cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Abituriyent Life

Barcha Abituriyentlar uchun ochilgan mahsus kanal. Rasmiy maʼlumotlar Kirish ballari Imtihon javoblari Shu yerda 👨‍💻Reklama:

إظهار المزيد
Uzbekistan16 875لم يتم تحديد اللغةالتعليم38 482
مشاركات الإعلانات
2 944
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
لا توجد بيانات7 أيام
لا توجد بيانات30 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Photo unavailableShow in Telegram
⚡️ Rasman: Maktab o‘quvchilari uchun kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi Maktab vazirligiga ko'ra, maktab o‘quvchilari uchun I chorakning so‘nggi kuni 3-noyabrga to‘g‘ri kelib, 4-noyabr kuni kuzgi ta’tilning ilk kuni sanaladi. Ta’til 6 kalendar kun, ya’ni 9-noyabrgacha davom etadi. II chorak esa 10-noyabrdan boshlanadi. ➡️ Barcha Abituriyentlarga ulashing! 🖼 Telegram: @Abituriyent_Life
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️ Toshkent davlat pedagogika universitetining 2-kurs talabasi o‘zini metroga tashladi 12-oktabr kuni Toshkent metrosining “Alisher Navoiy” metro bekatida talaba qiz poyezd relsiga sakragan. Shu payt bekatda xizmat olib borayotgan IIO xodimi buni payqab, darhol poyezdni to‘xtatishga buyruq bergan. Ikki IIO xodimi relsga tushib, qizni birga platformaga olib chiqqan. Shundan so‘ng, qizga birinchi yordam ko‘rsatilib, u bilan suhbat o‘tkazilgan. 2005 yilda tug‘ilgan farg‘onalik qiz Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2-kurs talabasi ekani ma’lum bo‘ldi. Xodimlar qizning qarindoshlari bilan bog‘lanib, voqea haqida xabar berishgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. ➡️ Barcha Abituriyentlarga ulashing! 🖼 Telegram: @Abituriyent_Life
إظهار الكل...
Milliy sertifikat kimga qanday imtiyoz beradi? Javob quyidagicha: 1) Agar o'qituvchi milliy sertifikat imtihonida 80% yoki undan yuqori natijani qo'lga kiritsa, oylik maoshiga 20% ustama qo'shib beriladi! 2) Agar abituriyent 86% va undan yuqori natijani qo'lga kiritsa, tegishli  fanidan kirish imtihonlarida maksimal ball beriladi. Ya'ni ona tili va adabiyot 1-blok fani bo'lsa 93 ball, 2-blok fani bo'lsa 63 ball. Shuningdek majburiy 10 talik testdan ham maksimal ball (11 ball) beriladi. Agar 60% dan 85% gacha natijani qo'lga kiritsa, foizga nisbatan proporsional ball beriladi. Ya'ni 80 foizlik natijani qo'lga kiritsa, unga 93 ballning 80%i (74,4 ball) beriladi! 3) Agar ona tilidan majburiy fan sifatida (10 talik testga) tayyorlanayotgan abituriyent milliy sertifikat imtihonidan 60 foizdan yuqori natijani qo'lga kiritsa, unga majburiy ona tilidan maksimal ball (11 ball) beriladi. Ya'ni milliy sertifikat majburiy fan uchun ham o'tadi! ➡️ Barcha Abituriyentlarga ulashing! 🖼 Telegram: @Abituriyent_Life
إظهار الكل...
01:30
Video unavailableShow in Telegram
#долзарб Kredit-modul tizimi nega O‘zbekiston to‘liq ishlamayapti? Aslida bu tizimning talabaga va universitetga foydasi qanday? Ijtimoiy tarmoqlarda kredit-modul tizimining talaba uchun foydasi ishlamayotgani, aksincha faqatgina universitet uchun foyda keltiradigan qismi ishlayotgani muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. ✅ Barchaga yuboring ⭕️ @Milliy_Universiteti_Rasmiy
إظهار الكل...
10000000_996623521555351_4840081454655426845_n.mp49.55 MB
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️ 2023/2024 o‘quv yili qabulida to‘plagan ballari 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun bazaviy to‘lov-kontrakt miqdori belgilandi Unga ko‘ra, to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotalari chegarasiga: ◀️1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — 1,5 barobar; ◀️1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,0 barobar; ◀️2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,5 barobar; ◀️3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 3,0 barobar. ➡️ Barcha Abituriyentlarga ulashing! 🖼 Telegram: @Bilimni_baholash_Rasmiy
إظهار الكل...
❓4 ballgacha yetmaganlarga ham super-kontraktda chegirma bormi? #abituriyent ✅ JAVOB: Yo‘q, 4 ballgacha bo‘lganlarga chegirma berilmaydi. Joriy yilda tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt qiymatini 2023-yil 15-oktabriga qadar to‘liq to‘lagan abituriyentlar uchun 10 foiz miqdorida chegirma berilmoqda (❗️bu chegirmani oddiy kontraktlarga aloqasi yo'q). Ammo bu chegirma, 56,7 balldan ko‘p to‘plagan, lekin kirish baliga 4,05 ball yetmay qolib, o‘qishdan yiqilgan abituriyentlarga taalluqli. 4 ballgacha bo‘lgan shkaladagilar uchun esa chegirma qo‘llanmaydi. Eslatib o‘taman, super-kontraktning 4 ballgacha shkalasi quyidagicha bo‘ladi: ➖ o‘tish baliga 1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari; 1,06 balldan 2,05 ballgacha — 2 barobari; 2,06 balldan 3,05 ballgacha — 2,5 barobari; 3,06 balldan 4,05 ballgacha — 3 barobari. Mana shu toifadagilar garchi 100% to‘lov qilsa ham, ularga chegirma yo‘q. Shu sababli avval 50 %ini to‘lab, qolganini o‘quv yili davomida bo‘lib to‘lasa bo‘ladi. ❗️ESLATMA: 4,05 ballgacha deb yozilganiga ko‘pchilik chalg‘imoqda va buni 4,5 ball deb o‘ylayapti. Ammo unaqa emas. 4,05 (to‘rt-u yuzdan nol besh) ball bilan 4,5 (to‘rt yarim) ballning farqi katta. Kirish chizig‘iga 4,1 (to‘rt-u bir) balldan ko‘p yetmagan abituriyentlar yuqoridagi 4 ballik shkalaga tushmaydi. 4,1 ball va undan ko‘proq yetmaganlarning barchasiga (56,7 balldan baland bo‘lsa) 8, 10, 12, 15, 17 va 25 baravar qo‘llanadi. Qaysi yo‘nalishda super-kontrakt qanchaligini mana bu yerdan ko‘rib olish mumkin. ➡️ Barcha Abituriyentlarga ulashing! 🖼 Telegram: @Bilimni_baholash_Rasmiy
إظهار الكل...
Xushnudbek.uz

Super-kontrakt narxlari (yo’nalishlar kesimida) #abituriyent Mazkur faylda 2023/24- o’quv yili uchun yo‘nalishlar kesimida tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari bilan tanishishingiz mumkin. Faylda kunduzgi, sirtqi, masofaviy va kechki ta’lim uchun super-kontrakt miqdorlari berilgan. Shuningdek, 15-oktyabrgacha 100% to’lov qilganda beriladigan 10 foizlik chegirma ham ko’rsatilgan. P.S.: ushbu super-kontrakt narxlari “perevodchilar” uchun ham taalluqli. 👉 @xushnudbek 👈

Photo unavailableShow in Telegram
Talabalarga yotoqxonadan joy tarqatish davom etmoqda 1-kursga tavsiya etilgan 42 mingdan oshiq talabalar yotoqxonadan joy olish uchun my.gov.uz portali orqali onlayn ariza yuborishgan. Shundan 1-taqsimot davrida (30-avgustgacha) 34 ming 564 ta ariza kelib tushgan. Shundan imtiyozli ro'yxatdagi talabalar soni 8 ming 802 nafarni tashkil etgan. 31-avgust soat 21:00 holatiga Talabalar turar joylariga joylashish uchun 12 ming 728 ta yo'llanma shakllantirildi. Qolgan arizalarni ham ko’rib chiqish davom etmoqda. Yotoqxonaga yo’llanma yuqoridagi rasmdagidek ko’rinishga ega. ✅ Barchaga yuboring ⭕️ @Milliy_Universiteti_Rasmiy
إظهار الكل...
⚠️ Rasman: 1-kurslarga shartnomasiz ham 2 oylik ijara to'lab beriladi 1-bosqich kunduzgi taʼlim shakliga qabul qilingan talabalar ijara xonadonida turganda ularga ham ijara summasining bir qismi to‘lab beriladi. ❗️ Bunda 1-bosqich talabalaridan sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi. Toshkent shahrida –BHMning 1 baravari — 330 ming so‘m; Qolgan hududlarda – BHMning yarim baravari — 165 ming so‘m miqdorida to‘lab beriladi. ✅ Barchaga yuboring ⭕️ @Talabalar_Rasmiy_Kanal
إظهار الكل...
1️⃣ kurs talabasi sifatida oʻqishni boshlashdan oldin nimani bilishingiz kerak boʻladi? ➡️Hozir har bir OTMning telegram kanali, sayti bor. O‘zingiz talaba bo‘lgan OTM saytiga kirib tanishib chiqing. OTM lokatsiyasi, binolari, kutubxonalari, darslari haqida ma’lumot oling. ➡️O‘zingiz talaba bo‘lgan yo‘nalishda qanday fanlar o‘tilishi, baholash qanaqa ekani haqidagi ma’lumotlar bilan tanishing. ➡️Darslar boshlangach, abituriyentlikdagi o‘qish darajasini saqlab qolish, erkalanib ketmaslik uchun alohida o‘qish planini tuzib olish kerak. ➡️O‘zingizga o‘zingiz javob berishga o‘rganishni boshlang. Endi mustaqil shaxssiz, ehtimol, uydagilaringizdan uzoqda o‘qiysiz. Demak, pulingizni, vaqtingizni qanday sarflashga o‘zingiz javobgarsiz. Bundan cho‘chimang. Mustaqillik — yaxshi narsa. ‼️Yodda tutingki, o'qish rejasini bajarish va vaqtingiz va pulingizga mas'uliyat bilan munosabatda bo'lish mustaqil talaba bo'lishning muhim jihatlaridir. O'zingiz o'rganish va rivojlanish imkoniyatidan foydalaning va kerak bo'lganda yordam so'rashdan tortinmang. O'qishlaringizga omad! ✅ Barchaga yuboring ⭕️ @Talabalar_Rasmiy_Kanal
إظهار الكل...
❗️OTMga suhbat asosida o‘qishga tavsiya etilgan texnikum bitiruvchilarining ma’lumotlari tekshirilmoqda68 ta noqonuniy holat aniqlangan 22-avgust kuni boshlangan o‘rganishning birinchi kuni oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishga tavsiya qilingan 2 ming nafardan ziyod texnikum bitiruvchilariga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar o’rganilgan. Natijada, baholarni qalbakilashtirish, ya'ni “3” va “4” baholarni “5” bahoga o‘zgartirganlik holatlari hamda tegishli nizom talablariga zid bo‘lgan 68 ta holat aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirilgan. O‘rganish ishlari davom etmoqda. ✅ Barchaga yuboring ⭕️ @Milliy_Universiteti_Rasmiy
إظهار الكل...
Edu.uz

#O‘rganish Oliy taʼlim muassasalariga suhbat asosida o‘qishga tavsiya etilgan texnikum bitiruvchilarining maʼlumotlari tekshirilmoqda  Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri topshirigʻiga koʻra oliy taʼlim muassasalariga suhbat asosida oʻqishga qabul qilishga tavsiya qilingan texnikum bitiruvchilariga tegishli maʼlumotlarning haqqoniyligini oʻrganilmoqda.  Ushbu maqsadida oliy taʼlim muassasalari korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish boʻlimlari xodimlari rahbarligida 14 ta ishchi guruhi tuzildi va ayni paytda har bir hududda bittadan ishchi guruh faoliyat olib bormoqda.  Oʻrganish tadbirlari 22-avgust kuni boshlandi. Oʻrganishning birinchi kuni oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishga tavsiya qilingan 2000 nafardan ziyod texnikum bitiruvchilarga tegishli boʻlgan maʼlumotlar oʻrganildi. Natijada, baholarni qalbakilashtirish (“3” va “4” baholarni “5” bahoga oʻzgartirganlik holatlari) hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi “Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga suhbat asosida oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 17-son qarori talablariga zid boʻlgan 68 ta holat aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirildi. Oʻrganish ishlari davom etmoqda. 👉На русском 👉In English Bizni kuzating👇🏻 Twitter | Instagram | Facebook | YouTube

اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.