cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

xᴏʟɪᴅᴀxᴏɴ ᴀʟɪᴊᴏɴᴏᴠᴀ | shaxsiy kanal

Shaxsiy blok🇺🇿 Ijodiy olamim💎 Kanal yuritish boshlangan sana: 04.04.2023 Murojaat uchun: @Xolidaxon_alijonova Instagram: https://www.instagram.com/xolidaxon_alijonova16?igsh=MWczc3E3eGRncDFjcQ==

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
1 195
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
-17 أيام
-1130 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Mensiz olaming.
Bir kun olaminga keladi quvonch, Hayajon vujuding chulgʻab oladi. Bir kun dunyoyinga toʻladi ishonch, Mening oʻrnimni ham bosib oladi. Yopilgan eshiklar ochilar chunon, Hatto ne boʻlganin sezmay qolasan. Kelajak yaralmish duolar ummon, Payqab qololmaysan, eslay olmaysan. Kun kelib, kimnidir sevib qolarsan, Ammo mening kabi begʻubor boʻlmas. Balki butun umr kutib qolarsan, Bu safar arazim mutloq tugamas. Ayt kimdan izlaysan mendagi baxtni, Ayt kimlardan topgaysan sadoqat, vafo. Mendek boʻlolarmi ustun koʻrganing Kech boʻlgach indama, qilmagin davo. Muallif: Xolidaxon Alijonova
إظهار الكل...
👍 1
Sirojidiin & Xolida - vatan.mp33.43 MB
1
Sirojidiin & Xolida - vatan.mp33.43 MB
1
Boʼronlar
Boʼronlari yomon bizning yoʼlakni, Ayovsiz savalar oʼzin sevmasni. Yomgʻirlari sovuq bizning qishloqni, Muzlatib qoʼyadi, imkoni yoʼqni. Saralangan qalblar qochmoqqa emas, Toptalgan muhabbat bizga teng kelmas. Kun kelib boʼronlar sensiz hech tinmas. Sovurilgan umrimdan balki rozimas. Bizning yoʼlaklarda boʼron ayovsiz, Chalgʻita olmaysan men kabi uni. Boʼronlar bilarmish oʼsha sirimni, Hoynahoy, eshitgan sendan shubhasiz. Biz bilgan boʼronlar ayovsiz edi, Qalbimda hali ham uning zaqumi. Balki, oddiy holdir bu alam kuni Senga ishonmayman, boʼron odami. ✍Muallif: Xolidaxon Alijonova
إظهار الكل...
Qoʻshigʻimga yurakchalar bosinglarchi❤️
إظهار الكل...
4👍 1
00:41
Video unavailable
5.34 MB
3❤‍🔥 2🔥 1🥰 1
Yaxshilik qoladi faqat.
Mayli kimlar uchun yomon boʻlsakda, Vijdonan doʻstlarim inson boʻlaylik. Bir inson oʻlganda indamay qarab, Vahshiy mahluqotdek hayvon boʻlmaylik. Yaqinim deb aytdim sizga soʻzimni, Axir atrof uchun doʻstlik qilaylik. Tirik turgan daraxt shoxin sindirib Oʼzgani ayblab, nodon boʻlmaylik. Mehrimiz mushtogʻi boʻlsa bir inson, Unga ayamasdan mehr beraylik. Bizdan yodgorlikdir yagona inom, Yaxshilik qoladi hech unutmaylik. Vaqtlar oʻtsa hamki tirik bu qoʻrgʻon. Haqiqatparvarlar, ulugʻ siymolar. Yillar oʻtdi qarang tirikdir bu nom, Yaxshilik qilguvchi oʻsha insonlar. Insondan qolari butun umrlik, Yaxshilik qoladi, faqat yaxshilik. ✍Muallif: Xolidaxon Alijonova
إظهار الكل...
Seni sevmagandek yashay olaman.
Yana oldingidek hech ham oʼksinmay, Baland kulolaman hech ham tortinmay. Seni koʼrmagandek oʼtganim kabi, Seni sevmagandek yashay olaman. Balki kulguyimga mazlumlik qoʼnar, Balki yoʼlarimda xatolar toʼlar Ammo, men baxtlidek kula olaman, Bilsang, sevmagandek yashay olaman. Hayot seriyalining bosh roli menda, Bu rolni zoʼr qilib ijro etaman. Aktyor kerak emas, bittasi senda Qara, sevmagandek yashay olaman. Umrimning qaysidir qismi bu yoʼllar, Hikmatlarin balki, koʼra olaman. Oradan kun oʼtsin, hattoki yillar Seni, sevmagandek yashay olaman. ✍Muallif: Xolidaxon Alijonova
إظهار الكل...
Kulgularing qoʼmsayman biroz.
Sendan voz kechmoqlik azobdir menga, Sening yuzlaringni eslaydi yurak Tong otib, bir zumda qorongʻi tushsa, Sening kulgularing qoʼmsaydi yurak. Bugun bir kunim seningsiz xorgʻin Bu kunduz, tunimda halovatim yoq. Hech kimga ishonmam, aldanmay tagʻin, Sen bilan ertamdan umidlarim toʼq. Nigohing hech kimda uchratmadim men, Hech qalblar boʼlmadi bizdek mustahkam. Qaniydi taqdirga bir zum aylansam, Oʼsha lahzalardan boshlardim hayot. Men oddiy qalamim oshuftasiman, Kim uchun shoira, kimgadir telba. Sen aytgan sogʻinching kushandasiman, Ortiq jim tutmagin, yoqmaydi menga. Men oddiy qalamim oshuftasiman, Sen aytgan sogʻinching kushandasiman. Muallif: Xolidaxon Alijonova
إظهار الكل...
Hayrli tong😍 Indamasa yoturarkanda turilar endi😁
إظهار الكل...
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.