cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Baliqchi tumani ixtisoslashtirilgan maktabi

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Baliqchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi.

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
723
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
+17 أيام
لا توجد بيانات30 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #Ixtisoslashtirilgan_maktablar 🔔 Hurmatli ota-onalar! ⚡️ Kirish imtihonlarida sizdan bir nechta tartib-qoidalarga amal qilish so‘raladi. 🗣 Jumladan: ✅ Kirish imtihoni o‘tkaziladigan belgilangan manzilga farzandingiz bilan birga kelishingiz va imtihondan so‘ng o‘zingiz bilan olib ketishingiz; ✅ Imtihonlar o‘tkazilayotgan vaqtdagi issiq ob-havoni hisobga olgan holda kiyintirishingiz; ✅ Imtihonga kelishdan oldin farzandingizning ovqatlanishiga ham e'tibor qaratishingiz kerak (turli yog‘li va imtihon jarayonida o‘quvchini behuzur qiladigan taomlar iste'mol qilmaslik tavsiya etiladi). ✅ Mazkur tartiblarga rioya qilishingiz farzandingizning imtihon jarayonida o‘zini yaxshi his qilishiga yordam beradi. ❌ Eslatib o‘tamiz, imtihon jarayonida yordam berishni va’da qilayotganlarning hech biriga ishonmang, aldanib qolmang. 📚 Farzandingizning bilimigina uning natijasiga asos bo‘ladi!
Maʼlumot oʻrnida, talabgorlar imtihon boshlanishidan 1 soat oldin tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan kelishlari kerak.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
إظهار الكل...
👍 5😁 1
Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_manzillari #imtihon_2024 #Ixtisoslashtirilgan_maktablar ❗️MUHIM ESLATMA 📆 Ertaga, 4-iyul kunidan Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari boshlanadi! 🌐Ota-onalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, imtihonlar bo‘lib o‘tadigan manzillar ro‘yxati Agentligimizning rasmiy saytiga joylashtirildi. 📶 Quyidagi havola orqali farzandingiz qaysi manzilda imtihon topshirishini bilib olishingiz mumkin: 📍MANZILLAR ROʻYXATI Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
إظهار الكل...
😁 1
Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #call_markaz ⚡️AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT, IJOD HAMDA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA HUJJAT TOPSHIRGAN OTA-ONALAR DIQQATIGA. 📥 2024/2025-oʻquv yili uchun Agentlik tizimidagi maktablarga jami 244 378 ta ariza kelib tushgan. Shundan: ➖Prezident maktablariga 62 062 ta; ➖Ijod maktablariga 5 512 ta; ➖Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga 42 785 ta; ➖Ixtisoslashtirilgan maktablarga 134 019 ta. 📊 Hozirgi kunda "Qabul-2024" jarayonlari bilan bogʻliq masalalarda tashkil etilgan 1206 qisqa raqamli call-markazga bir paytning oʻzida minglab murojaatlar boʻlayotganligi sababli ushbu raqamga bir martada bogʻlana olmasligingiz mumkin. 📶 Shu sababli 1206 qisqa raqamiga qaytadan qoʻngʻiroq qilib savollaringizga batafsil javob olishingiz mumkinligini maʼlum qilamiz. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
إظهار الكل...
👍 2😁 1
Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar 📣📣📣📣📣 🔔 TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARNING KIRISH IMTIHONLARI 8-9-IYUL KUNI BO‘LIB O‘TADI 📆 Joriy yilning 8-, 9-, 10-iyul kuni Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulugʻbek hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablari uchun kirish imtihonlari o‘tkaziladi. ✅ Bu yil har yilgidan farqli ravishda hududlardan hujjat topshirgan talabgorlar uchun kirish imtihonlari o’z hududlarida – Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo’lib o’tadi. Yaʼni hududlardan mazkur maktablarga hujjat topshirgan oʻquvchilarning imtihonda qatnashishi uchun Toshkent shahriga kelishlari talab etilmaydi. ❗️Diqqat, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi hamda mazkur maktabning Nukus shahri, Andijon va Samarqand viloyatlaridagi filiallari uchun kirish imtihoni bir vaqtda bo‘lib o‘tadi. ⏱Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi. ❌ Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi. 📨 Har bir talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumotni shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
إظهار الكل...
👍 1😁 1
Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #ixtisoslashtirilgan_maktablar 🔔 AGENTLIK TIZIMIDAGI TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARI BIR BOSQICHDA QUYIDAGI TARTIBDA O‘TKAZILADI: 📍Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga: ➖ 5-sinflar uchun matematikadan 30 ta topshiriq (shundan 10 tasi mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan), ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi. 📍Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga: ➖ 7-sinflar uchun tabiiy (science) fandan 30 ta topshiriq va ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi. 📍Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga: ➖ 7-sinflar uchun matematikadan 30 ta topshiriq (shundan 10 tasi mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan), ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi.
⏱ Eslatma, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi. ❗️DIQQAT, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
📶 Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga kirish imtihonining sanasi boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
إظهار الكل...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #Prezident_maktabi 📣📣📣📣📣 🔔 Prezident maktablarining kirish imtihonlari birinchi bosqichi 7-iyul kuni boshlanadi! 📱Imtihon vaqti va manzili haqidagi ma’lumot talabgor tomonidan ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma orqali ma’lum qilinadi. 📝 Prezident maktablariga kirish imtihonlari birinchi bosqichi Matematika fanidan 30 ta topshiriq  (test shaklida) o‘tkaziladi. ⏱Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 60 daqiqa vaqt beriladi. ❌ Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (60 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi. 📍 Maʼlumot uchun, Toshkent shahri va Toshkent viloyatining imtihonlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi. ✅ Prezident maktablarining kirish imtihonlari ikkinchi bosqichining sanasi va vaqti haqida qo‘shimcha ma’lumot beramiz. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #ixtisoslashtirilgan_maktablar 📣📣📣📣📣 🔔 AGENTLIK TIZIMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA! ❗️Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari joriy yilning 4-, 5-, 6-iyul kunlari 3 smenada bo‘lib o‘tadi. ➖ Ushbu maktablarga kvota doirasida kirish imtihonlari bir bosqichda, aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5-11-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-10-sinflarga o‘tkaziladi. ⏱ Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi. ❌ Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi. ✅ Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning arizada kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumot ko‘rsatilgan ruxsatnomani shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin. 📨 Shaxsiy kabinetga ushbu havola orqali kirishingiz mumkin https://ariza.piima.uz/application/cabinet Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
إظهار الكل...
🔥 3👏 2👍 1😁 1🎉 1
Photo unavailableShow in Telegram
Maktab, kollej, texnikum, oliygoh sport zallari va kutubxonalari, stadion va basseynlar mahalla yoshlariga xizmat qilishini taʼminlash muhimligi taʼkidlandi. Yoz mavsumida “Yangi Oʻzbekiston vatanparvar yoshlari” dasturi asosida 2 million yoshlar sport va vatanparvarlik tadbirlari bilan qamrab olinadi. Shuningdek, jamoaviy sport oʻyinlari, shaxmat, stol tennisi, badminton, yakka kurash, suzish boʻyicha tuman, viloyat hokimlari, vazirlar kubogi oʻtkaziladi. Mutasaddilarga mahallalarda, maktab, texnikum, oliygoh, sihatgoh va oromgohlar zallarida, parklarda kitobxonlik, sheʼrxonlik, raqs, musiqa va kino kunlarini tashkil qilish topshirildi. Har bir istirohat bogʻi, sayilgoh va xiyobonlarga bepul “vay-fay” oʻrnatish vazifasi qoʻyildi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
إظهار الكل...
👍 2👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
Nogironligi bo‘lgan yoshlarga chet tilidan imtihon topshirish yengillashadi. Jumladan, chet tili bo‘yicha milliy sertifikat (CEFR) olishda qo‘lda yozish imkoniyati bo‘lmaganlarga kompyuterda imtihon topshirish sharoiti yaratiladi. Yoshlarimiz xalqaro olimpiadalarni nazariy qismida har doim yuqori natijalarga erishadi. Lekin, laboratoriya mashqlarini bajarishda amaliy ko‘nikmalar kam bo‘lgani uchun pastroq ball olayapti. Endi, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi qoshida “Olimpiadalarga tayyorlash markazi” ochilib, maxsus laboratoriyalar bilan jihozlanadi. Xalqaro olimpiadada qatnashuvchi terma jamoa reja asosida ushbu markazda tayyorgarlik ko‘radi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
إظهار الكل...
👍 1👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
Yaqinda bo‘lib o‘tgan “Turon” teatri tanlovida 12 mingdan ziyod teatr jamoasi qatnashdi. Tanlov natijasida har bir tumanda o‘ziga xos kichik teatr jamoasi shakllandi. “Turon” teatri tanlovi har yili maktab o‘quvchilari orasida o‘tkaziladigan bo‘ldi. Gʻolib bo‘lgan o‘quvchilar Ijod maktablariga qabul qilinadi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
إظهار الكل...
👍 3👏 1
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.