cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Urganch davlat universiteti Xalqaro hamkorlik bo'limi (Yangiliklar/ e'lonlar) Rasmiy

Urganch davlat universiteti rasmiy sahifasi 🌐Veb-sayt: www.urdu.uz Facebook: https://www.facebook.com/urduuz Youtube: https://www.youtube.com/channel/UCkQ8N0jtKR9VigB0FALuFvA/videos Murojat uchun @UrDU_XAB

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
1 450
المشتركون
-624 ساعات
-247 أيام
-9530 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

إظهار الكل...
"El-yurt umidi" Foundation

Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasining rasmiy Telegram sahifasi 👉 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalar: http://myurls.co/elyurtumidifoundation 👉 Website: www.eyuf.uz

إظهار الكل...
EYUF Admission

El-yurt umidi jamg'armasining elektron hujjat topshirish tizimi.

#xalqaro_hamkorlik | #Qo'shma_ta'lim 🎓Qo'shma ta'lim dasturi bo'yicha o'qishini tamomlagan talabalarga diplomlari topshirildi ✅2020-2021 o'quv yilida Rossiyaning hamkor Astraxan davlat universiteti bilan hamkorlikda kadrlar tayyorlash bo'yicha Buxgalteriya hisobi va audit hamda Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili bakalavriat ta'lim yo'nalishlarida qo‘shma ta'lim dasturlari tashkil etilgan. 🕊Bugun, 12-iyul kuni ushbu qo'shma ta'lim dasturi asosida tahsil olib, Astraxan davlat universitetini tugatgan talabalarga diplomlari topshirildi. ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube
إظهار الكل...
video_2024-07-12_13-43-38.mp410.01 MB
#Xalqaro_stajirovka ⚡️Urganch davlat universiteti professor-o’qituvchilari malakasini oshirish maqsadida doimiy ravishda xorijiy stajirovkalarga yuborilmoqda. Xususan, 2024-yilning 11-iyunidan 12-iyuliga qadar Fizika-matematika fakulteti Fizika kafedrasi dotsenti Alijon Razzokov Chexiya davlatining Nanomateriallar ilg'or texnologiyalar va innovatsiyalar institutining taklifiga binoan mazkur institutda ilmiy stajirovka o’tamoqda. ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube
إظهار الكل...
👍 3
#xalqaro_hamkorlik Barselona universiteti professori Veronica Martinez Urganch davlat universitetida boʻldi 🔵Joriy yilning 2-5 iyul kunlari xalqaro Erasmus+ KA 171 loyihasi doirasida Barselona universiteti Tarix va arxeologiya kafedrasi professori Veronica Martinez Ferreras Urganch davlat universitetiga tashrif buyurib, Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti Tarix kafedrasining tarixchi va arxeologlari bilan birgalikda yurtimizning tarixiy hududlarida bo'ldi, shuningdek, universitet o'qituvchi va tadqiqotchilari uchun master klasslar tashkil etildi. 🔵Xususan, 2-3 iyul kunlari Shovot tumanida joylashgan "Kat qal'a" arxeologik yodgorligida qazishma ishlarini olib bordilar. Arxeologik tadqiqot natijasida topilgan sopol va boshqa tarixiy buyumlar o'rganildi. 🔵 4-iyul kuni Barselona universiteti professori Veronica Martinez oliygohimiz o’qituvchilari bilan birgalikda Xiva tumanida joylashgan Shayx Najmiddin Kubroning onalari Bibi Xojar ona majmuasi va Muhammad Rizo Ogahiyning uy muzeyiga tashrif buyurib, ushbu muqaddas obidalar haqida ko’plab qiziqarli ma'lumotlarga ega bo’lishdi. 🔵5-iyul kuni Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti Tarix kafedrasida professor-o'qituvchi va tadqiqotchilar uchun professor Veronica Martinez tomonidan master klass o’tkazildi. Unda arxeologik tadqiqotlarni tashkil qilish, olib borish va arxeologik topilmalarni tadqiq qilishdagi yangi texnologiyalar va uslublar haqida ma'lumotlar berib o'tildi. ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube
إظهار الكل...
👍 1
#Xorijiy_stajirovka #Slovakiya 🇺🇿🇸🇰Urganch davlat universiteti “Axborotlarni himoyalash usullari va tizimlari. Axborot xavfsizligi” mutaxassisligi 3-bosqich tayanch doktoranti Alisher Mavlonov Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e'lon qilingan tanlovda g'oliblikni qo'lga kiritib, hozirda Slovakiya davlatidagi Slovakiya fanlar akademiyasi Matematika institutida joriy yilning 1-may kunidan 31-iyul kuniga qadar ilmiy stajirovka o'tamoqda. 🔵Ushbu yo’nalishda olingan natijalarni mutaxassislar bilan muhokama qilish hamda kelgusidagi istiqbolli yo’nalishlarni belgilab olish maqsadida 11-13 iyun kunlari Slovakiya Respublikasi Smolenice vodiysida 3-bor o’tkazilgan “Application of Knowledge Methods in Information Security (AKMIS)” seminarida “Investigation of the possibility of using matrix in asymmetric cryptographic systems” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube
إظهار الكل...
#ECAMPUZ 🌏Urganch davlat universitetida oʻtkazilgan Yevropa Ittifoqining ERASMUS-EDU-2022-CBHE dasturi doirasidagi “ECAMPUZ European World Talent Camp for Uzbekistan Scientists in Food Science and Technology” loyihasining CAMP-2 seminari gʻoliblari, yosh olimlar va magistrlar 2024-yilning 30-iyundan 8-iyulgacha Daniyaning Kopengagen universitetida malaka oshirishmoqda. Kimyoviy texnologiya fakulteti Oziq-ovqat texnologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi Bekzod Kuramboyev kuzatuvchi rahbar sifatida talabalarga hamrohlik qilmoqda. ✅Ushbu ECAMPUZ granti UrDU Kimyoviy texnologiyalar fakultetining Oziq-ovqat texnologiyasi kafedrasi tomonidan yutib olingan boʻlib, bunda 2 ta programma “CAMPs” va “Train-the-trainer” boʻyicha tanlov e’lon qilinadi va har yili gʻoliblar aniqlanadi. ECAMPUZ – bu O‘zbekistonning olti hamkor oliy taʼlim muassasasi va Yevropa Ittifoqining nufuzli ikki oliy o‘quv yurti hamkorligi doirasida salohiyatni oshirish bo‘yicha uch yilga mo‘ljallangan qo‘shma Erasmus+ loyihasidir. Oziq-ovqat fanining uchta muhim sohasini qamrab olishga mo'ljallangan va dunyoning uchta yetakchi tadqiqot guruhlarini o'z ichiga oladi: 🔵Oziq-ovqat mahsulotlarini tahlil qilish usullari va kimyometriya; 🔵Oziq-ovqat mikrobiologiyasi va oziq-ovqat xavfsizligi; 🔵Oziq-ovqat kimyosi va molekulyar gastronomiya. ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube
إظهار الكل...
👍 1
#xalqaro_stajirovka ⚡️Urganch davlat universiteti "Menejment va marketing" kafedrasi dotsenti E.Xodjaniyazov va "Iqtisodiyot" kafedrasi tayanch doktoranti B.Matyusupovlar Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e'lon qilingan tanlovda g'oliblikni qo'lga kiritib, hozirda dunyoning yetakchi oliygohlari Top 100 lik ro'yxatidan joy olgan AQSHning Purdue universitetida ilmiy stajirovka o'tashmoqda.
Stajirovka dasturiga binoan, E.Xodjaniyazov va B.Matyusupov xalqaro Scopus bazasida ilmiy maqolalar chop etish shuningdek, barqaror turizm va sohada smart texnologiyalardan foydalanish masalalariga bag'ishlangan tadqiqotlar olib borishmoqda.
Ma'lumot o'rnida, ushbu ilmiy stajirovka Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi tomonidan moliyalashtiriladi. ©️UrDU Matbuot xizmati 🌐https://t.me/URDU_PRESSA
إظهار الكل...
👍 2
Repost from Edu.uz
02:41
Video unavailableShow in Telegram
#el_yurt_umidi “EL-YURT UMIDI” JAMGʻARMASI 2024 YILGI 1-OCHIQ STIPENDIYA TANLOVIDA ISHTIROK ETING! “El-yurt umidi” jamg‘armasi xorijiy davlatlar nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta’lim olish uchun 500 o‘ringa mo‘ljallangan 2024 yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovini e’lon qiladi! “El-yurt umidi” jamg‘armasining 2024 yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovi 500 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib: - bakalavriat ta’lim dasturi uchun 100 o‘rin, - magistratura ta’lim dasturi uchun 250 o‘rin, - doktorantura ta’lim dasturi uchun 150 o‘rin ajratilgan. Stipendiya tanloviga nomzodlar hujjatlarini qabul qilish joriy yilning 25 iyundan 25 iyulga qadar, respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida, onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qilinadi. Tanlovga oid barcha ma’lumotlar “El-yurt umidi” jamg‘armasining www.eyuf.uz sayti orqali batafsil e’lon qilib boriladi. 🌐 Nomzodlar uchun barcha zarur ma’lumotlar Jamg‘armaning onlayn hujjat topshirish platformasida (http://admission.eyuf.uz) batafsil yoritib berilgan. Murojaat uchun: ☎️ +998 71 203 00 47 +99 871 203 00 48 +99 871 203 00 53 📧[email protected]@EYUF_Admission_2023bot “El-yurt umidi” jamg‘armasi yurtimizning umidi, ishonchi va tayanchi bo‘lgan Siz yoshlarni ochiq stipendiya tanlovida kutib qoladi! Batafsil
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
إظهار الكل...
21.95 MB
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.