cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Arab tilini o‘rganamiz

Arab tilini 0 dan o‘rganing. Darslar mundarijasi: t.me/arabtili_arabcha/6 Reklama joylashtirish uchun:️ @reklama_servis

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
21 953
المشتركون
-2024 ساعات
-1097 أيام
+20330 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

O‘kinma (Audiokitob)
إظهار الكل...
👍 6
O‘kinma
54:07
Video unavailableShow in Telegram
#Videodars 📚 Arab tili fonetikasi 📹 9-dars. Ikki lab va xayshumdagi maxrajlar Dars mundarijasi: - Ikki labdan hosil bo'ladigan harflar; - Xayshumdan chiquvchi harflar; - Maxrajlar mavzusiga umumiy xulosa. 📖 @arabtili_tv
إظهار الكل...
👍 6
Qur'on bilan tanishuv
إظهار الكل...
22🔥 4
Qur'on bilan tanishuv
O‘rganish kerak bo‘lgan xorijiy tillar Bismillahir Rohmanir Rohiym. Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin. Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin. O‘rganish foydali bo‘lgan chet tillar: Arab tili; Ingliz tili; Turk tili; Fors tili; Rus tili; Bu tillar nafaqat foydali, balki juda go‘zal tillar. Arab tilini mukammal bilish diniy adabiyotlarni asliyatdan o‘rganishga zamin yaratadi. Tafsir, Hadis va uning sharhlari, fiqh va uning asoslari, Qur’on bilimlarini o‘rganish, shuningdek, olimlarning ijtimoiy masalalarga bag‘ishlab yozgan ommabop asarlarini mutolaa qilishda asqotadi. Shar’iy bilimlar ma’lum marhalaga qadar ustoz bilan o‘rganilishi shart. Ammo, buning uchun ham avval arab tilini yaxshi bilish lozim. Ijtimoiy ahamiyatga molik asarlarni esa ustozsiz mutolaa qilsa ham bo‘ladi. Zero, bunday asarlar zotan tushunarli va ommabop ruhda yoziladi.  Bu sanaganlarimiz arab tilining uxroviy va tarbiyaviy foydalari. Dunyoviy ma’noda esa arab tilini bilish arablar bilan muloqot qilish, ushbu tilning balog‘atu fasohatidan bahramand bo‘lish uchun kerak. Shuningdek, arab tilidan biror qiymatli asar tarjima qilib yoxud arab tili o‘rgatib tirikchilik qilish ham mumkin. Ingliz tilini chet tili sifatida o‘rganish uxroviy manfaatlarga vasila bo‘lmasa-da, bu tilning dunyoviy sohalarda muhimligi barchaga ma’lum. Inglizchangiz bo‘lsa, dunyoning ko‘p joylarida odamlar bilan anglashib ketaverasiz. Agar chuqurroq bilsangiz dunyoga mashhur asarlarni asliyatdan o‘qib tushunish imkoniga ega bo‘lasiz. Bordiyu ilg‘or texnologiyalar sohasida ishlasangiz ingliz tilisiz qiyin. Zero, barcha texnik atamalar inglizcha yoki inglizlashgan lotincha so‘zlardan iborat. Nafaqat IT sohasi balki, ko‘plab dunyoviy sohalarda ingliz tilini bilish olqishlanadi. Yuqorida aytganimizdek, zikr qilingan tillar uxroviy yoki dunyoviy ahamiyatidan tashqari, davrlar o‘tishi bilan rivojlanib, go‘zallashib qolgan tillardir. Masalan, sof adabiy arab tilida biror parchani o‘qish yoxud eshitish insonga zavq bag‘ishlaydi. Ba’zi olimlar bor, mavzu fiqhiy yoki ilmiy bo‘lsa-da, ishlatgan jumlalari g‘oyat pishiq, fasohatu balog‘atga yo‘g‘rilgan bo‘ladi. Shunday kitoblarni o‘qisangiz ham ilm, ham adabiy zavq olasiz.  Turk tili endi o‘zbeklar uchun begona til emas. Lekin, masofalar uzoqligi va uzoq muddat bordi-keldi bo‘lmagani tufayli Turkiya turkchasi o‘zicha rivojlanib, ko‘p so‘zlarni fransuzchadan olib, yon-atrofidagi davlatlardan ta’sirlanib, bizning tilimiz bilan oradagi tafovut jari kattalashib qoldi. O‘z navbatida dunyoda so‘zlashuvchilar soni jihatidan ikkinchi buyuk turkiy til bo‘lgan o‘zbek tili ham mustabid tuzum davrida o‘zicha, mustaqil ravishda rivojlana olmadi. Go‘yoki qafasga tushib qoldi. Dunyo sohasida nimaiki, yangilik chiqsa, uning nomi va atamasini ruslardan olishga majbur bo‘ldi. Va shu tufayli qaysidir ma’noda tilimiz rivojlanishdan to‘xtab qoldi. Turk tili arab, fors va yevropa tillaridan ta’sirlanganligi uchun ham bag‘oyat go‘zallashib, mukammallik kasb etgan. Turkcha asarlarni o‘qisangiz o‘zgacha zavq olasiz. Fors tilining jozibadorligi, go‘zalligi ham bejiz emas. U ham qadim imperiyalar va sivilizatsiyalardan meros bo‘lib qolgan tildir. Shuningdek, juda ko‘p ilmiy-adabiy asarlar ham ushbu tilda bitilgan. «Forsiy shakar ast» (Fors tili shakardek shirin) degan mashhur ibora ham bejiz paydo bo‘lmagan. Forslarning so‘zlashuviga quloq solsangiz xuddi ashula aytayotgandek, tasavvur paydo bo‘ladi. Chunki, so‘zlari chiroyli va oddiy so‘zlashuv ham ma’lum ohang va ritmlarga tushib qoladi, istar-istamas. Rus tili doimiy ravishda yangilanib, rivojlanib boruvchi til bo‘lganligi uchun hamda Rossiya imperiyasi ham qaysidir ma’noda Britaniya imperiyasi bilan raqobatlashib, ko‘p joylarni mustamlaka qilganligi ortidan rus tili juda boyib ketdi. Boz ustiga, Rossiyada ilm-fanga e’tibor juda kuchli. Qayerda ilm-fanga e’tibor bo‘lsa, o‘sha yerning tili albatta kuchayadi. Ushbu omillar ta’sirida rus tilining fasohatu balog‘ati ham rivojlanib, yoqimli tilga aylandi. Alisher Sultonxodjayev 📖 @arabtili_tv
إظهار الكل...
👍 35 4👏 2
📎 Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh! 💡 Arab tili darslariga qabul ochildi ! 🧕 Ustoza : – O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabasi; – CEFR (C1) sertifikatiga ega. 📚O'qiladigan kitoblar : ➡️ Miftahul-arobiyya A1 ; A2 ; B1 kitoblarining 2tadan : eshitish-gapirish va o'qish-yozish qismlari ; ✅ Umumiy hisobda 6ta kitob o'qiladi. 📌Miftahul-arobiyya B2 qismi ham o'quvchilar xohishiga ko'ra o'qilishi mumkin. ➕ "Fahmul-maqru'" kitobidan o'qish mahoratini rivojlantirish uchun ba'zi matnlar; ➕" Dalil ash-shiroka al-lug'oviyya" kitobidan ham gapirish mahoratini oshirish uchun foydalaniladi. ⏳Kurs muddati : – 8 oy(±) 🔴 O'quvchilar soni (eng ko'pi) : — 7 ta 🗓 Dars kunlari haftada 3 kun: ➡ Dushanba; ➡ Chorshanba; ➡ Juma. ⏰Dars vaqti( 1.5± soat) :         06:00 - 7.30 💰Kurs narxi : 330 ming ⏰Boshlanish sanasi: 03.06.2024 📌Kurs kimlar uchun: – Arab tilida qiynalmasdan o'qib, yoza oladigan; Arab tilini o'rganishni endi boshlagan; – CEFR sertifikatiga tayyorlanmoqchi bo'lgan; – Yengil grammatika (nahv) o'rganishni xohlagan ayol-qizlar qatnashishi mumkin. 📩Murojaat uchun: @Madina_Umid
إظهار الكل...
👍 10 4🔥 1
Qur’oni Karimni yodlash yo‘lidagi qirqta qoida va ko‘rsatmalar Qur’on yodlash fazilatlari kitobida Qur’oni Karimni yodlashda foyda beradigan 40 qoida va ko‘rsatmalar bayon qilingan. Bu o‘z navbatida Qur’on yod olmoqchi bo‘lgan kishiga ajoyib yo‘llanma bo‘ladi, albatta. Ular ikki qismdan iborat: Birinchi qism: Qur’oni Karimni va barcha ilmlarni yodlash uchun mutlaq, umumiy, asosiy qoida va shartlar. U oltita qoidani o‘z ichiga oladi: 1. Iltijo. 2. Ixlos. 3. Taqvo. 4. Allohdan qo‘rqish. 5. Allohning Kitobiga amal qilish. 6. Besh vaqt namozga rioya qilish. Ikkinchi qism: Qur’oni Karimni yodlashga xos bo‘lgan qoida va usullar. Bu qism qolgan o‘ttiz to‘rt qoidani o‘z ichiga oladi. Bu o‘ttiz to‘rtta qoidaning ichida qilinishi lozim bo‘lgan rukn va vojibotlar ham, qo‘shimcha qilinsa, yaxshi bo‘lgan yordamchi vazifalar ham bor. Qirqta qoida va ko‘rsatmalar quyidagilardan iborat: • Tahajjud paytida Alloh azza va jallaga iltijo qilib yolvorish. • Hifz amaliyotiga xos daftar tutish. Himmat va g‘ayratni qo‘zg‘atish. • Mohir ustozni tanlab, Qur’onni undan og‘izma-og‘iz o‘rganish va Mushafning o‘zi bilangina cheklanmaslik. • Yodlash uchun munosib joy tanlash. • Amalni Alloh taolo uchun xolis qilish. • Ustozga ham, Mushafga ham birdek odob va ehtiromda bo‘lish. • Qur’oni Karimni unutganga va’da qilingan qattiq va’idlarni his qilish. • Qur’onni yodlagandan keyin unutish gunohi kabiralardandir, deb e’tiqod qilish. • Xato qilgan o‘rinlarni belgilab qo‘yish. • Yodlash uchun eng afzal yosh 5 yoshdan 23 yoshgacha bo‘lgan davr. • Bitta nusxadagi Mushaf bilan cheklanish. • Har yili tarovih namozida xatm qilishni va (kundalik) namozlarda o‘qishni lozim tutish. • Kundalik vazifani tayyorlash. • Kundalik takrorni yo‘lga qo‘yish. • Bir-biriga o‘xshash oyatlarni jamlash. • Xatoni yuz marta takrorlash bilan tuzatish. • Yodlash amaliyotidagi atamalar bilan tanishish. • Yodlash uchun munosib vaqtni tanlab, o‘zgarmas, sobit vaqtni qayd qilib olish. • Taqvo qilish va ma’siyatlardan chetlanish. • Takror yodlashning asosidir. Qanchalik ko‘p takrorlansa, shunchalik ko‘proq mustahkamlanadi. • Nafl namozlarda yoddan o‘qish. • Nafl namoz va tarovih namozlarida Mushafga qarab o‘qish joiz emasligiga e’tiqod qilish. • Vaqtni tartibga solish. • O‘tirish holati. • Qur’onni yodlayotgan vaqtda ovozni ko‘tarib, jahriy qiroat qilish. • Tartibli silsila va garchi oz bo‘lsa-da, uzmasdan, davomiy tayyorlab borish. • Kundalik yangi darsni belgilangan uslub bilan Fotiha surasi kabi mustahkam yodlash. • Maxfiy va oshkor holda ham Alloh taolodan qo‘rqish. • Qur’on yodlash duosini esdan chiqarmay, takrorlab turish. • Aniqlab olingan xato o‘rinlarda umr davomida yana xato qilish eshigini yopish. • Kunning kamida sakkiz soatini yod olishga sarflash. • Hayz ko‘rgan ayol muroja’ani eshitish, ko‘rish va qalbdan o‘tkazish vositasi ila bajarishi. • Yod olish jarayonida ustozni almashtirmaslik. • Alloh taoloning Kitobiga amal qilish. • Qur’on juda oson, ayni paytda tez qochib ketuvchidir. • Har kecha Baqara surasining o‘nta oyatini qiroat qilish. • Kunduzgi virdlarni tunda tahajjudda o‘qish. • Besh vaqt farz namozlarni birinchi takbirga yetishish bilan masjidda jamoat bilan o‘qishni tark qilmaslik. • Kunlik shaxsiy tilovat virdida bardavom bo‘lish. • Yodlash amaliyotida va ovozni go‘zallashtirishda yordam beradigan ne’matlarni iste’mol qilish. © Jaloliddin hoji domla HAMROQULOV 📖 @arabtili_tv
إظهار الكل...
👍 32 8🤩 3🔥 2
Ham zamonaviy ham klassik arab tilini bosqichma bosqich sifatli oʻrganish mumkinmi? Albatta mumkin. Buning uchun CEFR C1 sertifikatiga ega, Islom Akademiyasi bitiruvchilarining Arabic Zone kanalida berib boriladigan 💭محادثة soʻzlashuv 📝كتابة yozish 📚قراءة oʻqish 🎧استماع tinglash koʻnikmalari sizga yordam beradi. Ilmni olishda قليل دائم خير من كثير منقطع yaʼni Uzluksiz olingan oz narsa uzuq-yuluq olingan koʻp narsadan afzaldir, shunga koʻra ushbu sahifa sizga manfaatli boʻladi degan umiddamiz. Obuna boʻlish: @arabic_zoneuz
إظهار الكل...
👍 14🥰 9 4
Asliyatimizni anglaymiz!
إظهار الكل...
🤯 1
Asliyat
1:06:08
Video unavailableShow in Telegram
#Videodars 📚 Arab tili fonetikasi 📹 8-dars. Til va undagi maxrajlar Dars mundarijasi: - Til va undagi maxrajlar; - Tilning harflar talaffuzidagi qismlari; - Tish va unga bog'liq ma'lumotlar; - Harflarning bir-biridan ajratib turuvchi sifatlari. 📖 @arabtili_tv
إظهار الكل...
👍 16
Qur’onni tez yodlash usuli va odobi Qur’oni Karimga bo‘lgan odob, Alloh subhanahu va taologa nisbatan odob hisoblanadi. Ana shunday odoblardan deb quyidagilarni eslash mumkin: – Qur’on o‘qishda Alloh taoloning roziligini qasd qilishimiz, undan boshqa narsani istamasligimiz. Mana shu Alloh taolo qabul qiladigan qiroat hisoblanadi; – har tomonlama pok, tahoratli bo‘lishimiz; – Qur’on tilovat qilgan vaqtimizda pok, toza joyda o‘tirishimiz; – o‘qishni boshlashda «a’uzu» aytishimiz. Bunda suraning boshi bo‘ladimi, o‘rtasi bo‘ladimi, baribir. Bunga dalil Alloh taoloning quyidagi oyatidir: «Qur’on o‘qigan chog‘ingda Allohdan quvilgan shayton(sharri)dan panoh so‘ragin»;  – Tavba surasidan boshqa suralarning boshida «basmala» aytish; – Qur’oni Karimga hurmatan xushu’ va diqqat-e’tibor bilan tilovat qilishimiz; – o‘qiganlarimizning ma’nolarini o‘rganishga harakat qilishimiz va uning mag‘zini chaqib, tafakkur qilishimiz; – tajvid ahkomlariga rioya qilishimiz, tilovat asnosida ovozimizni chiroyli qilishimiz va mashaqqatsiz dona-dona qilib, tartil bilan o‘qishimiz;  – shuningdek, eshitayotgan kishi ham bevosita qoridan yoki biror jihoz orqali tinglaganida Qur’oni Karim oyatlariga jim quloq tutishi va tafakkur qilishi lozim; – esnoq kelganida to u batamom ketgunicha tilovatni to‘xtatib turishimiz; – qiroatni tamomlashda «Sodaqollohul ’aziym», deyishimiz va Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning omonatni yetkazganliklariga guvohlik berishimiz; – tilovatni gap bilan bo‘lmaslik. Faqat zarurat yuzasidan bo‘lsa, joiz. Masalan, salomga alik olish kabi; – rahmat oyatlarida Allohdan fazlu marhamatini so‘rab, qo‘rqituv oyatlarida U zotdan panoh tilashimiz; – Qur’onni yod olishda bardavom bo‘lishimiz va yod olganlarimizni unutib yubormasligimiz uchun doimo takror qilib turishimiz; – Qur’oni Karimning amrlari va qaytariqlariga qat’iy rioya qilishimiz; – Qur’oni Karim bilan xulqlanishmiz va unga doimo amal qilishimiz. Men sizlarga Qur’on yodlash sirlari haqida ustozimdan eshitgan va o‘z tajribamda sinagan ayrim narsalarni ham aytib beraymi? Undoq bo‘lsa, marhamat: – yuqorida aytilgan tilovat odoblariga rioya qilish; – Alloh taolodan yordam so‘rab duo qilish; – ota-ona va ustozning duosini olish; – odobsizliklardan, yomon ishlardan uzoq bo‘lish; – astoydil qasd qilish va yod olishga qodirligiga ishonish; – havosi toza, hayolni chalg‘itadigan, rang-barang bo‘lmagan, tinch, xoli joyda yod olish; – munosib vaqt tanlash. Yodlash uchun eng afzal vaqt tong sahar va namozdan keyingi ertalabki soatlardir. Buning uchun yotishdan oldin darsni ma’lum adad o‘qib, chala yodlab olsangiz, ertalab turganingizda 3-4ta o‘qishingiz bilan dars yodlanib qoladi. Shundan so‘ng yoddan 100-150ta sanoq qilsangiz, qarabsizki, dars tayyor; – yodlashga kirishishdan oldin to‘g‘ri o‘qishni o‘zlashtirib olish; – dona-dona qilib, shoshilmay, ohang bilan o‘qish – doimo bir mus'hafda o‘qish; – yod olgan suralarni takror qilib turish; – tartibli ravishda har kuni ma’lum hajmda yodlash. Darsni ko‘paytirganda ham asta-sekin, bir qator-ikki qatordan ko‘paytirish; – oyatlarning ma’nolarini o‘rganib amal qilish; – agar dars ko‘p bo‘lsa, bo‘lib yodlash va bir qismi tayyor bo‘lgandan so‘ng 20-30 daqiqa dam olish. Manba: Quran.uz 📖 @arabtili_tv
إظهار الكل...
👍 54🥰 7 5🔥 3👏 2