cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

URGANCH TUMANI OILA VA XOTIN-QIZLAR BO‘LIMI

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
243
المشتركون
-124 ساعات
-37 أيام
-230 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

#tadbir
Qadriyatlarga jamiyatda kishilar oʻrtasida obroʻga, eʼtiborga, hurmatga, nufuzga ega kishilar, munosabatlar, holatlar, moddiy narsalar va maʼnaviy boyliklar majmuasi sifatida qaraladi.
Urganch tumani, Chakkakoʻli mahallasining ibratli xonadonida "Qadriyatlari qadr topgan yurt" shiori ostida milliy qadriyatlarni mujassam etgan tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda mahalla faol xotin-qizlar, "Oqila ayollar" harakati aʼzolari, ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etildi. Toʻkin dasturxon atrofida onaxonlar yurtimizda oilalar mustahkamligini taʼminlash, toʻy va boshqa marosimlardagi dabdababozlik va isrofgarchilikka yoʻl qoʻymaslik xususida dildan suhbatlashdilar. Tadbirda milliy qadriyatlarimizdan kelin salom, beshik marosimlari namoyish etildi. Mahallaning kayvoni onaxonlari ijrosida alla, lapar, yor-yor va oʻlanlar ijro etildi.
إظهار الكل...
👍 6👏 3🥰 2🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
#jarayon Ayni kunlarda Urganch tumanida Qurbon hayiti munosabati bilan “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj 143 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarga bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravaridan bir martalik moddiy yordam pullari berilmoqda.
إظهار الكل...
👏 5👍 2
#ijtimoiy_himoya Urganch tumanida tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan ayol ikki nafar voyaga yetmagan farzandi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-maydagi PQ-175-sonli qarori asosida tazyiqdan jabrlangan shaxslarga ruhiy inqiroz holatida birlamchi tibbiy xizmat koʻrsatish tizimiga ko‘ra tashkil etilgan Urganch tumani tibbiyot birlashmasining shoshilinch qabul boʻlimidagi birlamchi koʻmak xonasiga joylashtirildi.
إظهار الكل...
👍 12
#Xorazm viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov eʼlon qilindi Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Xorazm viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qilindi: ▪️Yoshlar ishlari agentligi Gurlan tumani bo‘limi: "Shangi" maхallasi Yoshlar yetakchisi; ▪️Tuproqqalʼa tumani "Suv etkazib berish xizmati" davlat muassasasi: Boshliq o`rinbosari - Bosh gidroteхnik; Bosh buхgalter; ▪️Xorazm viloyati statistika boshqarmasi: Bog`ot tumani statistika bo`limi bosh mutaхassisi; ▪️Gurlan tumani kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi: Mehnat migratsiyasi bo`yicha bosh mutaхassis; Saloхiyatli ish beruvchilar bilan ishlash va bo`sh ish o`rinlarini monitoring qilish bo`yicha bosh mutaхassis; ▪️Gurlan tuman hokimligi: “Vatanparvar” mahallasidagi hokim yordamchisi; “Chakkalar” mahallasidagi hokim yordamchisi; “Qatariq” mahallasidagi hokim yordamchisi; ▪️Tuproqqalʼa tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi: "Obod" mahallasidagi хotin-qizlar faoli; ▪️Urganch tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi: "Oyoq bog`" mahallasidagi хotin-qizlar faoli; "Adolat" mahallasidagi хotin-qizlar faoli. ❗️Arizalar 12.06.2024-yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi. ➖ Arizani elektron yuborish tartibi boʻyicha videoqoʻllanma Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uzʻdan roʻyxatdan oʻtish boʻyicha videoqoʻllanma ▪️ Agentlikning Xorazm viloyati filiali — 62-223-02-15 ▪️ Murojaat uchun bot@vacancy_argos_bot ▪️ Vakansiyalar kanali@vacancy_argos
إظهار الكل...
#bandlik Urganch tumani hokimi o‘rinbosari - oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i I.Raximova Shermatlar mahallasi  xotin-qizlar faoli Q. Shokirova hamrohligida mahallaning tadbirkor va hunarmand ayollari faoliyati bilan tanishdi.
Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida Artiqova Azizaga 100 mln so‘mlik imtiyozli kredit ajratilgan.
إظهار الكل...
👍 6
URGANCH TUMANIDA YOSHLARNI OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASH BO‘YICHA OʻQUV JARAYONLARI
✅O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi "Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 820-sonli qarori ijrosi yuzasidan tashkil qilingan yana bir o‘quv jarayoni muvaffaqiyatli yakunlandi.
O‘quv jarayoni nihoyasida Ikkita yosh oilaning nikohi qayd etilib, yangi hayot ostonasida turgan yoshlarga tantanali ravishda guvohnoma berildi.
إظهار الكل...
3👏 2👍 1
02:42
Video unavailableShow in Telegram
AYOLLAR TADBIRKORLIGI QO'LLAB-QUVVATLANMOQDA 04.06.2024✅ 📲@XorazmTELEKANAL✔️ 📲DASTURNING HD versiyasi👇 🎥 YouTube 📺 OnlineTV 📻 Online Radio
إظهار الكل...
AYOLLAR TADBIRKORLIGI QO'LLAB-QUVVATLANMOQDA.mp426.26 MB
Show comments
“Kumush tola” xirmoni barakali bo‘lsin
✅Pilla yetti xazinaning biri sanaladi. Ayni kunlarda Urganch tumanida “kumush tola yaratuvchilari” hosil yig‘im-terimiga qizg‘in kirishgan.
Urganch tumani hokimi o‘rinbosari I.Raximova Bobodehqon mahallasi pillakorlariga "hormasin" aytish maqsadida mahallaning pillakor ayoli M. Do‘smetova xonadoniga kelib, pillakorlar bilan suhbatlashdi.
إظهار الكل...
👍 6🔥 1😍 1
#bandlik Urganch tumani hokimi o‘rinbosari - oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i I.Raximova Yangiobod mahallasi raisi I.Atayev, xotin-qizlar faoli Z.Matchanovalar hamrohligida mahallaning tadbirkor va hunarmand ayollari faoliyati bilan tanishdi.
Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish istagini bildirgan xotin-qizlarga imtiyozli kreditlar taklif etildi.
إظهار الكل...
👍 3👏 3 1
#bandlik
Urganch tumani hokimi o‘rinbosari - oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i I.Raximova Bog‘dorchi mahallasi xotin-qizlar faoli X.Baltayeva hamrohligida mahallaning tadbirkor va hunarmand ayollari faoliyati bilan tanishdi.
Tadbirkor ayol, "STEP shoes" oilaviy korxonasi rahbari Sh.Abdullayeva 7 nafar xotin-qizning bandligini ta'minlab kelmoqda. Mahallaning yana bir hunarmand ayoli T.Yuldasheva ham tikuvchilik bilan shug‘ullanadi. Bugungi kunda 5 nafar xotin-qizning bandligini ta'minlabgina qolmasdan, yana 10 nafar qizni shogird qilib chiqardi. Har ikkala tadbirkor ayol faoliyatini kengaytirish va shogirdlarini ko‘paytirish istagida ekanini bildirdi.
إظهار الكل...
👍 7
أرشيف المشاركات