ar
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

الذهاب إلى القناة على Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

إظهار المزيد

📈 نظرة تحليلية على قناة تيليجرام AI | DigiTech

تُعد قناة AI | DigiTech (@digitechai) في القطاع اللغوي Uzbek لاعباً نشطاً. يضم المجتمع حالياً 53 091 مشتركاً، محتلاً المرتبة 2 488 في فئة التكنولوجيات والتطبيقات والمرتبة 1 371 في منطقة Uzbekistan.

📊 مؤشرات الجمهور والحراك

منذ تأسيسه في невідомо، حقق المشروع نمواً سريعاً وجمع 53 091 مشتركاً.

بحسب آخر البيانات بتاريخ 26 يونيو, 2026، تحافظ القناة على نشاط مستقر. خلال آخر 30 يوماً تغيّر عدد الأعضاء بمقدار 768، وفي آخر 24 ساعة بمقدار -288، مع بقاء الوصول العام مرتفعاً.

  • حالة التحقق: غير موثّقة
  • معدل التفاعل (ER): يبلغ متوسط تفاعل الجمهور 24.99‎%. وخلال أول 24 ساعة من النشر يحصد المحتوى عادةً 18.67‎% من ردود الفعل نسبةً إلى إجمالي المشتركين.
  • وصول المنشورات: يحصل كل منشور على متوسط 13 325 مشاهدة. وخلال اليوم الأول يجمع عادةً 9 958 مشاهدة.
  • التفاعلات والاستجابة: يتفاعل الجمهور بانتظام؛ متوسط التفاعلات لكل منشور يبلغ 125.

📝 الوصف وسياسة المحتوى

يصف المؤلف القناة بأنها مساحة للتعبير عن الآراء الذاتية:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

بفضل وتيرة التحديث المرتفعة (أحدث البيانات بتاريخ 27 يونيو, 2026) تحافظ القناة على حداثتها ومستوى وصول مرتفع. وتُظهر التحليلات تفاعلاً نشطاً من الجمهور، ما يجعلها نقطة تأثير مهمة ضمن فئة التكنولوجيات والتطبيقات.

53 091
المشتركون
-28824 ساعات
-3 2697 أيام
+76830 أيام
أرشيف المشاركات
+3
🕹️ Smartfonlar uchun Subway Surfers City o‘yinining yangi qismi chiqmoqda — afsonaviy o‘yinning yangi qismi originali chiqqanidan 14 yil o‘tgach chiqarilmoqda. O‘yin asosi — temir yo‘l bo‘ylab qo‘riqchilardan qochish o‘zgarmay qoladi, biroq unga zamonaviy grafika, ko‘plab kuchaytirgichlar va turli rejimlar, shu jumladan multipleyer rejimi ham qo‘shiladi. O‘yin 26-fevralda chiqadi. Uni hozirdanoq App Store va Google Play orqali oldindan yuklab olish mumkin. 📟 DigiTech

⚡️16 gigabaytli RTX 5070 Ti va RTX 5060 Ti videokartalarining ishlab chiqarilishi to‘xtatildi — xotira tanqisligi tufayli kon
⚡️16 gigabaytli RTX 5070 Ti va RTX 5060 Ti videokartalarining ishlab chiqarilishi to‘xtatildi — xotira tanqisligi tufayli konveyer liniyasi vaqtincha to‘xtatib qo‘yildi. Yangi videokartalarni ishlab chiqarish foydasiz bo‘lib qoldi — ishlab chiqaruvchilar barcha kuchlarini ma’lumotlar markazlariga yo‘naltirishmoqchi. Geymerlarga esa faqat 8 GB xotirali kartalar va eski RTX 3060 qoladi. 📟 DigiTech

🌊 Yaponiya dunyoda birinchi bo‘lib okean tubidan nodir metallarni qazib olishni yo‘lga qo‘ymoqda — ular 6 km chuqurlikdagi l
🌊 Yaponiya dunyoda birinchi bo‘lib okean tubidan nodir metallarni qazib olishni yo‘lga qo‘ymoqda — ular 6 km chuqurlikdagi loyqadan qazib olinadi. Maxsus qurilmali kema allaqachon birinchi sinov missiyasiga jo‘natilgan. U suzuvchi ulkan changyutgich tamoyili asosida ishlaydi: tubi yumshatilib, cho‘kindilar qazilma boyliklar bilan birga quvur orqali kuchli nasoslar yordamida yuqoriga ko‘tariladi. Loyiha Xitoydan importni kamaytirishga qaratilgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, bir tonna loyqada elektronika va avtomobil ishlab chiqarish uchun muhim bo‘lgan kamida 2 kg komponentlar mavjud. 📟 DigiTech

⚡️Mettyu Makkonaxi o‘zini savdo belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazdi — bu yo‘l bilan aktyor sun’iy intellekt yordamida yaratilgan soxta tasvirlarga qarshi kurashmoqchi. Aktyor va uning huquqshunoslari fikricha, sud jarayoni tahdidi uning tashqi ko‘rinishi va ovozidan ruxsatsiz foydalanishning oldini olishga yordam beradi. Ro’yxatga uning «Alright, alright, alright» degan mashhur iborasi va kino hamda seriallardagi yana yettita obrazi kiritildi. Shunga qaramay, Makkonaxi umumiy olganda sun’iy intellektga qarshi emas: u hatto ElevenLabs kompaniyasiga sarmoya kiritgan, savdo belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazishni esa «ehtiyotkorlik chorasi» deb izohladi. 📟 DigiTech

🐴 Xitoydagi fabrika xodimi tasodifan konveyerni noto‘g‘ri ishga tushirib yubordi va oddiy o‘yinchoqni virusli memga aylantir
+3
🐴 Xitoydagi fabrika xodimi tasodifan konveyerni noto‘g‘ri ishga tushirib yubordi va oddiy o‘yinchoqni virusli memga aylantirdi. 2026-yilning ramzi bo‘lgan ot o’yinchoqlar jilmayishi kerak edi, ammo dastgoh ularga teskari yuzlarni tikishni boshladi. Natijada, bu variant ijtimoiy tarmoqlarda ommalashib, o‘yinchoq o‘n minglab sotila boshladi, buning natijasida ishlab chiqarish liniyalari sonini 2 tadan 10 tagacha oshirishga to‘g‘ri keldi. Ishchi yigitga esa katta mukofot va'da qilishdi. 📟 DigiTech

📲 «Suyuq shisha» mutlaq muvaffaqiyatsizlikka uchradi. 2026-yil yanvar holatiga ko‘ra, iOS 26'ni barcha iPhone ishqibozlarini
📲 «Suyuq shisha» mutlaq muvaffaqiyatsizlikka uchradi. 2026-yil yanvar holatiga ko‘ra, iOS 26'ni barcha iPhone ishqibozlarining atigi 15-20 foizi ishlatmoqda — aksariyati eski versiyalarda qolgan.
Solishtiradigan bo‘lsak: 2025-yil yanvarida barcha foydalanuvchilarning 64 foizi, ya'ni yangilanish imkoni bo‘lganlarning deyarli barchasi yangi iOS 18'ga o‘tgandi.
iOS 26'ning muvaffaqiyatsizligini asosiy sababi — faqat taqdimotda chiroyli ko‘ringan, ammo amalda qurilma unumdorligi, batareya quvvatini yemiruvchi va ko‘zni toliqtiruvchi Liquid Glass interfeysidir. 📟 DigiTech

🛜 Bor-yo‘g‘i 25 dollar evaziga fleshka o‘lchamidagi portativ 5G-router — ZTE RedCap Wi-Fi F40'ni namoyish etdi. Texnik xusus
🛜 Bor-yo‘g‘i 25 dollar evaziga fleshka o‘lchamidagi portativ 5G-router — ZTE RedCap Wi-Fi F40'ni namoyish etdi. Texnik xususiyatlari:
— Bir vaqtning o‘zida 16 tagacha qurilmani qo‘llab-quvvatlaydi, ikki diapazonli Wi-Fi 6 mavjud. — Router RedCap texnologiyali 5G'dan foydalanadi, bu ma’lumotlar uzatilishini 50 foizga tezlashtiradi, kechikishlarni 70 foizga kamaytiradi va energiya sarfini pasaytiradi. — Ikkita USB porti (C va A), USB Direct rejimi hamda holat ko‘rsatkichi mavjud.
SIM-kartasiz modeli 25$, SIM-kartali modeli esa 31$ turadi. 📟 DigiTech

🤖 Germaniyadagi startap omborlar uchun o‘ziyurar robot-tayoqchalarni chiqardi. Filics bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda harakatlanishi va har qanday shakldagi yuklarga oson moslashishi mumkin. Loyihaga allaqachon o‘zi ham ombor uchun robotlarni ishlab chiqaradigan Amazon kompaniyasi sarmoya kiritgan. Shuningdek, dastlabki hamkorlar orasida DHL va Coca-Cola ham bor. 📟 DigiTech

🎧 OpenAI AirPods'ga o’xshash ChatGPT o‘rnatilgan qurilma chiqarmoqchi — insayderlar Sweetpea kod nomi ostidagi qurilma tafsi
🎧 OpenAI AirPods'ga o’xshash ChatGPT o‘rnatilgan qurilma chiqarmoqchi — insayderlar Sweetpea kod nomi ostidagi qurilma tafsilotlarini oshkor qilishdi. Quloqchinlar metall quvvatlash qutisiga ega bo‘ladi. Ichida ikkita ixcham «tabletka» bo’ladi, ular quloq orqasiga o‘rnatiladi. Unda Samsung smartfonlaridagi kabi Exynos protsessori hamda ovozli buyruqlar va iPhone’ni teginmasdan boshqarish uchun javobgar chip bo’ladi. Umumiy hisobda, OpenAI 2028-yil oxirigacha besh turdagi qurilmani chiqarishi mumkin. 📟 DigiTech

⚡️«G'alati ishlar» (Stranger Things) finali ssenariysi ChatGPT yordamida yozilganga o‘xshaydi. Serial yaratilishi haqidagi hu
⚡️«G'alati ishlar» (Stranger Things) finali ssenariysi ChatGPT yordamida yozilganga o‘xshaydi. Serial yaratilishi haqidagi hujjatli filmdagi kadrda brauzer sahifalarida chat-bot borligini payqashdi. X ijtimoiy tarmog’ida bu kadr haqida joylangan post allaqachon 3 million marta ko‘rilgan. Natijada ko‘pchilik syujetni sun’iy intellekt o‘ylab topgan degan fikrga kelmoqda. IMDb'da beshinchi qism 5,7 ball to’plaganini hisobga olsak, bu haqiqat bo’lishi mumkin. 📟 DigiTech

📲 iPhone'lardagi yangi Siri asosiy raqobatchilardan biri — Google Gemini'ning sun’iy intellekt texnologiyalari asosida ishla
📲 iPhone'lardagi yangi Siri asosiy raqobatchilardan biri — Google Gemini'ning sun’iy intellekt texnologiyalari asosida ishlaydi. Mish-mishlarga ko‘ra, bu hamkorlik Apple'ga yiliga kamida 1 milliard dollarga tushishi mumkin. Apple vakillarining ta’kidlashlaricha: «Batafsil tahlillardan so‘ng, Google texnologiyalari Apple Foundation modellari uchun eng ishonchli asosni ta’minlaydi degan qarorga keldik, va biz bu texnologiya foydalanuvchilarimizga taqdim etadigan innovatsion yangi imkoniyatlardan mamnunmiz.» Sun’iy intellektga ega yangilangan Siri 2024-yil yozida namoyish etilgan bo‘lsa-da, ko‘p o‘tmay uning chiqarilishi aniq muddatsiz kechiktirildi. Endi yangilanish 2026-yilning ikkinchi yarmida kutilmoqda. 📟 DigiTech

🌒 Insonlar 6-fevralda Oyga qaytishadi NASA Artemis II missiyasiga tayyorgarlikni yakunlamoqda — bu 50 yil ichida Oyga birinc
🌒 Insonlar 6-fevralda Oyga qaytishadi NASA Artemis II missiyasiga tayyorgarlikni yakunlamoqda — bu 50 yil ichida Oyga birinchi boshqariladigan parvoz bo’ladi. Raketa deyarli tayyor bo‘lgan, agar yonilg‘i bakini to‘ldirish va sinovlar muvaffaqiyatli o‘tsa, u fevral oyining boshidayoq uchiriladi. To‘rt nafar astronavtdan iborat ekipaj Oy yuzasiga qo‘nmasdan uni aylanib chiqadi. 📟 DigiTech

+1
🤖 Hech narsa to‘xtata olmaydigan xitoy avtopiloti. Neolix kompaniyasining buyurtmalarni yetkazib beruvchi robotlari na yomon yo‘llardan, na yangi quyilgan betondan cho‘chiydi: ularni o‘z maqsadlari yo’lida hechnima to’xtata olmaydi va ba’zida hatto to‘xtash joylaridagi mopedlarni ham urib yuborishadi. 📟 DigiTech

⚡️Bitkoinlarni mayning qiladigan Superheat H1 suv isitgichi namoyish etildi Bu ixtiro quyidagicha ishlaydi: o‘rnatilgan ASIC mayneri kriptovalyutani qazib oladi, chipdan ajralib chiqadigan issiqlik esa bakdagi suvni isitishga sarflanadi. Olingan kriptovalyuta to’g’ri foydalanuvchining hamyoniga tushadi, bu nafaqat suvni isitish xarajatlarini qoplash, balki foyda olish imkonini ham beradi. Shu bilan birga, kompaniya elektr energiyasi sarfi oddiy modellarga nisbatan oshib ketmasligini va’da qilmoqda. Uning narxi taxminan 2000 dollar bo’ladi. 📟 DigiTech

+1
📱TikTok sabab iPhone 4 ga bo‘lgan talab deyarli 1000% ga oshib ketdi. 16 yillik smartfonda olingan vintaj uslubidagi suratlar trendga aylandi. Hozirda iPhone 4 ni 150 000 – 200 000 so’mga sotib olish mumkin. Biroq, unda muhim ma’lumotlarni saqlash tavsiya etilmaydi, chunki iOS 7.1.2 xavfsizligi ancha vaqt oldin eskirgan. 📟 DigiTech

📷 Dreame endi nafaqat fenlar va superkarlar, balki kameralarni ham ishlab chiqarishni boshlaydi. Birinchi model modulli Leaptic Cube bo‘ldi — u 50 megapikselli sensor, 8K 30 fps'da tasvirga olish imkoniyati va ajraladigan displeyga ega. Shuningdek, suvdan himoya va microSD sloti mavjud, qurilmaning batareyasi zaryadi bazaviy holatda 90 daqiqa, displey ulangan holda esa 200 daqiqaga yetadi. Narxi 440 dollardan boshlanadi. 📟 DigiTech

⚡️Samsung ovozli boshqaruvga ega muzlatgichni chiqardi — agar qo‘lingiz band bo‘lsa, u ovozli buyruq bilan muzlatgich eshiklarini o‘zi ochib-yopadi. Bundan tashqari, unda Gemini asosida ishlaydigan sun’iy intellekt mavjud bo‘lib, u mahsulotlarni avtomatik ravishda aniqlaydi va ularning yaroqlilik muddatini nazorat qiladi. Sotuvlar yaqin oylarda boshlanadi, narxi esa keyinroq e’lon qilinadi. 📟 DigiTech

🩴 Nike diqqatni jamlash va xavotirni kamaytirishga yordam beradigan Nike Mind poyabzal seriyasini chiqardi. Uni neyrobiologl
+4
🩴 Nike diqqatni jamlash va xavotirni kamaytirishga yordam beradigan Nike Mind poyabzal seriyasini chiqardi. Uni neyrobiologlar bilan birgalikda ishlab chiqishgan. Mind seriyasi krossovkalar va shippaklardan iborat. Ularga oyoqdagi minglab retseptorlar orqali miyaga ta'sir o’tkazuvchi maxsus sharchalar joylashtirilgan. AQSh'da narxi 95 dollardan boshlanadi. 📟 DigiTech

⚡️SSD narxlari yana ikki baravarga ko‘tariladi. Inqiroz va operativ xotiraning keskin yetishmasligi bozorni tom ma’noda yo’q
⚡️SSD narxlari yana ikki baravarga ko‘tariladi. Inqiroz va operativ xotiraning keskin yetishmasligi bozorni tom ma’noda yo’q qilmoqda: masalan, yirik Sandisk kompaniyasi ikki oydan so‘ng SSD narxini 100% ga oshiradi. 2026-yil mart oyidan boshlab qattiq disklar qimmatlashib boradi. Bu tendensiya butun bozorga ta'sir qiladi. SSD olishni o’ylab yurgan bo’lsangiz hozir ayni vaqti. 📟 DigiTech

+3
👟 AQSh'da tezroq yurish va kamroq charchash imkonini beruvchi Dephy Sidekick kiber-krossovkalari namoyish etildi. To‘plam to‘piq uchun ekzoskelet va maxsus mahkamlagichdan iborat. Ular birgalikda qo‘shimcha boldir mushagi vazifasini bajarib, harakatlarni yengillashtiradi. Qizig’i shundaki, Nike shunga o‘xshash mahsulotni faqat 2028-yilda chiqarmoqchi edi, bularni esa hoziroq — 4500 dollarga xarid qilish mumkin. 📟 DigiTech