cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Yurisprudensiya

Qonunlarni bilmaslik javobgarlikdan ozod etmaydi! Murojaat uchun: @Yurisprudensiya1_bot

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
6 092
المشتركون
+1924 ساعات
+1087 أيام
+27730 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

❗️2024–2026-yillarda oliy taʼlim tashkilotlarining xorijiy til filologiyasi taʼlim yoʻnalishi boʻyicha 3 va 4-kursda tahsil olayotgan hamda kamida S1 darajadagi sertifikatga ega talabalariga umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida oʻqituvchi sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirishiga ruxsat etiladi➖Prezident qarori. Kanalga a'zo bo'lish uchun 👉Yurisprudensiya
إظهار الكل...
👍 11 2
⚡️Toshkent Xalqaro Universitetiga "Yurisprudensiya" yo'nalishida ta'limning kunduzgi (4 yil), sirtqi (5 yil) va masofaviy ( 4 yil) shakillarida ta'lim berish uchun litsenziya berildi Ayni damda TXUga qabul davom etmoqda Kanalga a'zo bo'lish uchun 👉Yurisprudensiya
إظهار الكل...
pdf (1) (1).pdf1.14 MB
👍 24👎 3
#sarcazm Mahalla fuqarolar yig'inlarini tugatish to'g'risidag normativ - huquqiy hujjat ovozga qo'yilganda eng ko'p ovozni davlat xizmatchilari bergan bo'lardi) @yurisprudensiya
إظهار الكل...
😁 19👍 2
Pedagoglarni nufuzini oshiruvchi 100 ta normativ - hujjatdan ko'ra, pedagoglarni oylik maoshini oshiruvchi bitta normativ - hujjat manfaatliroqdir
#sarcazm Oyligi ko'p lekin nufuzi kam xodimni ko'rmadim))
@yurisprudensiya
إظهار الكل...
Yurisprudensiya

Qonunlarni bilmaslik javobgarlikdan ozod etmaydi! Murojaat uchun: @Yurisprudensiya1_bot

💯 34👍 7🔥 3
00:38
Video unavailableShow in Telegram
Ish beruvchilar ikki turga bo'linadi: Insofli - Asosiy xizmat vazifangizga kirmaydigan ishlarni yuklamaydi, qo'shimcha ish topshirgan taqdirda ham xizmatingizga yarasha haq to'laydi; Noinsof - Asosiy xizmat vazifangizga kirmaydigan ishlarni doimiy ravishda zimmangizga yuklaydi va buning uchun hech qanday qo'shimcha haq to'lamaydi, to'lamagan va bundan keyin ham to'lamaydi. Sizning ish beruvchingiz qaysi toifaga kiradi? Kanalga a'zo bo'lish uchun Yurisprudensiya
إظهار الكل...
11.67 MB
👍 7🎃 3
Ikkinchi va undan keyingi oliy ta'limda bir nechta OTMga hujjat topshirsa bo'ladimi❓ ✅ Hozircha ikkinchi va undan keyingi oliy ta'limda bir nechta OTMga (yo'nalishga) hujjat topshirishning imkoni yo'q Kanalga a'zo bo'lish uchun 👉Yurisprudensiya
إظهار الكل...

👎 5
Kim ikkinchi mutaxassislikka yurist boʻlish uchun Huquqni muhofaza qilish  akademiyasida sirtqi shaklda oʻqimoqchi?   Akademiyada 2024/2025 oʻquv yilidan eʼtiboran ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimning bakalavriat “60420100 - Yurisprudensiya (prokurorlik faoliyati)” yoʻnalishini sirtqi taʼlim shaklida joriy etildi. Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimni olish istagini bildirgan abituriyentlar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining maxsus elektron tizimi (ikkinchitalim.edu.uz) orqali roʻyxatdan oʻtishi lozim. Kirish imtihonlari test sinovlari shaklida “Huquqshunoslik fani” boʻyicha Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtkaziladi. Shuningdek, test sinovlarida ishtirok etish uchun barcha talabgorlardan bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida toʻlovundiriladi. Shu bilan birga, ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim bakalavriatning “60420100 – Yurisprudensiya (prokurorlik faoliyati)” yoʻnalishini sirtqi taʼlim shakliga oʻqishga qabul qilish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Kanalga a'zo bo'lish uchun 👉Yurisprudensiya
إظهار الكل...
👍 22 1
Proporsional saylov tizimi Italiyada mafiyaning kuchayishiga 1993-yilgacha mavjud bo‘lgan saylov tartibi ham qulay sharoit tug'dirgan. 1993-yilgacha Italiyada parlamentga saylov proporsional saylov tizimi asosida o‘tkazilgan. Bu saylov tizimida saylovchilar aniq bir shaxs uchun emas, u yoki bu partiya uchun ovoz berardilar. Parlamentdagi o‘rin partiyalarning olgan ovoziga proporsional ravishda bo‘linardi. Qaysi partiyadan kimning deputatlik o‘rnini egallashi partiya rahbarlari orasida hal etilardi. Bu hol, o‘z navbatida, korrupsiyaning kuchayishiga yo‘l ochdi. Mafiya esa bundan ustalik bilan foydalandi va jamiyatning hamma sohalariga kirib bordi. U, ayniqsa, Sitsiliyada, Neapolda va boshqa janubiy viloyatlarda rivojlandi. U shantaj, talonchilik, qotillik yo‘li bilan jamiyatni tahlikaga soldi. Davlat organlari xodimlarini sotib olish (korrupsiya) mafiya faoliyatining asosini tashkil etadi. O'z izmiga yurmaydiganlarni ta'qib etadi va ularning qotiliga aylanadi. Kanalga a'zo bo'lish uchun 👉Yurisprudensiya
إظهار الكل...
👍 5 1
Photo unavailableShow in Telegram
O'zbekistonda deputatlar saylovi endilikda majoritar va proporsional tizimi asosida o‘tkaziladi. Ayollar deputatlikka nomzodlar sonining kamida 40 foizini tashkil etishi kerak Kanalga a'zo bo'lish uchun 👉Yurisprudensiya
إظهار الكل...
👎 5👍 1
“Sizning ovozingiz — muhim ovoz”, deputatlik saylovlari boshlanmoqda. @yurisprudensiya
إظهار الكل...
🤣 20👍 6👎 3 1
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.