ar
Feedback

لا تقع ضحية للمخادعين! تيليمتريو يكتشف ويُميّز هذه القنوات 👉 إذا كنت تريد رؤية العلامة، اشترك

JavaHere

JavaHere

الذهاب إلى القناة على Telegram

Software Engineer @ Google IT - Lifestyle - Sport

إظهار المزيد
2 215
المشتركون
-124 ساعات
-77 أيام
-4930 أيام
أرشيف المشاركات
Shogird tayyor bo'lganda ustoz topiladi (mi ?) Shu gapni juda ko'p marta eshitganman, lekin hech tushunmasdim. Shogird tayyor bo'lsa, ustozni nima keragi bor? - derdim. Keyin ustoz topish haqida har xil videolar va ulardan parchalar ko'rdim. Baribir tushunmadim... ***** Odatda ustozlar (yaxshi, professional) aqlan va moddiy juda yaxshi holatda bo'lishadi. Tashqaridan puli kamdek tuyilgani bilan, ular o'zlarida bori bilan qanday qilib baxtli va sokin yashashni bilishadi. Bekorga ustozmi?! Ular uchun sizning guruhning bir qismi sifatida beradigan oylik 1mln so'm yoki 5mln so'm ularni boyroq qilib qo'ymaydi. Sababi boy bo'lish qancha puli borligi bilan hisoblanmaydi. Demak bir narsa oydinlashdi, zo'r ustozli bo'lish uchun ko'p pulli bo'lish shart (prioritet) emas. ***** Bir qiziqib izlanib ko'ring. Siz taniydigan eng zo'r ustoz (o'rganmoqchi bo'lgan sohangizdagi biror professional ustoz) ning yonidagi shogirdlari haqida izlanib ko'ring. Ularda nimasi borki shunday yaxshi ustozi bor? Ko'rasizki shu ustoz bergan vazifalarni hurmat qilib, qadrlab, mas'uliyat bilan bajarib keladigan kuchi bor. Ustozi ham ularga ilm berganda, vazifa berganda maza qiladi. Ularning o'sishini ko'rganda maza qiladi. Bu mazani nafaqat 1mln yoki 5mln balki 50mln ga ham almashmaydi. ***** Shunday ekan: 1. shunday ustozlar beradigan ilm va vazifalarga o'zingizni tayyor deb hisoblasangiz 2. bergan vazifalariga past nazar bilan qaramasdan, bir nimasi bo'lsa kerakki shunday vazifa berdi deb pozitivlik bilan qarasangiz 3. 1 oy, 2 oy emas imkon qadar ko'proq birga bo'lishni reja qilsangiz (oldin shogird, keyin sherik, keyin do'st, ...) 4. faqat vazifalarini qilibgina qolmay o'zini hurmat qilib, sha'nini himoya qilsangiz Shu insonlar nega sizni tekinga shogirdlikka olib, kerak bo'lsa o'zining yonidan siz uchun pul sarflamasin? ***** Zo'r ustozni tanlang. Yoniga boring (borishga hecham imkoningiz yo'q bo'lsa [masalan siz O'zbekistonda, u kishi Amerikada, ...], xabar yozing). Shogird tushmoqchiman, aytganlaringizni qilaman, manashu-manashu narsalarga tayyorman, maqsadim bunday. Aynan sizga shogird tushmoqchiman, nega chunki ...(bu qismini o'zingiz o'ylab topishingiz kerak). 1. Pulingiz bor Agar pullik bo'lsa to'lashga ham roziman. 2. Pulingiz bo'lmasa. Mayli desangiz pulini sekin-sekinlik bilan manashuncha vaqtda uzsam. desangiz. Imkon qadar pul oraga aralashishini oldini oling. Biror muammosini yechib berish, takroran qiladigan ishlarini yengillatib berish va hokazolarni taklif qiling... Juda-juda katta ehtimol bilan shu odam sizga ustoz bo'lishga rozi bo'ladi. ***** Aytaylik rozi bo'lmadi. Bu bo'ldi, hammasi tugadi degani emas. Balkim yana nimadir xohlayotgandir. Shuni so'rang. Sababini bilsam bo'ladimi? Shu qismlarini to'g'irlab kelaman deng. Yoki shogird bo'la olishim uchun shartlaringizni aytsangiz albatta bajaraman deng. Bu sizni shu ustozga rostdan ham shogird bo'lmoqchi ekanligingizni ko'rsatadi. ***** Xullas nima demoqchi ekanligimni tushundingiz deb umid qilaman. Shulardan kelib chiqsak asosiy ish shogirdda. Ichida olovi bor. Katta maqsadlari bor. Juratli va shijoatli. Shuning uchun ham shogird tayyor bo'lganda, ustoz topiladi deyilsa kerak. ***** Endi navbat sizniki. Siz hurmat qiladigan, shogird tushmoqchi bo'lgan odamni yoniga boringda, shogird bo'ling. Ertaga o'lib qolsa, zo'r odam edi, ko'rishish orzuyim edi emas, ustozim yaxshi odam edi, ko'p narsa o'rgatgan edi deysiz. ***** 01:44 tun yarim 05.04.2026 Varshava, Polsha

DSA ni bugun boshlayabmiz. 5 ta joy qoldi. Keyingisi 100 kundan keyin ochilishi kutilyabdi. Kim o’rgangisi kelayotgan bo’lsayu pul muammo bo’lsa, vaziyatini tushuntirsin, yordam qilinadi! Maqsadlarga yetishda pul kerak bo’ladi, lekin bu yagona yechim va eng asosiy narsa emas. Bu haqida alohida bir kun aytib beraman.

Hayitlik DSA 1 va 2 guruhlar muvaffaqiyatli yakunlandi. Izohlarni buyerda da ko'rishingiz mumkin. DSA 3 uchun ko'pgina murojaatlar kelib tushdi. Hayitlik sifatida, chegirmadagi narxidan tashqari: • Bugun (20.03.2026) - 20% • Ertaga (21.03.2026) - 15% • Indin (22.03.2026) - 10% Chegirma! Barchaga hayit muborak. DSA 3 ga ro'yxatdan o'tish uchun link: dsa.javahere.me

Youtube'ga qaytamiz. Nimalar haqida o'rganishni xohlaysiz? • Algoritmlar • Design Pattern'lar • Java • Go Komment qoldiring k
Youtube'ga qaytamiz. Nimalar haqida o'rganishni xohlaysiz? • Algoritmlar • Design Pattern'lar • Java • Go Komment qoldiring ko'rib chiqamiz.

Repost from Vohid Karimov
Ready to level up your dev skills? 📢 Google Summer of Code (GSoC) 2026 is looking for contributors! Work on projects like AI/ML, Cloud, or Robotics, get mentored by experts, and earn a stipend. Important Dates: February 19 (18:00 UTC): Mentoring organizations are officially announced March 16 – March 31 (18:00 UTC): Contributor application window 💡 Pro Tip: Don’t wait until March! The list of 2026 orgs drops on February 19, you should start reaching out to the orgs immediately after the 1800 UTC announcement to get a head start! 🔗 Learn more: g.co/gsoc 🚀

DSA Intro kursimni masalalar to'plamini sizlar bilan bo'lishmoqchiman. link: https://leetcode.com/u/javokhirakramjonov/
DSA Intro kursimni masalalar to'plamini sizlar bilan bo'lishmoqchiman. link: https://leetcode.com/u/javokhirakramjonov/

Alhamdulillah Google'dan offer oldim 🎉 Jamoa: Salomatlik (Health Platform) Joylashuv: Varshava, Polsha
+1
Alhamdulillah Google'dan offer oldim 🎉 Jamoa: Salomatlik (Health Platform) Joylashuv: Varshava, Polsha

DSA Intro kursi taqdim qilingandan bir kun o'tmasdan barcha joylar band qilindi. O'qish bilan band bo'lib, maosh olmayotgan t
DSA Intro kursi taqdim qilingandan bir kun o'tmasdan barcha joylar band qilindi. O'qish bilan band bo'lib, maosh olmayotgan talabalar uchun chegirma qilib berishimni so'rashdi va here we go! Faqat talabalar uchun 70% chegirma. Kurs rejasi haqida ma'lumot olish va ro'yxatdan o'tish uchun havola: https://dsa-for-students.javahere.me/

🚀 FAANG darajasidagi Algoritmlash (DSA) kursi Kimlar uchun? – Algoritmik bilimini yuqori darajaga ko‘tarmoqchi bo‘lganlar. –
🚀 FAANG darajasidagi Algoritmlash (DSA) kursi Kimlar uchun? – Algoritmik bilimini yuqori darajaga ko‘tarmoqchi bo‘lganlar. – Texnik intervyuga va FAANG kompaniyalariga tayyorlanayotganlar. Talablar: – Biror dasturlash tilini bilish (Java, Python, C/C++…). ❗️ Eslatma: Samaradorlikni oshirish uchun o‘rinlar soni atigi 10 nafar! Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: 👉 https://dsa.javahere.me

Dasturlash olamida havas qilinadigan juda ko'p odamlar boryabdi. Tavsiya qilaman...
Dasturlash olamida havas qilinadigan juda ko'p odamlar boryabdi. Tavsiya qilaman...

Doim tayyor turing Imkoniyatlarning kelish vaqti juda qiziq. Kelgan payti tayyor bo'lmaysiz, tayyor bo'lgan paytingiz esa kelmaydi. Davomiylik - bu kalit! (Consistency is the key!) Kod yozish intervyusi (Coding Interview) Men ishim bor payti ham, yo'q payti ham, doimiy leetcode masalalarini yechib boraman va boshqa shunday qilayotganlarga ham yordam beraman. Bu esa meni har doim har qanday muammoga tayyor turishimga yordam beradi. Bu intervyu uchun 1 kun vaqt sarfladim. Xo'sh qanday? Intervyuda kod yozamiz, ammo u yerda "auto completion" yo'q. Bu degani metod va funksiyalar xotiramizda bo'lishi kerak. Hozirda asosiy kod yozadigan tilim Golang, lekin Min/Max Heap, Ordered Set/Map va boshqa ma'lumotlar tuzilmalari(Data Structures) bilan ishlash Java yoki Python tillaridagi kabi oson emas. Shuning uchun Java dasturlash tili sintaksisini va shu ma'lumot tuzilmalarini tayyor funksiyalarsiz qanday yozishni takrorlab chiqdim xolos. Intervyuda tushgan savollarning mavzulari quydagilar bo'ldi: - Priority Queue - Binary Search - HashMap - Sorting Googleyness intervyusi Bu intervyu uchun quyidagi usullardan foydalanib tayyorlandim: 1. Google'da ishlaydigan tanishim bilan "mock interview" qildim va bu menga juda katta yordam berdi 2. Link 1 3. Link 2 4. Link 3 Team matching Interview Bu intervyudan so'ng YouTube jamosi bilan "team matching" intervyu bo'lib o'tdi. Lekin menga rad javobini berishdi. Albatta qiziq, ammo sababi noma'lum. Shunday qilib haligi gap (Google return offer ≠ real work) yana bir bor o'z isbotini topdi. Xo'sh endi nima bo'ladi? IELTS sertifikati kabi, "Technical Interview" natijasi ham bir necha oy saqlanib turadi. Biror mos jamoa chiqib qolsa, yana aloqaga chiqishadi va shu jamoa bilan faqatgina "Team matching interview" bo'lib o'tadi. Mos kelsa "Offer", bo'lmasa intervyu natijasi yaroqlilik muddati tugaguncha shu holat takrorlanadi. Shunaqa sarguzashtlar... Xulosa Doim tayyor turing. Imkoniyat kelgani payti ushlab qolishga ham, qo'lingizdan chiqib ketgan payti tik turib, yo'lda davom etishga ham... Albatta sizning nasibangiz boshqasiga ketib qolmaydi. Sizga kelmadimi? Demak shunchaki hali sizniki emas )

Sun'iy intellekt bo'yicha research qilayotgan o'zbek studentlari uchun yordam berishingiz mumkin: Link

Missiya a'lo darajada bajarildi. 1-intervyu: Strong hire 2-intervyu: Hire 3-intervyu: Hire 4-intervyu: Strong hire Keyingi qa
Missiya a'lo darajada bajarildi. 1-intervyu: Strong hire 2-intervyu: Hire 3-intervyu: Hire 4-intervyu: Strong hire Keyingi qadam team-matching. Qanday tayyorlanganim va qaysi mavzuga oid savollar tushganini haqida alohida post bo'ladi. Aniq savollarni esa ommaga ochiqlash mumkin emas, buni NDA(Non-Disclosure Agreement) deyishadi. Stay tuned...

Duo qilib turasizlar 🙃 Software Engineer II at Google
Duo qilib turasizlar 🙃 Software Engineer II at Google

Intervyu o'tdi va umid qilamanki, muvaffaqiyatli bo'ldi.

Duo qilib turasizlar 🙃
Duo qilib turasizlar 🙃

Bizga Middle Go dasturchi kerak. Kompaniya: IMAN Ishxona: Toshkent shahar Ish tartibi: offline Ish vaqti: 10:00 - 19:00 Problem solving skill’ga ega bo’lish muhim* Oylik intervyudan keyin kelishiladi* Comment qoldiring, o’zim aloqaga chiqaman.

Kubernetes Hozirgacha Kubernetes qanday ishlashi haqida men ko'rgan eng qisqa va yaxshi content.

🐗 🐗
🐗 🐗