ar
Feedback
Kitob nuri

Kitob nuri

الذهاب إلى القناة على Telegram
2 203
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
-257 أيام
-16030 أيام
أرشيف المشاركات
Bizning kurashlarimiz muvaffaqiyatimizni aniqlab beradi. Bizdagi muammolar baxtimizni yaratadi va biroz yengilroq hamda yoqimliroq harakterdagi muammolarni kafolatlaydi. Tushunyapsizmi? Bu hech qachon nihoya topmaydigan spiral boʻyicha yuqoriga intilishdir. Qaysidir pallada kurashishga hojat qolmadi, deb oʻylasangiz, demak, nimanidir chetda qoldiribsiz. ... Chunki baxt kurashishdir.

Robbim, rizqimning koʻproq qismini menga kelishini meni oʻzimni sabab qil. Kimgadir yuk boʻlishni xohlamayman Robbim. Rizq Sendan ekanligini har on his qildir. Uni barakali, keng va halol qil. Hammasi Sening yoʻlingda, Sening roziligingga sarflansin Robbim. Yoʻlimni koʻrsat. Men Sensiz adashaman, yoʻlimni yoʻqotaman Robbim. Rizq topish yoʻllarini oson va yengil qil. Robbim, dardim dunyo boʻlmasin, faqatgina Sen boʻl. Seni koʻrish uchun, rozi qilish uchun hamma narsa qildir va har on rozi boʻl. Oʻlishimdan oldin har bir gunohdan pok holatda, Senga sevimli boʻlib jonimni ol. Men Senga qaytishimni sabrsizlik bilan kutaman. Sen esa mening qaytishimni sev. Robbim Sanga yoʻliqqanimda menga yaxshi muomalada boʻlgin. Meni yaxshi koʻrgin. #duo

Vaqtini pokiza narsalar bilan toʻldirmagan, uni harom narsalar bilan toʻldiradi.

Qachonki Internetga biror narsani koʻrish yo yozish uchun kirganda, oʻzingga savol ber. "Bu narsa oxiratim yoki dunyoyim uchun foydalimi?". Agar foydasiz boʻlsa, bas, uni tark et!

Eshik albatta ochiladi. Sen uni taqillatishni bilsang bas. Eshik albatta ochiladi. Sen uni yonida turishni bilsang bas ...

Uylansangiz aqqli, farosatli ayolga uylaning. Agar uylanmasangiz ming siz aqqli boʻlgan taqdiringizda ham, sizning farzandlaringiz telba boʻlib tugʻiladi. Tarbiya... Tarbiyaga bir yoshli bolani olib kelishadi-da. Obkelishsa, bir yil kech qolding deyisharkan. Iye, qanaqasiga kech qoldim, oʻzi tugʻilganiga bir yil boʻldiku debdi. Tarbiya onani qornida boshlanarkan. Olimlar tekshirib korishgan, ertak aytib berishadi. Har kuni bitta ertak. Tugʻilganidan keyin soʻrashibdi. Qayerdan bilasan? Onasi qornida eshitgan ekan.

Tasodif emas Allohdan edi... Avtobus to'la yo'lda, charchagan vaqting, birdan bo'shagan o'rindiq tasodif emas, Allohdan edi.. Amalga oshishini istaganing - sen uchun zararli bo'lishi va u narsani amalga oshmasligi, tasodif emas, Allohdan edi.. Ikkilanish vaqtida qilgan qaroringni sen uchun foydangga bo'lishi - bu tasodif emas, Allohdan edi.. Odatiy bir kunda ko'rgan narsalaringni yuzingdagi tabassumga sabab bo'lishi - tasodif emas, Allohdan edi.. Umidlaring tugagan vaqtda, o'sha eshikni ochilishi -tasodif emas, Allohdan edi.. O'zingni yolg'iz his qilayotgan vaqting, biri kelib, hech kutmagan vaqting senga nazokat ko'rsatishi -tasodif emas, Allohdan edi.. Chiqish yo'li ko'rmayotgan vaqting, hammasi birdan o'z joyiga tushib ketishi - bu tasodif emas, Allohdan edi.. Vaqtning hamma narsaga davo bo'lishi bu tasodif emas, Allohdan edi... Rumayso

Tasodif emas Allohdan edi... Avtobus to'la yo'lda, charchagan vaqting, birdan bo'shagan o'rindiq tasodif emas, Allohdan edi.. Amalga oshishini istaganing - sen uchun zararli bo'lishi va u narsani amalga oshmasligi, tasodif emas, Allohdan edi.. Ikkilanish vaqtida qilgan qaroringni sen uchun foydangga bo'lishi - bu tasodif emas, Allohdan edi.. Odatiy bir kunda ko'rgan narsalaringni yuzingdagi tabassumga sabab bo'lishi - tasodif emas, Allohdan edi.. Umidlaring tugagan vaqtda, o'sha eshikni ochilishi -tasodif emas, Allohdan edi.. O'zingni yolg'iz his qilayotgan vaqting, biri kelib, hech kutmagan vaqting senga nazokat ko'rsatishi -tasodif emas, Allohdan edi.. Chiqish yo'li ko'rmayotgan vaqting, hammasi birdan o'z joyiga tushib ketishi - bu tasodif emas, Allohdan edi.. Vaqtning hamma narsaga davo bo'lishi bu tasodif emas, Allohdan edi... https://t.me/byRumayso

Tasodif emas Allohdan edi... Avtobus to'la yo'lda, charchagan vaqting, birdan bo'shagan o'rindiq tasodif emas, Allohdan edi.. Amalga oshishini istaganing - sen uchun zararli bo'lishi va u narsani amalga oshmasligi, tasodif emas, Allohdan edi.. Ikkilanish vaqtida qilgan qaroringni sen uchun foydangga bo'lishi - bu tasodif emas, Allohdan edi.. Odatiy bir kunda ko'rgan narsalaringni yuzingdagi tabassumga sabab bo'lishi - tasodif emas, Allohdan edi.. Umidlaring tugagan vaqtda, o'sha eshikni ochilishi -tasodif emas, Allohdan edi.. O'zingni yolg'iz his qilayotgan vaqting, biri kelib, hech kutmagan vaqting senga nazokat ko'rsatishi -tasodif emas, Allohdan edi.. Chiqish yo'li ko'rmayotgan vaqting, hammasi birdan o'z joyiga tushib ketishi - bu tasodif emas, Allohdan edi.. Vaqtning hamma narsaga davo bo'lishi bu tasodif emas, Allohdan edi... Rumayso

Kelin tomon kiyintirsa "qoʻgʻirchoqday" turar emish, "Erkakman" deb viqor bilan koʻkrak kerib yurar emish. Toʻydan so'ng ham kelin tomon nimadirlar tashib yotar, Kuyov esa quda tomon koylaklarin kiyib xursand. Toʻrtlik

Yanada ijobiy odatga intilish, aslida, salbiy odatning oʻzginasidir. Boz ustiga, qanchalik ziddiyatli tuyulmasin, salbiy odatni qabil qila olish ijobiy odat hisoblanadi. Ha, juda jumboqli holat. Doʻppini bir chekkaga qoʻyib, takror oʻqib chiqing: Ijobiy odatni istash, aslida, salbiy odatdir. Salbiy odatni qabul qila bilish esa ijobiy odatdir. Bunday holatgaa faylasuf Alan Uots "teskari qonun" deb nom bergan. Yaʼni inson qanchalik koʻp narsani istasa, oʻsha narsaga qanoat hosil qila olmaydi. Masalan: Boy boʻlish istagi qanchalik kuchli boʻlsa(qancha pul ishlab topishingizdan qatʼiy nazar), shunchalik oʻzingizni kambagʻal his qilaverasiz.

Har bir kun - butun bir hayot, deb hisobla. Sen kuningni qanday oʻtkazsang, hayotingni ham shunday yashab oʻtasan. Seni hali kutib turgan kunlar oldida bu bir kun juda ham koʻp katta ahamiyatga ega emas, deb oʻylash oson. Biroq buyuk hayot bu - ajoyib marvarid donalari kabi birin-ketin tuzilgan, ajoyib yashab oʻtilgan kunlarning qatoridir, xolos. Har bir kun juda koʻp narsani anglatadi, har bir kun oxirgi natijaga oʻz hissasini qoʻshadi Oʻtmish oʻtib ketdi, kelajak - yolgʻon, demak, yaxshilab qaraydigan boʻlsak, sening ixtiyoringda faqat bugungi kun bor. Demak bu kunni aql bilan oʻtkazish kerak.

Uchrashuvda (qizlar uchun) Ko‘pchilik muslimalarimiz oila qurishga jiddiy qaraydilar. Oddiy qizlar bo‘lajak kuyovni o‘qimishli va o‘zini ta’minlay olar darajada bo‘lishini istasa, muslimalar bo‘lajak kuyov taqvoli hamda halol bo‘lishini istaydilar. Ho‘sh, uchrashuvda o‘zini juda solih ko‘rsatishga urinuvchi yigitlarni qanday aniqlash mumkin? ❕Keling, sodda qilib, sodda maslahatlarni baham ko‘ramiz. ▫️1. Uchrashuvga yigitdan avvalroq kelishga urining. Har qanday yigit qiz o‘zidan oldinroq kelganini ko‘rsa biroz noqulay ahvolga tushadi. Bu - u kutkan senariy bo‘yicha boshlanmadi degani. ▫️2. Nima uchun undan oldin kelishim kerak? U uzoqdan kelayotganida darrov tahlil qilish uchun yaxshi imkoniyat bu. 2.1. Uning qadam bosishiga ahamiyat bering. Qadamlari notekis bo‘lsa, demak sport bilan shug‘ullanmaydi. 2.2. Uning atrof muhitga reaksiyasini kuzating. Agar yon atrofga ko‘p qarasa, demak ko‘zi o‘ynoqi yigit. 2.3. Oldingizga yaqinlashganida nazaringizni pastlating. Uning shim va poyabzaliga nazar soling. Yigitning shimi dazmoldan "sinishi" kerak. Poyabzali esa toza bo‘lishi kerak. ▫️3. Oldingizga kelganida uning ilk so‘ziga ahamiyat bering. Salomni to‘g‘ri bermasa, demak atrofida solih do‘stlari kam. ▫️4. O‘tirganida oyoqlarini boshqarishiga nazar soling. Agar oyoqlarini yoyib yoki keng qo‘yib o‘tirsa, bunday insonga hurmat atamasi begona. ▫️5. Suhbatda aniq va qisqa savol bering. 5.1. "Nechta diniy adabiyotlar o‘qigansiz?" Kitob o‘qish borasida turli bahona (vaqtim yo‘q yoki ishlayman desa)lar sizga kerakli xulosa beradi. 5.2. "Qur’on o‘qishni bilasizmi?" O‘rganish niyati borligi ham ijobiy xulosa emas. 5.3. "Nima ish qilasiz?" deb emas, "Zakot berasizmi?" deb so‘rang. Zakot beruvchi yigit doim halol ishlaydi. 5.4. "Oilada er kishining vazifasi nima?" 5.5. "Shuncha vaqtgacha nega uylanmadingiz?" Agar u ishlagani, avval o‘zini o‘nglashi yoki vaqti bo‘lmagani haqida gapirsa... Solih yigitning javobi "Qazoi-qadarimda qachon oila qurish yozilgan bo‘lsa, shu bo‘ladi" mazmunida bo‘ladi. 5.6 "Menga sovchi qo‘yishdan maqsadingiz?" ▫️6. Undan taraladigan ifor. Agar yigitdan muloyim hushbo‘y hid anqisa, demak yigit og‘ir-bosiq va mulohazali. Agar o‘tkir hidli bo‘lsa, demak yigit e’tibor tortishga urinuvchan bo‘ladi, yoki shunchaki ko‘p terlaydi. ▫️7. Uning tirnoqlariga razm soling. ▫️8. Sayr. Sayr qilish davomida yigit qo‘lini so‘nchagidan olmasa, demak sizga nisbatan hurmatsiz munosabatda bo‘layabdi. 8.1. Agar yigit hazil qilsa, o‘zingizni jiddiy tuting. Agar tabassum qilsangiz "Salkam rozi bo‘libdi-ku!" deb, ta’vil qiladigan yigitlar ham yo‘q emas. ▫️9. Yigitdan biroz orqada yuring. Bu uni qayerga diqqat qilayotganini ko‘rishingizga yordam beradi. ▫️10. Yigitning libosiga razm soling. Libos yangi emas, pokiza bo‘lishi lozim. Imkon bo‘lganida yigitning yoqasi, yengi va qo‘ltiqlarini ko‘zdan kechiring. Kerakli javobni olasiz. Yuqoridagi maslaxatlar sizga qisman bo‘lsada bo‘lajak kuyov haqida tasavvurga ega bo‘lishingizga yordam beradi. Biz aynan huddi yozganimiz kabi bo‘ladi demaymiz, ammo shu asnoda yigitni o‘rganishingiz oson kechadi, deya olamiz xolos. 💬@Azizxon_Fayzulloh

Agar Jannatni soʻrab duo qilsangiz, "Allohim, men Sendan jannatga kirishni soʻrayman", deb aytmang. Chunki jannatga do'zaxdan keyin ham kiradigan kishilar bordir. Balki, "Allohim, men Sendan hisob-kitobsiz va azobsiz kirishni soʻrayman", deb ayting Shayx Solih M

O'zingni qo'lga ola bilishning eng yaxshi yo'li - nimadir sabab bilan senga tegib ketgan odamga javob qilishdan oldin nihoyati 100 gacha sanash. Yana bir boshqa usuli bor. Bu "Uch darvoza testi" dir. Qadimgi buyuk donishmandlar ular aytmoqchi boʻlgan gap uchta darvozadan oʻtgandagina gapirganlar. Birinchi darvozada ular oʻzlaridan: "Bu soʻzlar haqiqatmi?" -deb soʻraganlar. Agar javob "Ha" boʻlsa, ikkinchi darvozaga yaqinlashganlar. U yerda: "Shu soʻzlar kerami?" - deb soʻraganlar. Agar javob "Ha" boʻlsa, uchinchi darvozaga kelib: "Bular yaxshi soʻzlarmi?" -deb soʻraganlar. Agar javob yana "Ha" boʻladigan boʻlsa, donishmandlar aytmoqchi boʻlgan gapni aytganlar. "Oʻlsang kim yigʻlaydi" Robin Sharma

«O‘lsang_kim_yig‘laydi—_Robin_Sharma»_TO'LIQ_|_audio_kitob.mp3264.41 MB

Bir necha yil burun "Oʼz onging sehrini dunyoga koʻrsat" nomli kitob qoʻlimga tushib qoldi. U kitobni o'ttiz yil burun Al Kor
Bir necha yil burun "Oʼz onging sehrini dunyoga koʻrsat" nomli kitob qoʻlimga tushib qoldi. U kitobni o'ttiz yil burun Al Koran ismli, "Ong magiyasi boʻyicha dunyodagi eng yaxshi mutaxassis" boʻlgan odam yozgan ekan. "Boylik Siri" nomli bobda u mana nimalarni yozgan ekan: "Pul toʻlaganingda unga oq fotiha berishnii unutma. Bu pulga qoʻli tegadigan odamlar uchun bu pullar foydali boʻlishini so'ragin, ularga butun dunyo boʻyicha tarqalib, beva-bechoralarni boqishni, yalangʼochlarni - kiyintirishni buyur va senga yuz barobar boʻlib qaytib kelishini soʻra. Bu narsaga yengiltaklik bilan qarama. Bu jiddiy narsa!" "Oʻlsang kim yigʻlaydi" Robin Sharma