⚡️
Hamma bilishi kerak bo‘lgan 12 maslahat
1) Sevimli ishing bilan shugʻullan. Haqqoniy harakat qil. Haqiqiy buyuk ishlar qilishning yagona yo'li, bu - sevimli ish bilan shug'ullanish.
2) Boshqacha boʻl. Boshqacha oʻyla. Harbiy matros boʻlgandan ko'ra, qaroqchi bo'lgan afzal.
3) Qodir bo'lganingdan koʻra yaxshiroq qil. Har qanday ishda imkoningdagidek muvaffaqiyatga erishishing mumkin. Uxlama! Muvaffaqiyat yanada kuchli muvaffaqiyatni olib keladi. Muvaffaqiyatlardan rohatlan! Mukammallashishni sevadigan insonlar bilan ishla!
4) SWOT-tashxis o'tkaz.
Yangi kompaniyang paydo bo'lsa, oddiy qog'ozga uning kuchli va kuchsiz taraflarini yozib chiq. Kompaniyadan chirigan olmalarni chiqarib tashlashdan qo'rqma.
5) Qarorlarni tezda qabul qil.
Har safar yangi katta maqsadlarga intil. Tez va hal qiluvchi harakatlarni talab qiluvchi g'oyalar yig'indisini top va ushbu oynaga sakra. Eng qiyini birinchi qadamni tashlash. Shunchaki birinchi qadamni tashla. Hissiyotlaring va yuragingni shunga majbur qil.
6) Kichigidan boshla, lekin kattasi haqida orzu qil. Bir vaqtda ko'pgina ishlar bilan shugʻullanma. Boshida oddiy ko'p bo'lmagan ishlar bilan shug'ullan. Bosqichma-bosqich qiyinlariga o'tib bor. Doimo kelajak haqida o'yla.
7) Bozorda lider boʻlishga harakat qil.
Foydalanmasang ham, oldingda doimo eng so'ngi texnologiyalar tursin va nazorating ostida boʻlsin. Agar eng so'ngi versiyadagi texnologiya boʻlsa ham, hech kim foydalanmasa ham, undan foydalan. Standart ishlab chiqarishda ushbu texnologiyalardan birinchi bo'lib foydalan.
8) Natijalarga erishishga diqqatingni qarat, chunki ko'pgina odamlar sening ishingning natijasiga qarab baho berishadi. Sifat namunasi boʻl. Bir qancha odamlar ish borish jarayonini koʻrishni xohlashmaydi, balki ishchilardan natijani kutishadi. Shuning uchun raqobatbardosh yutuqlaringni reklama qil. Koʻpchilik inson bu xususiyatlarni bilmasa, mahsulotingni sotib olmaydi. Asosiy diqqatingni dizaynga qarat.
9) Har xil manbalar bilan ikki tomonlama aloqa o'rnatishga harakat qil. Har bir inson senga nimadir foydali narsani aytishi mumkin. Birinchi navbatda, kim sening mahsulotingdan foydalansa, o'shaning fikrini eshit.
10) Yangilik kirit. Aynan liderlar tashabbuskorligi bilan boshqalardan farq qilishadi. 50% vaqtingi yangi narsalar qilishga sarfla, qolgan 50% ni boshqa rahbarlar uchun qoldir. Vaqtingni ko'p sarflab qo'ymaslik uchun minglab goʻyalarga «yo'q» deyishni oʻrgan. Haqiqiy muhim g'oyalarga diqqatingni qarat. Bu dunyoda yaxshi narsalarni yaratishga harakat qiluvchi insonlarni ishga ol. Innovatsion mahsulotlar yaratishga asoslangan korporativ madaniyatni hosil qil. Koʻpgina kompaniyalarda koʻplab ajoyib injenerlar va aqlli odamlar ishlashadi, lekin ularni birlashtiruvchi kuch kerak bo'ladi.
11) Xatolaringdan saboq chiqar. Ba'zida yangilik kiritib, xato qilasan. Eng yaxshisi, xatolaringni tan ol. Agar ushbu yangiliging boshi berk ko'chaga borib qolsa, kuchingni boshqa innovatsiyalarni yaxshilashga yo'naltir.
12) Muntazam oʻrgan. Har doim bilish kerak boʻlgan yana »bir narsa» boʻladi. Kompaniyangdan tashqaridagi boshqa odamlar bilan g'oyalaring bilan fikrlashib tur. Xaridorlaring, raqobatchilaring va hamkorlaringdan o'rgan. Agar hamkoring odamlar boʻlsa, ularni yomon ko'rsang, yaxshi koʻrishni oʻrgan. Ularni maqta va bundan foyda chiqar.
© Stiv Jobs
👉 Kanal 👉
https://t.me/Exampleuz