cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Norin tuman IM

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Norin tuman ixtisoslashtirilgan maktabi rasmiy kanali Facebook sahifamiz https://www.facebook.com/norinpm

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
672
المشتركون
+124 ساعات
+57 أيام
+5930 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

#Norin_IM #Jarayon #Kutubxonalar_bo'ylab_sayohat KITOB - INSON ORQALI KO'RILADIGAN DUNYODIR. 📚📚📚 Norin tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o'quvchilarni ta'til davrini mazmunli o'tkazish hamda ularning qalbida kitob mutolasiga bo' lgan mehr- muxabbatni yanada oshirish maqsadida "Kutubxonalar bo'ylab sayohat" shiori ostida viloyat Nodirabegim Axborot kutubxona markazi hamda viloyat Bolalar kutubxonadiga sayohatga borildi. Sayot davomida o'quvchilar viloyatdagi kutubxonalarda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. 🎫 Norin tuman ixtisoslashtirilgan maktabi MATBUOT XIZMATI, 2024. Facebook|Telegram|You Tube
إظهار الكل...
👍 6🔥 4
01:32
Video unavailableShow in Telegram
#QABUL_2024 #Norin_IM Norin tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga o‘quvchilar qabuli davom etmoqda. Hurmatli ota-onalar! Maktabimizga 20-iyun kuniga qadar ariza.piima.uz sayti orqali farzandingiz hujjatlarini topshirishingiz mumkin. Aniq fanlar yo'nalishi: 5-sinfga Tabiiy fanlar yo'nalishiga: 7-sinfga oʻquvchilar qabul qilinadi. Qabul uchun kerakli xujjatlar: 1. Ota-ona pasporti 2. O'quvchi rasmi (3x4 oxirgi 2 oyda tushgani) elektron formatda 3. O'quvchi metrikasi 4. Tabel (direktor tasdiqlagan holda) Siz ota-onalarga yengillik yaratish maqsadida maktab binosida tajribali mutaxassis xujjatlarni saytga joylashtirishingiz uchun zarur yordam koʻrsatadi. Har kuni soat 8:00 dan 17:00 ga qadar maktabimizga kelib, hujjat topshirishingiz mumkin. Murojaat uchun: ☎️ +998942753845 ☎️ +998937758984 Bizning manzil: Norin tumani, Navoiy MFY, Oʻzbekiston koʻchasi 67-uy (sobiq Akademik litsey binosi) 🎫 Norin tuman ixtisoslashtirilgan maktabi MATBUOT XIZMATI, 2024. Facebook|Telegram|You Tube
إظهار الكل...
25.16 MB
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#oʻquvchilar_boʻsh_oʻrinlariga #qabul_2024 ❗️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarining bo‘sh o‘rinlarini o‘quvchilar bilan to‘ldirish maqsadida qabul e’lon qiladi. 📝 Ushbu bo‘sh o‘rinlarga qabul Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-son qarori bilan tasdiqlangan nizom talablari asosida e’lon qilinmoqda. 📆 Bo‘sh o‘rinlarga hujjatlarni shu yilning 1-iyunidan – 20-iyuniga qadar ariza.piima.uz sayti orqali faqat ONLAYN tarzda topshirishingiz mumkin. 👇Maktablarimizdagi bo‘sh o‘rinlar ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin: https://portal.piima.uz/page/bosh-orinlar-kvotasi 🎫 Norin tuman ixtisoslashtirilgan maktabi MATBUOT XIZMATI, 2024. Facebook|Telegram|You Tube
إظهار الكل...
#qabul_2024 #1_iyun_20_iyun ⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli davom etmoqda.
Hujjatlar 1-iyundan – 20-iyunga qadar onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinmoqda.
❗️Shuningdek, yanada qulaylik yaratish maqsadida Agentlik tizimidagi barcha maktablarda malakali mutaxassislardan tarkib topgan maxsus ishchi guruhlar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. ✅Oʻquvchilar va ularning ota-onalari oʻz hududlariga yaqin boʻlgan Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning biriga borib u yerda tashkil etilgan ishchi guruh vakillaridan hujjat topshirish bilan bogʻliq masalalarda amaliy yordam soʻrashlari mumkin. 📝 Agentlik tizimidagi maktablar joylashuvlari hududlar kesimida: 🇺🇿 Qoraqalpog‘iston Respublikasi 🇺🇿 Andijon viloyati 🇺🇿 Buxoro viloyati 🇺🇿 Jizzax viloyati 🇺🇿 Navoiy viloyati 🇺🇿 Namangan viloyati 🇺🇿 Samarqand viloyati 🇺🇿 Sirdaryo viloyati 🇺🇿 Surxondaryo viloyati 🇺🇿 Toshkent viloyati 🇺🇿 Farg‘ona viloyati 🇺🇿 Xorazm viloyati 🇺🇿 Qashqadaryo viloyati 🇺🇿 Toshkent shahri 📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma. ☎️Call-markaz: 1206 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Норин тумани ҳокими Жўрабек Нурматовнинг туман аҳлига байрам табриги Ассалому алайкум азиз, норинликлар! Аллоҳ ер юзига ўз раҳматини юборган кунда сиз азизларни – нуроний отахон ва онахонларимизни, қадрли ака-ука ва опа-сингилларимизни, навқирон ёшларимизни, иймон-эътиқодли халқимизни улуғ айём – Қурбон ҳайити билан чин қалбимдан самимий табриклайман. Ушбу саодатли онларда барчамиз улуғ кунга эл-юртимиз билан биргаликда тинчлик-омонлик ва сиҳат-саломатликда етказгани учун Яратганга чексиз шукроналар айтамиз. Ислом дини аввало тинчлик, эзгулик ва биродарлик динидир. Ҳурматли юртдошлар! Инсонни, унинг шаъни, қадр-қиммати ва ҳурматини улуғлаш каби муқаддас тушунчаларни ўзида акс эттирган ушбу байрам юртимизда инсон қадрини юксалтириш, халқимизни ҳаётдан рози қилиш борасида олиб бораётган кенг кўламли ислоҳотларимизнинг маъно-мазмунига ҳар томонлама уйғун ва ҳамоҳангдир. Мамлакатимизда миллий-диний қадриятларимизни тиклаш ва табаррук зиёратгоҳ ва қадамжолар, кўҳна масжид ва мадрасаларни обод қилиш, буюк аждодларимизнинг бебаҳо маънавий-маърифий меросини чуқур ўрганишга алоҳида аҳамият қаратилмоқда. Айниқса, фуқароларимизнинг диний эътиқод борасидаги ҳуқуқ ва эркинликлари тўла таъминланиб, мўмин-мусулмонларимиз ибодат амалларини эмин-эркин бажармоқдалар. Президентимиз томонидан Ҳайит байрами муносабати билан қўшимча дам олиш кунлари жорий этилгани юртдошларимиз учун яхши ва мароқли ҳордиқ чиқариш учун шарт шароитлар яратди. Фурсатдан фойдаланиб, барчангизнинг хонадонингизга тинчлик, равнақ ва фаровонлик тилайман. Эл-юртимизнинг бу муборак ойда қилган ибодатлари, эзгу ниятлари ижобат бўлсин! Аллоҳ таоло гўзал диёримизни, олижаноб ва бағрикенг халқимизни ҳамиша ўз паноҳида асрасин! Азиз Ватанимизда тинчлик ва барқарорлик ҳамиша бардавом бўлсин! Эзгу ишларимиз, интилишларимизда Яратганнинг Ўзи доимо мададкор бўлсин!  
إظهار الكل...
00:11
Video unavailableShow in Telegram
#tabrik Hurmatli yurtdoshlar! Siz azizlarni, butun xalqimizni shukronalik, saxovat va mehr-oqibat ayyomi – muborak Qurbon hayiti bilan chin qalbimizdan samimiy tabriklaymiz. Oilangizga tinchlik va xotirjamlik, baraka hamda farovonlik tilaymiz. Duogo‘y nuroniylarimizning mana shunday fazilatli damlarda yurtimiz haqqiga qilgan ezgu niyat va tilaklari ijobat bo‘lsin! Hurmat bilan, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
إظهار الكل...
IMG_3355.MP41.92 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Qadrli hamkasblar, hurmatli pedagoglar! Avvalo barchangizni chinakam insoniylik, ezgu qadriyatlar, o‘zaro hurmat, mehr-saxovat ayyomi — Qurbon hayiti bayrami bilan samimiy tabriklayman hamda o‘zimning eng ezgu tilaklarimni bildirib qolaman. Muhtaram Prezidentimiz boshchiligida mamlakatimizda Uchinchi Renesans davrining poydevori aynan ta’lim islohotlari asosida qurilayotganligi va bu jarayonda siz aziz hamkasblarimiz sidqidildan ishtirok etayotganingiz tizim yetakchisi sifatida meni juda xursand qiladi. Bu jarayonlarda sizlar bilan bir safda yelkama-yelka turib xizmat qilish men uchun ham faxr, ham ulkan mas’uliyatdir. Shuni unutmasligimiz kerakki, ta’lim sohasi millatimiz yuksalishi hamda uning kelajak rivojida muhim rol o‘ynaydi. Bu haqiqatni barchangiz teran anglagansiz. Shu boisdan sizlarni hech ikkilanmay ana shu savobli ishlarning mohir muhandislari, deb atasam, mubolag‘a bo‘lmaydi. Aziz do‘stlar, muhtaram ustozlar! Barchangizni muqaddas Qurbon hayiti bayrami bilan yana bir bor muborakbod etaman. Oilangizga xotirjamlik, baxt va omad hamisha hamroh bo‘lishini tilayman. Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
إظهار الكل...
01:57
Video unavailableShow in Telegram
#Огоҳ_бўлинг Сув хавзаларида чўмилишда хавфсизлик қоидаларига амал қилинг! Ҳурматли ота-оналар! Фарзандларингизни чўмилиш тақиқланган жойларда чўмилишига рухсат бериб, ҳаётига зомин бўлманг!!! Наманган ФВБ Ахборот хизмати.
إظهار الكل...
13.70 MB
01:54
Video unavailableShow in Telegram
Фарзандларингизни эҳтиёт қилинг! Ҳурматли фуқаролар ёз мавсумида содир бўлиши мумкин бўлган чўкиш билан боғлиқ бахтсиз ходисалардан фарзандларингизни эҳтиёт қилинг!!! Чўмилиш таъқиқланган жойларда чўмилишига рухсат берманг. t.me/fvbnamangan 🎫 Norin tuman ixtisoslashtirilgan maktabi MATBUOT XIZMATI, 2024. Facebook|Telegram|You Tube
إظهار الكل...
cho'kish rolik tel .mp46.63 MB
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.