cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

therealniyozov

Javohir Niyozov Iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy mavzularda o‘z qarashlarim va fikrlarimni berib boraman. Aloqa uchun: @FabriziouzbBot ©️ Kanaldan ma‘lumot olganda manbani keltirib o‘tishingizni so‘raymiz.

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
815
المشتركون
-324 ساعات
-147 أيام
-4830 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Photo unavailableShow in Telegram
🤣 9😁 4
Photo unavailableShow in Telegram
Xullas, tirik qolsa keyingi AQSh prezidenti — Donald Tramp. Bu PR-man qayerda nima qilish kerakligini biladi, hatto o‘q yeganda ham. @therealniyozov
إظهار الكل...
👍 10😁 1
Qirol soxta ekan — "Sheryurak" Richard. Ko‘pchiligimiz salib yurishlarida salibchilarga rahbarlik qilgan va buyuk musulmon sarkarda Salohuddin Ayubiy bilan bir necha bor to‘qnashib, u bilan manfaatli shartnomalar tuzishga erisha olgan Angliya qiroli Richard Sheryurak haqida eshitgan bo‘lsak kerak. Hozir pastda yozadigan ma‘lumotlarim esa u haqidagi fikringizni 180°ga o‘zgartirib yuborsa ajab emas. Albatta, u qahramon, olijanob salibchilar qiroli sifatida keng e‘tirof etiladi, lekin biroz chuqurroq ichkariga kirilganida asl versiya bilan u haqidagi turli uydirmalar bir biriga nomutanosibligini ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi. Birinchi fakt: Richard Angliya qiroli bo‘lishiga qaramay, Angliyada deyarli vaqt o'tkazmagan. U 1189-yildan 1199-yilgacha o'n yil hukmronlik qilgan, ammo mamlakatda atigi olti oy bo‘lgan. Uning hukmronligining katta qismi Uchinchi salib yurishida yoki asirlikda o'tgan. Ha, to'g'ri o‘qidingiz — sher yurakli qirol Avstriya gersogi Leopold V tomonidan qo'lga olingan va to'lov undirib olish uchun bir muddat ushlab turilgan. Uning onasi, Akvitaniyalik Eleonora, uni ozod qilish uchun juda katta to'lovni yig'ishga majbur bo'lgan. Yana bir ko'pchilikka ma'lum bo'lmagan qiziqarli ma'lumot shuki: Richard ingliz tilini juda kam bilgan. U uyda ko'proq fransuz tilida gapirar edi, o'sha paytda Angliyada hukmron sinfning tili aynan shu til hisoblangan. Darhaqiqat, u o'zining fransuz hududlarini ingliz hududlariga qaraganda muhimroq deb bilgan. Afsonalardagiday vatanparvarga o‘xshamayapti-a? Ko'pincha bo'rttirib yuboriladigan yana bir jihat bu uning jasurligi va olijanob xulq-atvori. Albatta, Richard jangda jasorat va mahoratini ko‘rsatgan, ammo u shafqatsiz ham bo‘lgan. Salib yurishi paytida Akr shahrini egallab olgandan so'ng, Richard 2700 ga yaqin musulmon mahbuslarni, jumladan ayollar va bolalarni qatl qilishni buyurgan. Ertaklarda ko'pincha tasvirlanadigan ritsar obraziga mutlaqo teskari. Richard salib yurishlarini moliyalashtirish uchun o'z fuqarolariga katta miqdorda soliq solgan va bu jiddiy norozilikka sabab bo'lgan. Keyingi Angliya qiroli Jonning hukmronligiga qisman Richard qoldirgan moliyaviy tangliklar to'sqinlik qilgan. @therealniyozov
إظهار الكل...
👍 15
Shu post tagidagi har bir komment uchun Isroilga $1dan pul o‘tkazaman! @therealniyozov
إظهار الكل...
🤣 25🗿 4👎 3😈 3🤯 1
Yirtiq yamoqni ustidan kulgan ekan. @therealniyozov
إظهار الكل...
🤣 21👍 1
00:14
Video unavailableShow in Telegram
Bayden "Ukraina prezidenti Putin"ni sahnaga taklif qildi. Zelenskiy bilan Putinni adashtirdimi, demak endi uni almashtirsa bo‘lmaydigan darajaga yetibdi. @therealniyozov
إظهار الكل...
6.88 KB
🤣 26😁 4👍 2
Qachonki Putin O‘zbekistonda tug‘ilganda:
إظهار الكل...
😁 8🤣 3🔥 1
Qachonki Putin O‘zbekistonda tug‘ilganda:
إظهار الكل...
Janubiy Koreyada robot o‘z joniga qasd qildi Kunlik belgilangan dasturiy me’yordan bir necha barobar ko‘p vazifalar bajargan fuqarolik xizmati roboti o‘zini zinadan tashlab yuborgan. Yaxshi ham O‘zbekistonda bo‘lmagansan, oldinroq o‘z joningga qasd qilarding) @therealniyozov
إظهار الكل...
🤣 24👍 2🤯 2
1951-yilda Hindistonda tug‘ilgan bir siyosatchi "NATOning imperativlari haqida gapirar ekan uni qisqacha shunday tavsiflagan edi: NATOning maqsadi Amerika harbiylarining Yevropada mavjudligini ta'minlash, sovetlar kengayishining oldini olish va qayta tiklanayotgan Germaniyaning ehtimoliy tahdidlarini yumshatishdan iborat (chunki yaqindagina Ikkinchi Jahon urushida mag‘lub bo‘lgan va asosiy aybdor bo‘lgan Germaniya tez tiklanayotgan edi), degan edi. Bu siyosatchining ismi esa Lord Hastings Ismay edi. U NATOning birinchi bosh kotibi edi. Yuqoridagi ta‘rif haqiqatdan NATOning hozirgi holatini ham aniq ifodalaydi. Ikkinchi jahon urushidan keyin Yevropa vayronaga aylangan, iqtisodiy vayron va siyosiy jihatdan parchalanib ketgan edi. Fashistlar Germaniyasining mag'lubiyati, Buyuk Britaniya va Fransiya kabi an‘anaviy Yevropa kuchlarining zaiflashishi natijasida yuzaga kelgan hokimiyat bo'shlig'i Sovet ta'siri uchun tayyor muhit yaratdi. Shunday vaziyatda AQSH global qudratli davlat sifatida maydonga chiqib, Yevropani barqarorlashtirish va kommunizm tarqalishining oldini olishga intildi. NATO 1949-yil 4-aprelda Shimoliy Atlantika shartnomasi imzolanishi bilan tashkil etilgan. Taʼsischi aʼzolar AQSH, Kanada va Gʻarbiy Yevropaning oʻnta davlati edi. Shartnomaning asosiy maqsadi jamoaviy mudofaa edi: bir a'zoga qilingan hujum barchaga qilingan hujum deb hisoblanilar edi. Ushbu o'zaro mudofaa shartnomasi Sovet Ittifoqi tahdidiga aniq javob edi. Qo'shma Shtatlarning NATOga qo'shilishi bir necha sabablarga ko'ra hal qiluvchi ahamiyat kasb etar edi. Birinchidan, AQSh Sovet Ittifoqiga qarshi muvozanatni saqlash uchun zarur bo'lgan iqtisodiy va harbiy resurslarga ega edi. Yevropada hozir ham, o‘shanda ham bunday qudratga ega davlat bo‘lmagan. Qo'shma Shtatlar uchun ham Yevropada mavjudligini saqlab qolish nafaqat Sovet Ittifoqini ushlab turish, balki o'zining geosiyosiy manfaatlarini ta'minlash uchun ham foydali edi. Barqaror va xavfsiz Yevropa militaristikasi millatchilikning qayta tiklanishiga yo'l qo'ymasligi va global ishlarda ishonchli sherik bo'lishi ko‘zlangan edi. NATOning tashkil topishi Jorj Kennan tomonidan ifodalangan AQShning "cheklash siyosati"ning bevosita amalga oshirilishi edi. Ushbu strategiya kommunizm paydo bo'lgan joyda Sovet ta'siriga qarshi turish orqali uning tarqalishining oldini olishga qaratilgan edi. NATO Sovet Ittifoqining G'arbiy Yevropaga ekspansiyasiga qarshi harbiy tayanch bo'lib xizmat qildi. Sovuq urush davomida NATOning asosiy vazifasi Sovet agressiyasini to'xtatish edi. Yevropada Amerika qo'shinlari va yadro qurollarining mavjudligi muhim to'xtatuvchi vosita bo'lib xizmat qildi.  Germaniya militarizmi sabab bo'lgan ikki jahon urushi xotirasi ittifoqchi kuchlarning urushdan keyingi Germaniyaga munosabatiga ta'sir qildi. Kuchli, mustaqil Germaniya Yevropa barqarorligiga tahdid solishi mumkinligi haqida konsensus mavjud edi. 1955-yilda G'arbiy Germaniyaning NATOga qabul qilinishi sezilarli o'zgarishlarni ko'rsatdi. Germaniyani jazolash ma'nosida ushlab turish o'rniga, strategiya Germaniyani kollektiv xavfsizlik tizimiga integratsiya qilish orqali rivojlantirildi. Ushbu integratsiya bir tomonlama militarizm ehtimolini kamaytiradigan nazorat ostida va hamkorlik muhitida nemis harbiy salohiyatidan foydalanishga qaratilgan edi. 1991-yilda Sovet Ittifoqi parchalanishi bilan NATOning asl maqsadi asosiy muammoga duch keldi. Ittifoq o'z missiyasini mintaqaviy mojarolar, terrorizm va kiber urush kabi yangi xavfsizlik tahdidlariga qarshi kurashish uchun qayta belgilash orqali unga moslashdi va hozirgacha o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. @therealniyozov
إظهار الكل...
👍 5😁 2
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.