cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Oltinko'l tumani ixtisoslashtirilgan maktabi

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Oltinko'l tumani ixisoslashtirilgan maktabining rasmiy telegram kanali. Bu esa maktabimizning rasmiy boti o'z savollaringizni berishingiz mumkin https://t.me/Ixtisoslashgan_bot

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
512
المشتركون
-224 ساعات
+47 أيام
+2030 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #Ixtisoslashtirilgan_maktablar ❓IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA KIRISH IMTIHONLARI QAYSI FANLARDAN VA QANDAY TARTIBDA O‘TKAZILADI? ✅Kirish imtihonlari yo‘nalishlar bo‘yicha bir bosqichda quyidagi fanlardan o‘tkaziladi. 🧮 Aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha: ➖ 5 — 7-sinflar uchun matematikadan 30 ta topshiriq, ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq; ➖ 8 — 11-sinflar uchun algebradan 12 ta topshiriq, geometriyadan 8 ta topshiriq, fizikadan 10 ta topshiriq va ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi. 🔬Tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha: ➖ 7-sinflar uchun tabiiy (science) fanidan 30 ta topshiriq va ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq; ➖ 8 — 11-sinflar uchun biologiyadan 10 ta topshiriq, kimyodan 20 ta topshiriq, ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi.
⏱ Eslatma, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi. ❗️DIQQAT, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
إظهار الكل...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #ixtisoslashtirilgan_maktablar 📣📣📣📣📣 🔔 AGENTLIK TIZIMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA! ❗️Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari joriy yilning 4-, 5-, 6-iyul kunlari 3 smenada bo‘lib o‘tadi. ➖ Ushbu maktablarga kvota doirasida kirish imtihonlari bir bosqichda, aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5-11-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-10-sinflarga o‘tkaziladi. ⏱ Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi. ❌ Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi. ✅ Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning arizada kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumot ko‘rsatilgan ruxsatnomani shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin. 📨 Shaxsiy kabinetga ushbu havola orqali kirishingiz mumkin https://ariza.piima.uz/application/cabinet Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
إظهار الكل...
👍 3🤩 1
Photo unavailableShow in Telegram
#eMaktab_onlayn_trenajyor #ixtisoslashtirilgan_maktablar ⚡️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda eMaktab platformasida ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlariga tayyorlovchi onlayn-trenajyor yaratildi. O‘tgan yillardagi test savollarga asoslangan mazkur eMaktab onlayn-trenajyori maktab oʻquvchilariga oʻz tayyorgarlik darajasini tekshirish va oʻqishga kirish imkoniyatini oshirishni ko‘zda tutadi. Ya’ni onlayn-trenajyor ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarida tushadigan test namunalari koʻrinishida taqdim etilgan. Bu yagona rasmiy onlayn-trenajyor boʻlib, cheklovlarsiz sinov tariqasida kirish testlaridan oʻtish imkonini beradi. Onlayn-trenajyor test yechish mexanizmini tushunish, kelajakda haqiqiy imtihondan oʻtayotganda vaqtni chamalash, his-hayajonni bosib, oʻqishga kirish imkoniyatini oshirishga yordam beradi. Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida onlayn-trenajyor oʻzbek, qoraqalpoq hamda rus tillarida taqdim etilgan. Sinov testdan quyidagi havola orqali oʻtish mumkin. Batafsil videoqoʻllanmada Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
إظهار الكل...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston yoshlariga bayram tabrigi Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
إظهار الكل...
👍 1
Repost from Hilola Umarova
Photo unavailableShow in Telegram
Qadrli yoshlar, ertamiz egalari! Barchangizni bugungi katta bayram — “30 iyun — Yoshlar kuni” munosabati bilan samimiy tabriklayman. Katta faxr va iftixor bilan ta’kidlashim o‘rinliki, so‘nggi yillarda mamlakatimiz yoshlari jonajon O‘zbekistonimiz kelajagini bunyod etishda faol ishtirok etib kelmoqda. Ayniqsa, maktabgacha va maktab ta’limi sohasida olib borilayotgan islohotlar, yangi g‘oya va kreativ ta’lim dasturlarini amaliyotga joriy etishda tizimda faoliyat olib borayotgan minglab yosh pedagog va mutaxassislarning o‘rni katta. Aziz yoshlar! Bugungi kunda oldimizga qo‘yilgan sohadagi ulkan maqsadlarga erishishda g‘ayrat-shijoatli, intellektual salohiyati yuksak, har qanday vaziyatda ham hech ikkilanmay mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga o‘zida kuch va bilim topa oladigan sizlardek yosh yigit-qizlarga doimo suyanamiz hamda sizlarga to‘la ishonamiz. Sizlarni yana bir bor bugungi katta shodiyona bilan qutlagan holda, barchangizga ulkan zafarlar, oldingizga qo‘ygan maqsadlarga yetishishingizda omad tilab qolaman. Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
إظهار الكل...
👍 7 1
#xushxabar ☄️ Oltinko‘l tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o‘quvchisi Isahojiyev Abdulloh Toshkentdagi nufuzli Xalqaro Webster University oliy ta'lim muassasasiga talabalikka qabul qilindi. 💥 Ushbu universitet Abdullohni o‘z talabalari safida ko'rishni istagan o‘n sakkizinchi universitet bo‘ldi. ✔️ Abdullohni barcha erishgan muvaffaqqiyatlari bilan muborakbod etib, kelajak o‘qish va ishlarida zafarlar tilab qolamiz! Tarbiya bergan ota-onasiga tashakkur bildiramiz! 🌎 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: https://t.me/ima_oltinkol
إظهار الكل...
👍 16👏 5🥰 3 2🎉 2
Repost from Hilola Umarova
Photo unavailableShow in Telegram
Hurmatli jurnalistlar, qadrli ustoz ijodkorlar! Avvalo, sizlarni “27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman. Kuni kecha Davlatimiz rahbari tomonidan yurtimiz jurnalistlari va ijod ahliga yoʻllangan bayram tabrigi, aytish mumkinki, siz ijodkorlarning mashaqqatli mehnatlaringizga berilgan yuksak mukofotdir. Prezidentimiz oʻz tabrigida aytganidek, bugungi kunda matbuot ishi, jurnalistlar faoliyati nafaqat “toʻrtinchi hokimiyat”, balki mudofaa, xavfsizlik kabi hal qiluvchi sohaga aylanib bormoqda. Aziz jurnalistlar! Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida amalga oshirilayotgan yangiliklar va oʻzgarishlarni xalqimizga sodda va xalqchil tilda tushuntirishdagi ijodiy hamkorligingizdan mamnunmiz. Sizlarni yana bir bor kasb bayramingiz bilan samimiy qutlayman hamda ijodingizga ulkan muvaffaqiyat, shaxsiy hayotingizda baxt va omad tilab qolaman. Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
إظهار الكل...
👍 4
Assalomu alaykum! Hurmatli ota-onalar! Aziz oʻgʻil-qizlarimiz! Sizlar bilan yana bir muhim xabarni boʻlishmoqchiman.
Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida boks va gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi.
Mazkur farmonga koʻra tizimimizda Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi hamda Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi tashkil etildi. Hech shubhasiz, Davlatimiz rahbarining ushbu farmoni Agentligimizga boʻlgan yuksak ishonchni ifodalaydi. Shu bilan bir qatorda, bunday ulkan ishonchni oqlash, ixtisoslashtirilgan sport maktablarini zamon bilan hamnafas, eng soʻnggi ta’lim va sport metodlari hamohangligida ham bilimda ham bilakda baquvvat boʻlgan yoshlarni kamolga yetkazishdek zalvorli mas’uliyatni anglatadi. Qolaversa, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarimiz safiga ixtisoslashtirilgan sport maktablarining qoʻshilgani zimmamizga har tomonlama salohiyatli, xalqaro talablarga mos yosh sportchilarni jahon arenalarida Vatanimiz bayrogʻini yuqori koʻtaradigan, millatimiz faxri boʻlajak yigit-qizlarimizni kashf etishdek jiddiy vazifani yuklaydi. Albatta, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan birgalikda ushbu farmonda koʻrsatib oʻtilgan, oldimizda turgan oʻta mas’uliyatli va shu bilan birga sharafli boʻlgan vazifalarning ijrosini oʻz vaqtida, sifatli bajarish uchun bor kuch-gʻayratimizni sarflaymiz. Endilikda bilimli, iqtidorli, ulkan yutuqlarga erishayotgan oʻgʻil-qizlarimizdan iborat “Oltin fond”imiz Alpomishdek zabardast hamda Toʻmarisdek yovqur sportchi yoshlarimiz bilan ham yanada boyishi shubhasiz. Alisher Ubbiyev, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
إظهار الكل...
👍 6
Photo unavailableShow in Telegram
O'qituvchilarning metodik kunlari “Kasbiy rivojlanish kunlari” sifatida joriy qilinadi 2025-yil 1-yanvardan boshlab barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Kasbiy rivojlanish soati”, tayanch maktablarda esa “Kasbiy rivojlanish kuni” joriy etiladi. Buning uchun malakali o‘qituvchilar orasidan fanlar kesimida mentor-o‘qituvchilar tayinlanib, ularga 20 foiz miqdorida qo‘shimcha har oylik ustama haq to‘lanadi. Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/711 Telegram I Facebook I YouTube
إظهار الكل...
👍 3🔥 1
☄️☄️ Oltinko‘l tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 6-sinf o‘quvchisi Xoshimjonova Oisha Hippo Xalqaro ingliz tili fan olimpiadasi Osiyo qit'asi bosqichida qatnashish uchun Turkiyaga jo'nab ketdi. 💥 Oishaga muvaffaqqiyat tilab qolamiz! Osiyo chempionati g‘olibi bo‘lib, Jahon chempionatiga chiqishiga tilakdoshmiz!!! 🌎 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: https://t.me/ima_oltinkol
إظهار الكل...
👍 27👏 6🥰 5🤩 2 1
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.