cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

OTFIV ǀ RASMIY

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 7-uy, Tashkent, Uzbekistan Murojaat uchun bot: @eduuzuniversalbot 📧 [email protected] 🌐 www.edu.uz 📲 instagram.com/edu.uz

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
6 707
المشتركون
-1124 ساعات
-577 أيام
-25030 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Repost from Edu.uz
#xalqaro_hamkorlik #tibbiyot Samarqanddagi tibbiyot universiteti talabalari qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha AQSHda o‘qish va ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi Samarqand davlat tibbiyot universiteti AQSHning Webster universiteti bilan bir necha yildan beri o‘zaro hamkorlik aloqalarini yuritib kelmoqda. Jumladan, ikki muassasa o‘rtasida “Tibbiy biologiya” va “Oliy hamshiralik” yo‘nalishlari bo‘yicha malakali mutaxassislarni Amerika standartlari asosida tayyorlashga ko‘maklashishi haqida kelishib olingan edi. Mazkur kelishuv doirasida 11-iyul kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti Webster universiteti bilan hamkorlik bo‘yicha uch tomonlama memorandum imzoladi. Hujjatga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan 3+1 shaklidagi “Hamshiralik ishi” qo‘shma ta’lim dasturi amalga oshirilib, SamDTU talabalari AQSHning nufuzli universitetida tahsil olish hamda malakalarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 👉 In English 👉 На русском
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
إظهار الكل...
👍 1
#Prezident_topshirigʻi_ijrosi_amalda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti hamda “Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi” MChJ va “Uzbekistan GTL” MChJ hamkorligida muhandislik kadrlarini tayyorlash tizimidagi ustuvor vazifalar mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi. Dastlab Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yil 20-iyun kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilab berilgan vazifalar, taʼlim va ishlab chiqarish oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, oʻzgarishlar mohiyati haqida soʻz yuritildi. Soʻngra Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti hamda “Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi” MChJ va “Uzbekistan GTL” MChJ korxonalari bilan hamkorlikning yangi istiqbollarini amalga oshirishga qaratilgan bitimlar imzolandi. Matbuot anjumani savol javoblarga boy boʻldi. Bizni kuzating Facebook | X | YouTube
إظهار الكل...
👍 5
01:40
Video unavailableShow in Telegram
#raqamlisavodxonlik Raqamli savodxonlik nima? Raqamli savodxonlik bugungi raqamlashgan davrda har bir insonga kundalik hayot tarzidan boshlab professional faoliyatga ulkan yordam beradi. Shuningdek, raqamli savodxonlik bir umrlik ta’limga ega bo‘lish imkoniyatini yaratadi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
إظهار الكل...
Raqamli-Savodxonlik-nima.mp46.51 MB
👍 3
#xalqaro_hamkorlik Samarqand davlat tibbiyot universiteti Sankt-Peterburg tibbiyot muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizaev boshchiligidagi delegatsiyaning Rossiyani Sankt-Peterburg shahriga tashrifi doirasida Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligining Sankt-Peterburg ftiziopulmonologiya ilmiy-tadqiqot instituti, Sankt-Peterburg Muqaddas Georgiy shahar kasalxonasi, Beloostrov klinikasi, Birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti bilan tinishib chiqdi hamda ulardagi jarrohlik, onkologiya va yuqori texnologiyali yordam ko'rsatish sohasidagi ilg‘or tajribalar bilan tanishdilar. Sankt-Peterburg hukumati bilan uchrashuvda tomonlar sog‘liqni saqlash sohasidagi sheriklik mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning eng faol rivojlanayotgan yo‘nalishlaridan biri ekanligini ta’kidladilar.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
إظهار الكل...
👍 5
Namangan muhandislik-texnologiya institutida press-tur va brifing o‘tkazildi. Davlatimiz rahbarining muhandislik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha belgilangan vazifalarni bajarish yuzasidan Namangan muhandislik-texnologiya instituti tashabbusi bilan press-tur va brifing o‘tkazildi. Dastlab jurnalistlar NAMMOTORS korxonasida bo‘lib, ta'lim va ishlab chiqarish hamkorligiga guvoh bo‘lishdi. Ushbu tashrif davomida jurnalistlar talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash imkoniyatlarini o‘rgandilar. Bu yerda "Tarmoq – korxona – oliygoh" zanjirini yaratish orqali ta'lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdilar. Shuningdek, NamMTIda tashkil etilgan "Talabalarga xizmat ko‘rsatish departamenti" faoliyati ham OAV vakillarining diqqat markazida bo‘ldi. Ushbu departament talabalar uchun yaratilgan xizmatlar, ularning o‘qish sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha ko‘rsatilayotgan yordamlar haqida batafsil ma'lumot berildi. Shundan so‘ng institut rektori Odiljon Mamatkarimov ishtirokida brifing o‘tkazildi. Brifingda ishtirok etgan 30 dan ortiq jurnalistlarga davlatimiz rahbarining muhandislik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha belgilangan vazifalarni bajarish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami haqida ma'lumot berildi. Rektor muhandislik yo‘nalishidagi ta'lim jarayonlarini modernizatsiya qilish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish borasida olib borilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
إظهار الكل...
👍 1👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
#rasmiy_munosabat
“Xo‘jayinlari yangilangan oliy ta’lim xo‘jayinlarga yoqishga urinib ko‘radi(mi)?” sarlavhali postiga:
Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi 2024/2025 yilgi oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul jarayonlarida katta o‘zgarishlar bo‘lgani sababli, “avval test, keyin tanlov” tizimni keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini jadallashtirish maqsadida “O‘zbekiston 24” telekanali bilan shartnoma tuzganini ma’lum qilamiz. Mazkur shartnoma vazirlik piari uchun materiallar tayyorlashga yo‘natirilmagan. Shartnomada ko‘rsatilgan mablag‘lar abituriyentlar va ularning yaqinlariga qabulga doir ma’lumotlarni sifatli va tezkor yetkazishga qaratilgan materiallar tayyorlashda foydalaniladi. Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
إظهار الكل...
👍 4🤔 1
Ilmiy-innovatsion loyihalarni moliyalashtish yuzasidan uchrashuv tashkil etildi O‘zbekiston milliy universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Otabek Fozilkarimov, Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sharof Rajabbayev hamda tegishli mas’ullar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Unda professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchi-olimlarning ilmiy, innovatsion hamda startap lohiyalarini qo‘llab-quvvatlash, moliyalashtirish hamda ularni amaliyotga keng jalb etish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Ilm-fan sohasini rivojlantirish, loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan taklif va tashabbuslar tinglandi, bir qator masalalar atroflicha muhokama qilindi. Batafsil... 👉 На русском 👉 In English
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
إظهار الكل...
👍 2
03:28
Video unavailableShow in Telegram
Zilzila vaqtida nima qilish kerak? Aholini favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatuvchi foydali havolalar. Aholini zilzilaga tayyorlash milliy platformasi Zilzila paytida aholini qanday harakat qilish bo‘yicha mobil ilova Favqulotda vaziyatlarda harakat qilishga o‘rgatuvchi mobil ilova
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
إظهار الكل...
IMG_9825.MP413.63 MB
👍 1
01:24
Video unavailableShow in Telegram
#final2024 #Munozara 🗣“Munozara” respublika turniri ilk kuni, ochilish marosimi, qur’a tashlash jarayoni va guruh bosqichi bellashuvlaridan videolavha.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
إظهار الكل...
IMG_2259.MOV30.74 MB
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
#Bilasizmi diplom.edu.uz platformasi orqali bakalavr, magistr, litsey, texnikum, kasb-hunar maktabi va kollejlarni bitirganlik to‘g‘risidagi diplom ma’lumotlarining haqiqiyligini tekshirish va qo‘shimcha ta’lim ma’lumotlarini kiritish mumkin. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’lim texnoligiyalarini rivojlantirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan mazkur axborot tizimida bugungi kunda 2 mlnga yaqin bitiruvchilarning diplom ma’lumotlari jamlangan. Tizim quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi: ✅ bitiruvchilarning diplom ma’lumotlari kiritiladi va tasdiqlanadi; ✅ diplom ma’lumotlari mavjud bo‘lmaganda bitiruvchilar Yagona identifikatsiya tizimi – OneID orqali ro‘yxatdan o‘tib, ma’lumotlarni kiritadi. Oliygoh esa diplom ma’lumotlari to‘g‘riligini tasdiqlaydi. Platforma boshqa davlat idoralari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan. Bunda ma’lumotlar avtomatik tarzda shakllanadi va diplom ma’lumotlarini kiritish talab etilmaydi. ___ Дипломы об окончании бакалавриата, магистратуры, лицея, техникума, профессиональной школы и колледжей в электронном виде можно скачать через платформу diplom.edu.uz. На сегодняшний день информационная система, разработанная Центром развития технологий цифрового образования при Министерстве высшего образования, науки и инноваций, собрала информацию о дипломах около 2 миллионов выпускников. Система включает в себя следующие процессы: ✅вносятся и подтверждаются данные о дипломах выпускников; ✅при отсутствии сведений о дипломе выпускники регистрируются и вносят сведения через Единую систему идентификации – OneID. Университет подтверждает достоверность сведений о дипломе. Платформа интегрирована с информационными системами других государственных органов. При этом информация формируется автоматически и вводить данные о дипломе не требуется.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
إظهار الكل...
👍 3
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.