cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali

Ma’lumot uchun: 📞 +99871 259-74-12 📨 [email protected] Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (https://mssg.me/3aawe) tanishishingiz mumkin.

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
2 963
المشتركون
-7124 ساعات
-2937 أيام
-1 52530 أيام
توزيع وقت النشر

جاري تحميل البيانات...

Find out who reads your channel

This graph will show you who besides your subscribers reads your channel and learn about other sources of traffic.
Views Sources
تحليل النشر
المشاركاتالمشاهدات
الأسهم
ديناميات المشاهدات
01
📍Bugun Samarqand shahrida Inson huquqlari bo‘yicha IV-Samarqand forumi o‘z faoliyatini boshladi. Bu yilgi mavzu “Ekologik muammolar: o‘zgaruvchan dunyoda inson huquqlari kelajagi uchun barqaror yechimlar topish” masalasiga bag‘ishlangan bo‘lib, tadbirda 200 nafardan ortiq xalqaro, mintaqaviy, xorijiy va milliy tashkilot vakillari offlayn va onlayn formatda ishtirok etmoqda. 🗣️ Fursatdan foydalanib, forum doirasida qator xalqaro hamkor tashkilotlar vakillari bilan yaqindan muloqot qildik. Iqlim o‘zgarishi va ekologiyaning ifloslanishi bolalar hayotiga kattalarga nisbatan ko‘proq salbiy ta’sir ko‘rsatadi❕ 🌳 Aynan atrof-muhit global o‘zgarishi - harorat keskin o‘zgarishi, havo ва suv sifati, ovqatlanishdagi o‘zgarishlar bolalar salomatligi, rivojlanishi hamda farovonligiga jiddiy ta’sir qiladi. 📌 Iqlim o‘zgarishi ko‘lamini hisobga olgan holda, uning zaif guruhlarga, ayniqsa bolalarga ta’sirini yumshatish uchun bolalarning barcha huquqlarini ta’minlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi omillar - oziq-ovqat xavfsizligi, suv ta’minoti, havo sifati masalalariga alohida e’tibor qaratish va bu omillar bilan bog‘liq holda atrof-muhitning buzilishi oqibatlarini milliy va global darajada bartaraf etish choralarini ko‘rish zarur. Telegram|Facebook|Instagram
2432Loading...
02
🖇️ Bugun Bolalar ombudsmanining bola manfaatlari masalalari yuzasidan navbatdagi shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi. 🔎 Qabul davomida quyidagi masalalarga oid murojaatlar kelib tushdi: 🔸 uydan chiqib ketgan 14 yoshli qizni turli g‘ayriijtimoiy harakatlarga jalb qilgan shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rish, qizga psixologik yordam ko‘rsatish hamda jamiyatga integratsiyalashuviga ko‘maklashish yuzasidan; 🔹 farzandlariga nisbatan turli shakldagi zo‘ravonlik sodir etayotgani tufayli ayolni onalik huquqidan mahrum qilish masalasiga oid; 🔸 bolaning yashash sharoiti va atrofidagi shaxslar uning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfsiz emasligi yuzasidan; 🔹 bolaga nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyat yuzasidan chiqarilgan hukmni yuqori instansiyada ko‘rilishida Bolalar ombudsmani sud majlisida ishtirok etishini so‘rashga oid; 🔸 bolaning hayoti uchun jiddiy xavf-xatarli sharoit hamda turli qonunbuzarlik sodir etgani sababli onani onalik huquqini cheklashga oid va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi. Yuqoridagi murojaatlarni Bolalar ombudsmani o‘z vakolatlari doirasida tizimli ravishda o‘rganib, har bir holat yuzasidan tegishli idoralar bilan birgalikda chora ko‘rish jarayoni boshlandi☑️. Telegram|Facebook|Instagram
4541Loading...
03
Bolalar ombudsmanining bolaga nisbatan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala va jazo qo‘llashning oldini olishga doir faoliyati qay tarzda yo‘lga qo‘yilgan❓ Telegram|Facebook|Instagram
6121Loading...
04
#qonuniy_chora_korish_jarayonidan ⚡️Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yashovchi S.N. (ayol) kichik yoshdagi farzandini 2 yildan beri kaltaklab kelganligi yuzasidan S.N. ga nisbatan JKning 110-moddasi, "a,v" bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi, so‘ng tergov davomida ayblanuvchiga JKning 104 -moddasi bo‘yicha qo‘shimcha ayb e’lon qilinib, bu jinoyat ishi sudga yuborilganligi to‘g‘risida xabar bergan edik. 🖇 Jinoyat ishlari bo‘yicha Shofirkon tuman sudi ishni mazmunan ko‘rib chiqib, joriy yilning 2-may kuni chiqarilgan sud hukmiga ko’ra S.N. JKning 104-moddasi 2-qismi, “v” bandi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan aybdor deb topilib, 3 yil ozodlikdan mahrum qilindi. Bugungi kunda Shofirkon tumani “Inson” ijtimoiy markazi tomonidan 2018-yilda tug'ilgan S.F. ga dastlabki tarzda vasiy sifatida B.Z. (ayol) tayinlanib, bola uning qaramog‘iga topshirildi✅. 📌 Hozirda vasiylik va homiylik organi tomonidan S.N. ni farzandiga nisbatan bo‘lgan onalik huquqidan mahrum qilish masalasi bilan bog‘liq tegishli choralar ko‘rilmoqda. Bolalar ombudsmani bolaning kelgusi taqdirini belgilash jarayonlari yuzasidan o‘z kuzatuvini davom ettirmoqda❕ Telegram|Facebook|Instagram
97715Loading...
05
⚡️ Internet OAVlarda “11 yoshli bolani devor bosib qoldi” sarlavhasi ostida xabar tarqaldi. ❕Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘rganmoqda. 📌 Aniqlanishicha, joriy yilning 29-may kuni Xiva shahar Gulshan-2 mahallasida yashovchi voyaga yetmagan Sh.K. (2013-yil, o‘g‘il bola) M.M. ga tegishli bo‘lgan, qurilishi tugallanmagan bino tagida o‘ynab yurgan vaqti ushbu binoning bir tomon devori bolani ustiga yiqilib ketgan. 🖇 Mazkur holat yuzasidan Xiva shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Hozirda Sh.K. tos suyagi sinishi tashxisi bilan tibbiyot birlashmasida davolanmoqda. 📍Bolalar ombudsmani bola manfaatlari nuqtai nazaridan holat bo‘yicha o‘z kuzatuvini davom ettiradi. Bu borada qo‘shimcha axborot beriladi. Telegram|Facebook|Instagram|X
1 34719Loading...
06
🖇 Bugun Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida "Ichki ishlar organlarining bola huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash yo‘nalishidagi faoliyatining dolzarb masalalari" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini o‘tkazdik. 📍Tadbirda Kriminologiya tadqiqot instituti, Ichki ishlar vazirligi, Toshkent davlat yuridik universiteti, shuningdek, Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda tinglovchilari ishtirok etishdi. 📌 Aytish kerakki, Bolalar ombudsmanining IIV tizimi bilan bola manfaatlarini himoya qilish borasida hamkorligi keng qamrovli bo‘lib, Bolalar ombudsmani faoliyatining asosiy vazifalari, monitoring funksiyasi, bugungi kundagi o‘zaro hal etilishi muhim bo‘lgan masalalarni muhokama qildik. 🔸Shuningdek, konferensiyada Respublikada voyaga yetmaganlar viktimologik profilaktikasi yo‘nalishida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish zarurati, voyaga yetmaganlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olish bo‘yicha milliy mexanizmi, bola huquqlari himoya qilish sohasida ichki ishlar organlari kadrlarini tayyorlashning o‘ziga xos xususiyatlari borasida ma’ruzalar qilindi. 📃 Konferensiya yakunida Bolalar ombudsmani instituti va Ichki ishlar vazirligi akademiyasi hamda Bolalar ombudsmani instituti va Kriminologiya tadqiqot instituti o‘rtalarida o‘zaro hamkorlik va anglashuv Memorandumlari imzolandi. Telegram|Facebook|Instagram|X
1 45012Loading...
07
#qabul #murojaatlar #bola_manfaati #bolalar_ombudsmani 📝 Bugun Bolalar ombudsmani o‘zining navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazib, bolalar manfaatlariga oid murojaatlarni ko‘rib chiqdi. 1️⃣ bolaga muttasil ravishda sinfdoshlari tomonidan tazyiq (bulling) va diskriminatsiya qilinayotganligi, maktab ma’muriyatining bunga befarqligi, buning oqibatida bolani ruhiy sog‘lig‘iga zarar yetganligi yuzasidan; 2️⃣ onasi vafotidan so‘ng vasiy etib tayinlangan buvining bolaga g‘amxo‘rlik ko‘rsatmayotganligi hamda og‘ir jinoyat sodir etganligi tufayli otani otalik huquqidan mahrum qilish masalasi yuzasidan; 3️⃣ 15 yashar bola o‘zining yaqin qarindoshi tomonidan mehnat ekspluatatsiyasiga jalb qilinayotganligi yuzasidan; 4️⃣ xorijda tug‘ilib, u yerda 14 yil yashagan o‘smir qizni oilasi bilan O‘zbekistonga qaytganidan so‘ng maktabda diskriminatsiyaga uchrayotganligi yuzasidan; 5️⃣ bolaning buvisi bilan ko‘rishish huquqini buzilishiga oid; 6️⃣ bolaning meros va uy-joyga egalik qilish huquqini buzilayotganligi masalasiga oid va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi. 🕘 Eslatib o‘tamiz, Bolalar ombudsmani Kotibiyati haftaning dushanba-juma kunlari 10:00-12:00 va 15:00-17:00 ga qadar bola manfaatlariga oid murojaatlarni qabul qiladi. Telegram|Facebook|Instagram|X
1 4622Loading...
08
🖇 Kuni kecha Adliya vazirligi va UNICEF bilan hamkorlikda bolalar uchun ixtisoslashtirilgan odil sudlov tizimini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan davra suhbatini o‘tkazdik. 🗣 Muloqot davomida Oliy Majlis Senati a’zolari, mutasaddi davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va xalqaro tashkilotlar vakillari bilan O‘zbekistonda odil sudlovda bolalar imkoniyatlarini kengaytirish istiqbollarini muhokama qildik. Uchrashuvda xorijiy ekspertlar, xususan UNICEFning Albaniya 🇦🇱va Gruziyadagi🇬🇪 vakolatxonalari mutaxassislari, Qozog‘istondagi 🇰🇿 voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha maxsus sudi raisi, Serbiya 🇷🇸 Oliy sudi sudyasi ham onlayn ishtirok etib, odil sudlovda bolalar uchun do‘stona va muqobil muhit tashkil etishga oid o‘z davlatlari tajribasi bilan o‘rtoqlashdilar. Aytish kerakki, har qanday sud jarayoniga kirishayotgan bolalarga o‘z huquqlarini himoyalash instrumentlari ishonchli ta’minlanmas ekan, chinakam odil sudlovga erishish haqida gapirish qiyin❕ Buning uchun esa odil sudlov jarayonlarida bolalarga samarali yuridik yordam, vakillik va qo‘llab-quvvatlash xizmatlaridan foydalanish imkoniyati to‘liq ta’minlanishi zarur☑️. 🔵 Davra suhbati yakunida jinoyat va fuqarolik sudlov tizimlarini maxsus ixtisoslashtirish, odil sudlovga jalb qilingan barcha toifadagi bolalarga davlat tomonidan kafolatlangan bepul yuridik yordam ko‘rsatish va bu yo‘nalishdagi boshqa manzilli harakatlar borasida kelishdik. Telegram|Facebook|Instagram|X
1 13212Loading...
📍Bugun Samarqand shahrida Inson huquqlari bo‘yicha IV-Samarqand forumi o‘z faoliyatini boshladi. Bu yilgi mavzu “Ekologik muammolar: o‘zgaruvchan dunyoda inson huquqlari kelajagi uchun barqaror yechimlar topish” masalasiga bag‘ishlangan bo‘lib, tadbirda 200 nafardan ortiq xalqaro, mintaqaviy, xorijiy va milliy tashkilot vakillari offlayn va onlayn formatda ishtirok etmoqda. 🗣️ Fursatdan foydalanib, forum doirasida qator xalqaro hamkor tashkilotlar vakillari bilan yaqindan muloqot qildik. Iqlim o‘zgarishi va ekologiyaning ifloslanishi bolalar hayotiga kattalarga nisbatan ko‘proq salbiy ta’sir ko‘rsatadi❕ 🌳 Aynan atrof-muhit global o‘zgarishi - harorat keskin o‘zgarishi, havo ва suv sifati, ovqatlanishdagi o‘zgarishlar bolalar salomatligi, rivojlanishi hamda farovonligiga jiddiy ta’sir qiladi. 📌 Iqlim o‘zgarishi ko‘lamini hisobga olgan holda, uning zaif guruhlarga, ayniqsa bolalarga ta’sirini yumshatish uchun bolalarning barcha huquqlarini ta’minlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi omillar - oziq-ovqat xavfsizligi, suv ta’minoti, havo sifati masalalariga alohida e’tibor qaratish va bu omillar bilan bog‘liq holda atrof-muhitning buzilishi oqibatlarini milliy va global darajada bartaraf etish choralarini ko‘rish zarur. Telegram|Facebook|Instagram
إظهار الكل...
👍 1
🖇️ Bugun Bolalar ombudsmanining bola manfaatlari masalalari yuzasidan navbatdagi shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi. 🔎 Qabul davomida quyidagi masalalarga oid murojaatlar kelib tushdi: 🔸 uydan chiqib ketgan 14 yoshli qizni turli g‘ayriijtimoiy harakatlarga jalb qilgan shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rish, qizga psixologik yordam ko‘rsatish hamda jamiyatga integratsiyalashuviga ko‘maklashish yuzasidan; 🔹 farzandlariga nisbatan turli shakldagi zo‘ravonlik sodir etayotgani tufayli ayolni onalik huquqidan mahrum qilish masalasiga oid; 🔸 bolaning yashash sharoiti va atrofidagi shaxslar uning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfsiz emasligi yuzasidan; 🔹 bolaga nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyat yuzasidan chiqarilgan hukmni yuqori instansiyada ko‘rilishida Bolalar ombudsmani sud majlisida ishtirok etishini so‘rashga oid; 🔸 bolaning hayoti uchun jiddiy xavf-xatarli sharoit hamda turli qonunbuzarlik sodir etgani sababli onani onalik huquqini cheklashga oid va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi. Yuqoridagi murojaatlarni Bolalar ombudsmani o‘z vakolatlari doirasida tizimli ravishda o‘rganib, har bir holat yuzasidan tegishli idoralar bilan birgalikda chora ko‘rish jarayoni boshlandi☑️. Telegram|Facebook|Instagram
إظهار الكل...
👍 5👏 2😍 2🔥 1
02:42
Video unavailableShow in Telegram
Bolalar ombudsmanining bolaga nisbatan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala va jazo qo‘llashning oldini olishga doir faoliyati qay tarzda yo‘lga qo‘yilgan❓ Telegram|Facebook|Instagram
إظهار الكل...
O‘ZBEKISTON_RESPUBLIKASI_OLIY_MAJLISINING_BOLA_HUQUQLARI_BO‘YICHA.mp411.19 MB
👍 4 2👏 1😍 1
#qonuniy_chora_korish_jarayonidan ⚡️Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yashovchi S.N. (ayol) kichik yoshdagi farzandini 2 yildan beri kaltaklab kelganligi yuzasidan S.N. ga nisbatan JKning 110-moddasi, "a,v" bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi, so‘ng tergov davomida ayblanuvchiga JKning 104 -moddasi bo‘yicha qo‘shimcha ayb e’lon qilinib, bu jinoyat ishi sudga yuborilganligi to‘g‘risida xabar bergan edik. 🖇 Jinoyat ishlari bo‘yicha Shofirkon tuman sudi ishni mazmunan ko‘rib chiqib, joriy yilning 2-may kuni chiqarilgan sud hukmiga ko’ra S.N. JKning 104-moddasi 2-qismi, “v” bandi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan aybdor deb topilib, 3 yil ozodlikdan mahrum qilindi. Bugungi kunda Shofirkon tumani “Inson” ijtimoiy markazi tomonidan 2018-yilda tug'ilgan S.F. ga dastlabki tarzda vasiy sifatida B.Z. (ayol) tayinlanib, bola uning qaramog‘iga topshirildi✅. 📌 Hozirda vasiylik va homiylik organi tomonidan S.N. ni farzandiga nisbatan bo‘lgan onalik huquqidan mahrum qilish masalasi bilan bog‘liq tegishli choralar ko‘rilmoqda. Bolalar ombudsmani bolaning kelgusi taqdirini belgilash jarayonlari yuzasidan o‘z kuzatuvini davom ettirmoqda❕ Telegram|Facebook|Instagram
إظهار الكل...
Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali

#qonuniy_chora_korish_jarayonidan Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yashovchi S.N. (ayol) kichik yoshdagi farzandini 2 yildan beri kaltaklab kelganligi yuzasidan S.N. ga nisbatan JKning 110-moddasi, "a,v" bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi haqida xabar bergan edik. ❕Dastlabki tergov davomida fuqaro S.N. ning harakatlarida JKning 104-moddasi 2-qismida (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) nazarda tutilgan jinoyat alomatlari aniqlanganligi sababli 2024-yilning 1-mart kuni Shofirkon tumani IIB Tergov boshqarmasi tomonidan S.N. ga qo‘shimcha ayb e’lon qilingan. Hozirda mazkur jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov tamomlanib, ish materiallari qonuniy qaror qabul qilish uchun Jinoyat ishlari bo'yicha Shofirkon tuman sudiga yuborilgan. Bolalar ombudsmani bolaning manfaatlari sud bosqichida ta’minlanishi yuzasidan o‘z kuzatuvini davom ettiradi. Telegram|Facebook|Instagram|X

👍 8
⚡️ Internet OAVlarda “11 yoshli bolani devor bosib qoldi” sarlavhasi ostida xabar tarqaldi. ❕Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘rganmoqda. 📌 Aniqlanishicha, joriy yilning 29-may kuni Xiva shahar Gulshan-2 mahallasida yashovchi voyaga yetmagan Sh.K. (2013-yil, o‘g‘il bola) M.M. ga tegishli bo‘lgan, qurilishi tugallanmagan bino tagida o‘ynab yurgan vaqti ushbu binoning bir tomon devori bolani ustiga yiqilib ketgan. 🖇 Mazkur holat yuzasidan Xiva shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Hozirda Sh.K. tos suyagi sinishi tashxisi bilan tibbiyot birlashmasida davolanmoqda. 📍Bolalar ombudsmani bola manfaatlari nuqtai nazaridan holat bo‘yicha o‘z kuzatuvini davom ettiradi. Bu borada qo‘shimcha axborot beriladi. Telegram|Facebook|Instagram|X
إظهار الكل...
Bolalarolami.uz | Rasmiy kanal

11 yoshli bolani devor bosib qoldi Tahririyatimizga kelib tushgan murojaatda xorazmlik 11 yoshli bolani devor bosib qolgani, olingan jarohatlari sabab 5 kun jonlantirish bo'limida yotgani aytiladi. Bolaning onasi ichki ishlar xodimlari unga "bolangiz tirik qolganiga shukr qiling" deb, shikoyatini e'tiborsiz qolganini bildirdi. Batafsil o‘qing:👉

https://bolalarolami.uz/2875

Veb-sayt | Telegram | Youtube | Instagram | Aloqa

👍 4
🖇 Bugun Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida "Ichki ishlar organlarining bola huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash yo‘nalishidagi faoliyatining dolzarb masalalari" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini o‘tkazdik. 📍Tadbirda Kriminologiya tadqiqot instituti, Ichki ishlar vazirligi, Toshkent davlat yuridik universiteti, shuningdek, Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda tinglovchilari ishtirok etishdi. 📌 Aytish kerakki, Bolalar ombudsmanining IIV tizimi bilan bola manfaatlarini himoya qilish borasida hamkorligi keng qamrovli bo‘lib, Bolalar ombudsmani faoliyatining asosiy vazifalari, monitoring funksiyasi, bugungi kundagi o‘zaro hal etilishi muhim bo‘lgan masalalarni muhokama qildik. 🔸Shuningdek, konferensiyada Respublikada voyaga yetmaganlar viktimologik profilaktikasi yo‘nalishida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish zarurati, voyaga yetmaganlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olish bo‘yicha milliy mexanizmi, bola huquqlari himoya qilish sohasida ichki ishlar organlari kadrlarini tayyorlashning o‘ziga xos xususiyatlari borasida ma’ruzalar qilindi. 📃 Konferensiya yakunida Bolalar ombudsmani instituti va Ichki ishlar vazirligi akademiyasi hamda Bolalar ombudsmani instituti va Kriminologiya tadqiqot instituti o‘rtalarida o‘zaro hamkorlik va anglashuv Memorandumlari imzolandi. Telegram|Facebook|Instagram|X
إظهار الكل...
👍 11👏 3😍 1
#qabul #murojaatlar #bola_manfaati #bolalar_ombudsmani 📝 Bugun Bolalar ombudsmani o‘zining navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazib, bolalar manfaatlariga oid murojaatlarni ko‘rib chiqdi. 1️⃣ bolaga muttasil ravishda sinfdoshlari tomonidan tazyiq (bulling) va diskriminatsiya qilinayotganligi, maktab ma’muriyatining bunga befarqligi, buning oqibatida bolani ruhiy sog‘lig‘iga zarar yetganligi yuzasidan; 2️⃣ onasi vafotidan so‘ng vasiy etib tayinlangan buvining bolaga g‘amxo‘rlik ko‘rsatmayotganligi hamda og‘ir jinoyat sodir etganligi tufayli otani otalik huquqidan mahrum qilish masalasi yuzasidan; 3️⃣ 15 yashar bola o‘zining yaqin qarindoshi tomonidan mehnat ekspluatatsiyasiga jalb qilinayotganligi yuzasidan; 4️⃣ xorijda tug‘ilib, u yerda 14 yil yashagan o‘smir qizni oilasi bilan O‘zbekistonga qaytganidan so‘ng maktabda diskriminatsiyaga uchrayotganligi yuzasidan; 5️⃣ bolaning buvisi bilan ko‘rishish huquqini buzilishiga oid; 6️⃣ bolaning meros va uy-joyga egalik qilish huquqini buzilayotganligi masalasiga oid va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi. 🕘 Eslatib o‘tamiz, Bolalar ombudsmani Kotibiyati haftaning dushanba-juma kunlari 10:00-12:00 va 15:00-17:00 ga qadar bola manfaatlariga oid murojaatlarni qabul qiladi. Telegram|Facebook|Instagram|X
إظهار الكل...
5👍 1🥰 1😍 1
🖇 Kuni kecha Adliya vazirligi va UNICEF bilan hamkorlikda bolalar uchun ixtisoslashtirilgan odil sudlov tizimini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan davra suhbatini o‘tkazdik. 🗣 Muloqot davomida Oliy Majlis Senati a’zolari, mutasaddi davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va xalqaro tashkilotlar vakillari bilan O‘zbekistonda odil sudlovda bolalar imkoniyatlarini kengaytirish istiqbollarini muhokama qildik. Uchrashuvda xorijiy ekspertlar, xususan UNICEFning Albaniya 🇦🇱va Gruziyadagi🇬🇪 vakolatxonalari mutaxassislari, Qozog‘istondagi 🇰🇿 voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha maxsus sudi raisi, Serbiya 🇷🇸 Oliy sudi sudyasi ham onlayn ishtirok etib, odil sudlovda bolalar uchun do‘stona va muqobil muhit tashkil etishga oid o‘z davlatlari tajribasi bilan o‘rtoqlashdilar. Aytish kerakki, har qanday sud jarayoniga kirishayotgan bolalarga o‘z huquqlarini himoyalash instrumentlari ishonchli ta’minlanmas ekan, chinakam odil sudlovga erishish haqida gapirish qiyin❕ Buning uchun esa odil sudlov jarayonlarida bolalarga samarali yuridik yordam, vakillik va qo‘llab-quvvatlash xizmatlaridan foydalanish imkoniyati to‘liq ta’minlanishi zarur☑️. 🔵 Davra suhbati yakunida jinoyat va fuqarolik sudlov tizimlarini maxsus ixtisoslashtirish, odil sudlovga jalb qilingan barcha toifadagi bolalarga davlat tomonidan kafolatlangan bepul yuridik yordam ko‘rsatish va bu yo‘nalishdagi boshqa manzilli harakatlar borasida kelishdik. Telegram|Facebook|Instagram|X
إظهار الكل...
7🔥 2🙏 1
أرشيف المشاركات