cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Charos Arzikulova

Hozircha jimjit, ammo maqsadlari tomon olg'a qadam tashlayotgan qizning kanali... ✔Kanal linki: https://t.me/+JUv4wKgIjJU5Mzdi 📩Murojaat uchun: @arzikulovagamurojaat_bot Если чувствуешь что это твоё - ни кого не слушай. Рискуй!

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
189
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
-97 أيام
-3030 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Photo unavailableShow in Telegram
#university_life
إظهار الكل...
1👍 1🔥 1
#dream Vafo asosidagi munosabatni xohlayman, va'da kerakmas(amalda bòlsin). Tushunish, hurmat, ishonch, sevgi, mehr, e'tibor kabi tuyĝulardan iborat bòlsin(faqat sevgi emas, barchasi bòlsin). Har doim aytardim, manfaatlar tòqnashgani uchun munosabat quriladi deb. Lekin unaqa bòlishini xohlamayman. Sababi manfaat tugasa, munosabat ham tugaydi. Shuning uchun borimizcha qabul qilinaylik. Ortiqcha sòz ishlatmasdan, kòz qarashlari bilan bir-birimizni tushunaylik. Kamchiliklarni yashirmaylik, mukammal emasligimizni unutmaylik. Xato qilgan vaziyatlarimizda aybdorni izlamaylik.
إظهار الكل...
4❤‍🔥 2 1🔥 1
Sogʻinsak qaytadi quvonchlarimiz, Chorlasak qaytadi hattoki gʻamlar. Birodar,yalin-u yolvor,ketkazma, Hecham qaytmas ekan ketgan odamlar. Qushlar qaytib kelar sogʻinib yurtni, Toʻlqinlar qaytadi sohillariga. Yomgʻirlar samoni aylanib kelib, Qaytgusi zaminning bagʻrlariga. Shuning-chun sen odam yoʻqotma, qalbim, Hatto tiz choʻksa ham sen deb olamlar. Bu dunyoga qaytib kelmaganidek, Qalbingga ham qaytib kelmas odamlar... 📝Guljamol Asqarova
إظهار الكل...
👍 3🔥 3 2❤‍🔥 1🕊 1
❗️Fikrlarim subyektiv (3) Ammo shuni tushunish kerakki...... Òqiyotgan qiz hech qachon yolĝiz bòlmaydi, ortida faqat òzi turmaydi. Kiymay òqitayotgan dadasi, ishdan charchab kelsa ham qizini barcha uy ishlaridan ozod qiladigan onasi, hammasidan voz kechib taslim bòlyotganida dalda, kuch beradigan oilasi turadi. Osonmas qiz bolani òqitish(jamiyatimizda). Gap-sòzlarga eshik yopgan holda qizni òqitish osonmas. Shuning uchun ilmni qadriga yeting!
إظهار الكل...
4🔥 3💯 3🥰 2👏 2 1
❗️Fikrlarim subyektiv (2) Bizda-chi??? Bizda "Pazanda kelin", "Kelinlikka tayyorlov" kabi kurslar, treninglar... Qizlarga yoshligidanoq bòysunish, ovqat qilish va uyni toza saqlash yòllari singdiriladi. Dunyo qanchalik rivojlanmasin, ammo bizdagi qarashlar òrta asrlarda qolib ketgandek tuyulaveradi. "Bòlmasa ersiz qolasan, ering(qaynonang) haydavoradi" prinsipi ustun. Ishoning, dunyo sizning non pishirishingizga emas, balki tafakkuringizga lol qoladi. Òz iste'dodingiz, bilimlaringizni kòrsatishdan, ĝoyalaringizni amalga oshirishdan qòrqmang. Stereotiplarni sindiring, voz keching ulardan(qanchalik qiyin bòlsa-da). Istalgan vaqtda kir yuvish-u ovqat qilishni òrgansa bòladi, ammo ilm olishga hozirgi kuch va soĝligingiz qayta bòlmasligi mumkin. Kech qolmang!
إظهار الكل...
👍 3 2🔥 2👏 2💯 2
❗️Fikrlarim subyektiv (1) Yaqinda bir xabarni òqidim. Singapurda diplomi bor qizlar turmushga chiqsa, davlat katta tòyona, agar farzandli bòlsa, òqimagan ayollarga nisbatan kòproq "suyunchi puli" berarkan. Buning sababi Singapurning sobiq bosh vaziri Li Kuan Yu mamlakatning kelajagi va muvaffaqiyati ilmli va ziyoli ayolga boĝliqligini tushunib yetgan. Natija shuni kòrsatyaptiki, u 100% haq ekan. Ilmli ayol hayotga real kòz bilan qaraydi. Oila qurganida haqqoniylik bilan oila kelajagini yaratishga harakat qiladi. Eng kamida u oila soĝligi va òz soĝligiga katta e'tibor beradi. Turmush òrtoĝi va farzandlari uchun to'ĝri yònalishlarni bera oladi. Istiqbolli kelajakka olib boradigan yòllarni kòradi, kòrsata oladi. Kerak paytda tanqid, kerak paytda raĝbat beradi. Ixtiyoriy buyuk erkakning ortida intellekti yuqori, tadbirli ayol turgan bòladi. Ilmli ayol buyuk farzandlarni tarbiyalaydi. Otadan jism, qon òtishi mumkin, lekin tafakkur va aql kòproq onadan òtadi. Shuning uchun intellekti yuqori, ilmi kuchli ayolga uylanish maqsadga muvofiq. Nimaga yuqori intellektli insonlar òzlaridan-da kuchli ayollarni tanlaydi? Sababi ular bilishadi: kuchsizlargina òzlariga kuchsiz ayolni tanlashlarini. Bejizga òzlariga mos va zamon bilan hamnafas ayolni tanlashmaydi. Chunki bunday erkaklarga faqat kuchli ayollargina ilhom bera oladi.
إظهار الكل...
👏 5🔥 3 2👍 2💯 2🥰 1
Hayotimda muloqotning o'rni beqiyos. Ko'p gapirishimni tanqid qilishadi. Ha, tan olaman, kòp gapiraman. Ammo.... har kimga ham emas! Ikki qator qilib, samimiy dildan yozilgan gapni har qanday rasm yoki videodan ustun kòraman. Sòzni sevaman! Uni tòĝri tanlab qòllay olgan kishini sevaman! Tasavvur qiling, bir inson bilan òtiribsiz. Kòrinishi yoqimli, uni eshitish qiziqarli, tòlqinlanib gapiradi, hayotdan nolimaydi, samimiy kuladi, voqealarni hayajon bilan eslaydi... Suhbatingiz naqadar gòzal bòlishi kòz oldingizga keldimi? Agar shunchaki òtirsangiz, suhbatlashmasangiz keyingi uchrashuv bòlmasligi ehtimoli ancha yuqori. Lekin uchrashuv samimiy suhbat ustida kechgan bòlsa, keyingisi intiqib kutilishi tabiiy! Ixtiyoriy muammoni muloqot orqali hal qilish mumkin, deb òylayman. Tanqid òrniga tushunishga, eshitishga harakat qilinganida balki oilalar ajrimi kamayarmidi. Baxtli bolalar soni kòpayardi, balki...
إظهار الكل...
💯 4👍 1🔥 1🕊 1
Photo unavailableShow in Telegram
Spring. April.
إظهار الكل...
3🥰 2🔥 1😍 1
Hayit muborak! Kelasi ramazonga ham eson-omon, "to'rt ko'z tugal" yetaylik!
إظهار الكل...
🎉 6 1🔥 1👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
Kutayapman yomg’ir ostida☔️ Yurak qoldi jabr ostida, Dard atalmish og’ir ostida, Tashqarida yo’lingga qarab, Kutayapman yomg’ir ostida. «Tinmaydi-yov» yomg’ir bugunlar, Kim uyiga yugur — yugurlar, Men-chi dilga tugib tugunlar, Kutayapman yomg’ir ostida. Bilinmaydi ko’zingdagi nam, Senda men yòq,menga sensan kam, Kelmasliging bilib tursam ham, Kutayapman yomg’ir ostida. Goho sovuq kelib jim chaqar, Gohi o’yib olib chim chaqar, Ustimdan suv, qalbdan qon oqar, Kutayapman yomg’ir ostida. Odamlardan bo’ldim tashqari, Ko’rgan deydi telba-teskari, Ayni ketgan kuning singari, Kutayapman yomg’ir ostida. Men yashayman Kim? Qani? Uchun Yomg'ir senga yoqqani uchun Bugun yomg'ir yog'gani uchun Kutayapman yomg'ir ostida.
إظهار الكل...
5👍 2🔥 2 1❤‍🔥 1😢 1
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.