cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

COLBA MAKTABI

Tabiiy fanlarga ixtisoslashgan maktab - Kimyo va biologiya - Ingliz tili va IELTS - 6-10-sinflar 📞 97 128 07 20 97 129 07 20 📲 @colba_school

إظهار المزيد
لم يتم تحديد البلدلم يتم تحديد اللغةالتعليم57 510
مشاركات الإعلانات
723
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
-47 أيام
-1730 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Stipendiya sohibalari bilan tanishtiramiz! 🏆 "Colba stipendiyasi" uchun o'tkazilgan tanlovda g'oliblar aniqlandi va kimyo, biologiya va ingliz tili fanlari bo'yicha umumiy 7 nafar o'quvchi stipendiya sohibasiga aylandi. Ushbu postda g'olib bo'lgan o'quvchilarni birma-bir tanishtirib chiqdik. 🎉 O'z bilim va iqtidori tufayli ushbu natijaga erishgan "Colba qahramonlari" ni chin dildan tabriklaymiz va keyingi tanlovlarda ham zafar tilaymiz! Telegram | Instagram | Youtube
إظهار الكل...
🔥 1
01:08
Video unavailableShow in Telegram
Stipendiya g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi 🏆 Xabaringiz bor, "Colba maktabi" da o'quvchilar o'rtasida sog'lom raqobatni shakllantirish va iqtidorli o'quvchilarni rag'batlantirish maqsadida kimyo, biologiya va ingliz tili fanlari bo'yicha "Colba stipendiyasi" joriy qilingan. Colba stipendiyasi uchun ilk mavsum tanlovlari o'tkazildi va munosib o'quvchilar saralab olindi. G'olib bo'lgan o'quvchilar va ularning ota-onalari Ustozimiz Doniyor Nasriddinov tomonidan maxsus guvohnoma va mukofot pullari bilan taqdirlandi. ⏰ Eslatib o'tamiz, stipendiya uchun tanlov har 3 oyda bir marotaba o'tkaziladi va bitta fandan g'olib bo'lgan o'quvchi keyingi safar ushbu fandan qatnashish imkoniyatiga ega emas. Stipendiya uchun bo'ladigan keyingi tanlovlarda o'quvchilarimizga omad tilaymiz! 🙌 Telegram | Instagram | Youtube
إظهار الكل...
IMG_0747.MP424.68 MB
👍 18🔥 3👏 2 1
إظهار الكل...
COLBA MAKTABI

Tabiiy fanlarga ixtisoslashgan maktab - Kimyo va biologiya - Ingliz tili va IELTS - 6-10-sinflar 📞 97 128 07 20 97 129 07 20 📲 @colba_school

Photo unavailableShow in Telegram
HR recruiter qidirmoqdamiz HR sohasida kamida 1 yil tajribaga ega recruiter qidirmoqdamiz 😊 Talablar: -vazifasiga mas'uliyat bilan professional yondashuv; -tartib va intizom; -doimiy tarzda kasbiy va shaxsiy rivojlanib borish. Qulayliklar: -ahil va yosh jamoa; -barcha qulayliklarga ega zamonaviy ish joyi; -qulay joylashuv (ofisimiz metro, avtobus bekatlari yonida); -oyliklarning o'z vaqtida to'lanishi; -shaxsiy rivojlanish. Qoʻshimcha vazifalar va oyliklarning oshishi masalalari suhbat jarayonida gaplashiladi! 👉 Ariza qoldirish uchun ushbu havolaga o'ting! Murojaat uchun: @Colba_HRM
إظهار الكل...
👍 9 1
02:57
Video unavailableShow in Telegram
Muhit irodadan ustun turadi... "Atom odatlar" kitobida keladi: Muhit irodadan ustun turadi. Agar sizning farzandingiz irodali bo'ladimi, ilmga bo'lgan rag'bati yuqori bo'ladimi farqi yo'q, agar o'ziga munosib muhitga tushirib bermas ekansiz, undan odatda natija olib bo'lmaydi... Videoda ba'zi ilmga ishtiyoqi bo'lgan o'quvchilarda ham ilm olishda keskin tushishlar kuzatilishi sabablari haqida bilib olishingiz mumkin! Telegram | Instagram | Youtube
إظهار الكل...
2222(Android).mp439.54 MB
👏 14 7💯 5👍 3 1❤‍🔥 1🔥 1👌 1
02:11
Video unavailableShow in Telegram
Farzandimning tabiiy fanlarga qobiliyati bo'lmasa-chi? 😟 Ayrim o'quvchilarimizning ota-onalarida odatda xavotir bo'ladi: Farzandimning tabiiy fanlarga qiziqish va qobiliyatlari bormi? - degan ma'noda. Chunki, o'quvchining qobiliyati bo'lmagan sohaga yo'naltirilsa, odatda uning vaqti isrof bo'ladi. ✅ Aynan bu qobiliyatlar bizga ham muhim, chunki agar o'quvchining tabiiy fanlarga qiziqishlari va qobiliyatlari bo'lmasa, fan qiyinligi sababidan, odatda o'zlashtirib keta olmaydi. 🔥 Shu sababdan ham "Colba" maktabiga kelgan o'quvchilarni biz qobiliyatlarini aniqlaymiz. Buni qanday amalga oshirishimizni esa to'liq videoni ko'rish orqali batafsil bilib olishingiz mumkin! Telegram | Instagram | Youtube
إظهار الكل...
kanvertella(Android).mp431.42 MB
👍 16 5🔥 4👏 2
00:51
Video unavailableShow in Telegram
Siz ham stipendiya sohibiga aylanishingiz mumkin! 🎓 Maktabimizda o'quvchilar o'rtasida sog'lom raqobatni shakllantirish va raqobatbardosh, iqtidorli o'quvchilarni aniqlash maqsadida ixtisoslik fanlari bo'yicha "COLBA stipendiyasi" ni joriy qilganmiz. 📝 Hozirda "stipendiya" tanlovining birinchi bosqich imtihonlari boshlangan. Tanlovda qatnashish shartlari va to'liq nizomi haqida quyidagi link orqali tanishib chiqishingiz mumkin: 👇 👉 Stipendiya tanlovi o'tkazilish tartibi 🏆 Agarda siz stipendiya tanlovida g'olib bo'lsangiz, maktab rahbariyati tomonidan "Colba stipendiyasi sohibi" guvohnomasi tantanali ravishda topshiriladi va 3 oy davomida stipendiya bilan to'liq ta'minlab beriladi. Barchaga bu tanlavda omad tilab qolamiz! 💪 Telegram | Instagram | Youtube
إظهار الكل...
insta(Android).mp49.55 MB
👍 15🔥 5 2
00:39
Video unavailableShow in Telegram
Kovorking hudud atmosferasini his qiling! Yangi o'quv yilida ko'pgina qulayliklarga ega bo’lgan va ilmiy muhitni o'zida mujassam etgan kovorking hududini bunyod etdik. ✨ Biz bu kovorking hududni o'quvchilar darsdan keyin qolib shug'ullanishi, o'zaro fikr almashishi va erkin faoliyat yuritishi uchun tashkil qildik. Bundan tashqari, ularga manfaatli mavzularda event'lar va master-klasslar tashkillashtirishni ham reja qilganmiz. 📖 Shuningdek, bu hududda Colba kutubxonasini ham tashkil qildik va barcha nashriyotlarning eng yangi kitoblari bilan boyitdik. Telegram | Instagram | Youtube
إظهار الكل...
1(Android).mp416.00 MB
👍 18🥰 4 1
Photo unavailableShow in Telegram
KIMYO va BIOLOGIYA ustozlarini qidirmoqdamiz Malakali va ta'lim sohasida kamida 2 yil ish tajribasiga ega bo'lgan Kimyo va Biologiya ustozlarini qidirmoqdamiz! 😊 Vazifalar: -dastur bo'yicha sifatli ta'lim berish -o'quvchilarning ta'lim sifatini nazorat qilish -Colbadagi ta'lim tizimi bo'yicha ishlash Qulayliklar: -ahil va yosh jamoa -barcha qulayliklarga ega zamonaviy ish joyi -qulay joylashuv (ofisimiz metro, avtobus bekatlari yonida) -oyliklarning o'z vaqtida to'lanishi -shaxsiy rivojlanish Ariza qoldirish uchun ushbu havolaga o'ting! 👉 https://forms.gle/MjKrXvMqgSmN3CZo9
إظهار الكل...
❤‍🔥 4🔥 3👍 1🎉 1
00:40
Video unavailableShow in Telegram
Maktabimizning o'z ichki valyutasi borligini bilarmidingiz? 💰 Maktabimizda fanlarni a'lo darajada o'zlashtirgan va imtihonlarda yuqori natija qayd etgan o'quvchilarga "Colby" deb nomlangan pul birligini berish tizimi mavjud. ♻️ O'quvchilar bu "Colby" larni yig'gan holatda kassaga tushib o'zbek so'miga almashtirib olishi va o'zlari istagan maqsadda foydalanishlari mumkin. 😊 Bu rag'batlantirish tizimini avval o'quv markazimizda qo'llaganmiz va o'quvchilarning o'zlashtirishida ijobiy o'zgarishlarga sabab bo'lgani uchun maktabimizda ham joriy qilish qaroriga kelganmiz. Telegram | Instagram | Youtube
إظهار الكل...
2222222(Full HD)(Android).mp49.66 MB
👍 22 2🥰 2😁 1
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.