cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

IJOD | she‘rlar | monologlar | ijrolar | qo‘shiqlar

Ijodiy blog She‘rlar Monologlar Ijrolar Qo‘shiqlar Tabriklar Ijodiy kechalar

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
435
المشتركون
-124 ساعات
-57 أيام
-2330 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Bir pul ekan Bir pul ekan sevib yonganim, Vafodorim deb ishonganim, Seni ko‘rib quvongandim, Tirik murda bo‘ldi yurak. Qolaverdim hijron dog‘iga, Yongan dilim qovruldi o'z yog‘iga, Umrim tugar yo‘q naryog‘iga, Tirik murda bo‘ldi yurak. Vayrona qalbim ezma battar, Hijrondan kuyganim yetar, Vayrona yurak ezma battar, Tirik murda bo‘ldi yurak. Rashk inidan uyg‘ondi g'azab, Ko‘ngil hijron bayrog‘in qadab, Oqibatda sevgimiz buzib, Tirik murda bo‘ldi yurak. Sevgimiz yo‘q bo‘lar o‘chib, Sog‘inchlarni ham to'ldirib, Bo‘lmaganni ham bo‘ldirib, Tirik murda bo‘ldi yurak. Ma‘yus boqar shul qora ko‘zim, Yana nima boshlading ko‘nglim, Men uchun eng afzal shu o‘lim, Tirik murda bo‘ldi yurak. ✍ Bektosh Mansurov 2024 yil 9 Aprel (Kamchiliklar bo‘lsa uzr) @Bektosh_Mansur
إظهار الكل...
Yor bo‘ldi birovlarga (She'r lotin varianti. Шеьр лотин варианти) Ko‘nar edim qancha bo'lsa, Hatto ko‘ngil g‘amdan to‘lsa, Mayli mensiz baxtli bo‘lsa, Yor bo‘ldi yor birovlarga. Sochga qo‘ndirdi qirovlarni, Suymasdim boshqa suluvlarni, Ko‘ngildagi so‘rovlarni, Yor bo‘ldi Yor birovlarga, Yolg‘onlarni aylab sabab, Vafodor bo‘l Sendan talab, Bu qanday sinov-a Yo Rab, Yor bo‘ldi yor birovlarga. Yurak yondi yolg‘on sevgidan, Tondirdi yor yurak o‘zidan, Ishondim yolg‘on so‘zidan, Yor bo‘ldi yor birovlarga. Muhabbat bilan o‘tdi umrim, Bevafoga berdim mehrim, Jondan aziz yaqin kishim, Yor bo‘ldi yor birovlarga. ✍ Bektosh Mansurov 2024 yil 8 aprel @Bektosh_Mansur
إظهار الكل...
Diydor qiyomatga qoldi Qalbimda bor ushalmas armon, Yuragim mushtoqdir siz tomon, Topolmadim sizdek bir darmon, So‘zlaringiz sog‘indim dada. Bir bor ko‘rmoqchun berardim borim, Chiqmasdi dildagi oh-u zorim, Bir bor ko‘rmoq yo‘qdir imkonim, Koyishlaringiz sogʻindim dada. Ketdingiz biz bilan izingiz qoldi, Nahot ko‘zlarda g‘amlar qoldi, Yosh to‘kaverib ko‘zlarim toldi, Diydor qiyomatga qoldi dada. Taqdir ekan na chora ko‘ndim, Eng gullagan onimda so‘ldim, Yuragimni tig‘ bilan yo‘ndim, Ko‘zlaringiz sogʻindim dada. Sizsiz mana bosyapman qadam, Bormikan-a bunda bir ildam Bormikan dilga yaqin odam, Siz edingiz dilga yaqinim dada. Ichim yemirar sog‘inch degan o‘t, Qancha azobing bor ot hayot, Buncha beshafqat bo‘lmasa hayot, Izlaringiz eh izladim dada. Tomirimda oqar qoningiz, Men edimku sizning joningiz, Jannatlarda bo‘lsin joyingiz, Jannatda birga bo‘laylik dada. Sizni ming azobda tuproqqa qo‘ydim, Shirin mehringiz qalbimga qo‘ydim, Sizsiz ming azoblarni ko‘rdim Yuzlaringiz sogʻindim dada. Olib qo‘yding dunyoda suyanganim Jannat bog‘laridan qilgin Robbim, Duolarimda yashaysiz doim, Kulishlaringiz sogʻindim dada. Sizsiz yarim yuragim xasta, Sog‘inganimda yetsaydim tezda, Sajdada Robbimga pichirlay asta, Maxsharda ko‘rishaylik dada. Bergan tarbiya oqlayman albat, Ko‘zlarimda suratingiz faqat, Yurakda ham qolmadi toqat, Diydor qiyomatga qoldi dada. Siz yo‘q huvillaydi uyim to‘ri, Siz bilan dunyoda edim zo‘ri, Siz edingiz men uchun eng zo‘ri, Hayot sizni ko‘p ko‘rdi dada Qalbimda bor ushalmas armon, Yuragim mushtoqdir siz tomon, Topolmadim sizdek bir darmon, O'zingizni sogʻindim dada Bektosh Mansurov 2024 yil 9 Aprel Kamchiliklar bo‘lsa uzr @Bektosh_Mansur
إظهار الكل...
Mehr-muhabbatim sizga onam So‘zlarda muhabbat marjonim, Entikib termular muhtojim, Boshimdan hech tushmas gultojim, Mehr-muhabbatim sizga onam. Go‘zallar deya goho unutdim, Goho g‘animdan mehr kutdim, Yo‘limga mushtoq bo'lib kutdi, Mehr-muhabbatim sizga onam. Qancha dil g‘amlarga chidab kelar, Sochlari qirovday oqarar, Qachondir omad kelishin bilar, Mehr-muhabbatim sizga onam. Do‘stimdan ko‘p dushman yo‘llarim, Mehrga mushtoq qaqragan cho‘llarim, Yo‘qdir bunda dilga malhamlarim, Mehr-muhabbatim sizga onam. So'zlarda muhabbat marjonim, Entikib termular muhtojim, Bu dunyoda ishongan tog‘im, Borim sizga bag‘ishlayman onam. Jonim sizga bag‘ishlayman onam. Bektosh Mansurov (Kamchiliklar bo‘lsa uzr) @Bektosh_Mansur
إظهار الكل...
Talpinar hamon Yurak sen tomon talpinar hamon, Sog‘inch dardlari qiynoqlar yomon, Pok sevgimiz bo‘lmasin yolg‘on, Ketolmading yuragimdan sen, Hijroning qalbim turida mangu, Ko‘rishmoq diydori bo‘ldimi qayg'u , Visol nahot bo‘ldimi eh orzu, Ketolmading yuragimdan sen, Dardlarim kemirar yurak yuzin, Yuzim kular-u kulmaydi ko‘zim, Sevmayman endi qaytib chin so‘zim, Ketolmading yuragimdan sen. Oh qaniydi hijronni sotsam, Hijronmas baxt visolin totsam, O‘zimni tiriklayin otsam, Ketolmading yuragimdan sen. Shamdek so‘ndim yor ozorida Kulmadi omad ishq bozorida, Bunda armon haddan ziyoda, Ketolmading yuragimdan sen. She'rlarim kuylarda navo bo‘ldi, Tug'ilmasdan turib sevgim o‘ldi, Yurak dardlarim to‘ldi to‘ldi, Ketolmading yuragimdan sen. 2024 yil 7 aprel ✍ Bektosh Mansurov Kamchiliklar bo‘lsa uzr (yoqsa layk) @Bektosh_Mansur
إظهار الكل...
#premyera #duet O‘zbekiston mening vatanimdir Gar yurtdan ketsamda uzoqlarga, Yurak dosh bermaydi qiynoqlarga. Mening eng suygan gul-chamanimdir, O‘zbekiston mening vatanimdir. ✍ Bektosh Mansurov Men bo‘lsamda gar yurtimdan uzoq, Yomonlar qo‘ysa har yo‘lda tuzoq. Bo‘lsamda sendan olisda yiroq, O‘zbekiston mening vatanimdir. ✍ Ramazonxon Ismoilov O‘tib ketdi ko‘ksini kerganlar, O‘zin davrida davron surganlar. Vatan deb jon berdi buyuk zotlar, O‘zbekiston mening vatanimdir. ✍ Bektosh Mansurov Bobolarim yurtimni tanitgan, Xalqim deya jonidan ham kechgan. Qahramonlarin hech unutmagan, O‘zbekiston mening vatanimdir. ✍ Ramazonxon Ismoilov Aytib bersam gar ajdodlarimni, Men avlodiman Temur bobomni. Sirdirsam ham arzir g‘ururimni, O‘zbekiston mening vatanimdir. ✍ Bektosh Mansurov G‘animlarga egmas bosh hech qachon, Duo qilar keksalar har qachon. Men tug‘ilib o‘sgan bu el-makon, O‘zbekiston mening vatanimdir! ✍ Ramazonxon Ismoilov Ko‘rdim vatanni arzon sotganlar, Sotib o‘zin kerilib yurganlar. Ertaga gado bo‘lib yurganlar, O‘zbekiston mening vatanimdir. ✍ Bektosh Mansurov Men yurtim pulga aslo sotmasman, Sotganlar bilan do‘st ham bo‘lmasman, Men ularga sira o‘xshamasman, O‘zbekiston mening vatanimdir. ✍ Ramazonxon Ismoilov Bermasman yurtim hech bir yovlarga, Arzimas u beda-poyavlarga. O‘zi ham zor bo‘lsin bu yerlarga, O‘zbekiston mening vatanimdir ✍ Bektosh Mansurov Dunyo samosidan o‘rin olgan, Kimlar yurtni toptab nomin sotgan. Ori uchun har nedan qolmagan, O‘zbekiston mening vatanimdir. ✍ Ramazonxon Ismoilov 25.03 2024. Mualliflar: ✍ Bektosh Mansurov ✍Ramazonxon Ismoilov Mualliflik huquqi himoyalangan! @Bektosh_Mansur
إظهار الكل...
Sendan olisdaman koʻzlarimda nam, Yuragimni ezib qoʻydi gʻam alam, Yonimda koʻpgina inson boʻlsa ham, Sogʻinchim birgina senga atalgan. ✍ Ozodbek Narzullayev Oldimizga "kech" dan qo‘yib to‘siq, Sendan o‘zga yo‘q yurakka tansiq Afsus ayrildik birga bo‘lmadikyo‘q Sog'inchim birgina senga atalgan ✍ Bektosh Mansurov Dilimda bir nido boʻzlamoqdadir, Koʻzlarim har yonda seni izlamoqdadir, Yuragim yonimda boʻlishing koʻzlamoqdadir, Sogʻinchim birgina senga atalgan. ✍ Ozodbek Narzullayev Necha yil o‘tsa qalbimda dog‘i, So‘ldirdi eh muhabbatim bog‘i, U edi yuragimning ardog‘i, Sog'inchi birgina senga atalgan. ✍ Bektosh Mansurov Alamimdan tinmay koʻtaraman may, Iztirobda qoldim qandayin chiday, Javob ber oʻzimni qayerga otay, Sogʻinchim birgina senga atalgan. ✍ Ozodbek Narzullayev Qachondir dardlarim da'vo topar, U sizlik yashashda havo topar, U go‘zal bir kun unut bo‘lar-u Sog'inchim birgina senga atalgan ✍ Bektosh Mansurov Yuragim doimo isming soʻzlaydi, Koʻnglim sensizlikka hech koʻnikmaydi. Senga boʻlgan sevgim hech ham soʻnmaydi. Sogʻinchim birgina senga atalgan. ✍ Ozodbek Narzullayev Sababsiz bilmadim tashlab ketdi, Pulni tanlab qalbim vayron etdi, Baxtlimi bilmadim maqsadga yetdi Sog‘inchim birgina senga atalgan ✍ Bektosh Mansurov Yoningga borolsam,bir bora koʻrsam, Shirin soʻzlar ila holingni soʻrsam, Sen birla gulim men ham baxtga yetsam, Sogʻinchim birgina senga atalgan. ✍ Ozodbek Narzullayev Sevgim sahifam endi tugaydi, Undan qolgan dard bo‘lmaydi, Boshqasiga ham ko‘ngil to‘lmaydi, Sog'inchim birgina senga atalgan. ✍ Bektosh Mansurov Mualliflar ✍ Ozodbek Narzullayev ✍ Bektosh Mansurov Yozildi:2024.03.27. @Bektosh_Mansur
إظهار الكل...
KIMSALAR Qalblariga shayton in solar, Oʻzgarishar mansab minsalar.. Bu dunyoga toʻymaydi sira, Nafsiga qul boʻlgan kimsalar. Pul ustida iymonin sotib, Toʻxtamaydi gunoxga botib.. Yashar harom luqmasin totib, Nafsiga qul boʻlgan kimsalar. Yaxshilarning oyogʻin chalar, Mazlumlarning haqqini talar... Ming xatoga yurib yoʻrgʻalar, Nafsiga qul boʻlgan kimsalar. Zinolarga oʻrgandi tana, Nasihatga qilarlar taʼna. Shayton bazmin atar tanʼtana, Nafsiga qul boʻlgan kimsalar. Onasining koʻzlarin yoshlar, Otasining boshini toshlar... Nafsga qolsa har yoʻlga boshlar, Nafsiga qul boʻlgan kimsalar. Doʻzax tomon tashlashib qadam, Oʻzgardim deb icharlar qasam... Ne boʻlsa ham boʻlmaydi odam, Nafsiga qul boʻlgan kimsalar. ✍ Odilbek Qodirov ❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
إظهار الكل...
#premyera #duet Sevgida kuygandi yurak Yengilmas og‘ir dardlarim, O‘tib ketdi zo‘r paytlarim. Bag‘ishlagandim baytlarim, Sevgida kuygandi yurak. ✍ Bektosh Mansurov Qancha chekdi dard-u alam, Aslo ko‘nmaydi sezsa ham. Bir bora topmaydi malham, Sevgida kuygandi yurak ✍. Ramazonxon Ismoilov Azob yurakka qadab ketdi, Ishongandim aldab ketdi. Qadrini qarichlab ketdi, Sevgida kuygandi yurak. ✍ Bektosh Mansurov Yurak sevma endi yetar, Azoblaring o‘tib ketar. Sevgi dog‘i bir kun bitar, Sevgida kuygandi yurak. ✍ Ramazonxon Ismoilov U ham suysa bo‘lmasmidi, Kuyganim oh yetmasmidi. Sevganda tashlab ketmasdi, Sevgida kuygandi yurak. ✍ Bektosh Mansurov Umr bo‘yi istadi baxtni, Aslo sevmadi toj-taxtni. Endi qilib dilda qasdni, Sevgida kuygandi yurak. ✍ Ramazonxon Ismoilov Yopdim u sevgi daftarin, So‘ndirib ketdi istakim. To‘ldi bu og‘ir dardlarim, Sevgida kuygandi yurak. ✍ Bektosh Mansurov Qadaldi ko‘ksimga alam, She‘rlar yoza sindi qalam. Endi bitmas meni yaram, Sevgida kuygandi yurak. ✍ Ramazonxon Ismoilov Ozoringdan dillar yondi, Yig‘ladi yurak to‘lg‘ondi. Gohida o‘zidan tondi, Sevgida kuygandi yurak. ✍ Bektosh Mansurov Ne sinovga qildi bardosh, Topmadi dardlarga darddosh. Bu dunyo ekan bag‘ritosh, Sevgida kuygandi yurak. ✍ Ramazonxon Ismoilov 20.03.2024 Mualliflik huquqi himoyalangan! Mualliflar: ✍ Bektosh Mansurov ✍ Ramazonxon Ismoilov @Bektosh_Mansur @Ramazonxon_Ismoilov_RASMIY @Ijodiy_faoliyat
إظهار الكل...
#She'r384 #Duet33 📜Ortimizdan tosh otganlar O‘z o‘rnin bilmaydi ular, G‘iybatdan to‘xtamas ular, Hatto o‘z qadrin bilmas ular, Ortimizdan tosh otganlar, Gunohga cho‘milib botganlar. ✍ Bektosh Mansurov Oʻylagani gʻiybat malomat, Jonga boʻlar otash-u ofat, Iymonni ham unutgan faqat, Ortimizdan tosh otganlar, Gunohga choʻmilib botganlar. ✍ Ozodbek Narzullayev Zo‘r bo‘lsa seni eslamas, Hatto xasdik nazarga ilmas, O‘zicha osmon yerga tushmas, Ortimizdan tosh otganlar, Gunohga cho‘milib botganlar ✍Bektosh Mansurov Faqat pulni oʻylashar, Iymonin ham sotishar, Doʻstni oʻtga otishar, Ortimizdan tosh otganlar, Gunohga choʻmilib botganlar. ✍ Ozodbek Narzullayev Ularda qolmagan iymon, Kecha kunduz hamroh shayton, Ular yaxshi biz bo‘ldik yomon, Ortimizdan tosh otganlar, Gunohga cho‘milib botganlar. ✍ Bektosh Mansurov Omad kelsa koʻrolmaydilar, Ogʻir kunda hol soʻrolmaydilar, Yoningda ham turolmaydilar, Ortimizdan tosh otganlar, Gunohga choʻmilib botganlar. ✍ Ozodbek Narzullayev Goh yig‘laysan sen qadringga, Ming bor qo‘shar eh dardingga, Bilmas ozor berar qalbingga, Ortimizdan tosh otganlar, Gunohga cho‘milib botganlar. ✍ Bektosh Mansurov Sindirmoqni koʻzlaydilar, Yomonlikni tilaydilar, Yolgʻondakam soʻzlaydilar, Ortimizdan tosh otganlar, Gunohga choʻmilib botganlar. ✍Ozodbek Narzullayev Ishongandik yolg‘on mehringizga, Mustoq edik shirin so‘zingizga, Uvoli bor biling ko‘zingizga, Ortimizdan tosh otganlar, Gunohga cho‘milib yotganlar. ✍ Bektosh Mansurov Unutgaylar qiyomatning savolini, Yaxshi koʻrar tilidagi bolini, Juda ham zoʻr oʻynashdida rolini, Ortimizdan tosh otganlar. Gunohga choʻmilib botganlar. ✍ Ozodbek Narzullayev Mualliflar ✍ Ozodbek Narzullayev ✍ Bektosh Mansurov 2024.03.24. https://t.me/Bektosh_Mansur
إظهار الكل...
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.