cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

👍Samarqand Shahar Veterinariya va Chorvachilikni Rivojlantirish Bo‘limi RASMIY

🐮🐴🐕Veterinariya faoliyati 🐪🐏🐈 TIBBIYOT INSONNI, VETERINARIYA INSONIYATNI ASRAYDI Takliflar uchun @Zuxriddin_Kenjaboyev94 Murojaat uchun: +998979240204

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
265
المشتركون
+124 ساعات
+37 أيام
+530 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Photo unavailableShow in Telegram
🐄Chorva mollarining tuyoqlarni parvarish qilish bo‘yicha tavsiyalar 🔹Qoramollarda tuyoqlar oyiga 6-7 mm o‘sadi. Yaylovda o‘tlaydigan yoki erkin yuradigan mollarda tuyoqlar me’yorda o‘sgan bo‘ladi 🔹Doimo bog‘langan holda turadigan va yumshoq polli joylarda turadigan chorva mollarida tuyoq o‘sishi tezroq bo‘ladi va bir muncha vaqt o‘tgach tuyoqlar o‘sib, bir-birini ustiga chiqib ketishi oqibatida yuqoriga qayriladi va sinishiga olib keladi. 🔹O‘sib ketgan va singan tuyoqlar chorva mollarining o‘rnidan turishiga halaqit beradi. Chorva moli oyoqda turishga qiynaladi, buning oqibatida doimiy ravishda yotishni istaydi, ishtahasi yo‘qoladi va semirish ko‘rsatkichi tushib ketadi. O‘sayotgan va singan tuyoqlar orasida o‘g‘itlar to‘planishi bois, tuyoqning tag qismi chirishiga olib keladi. 🔹Uzoq vaqt boqiladigan chorva mollarining tuyoqlari shu tarzda o‘sadigan bo‘lsa, tuyoqlarni kesish yo‘li bilan... Davomi bu yerda👉 https://agro-olam.uz/27061-2 🇺🇿Kanalga ulaning ⬇️⬇️⬇️ ➡️https://t.me/SAMshaharVeterinariya
إظهار الكل...
👍 1
👍 4
Photo unavailableShow in Telegram
Yosh chorva hayvonlarining dispepsiya kasalligi 🔹Dispepsiya (nospesifik diareya) - yosh hayvonlarning o‘tkir kechadigan kasalligi bo‘lib, hazm va modda almashinuvi jarayonlarining buzilishi, organizmning suvsizlanishi va intoksikatsiyasi bilan o‘tadi. 🔹Dispepsiya bilan 2-10 kunlikgacha bo‘lgan buzoqlar, cho‘chqa bolalari, qo‘zilar va toychalar kasallanadi. 🔹Bo‘g‘oz sigirlarning mikroelemenlar yetishmovchiliklari bilan kasallanishi oqibatida ulardan tug‘ilgan buzoqlar orasida dispepsiyaning nisbatan ko‘p qayd etilishining va shuningdek, bo‘g‘oz sigirlar ratsioniga qo‘shimcha ravishda bir boshga 100 g bentonit, 200 mg mis sulfat, 150 mg kaliy yodid, 100 mg marganes sulfat, 40 mg kobalt xlorid, 250 ming HB vitamin A, 150 ming HB vitamin D3, 100 mg Ye vitamini bir kunda bir marta omixta yemlarga aralashtirilgan holda berilganda... Davomini o‘qish👉 https://agro-olam.uz/yosh-chorva-hayvonlarining-dispepsiya-kasalligi/ 🇺🇿Kanalga ulaning ⬇️⬇️⬇️ ➡️https://t.me/SAMshaharVeterinariya
إظهار الكل...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
Aholi xonadonlarida echkilarni parvarishlash bo‘yicha tavsiyalar Echkilar o‘rtacha 9–10 yil (ba’zilari 17 yilgacha) yashaydi, xo‘jalikda 7–8 yil foydalaniladi. Uloqlari 5–8 oyligida jinsiy yetiladi, 14–18 oyligida qochiriladi. Bo‘g‘ozlik davri 5 oyga yaqin. Xonaki zotlarining ko‘pi serpusht: har 100 bosh urg‘ochi echkidan 150–250 uloq olinadi. Yaxshi ozuqa sharoitida asrab boqilganda yiliga 2 marta bolalaydi. Takalarining tirik vazni 60–65 kg dan 100 kg gacha, urg‘ochilariniki 40–60 kg. Sersut zotlaridan yiliga o‘rtacha 450–550 kg gacha sut sog‘ib olinadi. Sutining yog‘liligi 3,8–4,5%. Takalardan 4–6 kg, urg‘ochilardan 3–5 kg. dan jun qirqib olinadi. Sertivit zotlaridan 0,2–0,5 kg. dan 2 kg. gacha tivit tarab olish mumkin. Yaxshi boqilgan katta yoshdagi echki 20–28 kg go‘sht va 4–6 kg yog‘, 7–10 oylik echkilar esa 12 kg go‘sht va 1,5 kg yog‘ beradi... Davomi bu yerda👉 https://agro-olam.uz/xonadonda-echki-boqish/https://t.me/Sam_Shahar_VETERINARIYA_1
إظهار الكل...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
Onasidan ajratilgan qulunlarni o‘stirish va asrash Onasidan ajratilgan qulunlar bittadan yoki ikkitadan qilib bo‘lmalarga joylashtiriladi, bo‘lmadagi joyni kengligi 9 m2 dan kam bo‘lmasligi kerak. Bo‘lmalar avtomatik suvdonlar bilan jihozlangan, quruq va yorug‘ bo‘lishi kerak. Asrashning tannarxini pasaytirish maqsadida ularni gruppa-gruppa qilib bo‘lmalarda asrash mumkin. Bunda bo‘lmalar zallarga bo‘lingan bo‘lib, har bir zal 75 m2 dan kam bo‘lmasligi kerak. Bunday zallarni har biriga bir xil jinsdagi 10— 15 bosh qulunni joylashtirish mumkin. Bo‘lmalarning tagiga poya yoki yog‘och qirindisidan to‘shama solinadi. Bo‘lmalar ertalab va kechqurun, zallar esa asrash davomida 1—2 marta tozalanadi. To‘shama har kuni almashtiriladi. Kulunlar ham kuniga tozalanadi. Zallarning havosi toza va quruq bo‘lishi... Davomi bu yerda👉 https://agro-olam.uz/onasidan-ajratilgan-qulunlarni-ostirish-va-asrash 🇺🇿Kanalga ulaning ⬇️⬇️⬇️ ➡️https://t.me/SAMshaharVeterinariya
إظهار الكل...
👍 2
👍 2 1
Photo unavailableShow in Telegram
Buzoqlarni boqishda yangi usullar 🔹Hayotining birinchi kunlari Buzoq uchun birinchi ozuqa og‘iz suti. Uni hayvon tug‘ilgandan keyin darhol va iloji boricha ko‘p ichishi kerak. Ba’zi buzoqlar 4 litrgacha og‘iz suti ichishi mumkin. Umuman olganda, bu yerda quyidagi qoida qo‘llaniladi: har bir buzoq tana vaznining 10% miqdorida og‘iz sutini hayotining dastlabki uch soatidan (hatoki 1 soat ichida) kechiktirmasdan, lekin 3 litrdan kam bo‘lmagan miqdorda olishi kerak. 🔹Agar hayvonlar sigir yaqinida qarovsiz qoldirilsa, u holda buzoqlarning 50 foiziga og‘iz suti yetishmaydi, shuning uchun tug‘ilgan har bir buzoqni so‘rg‘ichdan yoki naycha (drenjer) yordamida sutini ichirish kerak. 🔹Hayotining dastlabki soatlarida sut ichishi juda muhimdir, chunki bu vaqt davomida ichak shilliq qavatining ozuqaviy moddalarni qabul qilish qobiliyati maksimal darajada... Davomi bu yerda👉 https://agro-olam.uz/buzoqlarni-boqishda-yangi-usullar 🇺🇿Kanalga ulaning ⬇️⬇️⬇️ ➡️https://t.me/SAMshaharVeterinariya
إظهار الكل...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
🐣Tuxumlardan jo‘ja ochirish Tuxumlarni inkubatsiyalash davrida uning ichida harorat 37,4-37,5ºS va jo‘ja ochib chiqish paytida esa 37,0-37,2ºS, nisbiy namlik inkubatorda 50-55%; jo‘ja ochish shkafida esa 70-75% bo‘lishi talab etiladi. Inkubatorda haroratning muntazam me’yordan past bo‘lishi jo‘ja ochishni kechiktiradi, aksincha haroratning keskin oshib ketishi; 41ºS dan yuqori bo‘lishi murtakning o‘limiga sabab bo‘ladi. Inkubatorlarda nisbiy namlikning me’yordan past bo‘lishi embrionning ko‘p namlik yo‘qotishiga sabab bo‘lib o‘limga olib keladi, agar namlik oshib ketsa tuxumdan namlik ko‘tarilishi to‘xtaydi, natijada tuxum po‘chog‘ining ustida mikroorganizmlar rivojlanib, tuxum ichiga kirib uning oqsilini buzadi. Inkubatorda me’yordagi havo harakati inkubatsiyalashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi havo almashinuvi natijasida... Batafsil👉 https://agro-olam.uz/tuxumlardan-juja-ochirish/ Do‘stlarga ham ulashamiz 🇺🇿Kanalga ulaning ⬇️⬇️⬇️ ➡️https://t.me/SAMshaharVeterinariya
إظهار الكل...
👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
🐄Sigirlar sut mahsuldorligi nimalarga bog‘liq? 💠Sigirlar sut mahsuldorligi va uning xususiyatlari, sutning tarkibi kabi irsiy belgi hisoblanadi. Genotip tomonidan belgilangan yuqori sut mahsuldorligi genetik imkoniy ko‘rsatkichdir. Sigirlarning irsiy belgilari yuqori sut mahsuldorligi tashqi muhitning qulay sharoitlarda ro‘yobga chiqadi. 💠Sigirlar sut mahsuldorligi ma’lum darajada uning tirik vazniga bog‘liq, chunki u rivojlanish va semizlik mezoni hisoblanadi. Ko‘pincha yirik sigirlar ko‘p oziqa iste’mol qilib ularni hazmlash qobiliyatiga ega. Bu esa yuqori sut mahsuldorligini ta’minlaydi. Bejiz emas ko‘pgina rekordchi sigirlar vazni normadan ancha yuqori bo‘lgan.... 🧾Batafsil👉 https://agro-olam.uz/sigirlar-sut-mahsuldorligi-nimalarga-bogliq/ 🇺🇿Kanalga ulaning ⬇️⬇️⬇️ ➡️https://t.me/SAMshaharVeterinariya
إظهار الكل...
👍 3