cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Metodik yordam Qayumova Madina

Zamonaviy o'qituvchida bo'lishi lozim bo'lgan har qanday sifatlarni birga rivojlantiramiz Qayumova Madina Ravshanjon qizi @Madina_Qayumova_1993 Aloqa uchun: @MetodikaMadinabot

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
7 014
المشتركون
-824 ساعات
-667 أيام
-25630 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

1.26 MB
1:00:27
Video unavailableShow in Telegram
record.mp4346.99 MB
Assalomu alaykum, Qadrlilarim. Qurbon Hayiti muborak bo'lsin. Barchangizni oilangizga tinchlik, xotirjamlik, sog'lik-salomatlik, ro'zg'oringizga fayz-baraka tilayman. Bayram bayramdek bo'lsin. Kunni a'lo kayfiyatda o'tkazing ☺️
إظهار الكل...
👍 8 5
Assalomu alaykum, xayrlilarim. Arafa kuningiz muborak bo‘lsin! Arafani Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlarining sahih hadislarida shunday bayon qilganlar: «Alloh subhanahu va taoloning nazdida Arafa kunidan ko‘ra afzal kun yo‘q. Duoning yaxshisi arafa kunining duosidir». Manba : BintuSodiq
إظهار الكل...
🔥 5 3🎉 2👍 1
Turk tilidan guruh yig'ilyapti. Darslar kelasi haftadan boshlanar ekan. O'qish niyatidagilar bormi? Qo'shiling, birga o'qiymiz. @Sabriya_nur_0231 Ma'lumot uchun 👆👆👆
إظهار الكل...
Yangi O'zbekiston ustozlari loyihasi Shu kabi loyiha kutayotganlar bormi? Izohlarda yozamiz 👇👇
إظهار الكل...
2.17 MB
🥰 3🔥 1
Universitetni yakunlab, bu yil ishga chiqadigan bo'lajak ustozlarimiz uchun ajoyib loyiha tayyorlayapman. Men o'qishni tugatib, ishga kelgan vaqtim atrofimda, afsuski, menga yordam bera oladigan Loyihalar va mutaxassislar bo'lmagan. Kanalimda ustozlik darajasiga 1-qadamini qo'yayotgan juda ko'p yosh ustozlar bor ekan. Siz uchun YANGI O'ZBEKISTON USTOZLARI loyihasini taklif qilmoqchiman. Zero, o'z o'rningizni topib olguningizcha siz mendek qiynalishingizni xohlamayman.
إظهار الكل...
🔥 6
إظهار الكل...
ish vaqti esse.docx0.28 KB
🔥 1
So'nggi yillarda xususiy Oliy ta'lim muassasalari soni keskin oshgani ko'pchilikni quvontirmoqda, boshqalar esa bu kabi xususiy OTMlar ta'lim sifatiga qo'yilgan talablarga to'la-to'kis javob bermayotganligidan qayg'urmoqdalar. Oliy ta’lim – turli liy ta’lim muassasalarida umumiy o‘rta ta’limdan keying bosqichda ma’lum bir soha uchun malakali mutaxassislar tayyorlashdir. Unda xalq xo‘jaligi, fan, san’at va madaniyatning turli sohalari bo‘yicha kishilarga ilmiy-nazari va amaliy bilimlar beriladi hamda muayyan ko‘nkmalar shakllantiriladi. Avvallari, asosan, davlat oliy ta’lim muassasalari faoliyat yuritgan va kadrlar sifati ham, nisbatan, yaxshi bo‘lgan. Hozirgi kunga kelib Xususiy oliy ta’lim muassasalari juda ko‘payib ketdi va xalq orasida davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida ikki xil qarash bor. Birinchi guruh odamlar xususiy oliy ta’lim tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlaydilar va ularning ko‘payayotganidan mamnunlar. Ikkikchi guruh tarafdorlari esa nodavlat OTMlarning ko‘payishi ta’lim sifatining pasayishiga olib kelishidan xavotirdalar. Birinchi guruh, ya’ni xususiy oliy ta’lim muassasalari soni oshayotganidan xursand bo‘layotgan va ularni borligini yoqlovchi odamlar guruhi nodavlat OTMlar ko‘proq kishilarning oliy ta’lim olishiga yo‘l ochadi, jamiyatda turli sohalarda kadr yetishmovchiligi muammosini hal qiladi, mamlakatimizga zamonaviy kasblar kirib kelishini tezlashishiga yordam beradi deb hisoblaydilar. Ikkikchi guruh, ya’ni xususiy oliy ta’lim muassasalari soni ko'payishi mamlakatda oliy ta’lim sifati kamayishiga sabab bo‘lishi mumkinligidan qayg‘urayotgan kishilar guruhi OTM ijtimoiy hayot, jamiyat uchun zarur kadrlar tayyorlashda sifatli bilim berish, amaliy va nazariy ko‘nikmalarni yetarli darajada shakllantirish muhim deb hisoblaydilar va xususiy oliy ta’lim tashkilotlari bunday imkoniyatga ega emas deb biladilar. Chunki bugungi kunga kelib nodavlat ta’lim muassasalari soni juda ko‘payib ketdi, xususan, O‘zbekistonda 2022-yil 31-dekabr holatiga ko‘ra 72 ta xususiy oligohlar litsenziya olgan va, deyarli, hammasida ta’lim berish shartnoma asosida pul to‘lab o‘qitiladi. Bunday oliygohlarda asosiy maqsad sifatli ta’lim berish emas, pul topish ekanligi ayrim o‘rinlarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Masalan, shunday xususiy oliy ta’lim muassasalari borki, natijalar imtixon kunidayoq chiqarib beriladi va har qanday talabgor o‘qishga qabul qilinadi. Poydevori mustahkam bo‘lmagan uy bir kun kelib qulaganidek, o‘z sohasida, kasbida yetarli bilimga ega bo‘lmagan mutaxassis ham kun kelib qoqilishi tayin. Ikkikchi guruh kishilar nodavlat OTMlarda tahsil olayotgan talabalar, yoshlar, aynan, zaruriy bilim, malakalarni yetarli ololmasliklaridan xavotirdalar. Mening fikrimcha, xususiy oliy ta’lim tashkilotlari sonining oshishi jamiyatda ishsizlikning kamayishiga yordam beradi, lekin Bilimni baholash agentligi va Oliy ta’lim vazirligi tomonidan doimiy nazorat yo‘lga qo‘yilishi kerak deb hisoblayman. Chunki bugungi kunda ko‘p nodavlat OTMlarda o‘qishga bilim olish uchun emas, shunchaki borib kelayotgan yoki umuman bormayotgan talabalar ham juda ko‘p. Ular kelajakda yetuk kadr bo'lib yetishishlariga hech kim kafolat bermaydi. https://t.me/onatilimilliysefrMadina
إظهار الكل...
👍 4
Repost from N/a
Esse yozishda yo'l qo'yiladigan xatolar va esseni baholash mezonlari
إظهار الكل...
4.21 MB