cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Qalamli 🍉

“Qalam bilan ta’lim berdi” (96:4) @kariymullohbot

إظهار المزيد
Uzbekistan57 575لم يتم تحديد اللغةالفئة غير محددة
مشاركات الإعلانات
201
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
+17 أيام
+530 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

​​#tabassum Ma’noli latifa Bir aka har kuni ishdan qaytishda yo‘l yoqasida turadigan gadoyga 10000 So‘m berib o‘tar ekan. Bir orada summa 5000 So‘mga tushibdi. Bu holat bir yilcha davom etibdi va undan keyin summa 2000 so‘mga tushibdi. Bundan jahli chiqqan gadoy bir kun to‘xtatib debdi: - Tinchlikmi? Oldin o‘n ming berardiz, keyin beshga tushdi, endi umuman 2000. - Bir yil oldin uylandim, yaqinda farzandlik bo‘ldim, xarajat oshdi… Gapini bo‘lib gadoy yarim jahl bilan debdi: - Iye, endi bola chaqani ham bizni hisobdan boqyapsizmi? Hardoim sizga ortiqcha mas’uliyat yuklashadi. Undan qoching. U sizni charchatadi. Viloyatingiz yoki hududingizni himoya qilib jiqqa-musht bo’lishga majbur emassiz. Qilayotganingizni davom ettrishga ham. Nima desa der. @qalam_sohibi
إظهار الكل...

​​ Unutish 🪄 Merlin afsonasining 1998-yilgi eski kinosining ohirida bir sahna bor. Merlin Margana bilan jang qilib yenga olmaydi va ohiri eng kuchli antisehr bilan yengadi. — biz seni unutamiz Margana. — yo’q, bunday qilolmaysiz, menga qarang, meni eslaysiz, qarang dedim menga😡 Siz kimnidur yoki qaysidur voqeani eslar ekansiz — u bilan yashaysiz. Ayni damda boshqa joyda yashash ayni shu. Xotira manashu. Yaxshi xotiralar ham, yomon xotiralar ham eslashlik bilan yangilanaveradi. Shuning uchun yaxshi xotiralarni ko’proq eslang, yomonlarini unuting. Eng kuchlik raddiya — unutishdir. Biror balo-ofat, fitna chiqdimi, unga qarshi kurashishning eng samarali uslubi unutish, e’tibir bermaslik, qiziqmaslik. Unuting — qutulasiz. Eslang — tutulasiz! @qalam_sohibi
إظهار الكل...

Muhabbat Haq-huquq begonalardan talab qilinadi. Muhabbat esa huqulqardan voz kechish ila bo’ladi. Ishingizdan 8:00 da kelib, 17:00 da ketishlik, maosh va boshqa haqlaringizni talab qilayapsizmi — ishingizga muhabbatingiz yo’q. U sizga begonadek. Farzandingizdan kelajakda sizni boqishi, hajlarga oborishiyu vahokazo haqlaringizni talab qilib eslatib turasizmi — farzandingizga muhabbatingiz yo’q. U sizga begonadek. Vataningizdan huquqlaringizni talab qilmoqdamisiz — vatanga muhabbatingiz yo’q. U sizga begonadek. U*ndan sizga qilajak muomilasiyu haqlaringizni talab qilayotgan bo’lsangiz — U*nga muhabbatingiz yo’q. U* sizga begonadek. Muhabbat — haqlardan kechib, U*ning haqqini go’zal ado etish bilan bo’ladi. Hech qanday evazsiz, shartsiz, qaytishini umid qilmay. U*ning yaxshi bo’lishining o’zi sizni baxtli qiladi. *U ning o’rniga istalgan muhabbatga loyiq narsani qo’yish mumkin. @qalam_sohibi
إظهار الكل...
Repost from N/a
Muhabbat Haq-huquq begonalardan talab qilinadi. Muhabbat esa huqulqardan voz kechish ila bo’ladi. Ishingizdan 8:00 da kelib, 17:00 da ketishlik, maosh va boshqa haqlaringizni talab qilayapsizmi — ishingizga muhabbatingiz yo’q. U sizga begonadek. Farzandingizdan kelajakda sizni boqishi, hajlarga oborishiyu vahokazo haqlaringizni talab qilib eslatib turasizmi — farzandingizga muhabbatingiz yo’q. U sizga begonadek. Vataningizdan huquqlaringizni talab qilmoqdamisiz — vatanga muhabbatingiz yo’q. U sizga begonadek. U*ndan sizga qilajak muomilasiyu haqlaringizni talab qilayotgan bo’lsangiz — U*nga muhabbatingiz yo’q. U* sizga begonadek. Muhabbat — haqlardan kechib, U*ning haqqini go’zal ado etish bilan bo’ladi. Hech qanday evazsiz, shartsiz, qaytishini umid qilmay. U*ning yaxshi bo’lishining o’zi sizni baxtli qiladi. *U ning o’rniga istalgan muhabbatga loyiq narsani qo’yish mumkin. @qalam_sohibi
إظهار الكل...
​​ Yangilik
عليكم بالعتيق وإياكم بالأحاديث O’zinga eskilarning yo’lini lozim tut va yangilardan saqlan!
Yangi kino chiqibdi, Netflixdan bir necha kunda million marta ko’rilibdi, butun dunyo gapiryapti u haqida, instagramlar to’lib ketti — yo’g’e, unda ko’ramiz……😒 ikki pulga qimmat ekan. Yangi kitob chiqibdi, Amazon, NewYork Times, Forbes…… larning bestselleri ekan. Amazonni o’zida millionta sharx qoldirilibdi. — yo’g’e, unda o’qiymiz …….😒 ikki pulga qimmat ekan. Tik-tok degani chiqibdi, jim turgan ham mashxur bo’layapti ekan. Bitta qoravoy chiqib, gapirmasdan millioner bo’lib ketibdi. — yo’g’e, unda biz ham ochamiz…….😒 essiz vaqtim Falonchi degani chiqibdi, juda mashxur bo’lib ketti, videolarini ko’rdingizmi, juda juda foydali, haqiqatlarni aytayapti, juda ilmli inson ko’rinadi. — yo’g’e unda eshitamiz……..😒 yaramas Kanadaga qochvordiku. ❗️Yuqoridagi gap esa ming yillardan buyon milliardlab insonlarga foyda keltirib, hayotlarini yaxshilab kelmoqda. Narsa qancha eskirar, unga shuncha es kirar. Vaqt sinovidan o’tgan avvalgilarning gaplariyu, amallarini o’zingizga lozim tuting! @qalam_sohibi
إظهار الكل...

​​Fobiya — yunoncha so’z bo’lib, vahima, asossiz qo’rquv degan ma’noni ifodalaydi. Ayiqlarga fobiya bo’lmaydi. Chunki undan keladigan xavf haqiqiy va unga bo’ladigan qo’rquv ham. Islomdan qo’rquv esa fobiyadir, asossiz, to’qimadir. Chunki islomdan hech qanday xavf-xatar yo’q. Huddi shuningdek balandlikdan, qorong’ulikdan, ukol olishdan, oq sharpalardan va hokazolardan qo’rqish — fobiyadir. Lekin inson o’zidan ham fobiya bo’lishi mumkin. O’zi bilan yolg’iz qolishdan qo’rqadi. O’ziga nisbatan ishonishdan qo’rqadi. O’zidan qochadi. Bunday fobiyani paydo bo’lishiga esa eng dastlabki o’ziga bergan va’dalarini bajarmaslikdan boshlanadi. Chunki bunda o’zini o’zi oldida mas’uliyatli qilib qo’yadi. Va manashu mas’uliyatni bajara olmay o’zidan hijolatda qoladi. O’zini o’zi hisobga tutganda javob berolmay qoladi. Shuning uchun o’zidan qo’rqish va o’zidan qochish boshlanadi. Yechimi esa o’ziga bergan va’dalarni bajarishdir. @qalam_sohibi
إظهار الكل...

Omar_Xalil_–_Ey,_Qorim,_sizni_vafo_bilan_kutmoqdaman!_|_Omar_Xalil.mp32.14 MB
​​#taqriz #kitob       Muallif avtohalokat tufayli shol bo‘lib qoladi. Lekin shunda ham o‘lyapman, dod-voy, bo‘larim shu ekan demasdan qolgan hayotini eng zo‘r o‘tkazgan.        Faqatgina chap kipriginigina qimirlata oladi, boshqa hechqayeri qimirlamaydi va shu holatda bir  kishi alifboni aytib tursa, kerakli harfga kelganda ko‘zni yumib ochib , ishora qilib butun boshli kitobni manashunday harflab yozib chiqadi. Buni tasavvur qila olasizmi?! Agar bitta so‘z xato bo‘lsa ham ayta olmaysiz va qaytadan tushuntirish kerak. Shu holatda biror narsa chaqish yoki boshqa tabiy ehtiyojlarni o‘ylab ko‘ring. Hatto yordamlashish uchun boshqani chaqira olmaysiz. Faqat yotasiz, har qanday holatda ham qimirlamay yotasiz.😬Bu tugul faqatgina oyoq yoki qo‘l ishlamasliginida tasavvur qila olmaymiz.          Insoniyat tarixi davomida asabiylik va siqilish eng ko‘paygan, o‘zini o‘ldirish rekord o‘rnatgan bugungi kunda insonlarga umid berish, hayotga muhabbat uyg‘otish juda muhim. Shu paytgacha o‘qigan eng kuchli asar. Har qanday baholashda eng yuqori bahoga munosib. Hamma o‘qishi shart bo‘lgan kitob.       Xullas juda parash, 90 betlik kitob. 1,5 soatda tugatish mumkin. Narxi ham arzon. Bir o‘qib ko‘ring. Bir suhbatlashamiz keyin.  @qalam_sohibi
إظهار الكل...

Sizlarga o’zim kuzatadigan va hurmat qiladigan bir kanalni tavsiya qilmoqchiman. Ortiqcha ta’riflagandan ko’ra o’zingiz bir o’tib ko’ring. 👉🏻 https://t.me/booktional •reklama huquqi asosida @qalam_sohibi
إظهار الكل...
​​Efiopiyada yiliga 68 million bosh qoramol boqiladi. (Dunyo bo’yicha 2-4-o’rinlarda almashib turadi) Sudanda esa 32 million, Chad respublikasida esa 35 million bosh. Lekin bu mamlakatlar ochlikdan aziyat chekmoqda. Gollandiyada esa 11 million sigir parvarishlanadi. (Ro’yxatda kuchli 20talikka ham kirmaydi) Fransiyada esa 16 million bosh. Lekin bu mamlakatlar butun dunyoni go’sht va sutli mahsulotlar bilan boqadi. Va bu mahsulotlar eksportida kuchli 5 talik ro’yxatdan tushmaydi. Demak muammo sigirlarda emas balki iqtisodni boshqarayotgan ho’kizlarda. Zero boylik emas uning boshqaruvi muhim. Aks holda toshdan boshqa bir gram ham boyligi bo’lmagan Yaponiya dunyoni 3-iqtosodi bo’lmas edi. Muso alayhissalom Misrda yer xazinalariga boshliq bo’lishni so’raganlar va adolatli boshqaruv natijasida qurg’oqchilik yillari ham Misr rivojlanavergan. Resurslar emas adolat muhim ekanligi — o’zgarmas qoida. Inson o’z hayotida ham shunday. Qancha resursingiz borligi emas uni qanday boshqarishingiz muhim! @qalam_sohibi
إظهار الكل...