cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

IHMA Navoiy viloyati

Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqamasining rasmiy sahifasi Murojaat uchun 👇 @IHMA_Navoiy_murojaat_bot

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
1 063
المشتركون
-424 ساعات
-177 أيام
+22830 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

👨‍🦽 Nogironlikni belgilashda yangi raqamlashtirilgan tizimga o‘tiladi 👨‍🦯 Bunda, nogironlikni belgilashda “tibbiy model” dan “ijtimoiy model” ga o‘tish tartibi belgilanmoqda. 🇺🇿 Xususan, dastlab eksperiment tariqasida Toshkent shahri va Navoiy viloyatida hamda 2025-yil 1-sentyabrga qadar barcha hududlarda katta yoshdagi shaxslarning funksionalligi baholash tizimi joriy etiladi. 😲 Qanday o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda? ✅ amaldagi davolanish muddatlari bo‘yicha talab bekor qilinadi hamda bemorning kasalligidan kelib chiqib o‘zgaruvchan davolanish muddatlari belgilanadi; ✅ ekspert komissiyalari tomonidan kasbga, ta’limga, sportga tavsiya berish, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasining muddatini uzaytirish hamda transport vositasini boshqarish layoqatini belgilash tartibi bekor qilinadi; ✅ tumanlararo va tuman (shahar) TIEKlar tomonidan ekspert komissiyalari tomonidan tibbiy hujjatlarga tayanib nogironlikni belgilash tartibi bekor qilinadi; ✅ nogironlikni shaxs sog‘lig‘ining holati va funksionallikni baholash natijalari asosida elektron tarzda belgilash tartibi joriy etiladi; ✅ ixtisoslashtirilgan ekspert komissiyalari tomonidan nogironlikni belgilash tartibi bekor qilinib, nogironlik tumanlararo va tuman (shahar) Ekspert komissiyalari tomonidan belgilanadi. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
إظهار الكل...
👍 6
Президент Шавкат Мирзиёев ижтимоий ҳимоя тизимини такомиллаштириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тақдимоти билан танишди. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией дополнительных мер по совершенствованию системы социальной защиты. #Mirziyoyev #taqdimot #ijtimoiyhimoya #ijtimoiyxizmat Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
إظهار الكل...
👍 3
Aholining zaif qatlamlarini jamiyatga integratsiya qilishga qaratilgan “Inson” loyihasi ishga tushiriladi. 🧠 Taqdimotdagi yana bir taklif Jahon banki ishtirokidagi “Inson” loyihasi haqida bo‘ldi. Bu loyiha aholining zaif qatlamlarini jamiyatga integratsiya qilishga qaratilgan bo‘lib, uning doirasida 55 ta ko‘pfunksiyali hududiy xizmatlar markazi tashkil etiladi va 20 turdagi ijtimoiy xizmat yo‘lga qo‘yiladi. Toshkent, Farg‘ona va Samarqandda 4 ta namunali inklyuziv kasb-hunar ta’limi markazlari tashkil etiladi. Shu bilan bir qatorda loyiha doirasida quyidagi natijalarga erishiladi: ⏺️57 000 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi sifatli ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi; ⏺️20 000 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs yangi turdagi zamonaviy reabilitatsiya xizmatlarini oladi; ⏺️Ijtimoiy himoyaga muhtoj toifadagi 7 000 bola hududiy ijtimoiy xizmat ko‘rsatish markazlarida xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi; ⏺️Zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayollarga 20 ta ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlarida keng qamrovli xizmatlar ko‘rsatiladi va kasbiy ko‘nikmalarga o‘rgatiladi. 🧮Besh ming nafar xodimning ijtimoiy ish bo‘yicha malakasi oshiriladi. Moslashuvchan ijtimoiy xizmat va yordam bo‘yicha normativ-huquqiy baza shakllantiriladi. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
إظهار الكل...
👍 3
Endilikda “Ijtimoiy karta” tizimi joriy etiladi. 😮 Sohadagi yana bir yangilik “ijtimoiy karta” tizimining joriy etilishi bo‘ladi. Bu orqali ijtimoiy to‘lovlar va subsidiyalar, ijtimoiy xizmatlar va yordamlarni tayinlash, taqdim etish, monitoring qilish va baholash jarayonlari to‘liq avtomatlashtiriladi. “Ijtimoiy karta” bir vaqtning o‘zida ham to‘lov vositasi, ham ehtiyojmand toifaga mansublik tasdig‘i hisoblanadi. 🖋 Bu tartib dastlab Toshkent shahri va Yangiyo‘l tumanida, keyingi yildan boshqa hududlarda joriy etiladi. Natijada 72 turdagi ijtimoiy xizmatlar, 76 turdagi yordamlar va 200 ga yaqin imtiyozlar yagona elektron tizimga umumlashtiriladi. ↗️ Qog‘oz shaklidagi hujjatlar bekor qilinib, vaqt va mablag‘ tejaladi. Soha to‘liq raqamlashtirilishi orqali har bir oilaning ehtiyojlari va imkoniyatlarini aks ettiradigan “ijtimoiy-raqamli pasporti” joriy etiladi. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
إظهار الكل...
👍 6
Fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning manzilliligi tahlil qilindi 🥹 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i Qahramon Rajabovning navbatdagi xizmat safari Navbahor tumanida bo‘lib o‘tdi. Boshqarma boshlig‘i “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan oilalarning iqtisodiy-ijtimoiy holati va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga individual tartibda ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarni o‘rganib chiqdi. 👥 Dastlab rahbariyat tomonidan “Guliston” va “Beshrabot” mahallalarida og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan oilalar holidan xabar olinib, muammolarini hal etish uchun choralar belgilab olindi. Shuningdek, tumanda pullik asosida ko‘rsatiladigan xizmatlarni tashkil etish bo‘yicha xohish istagi bo‘lgan “Paxtakor” mahallasidagi o‘zgalar parvarishiga muhtoj fuqaro bilan suhbatlashdi. 🖋 Shundan so‘ng, tumanda "Tuyoqli tajribasi" asosida tanlab olingan  "Qorovultepa" mahalla fuqarolar yig‘inida xonadonlarning qayta xatlovi va ijtimoiy xizmatlar rejasi tahlil etildi. Jumladan, mahallada 4,5 ming nafardan ziyod fuqarolar xatlovdan o‘tkazildi. Natijada, 36 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlash, nafaqalar tayinlash, nogironlikni belgilash, yakka-yolg‘izlar ro‘yxatiga kiritish kabi ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish belgilangan. 🔮 Tashrif yakunida boshqarma boshlig‘i "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari va ijtimoiy xodimlar bilan uchrashuv o‘tkazib, taklif va murojaatlarini tingladi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 📝 Telegram 📝 Facebook 🎞 Youtube 🎖 ihma.uz 🟢 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
إظهار الكل...
👍 7
01:19
Video unavailableShow in Telegram
"1146 – Ishonch telefoni" xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha seminar tashkil etildi 🧠 Joriy yilning 10-12 iyul kunlarida Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Buyuk Britaniya elchixonasi, BMTning Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakillari (UNFPA) bilan hamkorlikda “1146 – Ishonch telefoni” xodimlari uchun tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarga sifatli yordam ko‘rsatish va mutaxassislarning salohiyatini oshirishga qaratilgan seminar-trening tashkil etildi. Treningni asosiy tamoyillari: ✅ Gender zo‘ravonlikni ijtimoiy fenomen sifatida ko‘rib chiqish; ✅ Inqiroz va xavfli vaziyatlarda onlayn murojaatlarni qabul qilish, ularga javob berish orqali birlamchi yordam ko‘rsatish asoslarini o‘rganish; ✅ Zo‘ravonlikdan jabrlanganlar bilan muloqot qilish, to‘g‘ri savollar berish orqali qo‘ng‘iroq qiluvchining ehtiyojini aniqlash va sifatli maslahat berish bo‘yicha malakalarini oshirishdan iborat. 💻 Uchrashuv ishtirokchilariga mutaxassislar tomonidan gender va oilaviy-maishiy zo‘ravonlik, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanganlarga ko‘rsatiladigan asosiy xizmatlar, “ishonch telefoni” tamoyillari, “Ishonch telefoni” orqali yordamning nazariy va axloqiy asoslari, zo‘ravonlikdan jabrlanganlarga taqdim etilishi lozim bo‘lgan xizmatlar mavzularida kerakli ko'rsatmalar berib o'tildi. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
إظهار الكل...
IMG_3819.MP415.23 MB
👍 4
Repost from sharoitplus.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#podkast 🧑🏻‍🦽👨🏻‍⚕️ NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING SANATORIYALARGA YO‘LLANMALAR OLISH TARTIBI QANDAY? 🔜 12-iyul (juma) soat 17:00 da Sharoit+ podkast loyihasining mehmonlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori va mutaxassislari:
1. Olloyorov Mansurbek Polvonzoda (Agentlik direktori); 2. Dadaboyev Azimjon Axmadjonovich (Bo‘lim boshlig‘i); 3. Boboxonov Saidmurodxon Baxtiyor o‘g‘li (Bosh mutaxassis).
🎤 Boshlovchi: Ulug‘bek Mamatxonov 🔔 Ovozli chatni o‘tkazib yubormaslik uchun shu havolaga kirib: https://t.me/sharoitplus?livestream qo‘ng‘iroqchani bosib qo‘ying!
❓ Iltimos, barcha savollaringizni shu post tagidagi izohlarda qoldiring. Podkast davomida bizga faqatgina yozma yuborilgan va mavzuga oid savollarga javob beramiz.
Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz: Telegram | Instagram | YouTube | Facebook Barcha uchun qulay sharoitlar! www.sharoitplus.uz
إظهار الكل...
👍 3
Yuristlarning huquqiy bilimlari oshirilmoqda 🥹 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqarmasida Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan tuman va shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining huquqiy masalalarda ekspert maslahatchilari uchun o'quv mashg'ulotlari bo’lib o’tmoqda. 💻 Jarayonda ishtirokchilarga 🔘Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash; 🔘 O'zbekiston Respublikasining "Ma'muriy tartib-tamoyillar to'g'risida"gi Qonunning mazmun mohiyati; 🔘Bitimlar tushunchasi, turlari va shakllari. 🔘Davlat xaridlarini o'tkazish bo'yicha qonunchilik; 🔘Yuridik xizmatning nizolarni muqobil hal etish bo'yicha choralar ko'rishdagi roli; kabi bir qator mavzularda darslar o'tkazilmoqda. ✅ Mazkur o’quv kurslari 12 iyulgacha davom etadi. 📝 Telegram 📝 Facebook 🎞 Youtube 🎖 ihma.uz 🟢 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
إظهار الكل...
👍 4
13:17
Video unavailableShow in Telegram
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA 😄 Navoiy telekanilining "Inson qadri" dasturida Karmana tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan hududda istiqomat qiluvchi fuqarolarga "Keys menejment" asosida o'zgalar ko'magiga muhtoj va nogironligi bo'lgan fuqarolarning muammmolarini hal etish va boshqa yoʻnalishlarda aholiga zarur koʻmaklar berilayotganligi bo'yicha ko'rsatuv efirga uzatildi. 🎬 Batafsil videoda bilib olishingiz mumkin. 📝 Telegram 📝 Facebook 🎞 Youtube 🎖 ihma.uz 🟢 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.
إظهار الكل...
INSON QADRI (3).mp456.84 MB
👍 7 1
👥 Bugungi kunda aholi murojaatlari bilan ishlash, ularning muammolarini ijobiy hal etish barcha davlat idoralarining dolzarb vazifasi hisoblanadi. Zotan bu yurtdoshlarimiz turmush sharoitini yaxshilash bilan birga farovon hayot kechirishlariga xizmat qiladi. 🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i Qahramon Rajabov tomonidan G'ozg'on shahri aholisi bilan tashkil etilgan uchrashuv ham ayni maqsadlarni qamrab olgani bilan ahamiyatli bo‘ldi. 🔮 Jarayonda boshqarma rahbariyati fuqarolarning xonadonida bo'lib, ularning muammolarini tingladi. Xususan, "Shayxon" mahallasida istiqomat qiluvchi K.Odinayevaning xonadonini ta'mirlash, "Marmarobod" mahallasida yashovchi O.Nazarovga nogironlik aravachasini ajratish, 1-guruh nogironligi bo'lgan A.Qosimovni esa "temir daftar"ga kiritish masalalari muhokama etildi. 💻 Tashrif davomida boshqarma boshlig'i shuningdek, tumanda "Tuyoqli tajribasi" asosida tanlab olingan mahalla fuqarolar yig‘inida xonadonlarning qayta xatlovi va ijtimoiy xizmatlar rejasi tahlil etildi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 📝 Telegram 📝 Facebook 🎞 Youtube 🎖 ihma.uz 🟢 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
إظهار الكل...
👍 10
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.