ar
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

الذهاب إلى القناة على Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

إظهار المزيد

📈 نظرة تحليلية على قناة تيليجرام AI | DigiTech

تُعد قناة AI | DigiTech (@digitechai) في القطاع اللغوي Uzbek لاعباً نشطاً. يضم المجتمع حالياً 55 114 مشتركاً، محتلاً المرتبة 2 378 في فئة التكنولوجيات والتطبيقات والمرتبة 1 326 في منطقة Uzbekistan.

📊 مؤشرات الجمهور والحراك

منذ تأسيسه في невідомо، حقق المشروع نمواً سريعاً وجمع 55 114 مشتركاً.

بحسب آخر البيانات بتاريخ 10 يوليو, 2026، تحافظ القناة على نشاط مستقر. خلال آخر 30 يوماً تغيّر عدد الأعضاء بمقدار 2 433، وفي آخر 24 ساعة بمقدار 4 792، مع بقاء الوصول العام مرتفعاً.

  • حالة التحقق: غير موثّقة
  • معدل التفاعل (ER): يبلغ متوسط تفاعل الجمهور 23.84‎%. وخلال أول 24 ساعة من النشر يحصد المحتوى عادةً 17.09‎% من ردود الفعل نسبةً إلى إجمالي المشتركين.
  • وصول المنشورات: يحصل كل منشور على متوسط 13 212 مشاهدة. وخلال اليوم الأول يجمع عادةً 9 472 مشاهدة.
  • التفاعلات والاستجابة: يتفاعل الجمهور بانتظام؛ متوسط التفاعلات لكل منشور يبلغ 118.

📝 الوصف وسياسة المحتوى

يصف المؤلف القناة بأنها مساحة للتعبير عن الآراء الذاتية:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

بفضل وتيرة التحديث المرتفعة (أحدث البيانات بتاريخ 11 يوليو, 2026) تحافظ القناة على حداثتها ومستوى وصول مرتفع. وتُظهر التحليلات تفاعلاً نشطاً من الجمهور، ما يجعلها نقطة تأثير مهمة ضمن فئة التكنولوجيات والتطبيقات.

55 114
المشتركون
+4 79224 ساعات
+3 6317 أيام
+2 43330 أيام
أرشيف المشاركات
GM'ni sayti bugun :) 📟 DigiTech

🔍 Stenford talabalari faqat fotosuratni o’zidan odamni aniq turgan joyini aniqlay oladigan neyrotarmoqni ishlab chiqishdi. S
🔍 Stenford talabalari faqat fotosuratni o’zidan odamni aniq turgan joyini aniqlay oladigan neyrotarmoqni ishlab chiqishdi. Stenford talabalari neyrotarmoqni Google Street View-dan olingan atigi 500 000 ga yaqin ko’cha tasvirlari asosida o’rgatishgan bo’lsada (aslida bu juda kam), natijalar hayratlanarli bo’ldi. GeoGuessr o’yinida PIGEON neyrotarmog’i odamdan ko'ra yaxshiroq natija ko’rsatdiu 95% hollarda mamlakatni to’g’ri taxmin qilgan, joylashuvni aniqlashda esa maksimal 40 km masofaga adashgan. U hatto bir necha raundda GeoGuessr'ning eng yaxshi o’yinchisini mag’lub etishga muvaffaq bo’ldi. Uni ishlab chiqqan talabalar, kompaniyalar ushbu neyrotarmoqdan sizni qayerga sayohat qilganingizni aniqlashlari, shuningdek, insonni ta’qib qilish kabi noto’g’ri yollarda foydalanishlari mumkinligidan xavotirdalar. Ijtimoiy tarmoqlarga o’z rasmingizni yuklashdan oldin yaxshilab o’ylab ko’ring. 📟 DigiTech

📱Internetda Samsung Galaxy S24 smartfonlar qatorining barcha modellari va ularning xususiyatlari aks etgan yuqori sifatdagi
+1
📱Internetda Samsung Galaxy S24 smartfonlar qatorining barcha modellari va ularning xususiyatlari aks etgan yuqori sifatdagi rasmlar tarqaldi. Galaxy S24 Ultra titan ramka bilan jihozlanadi, Snapdragon 8 Gen 3 chipi esa qurilmalarning ishlashiga javobgar bo’ladi. Shuningdek, tarqalgan ma’lumotlar smartfonlarda yangi sun’iy intellekt funksiyalari, jumladan, aqlli klaviatura va to’g’ridan-to’g’ri qurilmaning o’zida fon rasmlarini yaratish imkoniyati paydo bo’lishini isbotlaydi. 📟 DigiTech

⚡️Maksimal chegaraga erishildi Yaponiyaning Kioxia kompaniyasi dunyodagi birinchi 2 terabaytlik microSD-ni chiqardi, ularning
⚡️Maksimal chegaraga erishildi Yaponiyaning Kioxia kompaniyasi dunyodagi birinchi 2 terabaytlik microSD-ni chiqardi, ularning aytishlaricha bunday formatga bundan ortiq joy sig’dirishni iloji yo’q (hozircha). SDXC ma’lumotlarni 100 MB/s tezlikda o’qish va 90 MB/s tezlikda ko’chirishni ta’minlaydi, korpusi esa IPX7 standarti bo’yicha suv o’tkazmaydi. Narxini hozircha aytishmadi. 📟 DigiTech

O‘zbekistonda 2022-yilda IT-xizmatlari hajmi 2021-yilga nisbatan 125,5 foizga o‘sib, 22,9 trillion so‘mga yetdi (ushbu ma’lum
+4
O‘zbekistonda 2022-yilda IT-xizmatlari hajmi 2021-yilga nisbatan 125,5 foizga o‘sib, 22,9 trillion so‘mga yetdi (ushbu ma’lumotlar e’lon qilingan 2023-yil 22-noyabrdagi kurs bo‘yicha qariyb 1,87 milliard dollar). Bu haqda Global CIO xalqaro professional IT-hamjamiyatining tadqiqotida aytilgan. Bunday o'sish sur'atlarini saqlab qolish uchun O'zbekistondagi IT-kompaniyalar ishonchli IT infratuzilma provayderlariga muhtoj. Bozordagi yetakchi o'yinchilardan biri Servercore hisoblanadi. Kompaniya o'z mijozlariga onlayn ta'lim, oziq-ovqat yetkazib berish yoki taksi buyurtma qilish uchun veb-saytlari va ilovalaridagi ma'lumotlarni saqlash va qayta ishlashga yordam beradi. Ularning xizmatlari Toshkentdagi maʼlumotlar markazi (Qozogʻiston va hattoki Keniyada ham bor) maʼlumotlar markazi asosida yoʻlga qoʻyilgan, bu Oʻzbekiston rezidentlarining shaxsiy maʼlumotlarini ZRU-547-songa muvofiq saqlashga yordam beradi. Kompaniyaning asosiy xizmatlari bulutli yoki ajratilgan serverlar, shuningdek, PaaS mahsulotlari: bulutli ma'lumotlar bazalari va Managed Kubernetes. Servercore’ning bulutli serveridan foydalanish uchun soatiga atigi 152 so'm to’lashingiz mumkin. Bundan tashqari, kerak bo’lsa bir necha klik orqali yangi virtual mashinalarni ham yo’lga qo’ysangiz bo’ladi. Shu bilan birga so’mda to’lov qilganingiz uchun xarajatingiz valyuta kursiga qarab o'zgarmaydi. Provayder boshqaruv paneli sizga xarajatlar va server imkoniyatlarini nazorat qilish, ularning mavjudligini saqlash va xarajatlarni optimallashtirish kabi keng imkoniyatlar taqdim etishga tayyor. ➡️ Ushbu havoladan foydalanib, siz Servercore afzalliklari haqida ko'proq bilib olishingiz, biznesingiz uchun maxsus taklifni so'rashingiz yoki boshqaruv panelida ro'yxatdan o'tish orqali xizmatlardan o'zingiz foydalanishni boshlashingiz mumkin. Texnik mutaxassislar veb-saytdagi vidjetda yoki @ServercoreUZ Telegram-kanalida har qanday qo'shimcha savollarga javob berishga tayyor. Reklama

+3
⚡️Spraytlar shunday ko’rinishga ega — kuchli momaqaldiroq paytida bulutlar ustida paydo bo’luvchi kam o’rganilgan chaqmoqlar. Spraytlarning diametri 100 km, uzunligi esa 60 km gacha yetishi mumkin. Ular 50 km balandlikda paydo bo’ladi va 100 millisoniyadan kamroq vaqt ichida yo’qoladi. 📟 DigiTech

🖼️ Midjourney neyrotarmog’ining V6 versiyasida generatsiya qilingan tasvirlarni haqiqiy suratlardan ajratib bo’lmaydi. Sun’i
+4
🖼️ Midjourney neyrotarmog’ining V6 versiyasida generatsiya qilingan tasvirlarni haqiqiy suratlardan ajratib bo’lmaydi. Sun’iy intellekt texnologiyalari sohasidagi yetakchi kompaniyalardan biri bo’lgan Midjourney, o’z neyron tarmog’ining yangi modeli — Midjourney V6 ni ommaviy sinovdan o’tkazishni boshladi. Yangi versiyasi matnli so’rovlarni yaxshiroq tushunadi va murakkab vizual sahnalarni sifatliroq generatsiya qiladi. 📟 DigiTech

🎮 Yaponlardan yana bir g’alati ixtiro — joystik yordamida yuzni boshqarish mumkin bo’lgan qurilma. Maxsus dasturiy ta’minot mushaklarga elektr impulsini yuboradi va ular qisqaradi: masalan, R1 va L1 tugmalari ko’zlarni yumib ochadi. Agar kimdir takrorlamoqchi bo’lsa, muallif qurilmani yig’ish bo’yicha hatto qo’llanma ham tayyorlagan. 📟 DigiTech

Bu kompyuter grafikasi emas, oddiy optik illyuziyadir. 📟 DigiTech

📺 Texnobloger Markes Braunli (MKBHD) 2023-yilning eng yaxshi smartfonlarini aniqladi. «Yil smartfoni» asosiy nominatsiyasida
📺 Texnobloger Markes Braunli (MKBHD) 2023-yilning eng yaxshi smartfonlarini aniqladi. «Yil smartfoni» asosiy nominatsiyasida g’oliblikni Google Pixel 8 egalladi. Shuningdek, MKBHD boshqa nominatsiyalar bo'yicha ham g’oliblarni e’lon qildi: – Eng yaxshi kamera: iPhone 15 Pro; – Eng yaxshi batareya: iPhone 15 Plus; – Eng yaxshi katta telefon: Samsung Galaxy S23 Ultra; – Eng yaxshi ixcham telefon: Asus Zenfone 10; – Eng yaxshi narx va sifat uyg’unligi: Samsung Galaxy A54. 📟 DigiTech

⚡️Oddiy videolarni multfilmga aylantirib beruvchi neyrotarmoq — DomoAI 10 dan ortiq uslublar mavjud, piksel, Pixar, anime va boshqalar. Shuningdek, ushbu neyrotarmoqda rasm generatsiya qilishingiz va o’z rasmingiz uslubini o’zgartirishingiz ham mumkin. Discord'da ishlaydi, eng asosiysi bepul ishlatib ko’rishingiz mumkin. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

📷 National Geographic 2023-yilning eng yaxshi 29 ta suratini e’lon qildi. Ushbu suratlar 2 million rasmlar ichidan tanlangan
+5
📷 National Geographic 2023-yilning eng yaxshi 29 ta suratini e’lon qildi. Ushbu suratlar 2 million rasmlar ichidan tanlangan. Ularning ichida O’zbekistonda olingan, oila og’lini o’qishga kuzatish jarayoni aks etgan surat ham bor. 👉 Barcha suratlarni ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

🪐 Quyosh tizimi sizning uyingizda Quantum Innova jamoasi stend ustida muallaq turuvchi, quyosh tizimidagi sayyoralarning miniatyura modellarini yasashdi va ularning joylashuvini NASA ma’lumotlari bo’yicha haqiqiylari bilan sinxronlashtirishdi. Narxi 549 dollar atrofida. 📟 DigiTech

⚡️Boshqa olamga portal. AQSh'da «Asgard's Wrath 2» 3D o’yinini shunday tutunli gologramma orqali namoyish etishdi. Uni Quest 2/3/Pro garnituralarida o’ynab ko’rish mumkin. 📟 DigiTech

👨‍💻 Dasturlash uchun eng yaxshi neyrotarmoqlar va saytlar ro’yxati. Ular kodni tushuntirishlari, dasturlashni o’rgatishlari
👨‍💻 Dasturlash uchun eng yaxshi neyrotarmoqlar va saytlar ro’yxati. Ular kodni tushuntirishlari, dasturlashni o’rgatishlari va hatto siz uchun kod yozishlari mumkin. Yangi boshlayotganlar uchun ham, tajribali dasturchilar uchun ham foydali bo’ladi. Deepseek Coder — dasturlash bo’yicha ajoyib SI yordamchi. Xatolarni tuzatadi va kodni tushuntiradi. 80 ta til bilan ishlaydi. Digma AI — bu real vaqtda kodingizdagi barcha xatolarni topadigan plagin. CodeLllama — Meta'dan kuchli kod generatori. Ko’p neyrotarmoqlardan kuchliroq. Langchain — bu tajribali koderlar neyrotarmoqlardan maksimal foyda olish uchun, eng yaxshi matnli so’rovlarni (prompt) baham ko’radigan sayt. AskCodi — juda foydali yordamchi. 50 ta dasturlash tillarini qo’llab-quvvatlaydi, juda ko’p funksiyalari mavjud. Codium — kodingizni sinab ko’rib analiz qiladi va xatolaringizni aytadi. Shuningdek, loyihangiz siz o’ylagandek chiqishi uchun maslahatlar beradi. 📟 DigiTech

🚘 Elektromobilda birinchi marta Shimoliy qutbdan Janubiy qutbgacha sayohat qilishdi. Sayohatchilar Arctic Trucks kompaniyasi tomonidan modifikatsiya qilingan Nissan Ariya EV dan foydalanishgan. O’zgartirishlar tufayli bir zaryadda yurish masofasi uchdan bir qismga kamaydi. Ob-havoga qarab, zaryadlash uchun shamol turbinasi, gibrid quyosh paneli va benzinda ishlovchi generatordan foydalanishgan. Arktika va Antarktidada sayohatchilar samaradorlikni oshirish uchun batareyani issiq saqlashga harakat qilishdi — masalan, ularni shamoldan himoya qilish uchun radiatorlar oldiga qordan «devorlar» qurishdi. 📟 DigiTech

+3
🎦 AQSh'da noodatiy kinoteatr ochildi — u yerda ekranda ko’rsatilgan taomni taqdim etishadi. Fork n' Film'da siz «Garri Potter», «Ratatuy», «Uyda yolg’iz» va boshqa filmlardagi taomlarni tatib ko’rishingiz mumkin: filmlar va menyular vaqti-vaqti bilan o’zgarib turadi. Chipta narxi 199 dollardan boshlanadi. Barcha joylar bir necha oy uchun oldindan sotilib bo’lingan. Zo’r g’oya, O’zbekistonda ham shunday kinoteatr ochish kerak :) 📟 DigiTech

+1
🚂 Yaponlar 70-yillarda poyezdlar uchun qiziqarli narsani o’ylab topishgan, ko’tarilib tushadigan o’rindiqlar. Odam gavjum vaqtlarda ko’proq eshiklar ochilishi uchun, ular tepaga ko’tarilgan, boshqa paytlarda esa o’rindiqlar sonini ko’paytirish uchun tushirilgan. Poyezdlar va temir yo’llar soni oshgani sabab, bunday vagonlarga bo’lgan ehtiyoj yo’qoldi, shuning uchun ular 2021-yilda foydalanishdan chiqarildi va temir yo’l muzeylariga yuborildi. 📟 DigiTech

🛬Tadqiqot: Erkaklarning deyarli 50 foizi favqulodda vaziyatda samolyotni xavfsiz qo’ndira olishiga ishonadi. YouGov tomonida
🛬Tadqiqot: Erkaklarning deyarli 50 foizi favqulodda vaziyatda samolyotni xavfsiz qo’ndira olishiga ishonadi. YouGov tomonidan o’tkazilgan so’rovnomaga ko’ra, ko’pchilik buni amalga oshirish mumkin deb hisoblaydi. Mutaxassislarning fikricha, bu o’ziga bo’lgan ishonchning keskin oshishi bilan bog’liq. O’qitilmagan odamlar yengil samolyotlarni havo harakatini nazorat qiluvchilarning rahbarligi ostida muvaffaqiyatli qo’ndirgan vaziyatlar ham bo’lgan. Albatta, dispetcherni ko’rsatmalari bilan samolyotni to’g’ri qo’ndirish mumkin, lekin buning uchun juda ko’p ishlarni ketma-ket to’g’ri qilish kerak. Misol uchun yo’lovchi, dispetcher bilan radio orqali bog’lanishi uchun birinchi navbatda quloqchinni taqib, mikrofon tugmachasini topishi kerak. Siz qanday fikrdasiz? 🤓 — qo’ndira olaman 🤯 — bu men uchun emas 📟 DigiTech

⚡️OpenAI sun’iy intellektlardan maksimal to’g’ri va batafsil javob olish uchun, samarali so’rovlar (prompt) yozish bo’yicha r
⚡️OpenAI sun’iy intellektlardan maksimal to’g’ri va batafsil javob olish uchun, samarali so’rovlar (prompt) yozish bo’yicha rasmiy qo’llanmani chiqardi. Chatbot bilan suhbatlashayotganda ma’lum bir strategiya bo’yicha so’rov to’g’ri tuzilgan va mantiqiy bloklarga bo’lingan bo’lishi kerak. Bularning barchasi haqida qo’llanmada misollar bilan batafsil yozilgan. Sun’iy intellektlardan muntazam foydalanadiganlar uchun juda foydali bo’ladi. 👉 Qo’llanmaga havola. 📟 DigiTech

AI | DigiTech - إحصائيات وتحليلات قناة تيليجرام @digitechai