirib yubormaslikka harakat qilyapman. Stop Vasila sen nega oʻzi unga jahl qilyapsan? U senga kim? Nega jahl qilasan? Shunday deb toʻxtab ancha xayol surib qolganimni bilmabman. ---toʻgʻrimi Vasila? Dedi menga jilmayib turgan Magʻrurbek ---ha dedim men ham sababi hech qanday gapini eshitmadim xayol surib qolibman . Ammo Vasilani ham xursand boʻlib qarsak chalayotganiga hayron qaradim. Magʻrurbek ham Vasilaga ana koʻrdingmi? Degandek nigoh tashladi.
إظهار الكل...
5😁 1
#Koʻngil hislar 2 ---Vasilaga nima boʻldi. Eshikdan chiqib turib bergan savolim shu boʻldida tezda hushsiz yotgan va xavotir bilan qarayotgan Magʻrurbekka bir nazar tashlab darrov peshonasiga qoʻlimni qoʻyib koʻrdim. Issigʻi bor va baland ekan ---issigʻi balandku nega qaramadingiz? Magʻrurbekka norozi nigoh tashladim ---sizga kim shifoxonadan olib chiqsin dedi axir hali nimjonku tez shamollab qoladi avaylasangiz boʻlmasmidi? Vasilani boshqa bir xonaga olib kirib tezda unga dori berdim yana boshiga matoni namlab qoʻydim. Magʻrurbekni esa hech nima qilishga qoʻymadim. Yaqinlashmang ham dedim sababi Vasilani shamollashi unga ham oʻtib qolsa keyin kim qaraydi. Endi teginmoqchi boʻlganda qoʻliga urib qoʻyib yomon qarash qildim. U xavotir bilan qarab turardi. ---teginmang unga sizga ham shamollash oʻtib qolsa nima qilamiz? ---mendan xavotir olyapsanmi? ---oʻzimdan xavotir olyapman agar kasal boʻlib qolsangiz yelkamga sizdek insonga qarash yuki ham osiladi....Vasilaga ham qiyin boʻladi. Negadir zaharxanda gapirib qoʻydim...nega unga jahl qilyapman....Vasilaga xavotir bilan qararkanman meni zimdan kuzatib turgan nigohlar meni negadir azoblayotgan edi. Unga qarab gapirolmayapman. Keyin sekinlik bilan Vasila yotgan kravatga sekin boshimni qoʻydim. Chunki Magʻrurbek Vasilani olib ketishiga yoʻl qoʻymadim. Qizimni mendan rashk qilyapsanmi? Deb savol berganda kulgudan oʻzimni zoʻrgʻa tiyib turdim. Keyin Vasila alahlay boshladi. Magʻrurbek ham kutib kutib uxlab qoldi. Men esa sekin alahlayotgan Vasilani boshiga qoʻlimni qoʻydim. U ham koʻzlarini biroz ochib qoʻlimdan ushlab oldi. Balki shu bilan koʻnglini taskin topgandir shu sababmi qoʻlimni yaxshiroq ushlab oldi. Shu koʻyi koʻzim ilinibdi. Koʻzlarimni sekinlik bilan ochar ekanman. Vasilani qoʻllarimni qoʻyib yubormagan holatda koʻrdim. Ustimga choyshab tashlangan. Menimcha Magʻrurbek tashlab qoʻygan. Atrofdan oʻzini qidirdim ammo yoq balki hovlidadir. Elas elas koʻzimni bir uyqusirab ochganimda qoʻllari havoda muallaq qolgan men tomonga kelib tegolmagan Magʻrurbekni koʻrgandim..Sekinlik bilan qoʻlimni qoʻlidan chiqarib oldimda qiyshayib qolgan boʻynimni sekinlik bilan toʻgʻirlagan boʻlib men ham hovliga chiqdim. Qarasam Magʻrurbek sigaret chekyapti. Jahlim chiqib ketdi. ---shunchalik irodasizmisiz? Nima dardingiz bor ekanki sigaret chekasiz. Borib qoʻlidagini tortib olish barobarida unga baqirdim. Ertalabdan yana birovni hovlisida. ---dardim sensan. U men tomon burilib vazminlik bilan gap boshladi ---oʻlgingiz kelibdi hech boʻlmasa Vasilani oʻylasangiz boʻlmasmidi? Uni gapini eshitmaslikka olib yana gapirdimda. Sigaretni ezgʻilab yuvinish xonasiga borib yuvinib chiqdim keyin oshxonaga oʻtdim. Vasila uchun alohida shifobaxsh nonushta tayyorlab oldiga olib kirib uygʻotdim. Olib kelganda issigʻi juda baland edi. Hozir kechagiga qaraganda normal holatga kelgan. Amallab Vasilaga nonushta qilib boʻlib hovli oʻrtadagi supada dasturxon solib nonushta tayyorlab qoʻygan edim Magʻrurbek uchun u yemay ketibdi. Bir ogʻiz ogohlantirmabdi ham
إظهار الكل...
6👍 3🤔 1
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.