O’zbekiston Iqtisodiyot Assambleyasi
الذهاب إلى القناة على Telegram
O’zbekiston Iqtisodiyot Assambleyasining rasmiy telegram sahifasi Официальная Telegram-Страница экономической Ассамблеи Узбекистана Official telegram page of the economic Assembly of Uzbekistan
إظهار المزيد300
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
لا توجد بيانات7 أيام
لا توجد بيانات30 أيام
جاري تحميل البيانات...
القنوات المماثلة
لا توجد بيانات
هل تواجه مشاكل؟ يرجى تحديث الصفحة أو الاتصال بمدير الدعم الخاص بنا.
سحابة العلامات
لا توجد بيانات
هل تواجه مشاكل؟ يرجى تحديث الصفحة أو الاتصال بمدير الدعم الخاص بنا.
الإشارات الواردة والصادرة
---
---
---
---
---
---
جذب المشتركين
سبتمبر '24
سبتمبر '24
+5
في 0 قنوات
أغسطس '240
في 0 قنوات
Get PRO
يوليو '240
في 0 قنوات
Get PRO
يونيو '240
في 0 قنوات
Get PRO
مايو '240
في 3 قنوات
Get PRO
أبريل '240
في 5 قنوات
Get PRO
مارس '24
+17
في 1 قنوات
Get PRO
فبراير '24
+9
في 1 قنوات
Get PRO
يناير '24
+27
في 1 قنوات
Get PRO
ديسمبر '23
+155
في 1 قنوات
Get PRO
نوفمبر '23
+251
في 6 قنوات
| التاريخ | نمو المشتركين | الإشارات | القنوات | |
| 25 سبتمبر | +1 | |||
| 24 سبتمبر | 0 | |||
| 23 سبتمبر | 0 | |||
| 22 سبتمبر | 0 | |||
| 21 سبتمبر | 0 | |||
| 20 سبتمبر | +1 | |||
| 19 سبتمبر | +1 | |||
| 18 سبتمبر | +1 | |||
| 17 سبتمبر | 0 | |||
| 16 سبتمبر | +1 | |||
| 15 سبتمبر | 0 | |||
| 14 سبتمبر | 0 | |||
| 13 سبتمبر | 0 | |||
| 12 سبتمبر | 0 |
منشورات القناة
❗️⭕️⭕️⭕️SOʻROVNOMA!
“Oʻzbekiston Respublikasida kichik va oʻrta
biznesni 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi”
⚠️💬Ushbu tadqiqot mikro, kichik va o'rta korxonalar (keyingi o‘rinlarda — MKOʻK) faoliyatining turli jihatlarini, shu jumladan, biznes yuritishga oid muammolar, rivojlanish imkoniyatlari, bozor tendensiyalari va soʻnggi iqtisodiy oʻzgarishlarning taʼsirini oʻrganish uchun moʻljallangan.
🔸🔵Soʻrov maqsadi: "Bugungi kunda kichik va oʻrta biznes subyektlari faoliyatidagi mavjud muammolar va yechimlar, ularning faoliyatini tartibga soluvchi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish imkoniyatlari oʻrganib chiqilmoqda. Ushbu faoliyatlarda duch keladigan muammolarni hal qilish Kichik va o ʻrta biznes rivojlanish hamda uzoq muddatli inklyuziv yashil o‘sish va barqarorlikni rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish uchun maʼlumotlarni to‘plashdan iborat"🗄💬Soʻrovda qatnashish qulay va ko‘p vaqt talab etmaydi. So‘rovda qatnashish uchun quyidagi havola oraqali taqdim etiladigan savollarga javob berish yetarli. 🔹🔄https://bit.ly/businessassociationsurvey🔄🔹 📝Shuningdek, oʻz vaqtida hamda xolisona taqdim etilgan javoblar strategiyaning dolzarbligi va samaradorligiga katta hissa qoʻshadi. ➡️Rasmiy sahifalarimiz: 🔴Veb-sayt ▶️YouTube ✈️Telegram ™️Facebook 📷Instagram
| 2 | 🇺🇿🇯🇵Tokioda O'zbekiston-Yaponiya biznes-forumi bo'lib o'tdi
🔵Joriy yilning 8-mart kuni Tokioda O‘zbekiston-Yaponiya biznes forumi bo‘lib o‘tdi. Dastlab forum ishtirokchilarini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov, Yaponiya iqtisodiyot, savdo va sanoat davlat vaziri Ryosuke Kozuki va Yaponiya tashqi savdo tashkiloti raisi Ishiguro Norixikoning tabriklari tinglandi.
🔵Forumda 300 ga yaqin ishbilarmon doiralar, davlat idoralari va hududlar vakillari ko‘plab sohalarda yanada istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish orqali iqtisodiy aloqalarni kengaytirish yo‘llarini muhokama qilish imkoniga ega bo‘ldi.
Shu jumladan, ushbu biznes-forumda Assambleyaning Yaponiyadagi rasmiy vakili Hamraqulov Shohruh ham ishtirok etdi. Shuningdek, tadbir davomida bir qator kelishuv va memorandumlar imzolandi.
➡️Rasmiy sahifalarimiz:
🔴Veb-sayt ▶️YouTube
✈️Telegram ™️Facebook
📷Instagram | 1 361 |
| 3 | 💬Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 7-mart kuni O'zbekiston Iqtisodiyot Assambleyasi binosida tashkilotning Turkiyadagi vakolatli hamkori TOİGP (Turkiya-O'zbekiston Biznesni Rivojlantirish Platformasi) faollarining navbatdagi uchrashuvi bo'lib o'tdi.
💬🗣Bunda, O'zbekiston Iqtisodiyot Assambleyasi Raisi Muhtor Umarov, Assambleyaning Turkiya davlatidagi vakili Avazbek Abdulhayev hamda a'zo vakillar ishtirok etishdi.
🔴🔺🔵Ikki tomonlama hamkorlik loyihalarini amalga oshirish hamda ko'plab sohalar bo’yicha investitsiya jalb qilishda Turkiya bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish borasida "O'zbekistondagi biznes va hamkorlik imkoniyatlari: Assambleyaning tadbirkorlik va davlat rivojlanishidagi o'rni” uchrashuvi doirasida Alternative Energy Assotsiatsiyasi bilan hamkorlik memorandumini imzolashga erishildi.
“Ushbu sohalarni yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarda energiya samaradorligini oshirish borasida davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalarni bajarish yuzasidan takliflar bildirildi. Bunday tadbirlarning o’tkazilishi qayta tiklanadigan energetika sohasidagi turli ishlab chiqaruvchilar va qo'shma korxonalar vakillari o'rtasida mazkur sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni muhokama qilishda hamkorlik zarurligini ta’kidlaydi va jahon hamjamiyatida Assotsiatsiyaning alohida o’rniga egaligidan dalolat beradi”, -dedi O’zbekiston Iqtisodiyot Assambleyasi Raisi Muhtor Umarov
➡️Rasmiy sahifalarimiz:
🔴Veb-sayt ▶️YouTube
✈️Telegram ™️Facebook
📷Instagram | 99 |
| 4 | #8_mart #bayram_muborak
🌷Qadrli ayollar!
🌷O'zbekiston Iqtisodiyot Assambleyasi Sizni go'zal ayyom 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy tabriklaydi!
🌷Oilamizga shodlik, hayotimizga ko‘rk bag‘ishlayotgan onaxonlarimiz, opa-singillarimiz doimo sog‘-salomat va baxtiyor bo‘lsin! Ko'zlaringizga quvonch, cheksiz baxt va muhabbat tilaymiz! Bahor go'zalligi va nafosati yil davomida tark etmasin!
🌷Bayramingiz muborak bo'lsin!
➡️Rasmiy sahifalarimiz:
🔴Veb-sayt ▶️YouTube
✈️Telegram ™️Facebook
📷Instagram | 100 |
| 5 | ⭕️⭕️⭕️⭕️
📝Bugun, 7-mart kuni O'zbekiston Iqtisodiyot Assambleyasi Raisi Muhtor Umarov, Amerika Qo'shma Shtatlarining O'zbekistondagi elchixonasining Savdo va iqtisodiy masalalari bo'yicha birinchi kotibi Daniel Xoll hamda yordamchisi Jahongir M. Mavlani janoblari bilan uchrashuv o'tkazdi.
🔹🔹Bunda, AQSH Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) O'zbekistondagi iqtisodiy o'sish va atrof-muhit bo'yicha byurosi direktori Kail M. Padgitt va O'zbekiston Iqtisodiyot Assambleyasining a'zolari ishtirok etishdi.
📢AQSH Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) Oʻzbekistonda barqaror va inklyuziv iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantirishga qaratilgan innovatsion tashabbus boshlanganini eʼlon qildi.
“Uchrashuvda O'zbekiston Iqtisodiyot Assambleyasi Raisi Muhtor Umarov so'z yuritdi.
“Ushbu loyiha Oʻzbekistonning farovon va barqaror kelajagi yoʻlidagi umumiy intilishlarimizning muhim tashabbus hisoblanadi. Ayniqsa xususiy sektor faolligini qoʻllab-quvvatlash orqali biznesda korxonalar uchun yangi imkoniyatlar yaratilishini ta'kidlab o'tdi.”
➡️Rasmiy sahifalarimiz:
🔴Veb-sayt ▶️YouTube
✈️Telegram ™️Facebook
📷Instagram | 1 233 |
| 6 | 💠Oʻzbekiston Jahon bankining “Ayollar, biznes va qonun 2024” indeksida beshta eng ilgʻor oʻzgarishlarni amalga oshirgan davlatlar qatoriga kirdi.
🔴Jahon banki oʻzining “Ayollar, biznes va qonun” yillik hisobotini e’lon qildi. Unda huquqiy sohada gender tenglikka erishish yoʻlidagi jahon taraqqiyoti baholanadi.
💬Hujjat 190 ta davlatda, jumladan, Oʻzbekistonda ayollarning ahvolini 10 ta koʻrsatkich: “xavfsizlik”, “harakatlanish erkinligi”, “bandlik”, “mehnatga haq toʻlash”, “nikoh”, “ota-onalik”, “bolalarni parvarishlash”, “tadbirkorlik”, “mulkni boshqarish” va “pensiya taʻminoti” boʻyicha baholovchi indeksni oʻz ichiga oladi.
🔵“Jahon banki “Ayollar, biznes va qonun” hisobotining oxirgi nashrida ta’kidlangan Oʻzbekistonning gender tenglikni ta’minlash borasida erishgan yutuqlarini olqishlaydi. Yaqinda amalga oshirilgan huquqiy islohotlar ayollarning fuqarolik, mehnat va iqtisodiy huquqlarini sezilarli darajada kengaytirdi”, - dedi Jahon bankining Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy direktori Tatyana Proskuryakova. “Biz hukumatga zarur moliyaviy va tahliliy koʻmak koʻrsatish orqali ushbu islohotlarni amalga oshirishga mamnuniyat bilan oʻz hissamizni qoʻshdik. Oʻzbekistonda xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi keyingi sa’y-harakatlar, jinsidan qat’iy nazar barcha fuqarolar uchun bir xil imkoniyatlar yaratadigan yanada adolatli va farovon jamiyat barpo etishga xizmat qiladi”.
➡️Rasmiy sahifalarimiz:
🔴Veb-sayt ▶️YouTube
✈️Telegram ™️Facebook
📷Instagram | 104 |
| 7 | 💬Hamkorlik doirasida Turkiya iqtisodiy rivojlanish modelidan kelib chiqqan holda, biznes hamkorlikni yanada kengaytirish quyidagi yo’nalishlarda amalga oshiriladi:
🔴Maxsus Industrial zonalarni tashkil qilishda Turkiya boshqaruv o’rnak modellarni loyihalashtirishda;
🔴MIZ larga Turkiyadan va boshqa davlatlardan investitsiyalarni jalb qilishda;
🔴Energetika sohasidagi hamkorlik loyihalarida;
🔴Tibbiyot sohasidagi hamkorlik loyihalarida;
🔴Farmatseftikadagi hamkorlik loyihalarida;
🔴Shaharsozlikda: Suv, gaz va elektr energiyasini tejash borasidagi loyihalar va Yagona nazorat boshqaruv markazlarini tizimlashtirishda;
🔴Ta’limni rivojlantirishning barcha yonalishlarida;
🔴Boshqa sohalarda loyihalar, dasturlar ishlab chiqish. Ivestitsiyalar jalb qilish va hamkorliklarni yo’lga qo’yishda faol ishtirok etadi va qo’llab quvvatlaydi.
➡️Rasmiy sahifalarimiz:
🔴Veb-sayt ▶️YouTube
✈️Telegram ™️Facebook
📷Instagram | 106 |
| 8 | 💠Bugun, 4-mart kuni O‘zbekiston Iqtisodiyot Assambleyasi binosiga Assambleyaning Turkiyadagi vakolatli hamkori TOİGP (Turkiya-O'zbekiston Biznesni Rivojlantirish Platformasi) faollari tashrif buyurdi.
💬🗣Shu sababli ikki tomonlama hamkorlik loyihalarini amalga oshirish hamda investitsiya jalb qilish kabi barcha sohalarda Turkiya bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish borasida "O'zbekistondagi biznes va hamkorlik imkoniyatlari: Assambleyaning tadbirkorlik va davlat rivojlanishidagi o'rni” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
➡️Rasmiy sahifalarimiz:
🔴Veb-sayt ▶️YouTube
✈️Telegram ™️Facebook
📷Instagram | 87 |
| 9 | 🔵Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Xorazm viloyatini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish bo‘yicha galdagi vazifalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
➡️Rasmiy sahifalarimiz:
🔴Veb-sayt ▶️YouTube
✈️Telegram ™️Facebook
📷Instagram | 121 |
| 10 | 🟦Prezident Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy sohalar va mahallalarda olib borilayotgan ishlar bilan tanishish, yangi obyekt va loyihalarni ishga tushirish uchun Xorazm viloyatni rivojlantirish bo‘yicha yaqin istiqbolga mo‘ljallangan vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o'tkazdi.
⚡️Xorazm tadbirkorlari uchun qator imtiyozlar belgilandi.
🔵import uskunalar, ehtiyot qism va xomashyo 5 yilga bojxona to‘lovidan ozod qilinadi, qo‘shilgan qiymat solig‘ini 180 kunga kechiktirib to‘lashga ruxsat beriladi;
🔵mahalliylashtirish loyihalariga olingan kredit foizining 10 foiz bandi qoplab beriladi, davlat mulki va yer uchastkalarini xususiylashtirishda 5 yil ichida bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratiladi;
🔵sotilgan ko‘chmas mulk uchun to‘lov 3 oyda amalga oshirilganda 25 foiz chegirma beriladi. Iqtisodiy va sanoat zonalarida olgan majburiyatini bajargan tadbirkorlar yer va binoni xususiylashtirishi mumkin bo‘ladi;
🔵eksportchilarga boshqa viloyatdan xomashyo yetkazib berish uchun yo‘l xarajatlarini 50 foizi Eksport jamg‘armasidan qoplab beriladi.
➡️Rasmiy sahifalarimiz:
🔴Veb-sayt ▶️YouTube
✈️Telegram ™️Facebook
📷Instagram | 81 |
| 11 | ⚠️Xulosa qilib aytganda, Xitoyning rivojlanayotgan mamlakatlar, ayniqsa, Markaziy Osiyo mintaqasi bilan hamkorlikni chuqurlashtirishi oʻzgarib borayotgan global landshaft fonida tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishlari oʻzgarib borayotganini koʻrsatadi.
📝Iqtisodiy pasayish va geosiyosiy taranglik kabi qiyinchiliklarga qaramay, Xitoyning savdo aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan saʼy-harakatlari uning mintaqadagi davlatlar bilan munosabatlarni rivojlantirish va muhim mintaqalarda strategik manfaatlarini ilgari surish istagini koʻrsatadi.
➡️Rasmiy sahifalarimiz:
🔴Veb-sayt ▶️YouTube
✈️Telegram ™️Facebook
📷Instagram | 92 |
| 12 | 💬Shuni taʼkidlash kerakki, Markaziy Osiyo davlatlari tomonidan taqdim etilgan statistik maʼlumotlar va Xitoyning rasmiy maʼlumotlarida koʻp jihatdan turli xil hisoblash standartlari tufayli tafovutlar mavjud.
⚠️Masalan, Oʻzbekiston Statistika agentligining maʼlum qilishicha, 2023-yilda Xitoy bilan oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi 13,7 milliard dollarni, eksport 2,5 milliard dollar, import esa 11,2 milliard dollarni tashkil etgan.
➡️Rasmiy sahifalarimiz:
🔴Veb-sayt ▶️YouTube
✈️Telegram ™️Facebook
📷Instagram | 67 |
| 13 | ✈️2023-yilda Qozogʻiston Xitoyning asosiy savdo hamkoriga aylandi. Oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi oʻtgan yilga nisbatan 32 foizga oshib, 41 milliard dollarga yetdi. Shundan Qozogʻistonning Xitoyga eksporti 16,3 milliard dollarni, importi esa 24,7 milliard dollarni tashkil etdi.
◽️Ayni paytda Xitoyning Oʻzbekiston bilan savdosi ham 2023-yilda sezilarli 45 foizga oʻsib, 14 milliard dollarni tashkil etdi. Biroq savdo balansi Pekinga katta foyda keltirdi, GACC maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston eksporti umumiy savdo hajmida 1,6 milliard dollarni tashkil etdi.
➡️Rasmiy sahifalarimiz:
🔴Veb-sayt ▶️YouTube
✈️Telegram ™️Facebook
📷Instagram | 58 |
| 14 | 🔹Shu bilan birga, Xitoyning real yalpi ichki mahsuloti 2010—2021-yillar oraligʻida oʻrtacha 7 foizga kamaydi. Biroq COVID-19 holatlarining koʻpayishi, zaif koʻchmas mulk bozori, Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi mojaro fonida neft narxining oshishi Xitoyning rivojlanish istiqbollarini birmuncha qiyinlashtirdi. 2023-yilda Xitoy yalpi ichki mahsuloti atigi 5,2 foizga oʻsgan.
2023-yilda ham tashqi bosimga, ham ichki qiyinchiliklarga qaramay, Xitoy Markaziy Osiyo bilan savdoda sezilarli oʻsishga erishdi. Xitoy Bosh bojxona boshqarmasi (GACC) maʼlumotlariga koʻra, mintaqaning umumiy yillik savdo hajmi 89,4 milliard dollarni tashkil etdi. Bu bu oʻtgan yilgi 70,2 milliard dollardan 27 foizga koʻp. Biroq savdo balansi notekisligicha qolmoqda, Xitoy Markaziy Osiyo mamlakatlariga 61,4 milliard dollarlik mahsulot va xizmatlar eksport qilgan va mintaqadan 28 milliard dollarlik import qilgan.
➡️Rasmiy sahifalarimiz:
🔴Veb-sayt ▶️YouTube
✈️Telegram ™️Facebook
📷Instagram | 51 |
| 15 | 📉Xitoyning rivojlanayotgan mamlakatlar bilan hamkorligining asosi savdo-sotiq hisoblanadi. 1978-yildan 2017-yilgacha Xitoyda barqaror iqtisodiy oʻsish kuzatilgan, real yillik oʻsish surʼati (real compound annual growth rate) YIMning 8,9% va savdoning oʻrtacha yillik oʻsish surʼati 11,5% ni tashkil etdi.
📈Biroq, 2015-yildan buyon yalpi ichki mahsulot va savdo oʻsishi sezilarli darajada sekinlashdi. Xitoyning savdo aylanmasi 2014-yilda real 0,9 foizga oʻsdi, 2015-yilda 9,9 foizga qisqardi va 2016-yilda yana 5,4 foizga qisqardi. 2023-yilda Xitoyning umumiy tovarlar importi va eksporti yuanga nisbatan yiliga atigi 0,2 foizga oʻsgan.
➡️Rasmiy sahifalarimiz:
🔴Veb-sayt ▶️YouTube
✈️Telegram ™️Facebook
📷Instagram | 50 |
| 16 | ⚡️Xitoy Markaziy Osiyoga eksportini oshirmoqda
🌐Soʻnggi 20 yil ichida Xitoyning tashqi siyosati rivojlanayotgan mamlakatlarga koʻproq yoʻnaltirildi. Bu ularning oʻzgaruvchan global landshaftda ortib borayotgan ahamiyatini tan olish bilan bogʻliq. Ushbu tendensiya 2008-yilgi global moliyaviy inqirozdan keyin kuchaydi.
🗣Xitoy rahbarlari AQSh taʼsirining pasayishini kuzatib, rivojlanayotgan davlatlarni juda muhim sheriklar sifatida belgiladilar. 2018-yil iyun oyida Tashqi ishlar boʻyicha markaziy ishchi konferensiyada soʻzlagan nutqida Xitoy rahbari Si Szinpin rivojlanayotgan mamlakatlarni Xitoyning “tabiiy ittifoqchilari” deb atadi va ular bilan yanada chuqurroq hamkorlik qilishga chaqirdi.
➡️Rasmiy sahifalarimiz:
🔴Veb-sayt ▶️YouTube
✈️Telegram ™️Facebook
📷Instagram | 61 |
| 17 | 💠BMT Bosh Assambleyasi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ilgari surilgan "2027 yil - Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yili" rezolyutsiyasini bir ovozdan ma’qullandi.
🗣Hujjatning bosh maqsadi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2023 yil oktyabrida Samarqandda bo‘lib o‘tgan BMTning Jahon sayyohlik tashkiloti Bosh Assambleyasi sessiyasida turizm sohasining yangi muammolar va zamonaviy xatarlar oldida barqarorligi va moslashuvchanligi haqida bildirilgan fikrlariga asoslanadi.
➡️Rasmiy sahifalarimiz:
🔴Veb-sayt ▶️YouTube
✈️Telegram ™️Facebook
📷Instagram | 76 |
| 18 | 🗣Prezident Shavkat Mirziyoyev 23-fevral kuni yoshlar bandligini ta’minlash chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
➡️Rasmiy sahifalarimiz:
🔴Veb-sayt ▶️YouTube
✈️Telegram ™️Facebook
📷Instagram | 105 |
| 19 | #Xalqaro_tadbir 🇺🇿🤝🇹🇷
⚠️Hurmatli tabirkorlar! Joriy yilning
12–14-mart kunlari "Uzekspomarkaz"da 19-Xalqaro "AgroWorld Uzbekistan 2024" qishloq xo’jaligi yarmarkasi bo'lib o'tadi.
🌐Xalqaro ko’rgazma Turkiya kompaniyalarining milliy ishtirok dasturi doirasida qatnashuvi tashkil etilgan.
✅💬Ma'lumot uchun: "AgroWorld Uzbekistan 2024" xalqaro ko‘rgazmasi O‘zbekiston agrosanoat majmuasi korxonalarining salmoqli qismiga mahsulot va xizmatlarni namoyish etish uchun maydon hisoblanadi. Ko‘rgazmaning ishtirokchilari zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasi va ehtiyot qismlari, o‘simlikchilik, chorvachilik, parrandachilik, veterinariya, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, tashish va saqlash uchun uskunalar, texnologiyalar va materiallar ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashgan korxona va tashkilotlardir.
🔼Ushbu yirik xalqaro tadbirda 23 ta Turk kompaniyasi ishtirok etadi. Sizlarni "AgroWorld Uzbekistan 2024" ko’rgazmasida kutib qolamiz!
➡️Rasmiy sahifalarimiz:
🔴Veb-sayt ▶️YouTube
✈️Telegram ™️Facebook
📷Instagram | 83 |
| 20 | #Xalqaro_tadbir🤝🤝🇹🇷
⚠️Hurmatli tabirkorlar! Joriy yilning
12–14-mart kunlari "Uzekspomarkaz"da 19-Xalqaro "AgroWorld Uzbekistan 2024" qishloq xo’jaligi yarmarkasi bo'lib o'tadi.
🌐Xalqaro ko’rgazma Turkiya kompaniyalarining milliy ishtirok dasturi doirasida qatnashuvi tashkil etilgan.
✅💬Ma'lumot uchun: "AgroWorld Uzbekistan 2024" xalqaro ko‘rgazmasi O‘zbekiston agrosanoat majmuasi korxonalarining salmoqli qismiga mahsulot va xizmatlarni namoyish etish uchun maydon hisoblanadi. Ko‘rgazmaning ishtirokchilari zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasi va ehtiyot qismlari, o‘simlikchilik, chorvachilik, parrandachilik, veterinariya, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, tashish va saqlash uchun uskunalar, texnologiyalar va materiallar ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashgan korxona va tashkilotlardir.
🔼Ushbu yirik xalqaro tadbirda 23 ta Turk kompaniyasi ishtirok etadi. Sizlarni "AgroWorld Uzbekistan 2024" ko’rgazmasida kutib qolamiz!
➡️Rasmiy sahifalarimiz:
🔴Veb-sayt ▶️YouTube
✈️Telegram ™️Facebook
📷Instagram | 4 |
