Elga yor (Elyor)
الذهاب إلى القناة على Telegram
Kechinmalarim Aloqaga chiqish uchun: elyorgamurojat@gmail.com ga yozing! Yoki Telegramdan to’gridan to’gri shaxsiyga yozing.
إظهار المزيد1 071
المشتركون
+224 ساعات
+37 أيام
+11930 أيام
أرشيف المشاركات
1 071
Etmiman dvotudim, so’rab so’rab qo’yishmadi.
Ha mayli aytaman. Maktabni bitirganimgayam 10 yil to’libdi. Yubiley dermidi? Shunga ham kecha sinfdoshlar Telegram guruhi jonlanib qolgan.
Qizig’i sinfdosh qizlar deyarli hammasi erga tegib bola-chaqali bo’lib ketibdi. Ammo bolalardan faqat 2 nafari uylangan xolos.
Sinfda 15 nafar qiz, 15 nafar bola edik, adashmayotgan bo’lsam.
Kimda necha yil bo’ldi? Maktabni bitirganiga.
1 071
Kopmaniya rivoji uchun “ideya” taqdim qilish bo’limida 25 nafar ishtirokchi qatnashgan edi. Men ham sovrindorlar ro’yxatida ekanman. 🏅
Bundan tashqari “Natija” bo’limida team lider va qolgan 3 guruh a’zosi bilan birgalikda ham ariza topshirgan edik. U yerda ham sovrindorlar qatoridamiz. 🏆(U yerdagi rasmni ko’rsata olmayman:)Va o’sha yerdagi summa miqdori ancha katta va raqobat kuchli edi.
Inson qilayotgan ishidan zavq ola bilsagina uni “hobby” ga aylantirar ekan. Shu sababmi bilmadim, ba’zida yarim kechasigacha ishda qolaman. Har bir daqiqam uchun qo’shimcha ish haqqi olgan holda albatta✔️
1 071
Ishxona tomonidan uyushtirilgan tanlovda ham qatnashgan edim. Natijasi bugun chiqdi. Sizlar bilan ham ulashaymi?
1 071
#ogohlik #stress #talaba
Hozirgina bir yangilikni o’qib, siz Yurtdoshlarni ham ogohlantirib o’tishni lozim topdim.
Kecha Gwanju politsiyasi 20 yosh atrofidagi Afrikalik talabani Chonnam universiteti Talabalar turarjoy majmuasi atrofida “yalang’och” velisped haydab yurgani haqida ma’lum qilishgan edi. Taxminan 15 daqiqa velisoped haydab politsiya kelib to’xtatmaguncha haydagan.
Bu holatga nisbatan talaba, o’qishdagi stressni keltiribdi. Alkogol yoki narkotik ta’sirida ham qilmagan bu ishni. Politsiya esa jamoat joyida ko’rsatilgan odobsizlik uchun javobgarlikka tortgan edi.
Ming afsus bo’lsinki, kecha 17:45 da ushbu chet ellik talabani o’lik holda topishibdi.
Oldin depressiya uchun davolangan ham ekan. Javobgarlik ham olib tashlanibdi.
Bu gapim bilan nima demoqchiman,
Koreya stresslar davlati ekani barchamizga ma’lum. Ushbu chet ellik talaba aynan nima uchun vafot etgani sababi to’liq ochiqlanadimi yo’qmi buni vaqt ko’rsatadi.
Ammo chet ellik o’laroq shuni tasdiqlashim mumkinki - millatchilik, irqchilik ham bor Koreyada. Afrikalik talabalarga og’ir ishlar qildirishi ham sir emas. Men Laboratoriyada shaxsan guvohi bo’lganman.
Agar sizga nisbatan nohaqlik yoki millatchilik bo’lsa hech ikkilanmay, politsiyaga murojat qiling. Koreyslar chet elliklarsiz yashab qolishi qiyin bo’lgan davrda millatchilik qilib o’z oyog’iga bolta urishi bu achinarli.
Oxirgi gapim: Amerikada 5 yil yashab Amerikalik bo’lib ketsak bo’ladiyu, ammo Koreyada 10 yil yashab ham chet ellik holimizda qolib ketamiz.
O’zingizni ehtiyot qiling. Stress va depressiyaga berilmang!
@Elyorbilan
1 071
Koreyada noqonuniy muhojir “nelegal” bo’lib qolsangiz,
HECH QACHON halovatda yashay olmaysiz.
2 ta eng katta sababi:
Oilani xohlagan vaqt borib ko’ra olmaslik va sog’liq sug’urtasidan foydalana olmaslikdir. Hatto qonuniy huquqlaringiz ham cheklanadi.
Nelegallik bilan nafaqat o’zlariga balki, Legal yurgan hamyurtlarimizga ham zarar yetkazishlari mumkin. (Buni xohlashmasa ham)
2024-yil 9-Aprel sanasiga ko’ra Koreyada 9,167 nafar nelegal Yurtdoshlarimiz yashab kelayabdi. Bu raqam Koreyadagi nelegallarning 1.8% ni tashkil qiladi.
@Elyorbilan
1 071
Bizda,
Erkaklar, ayollarga qanday yashash kerakligini o’rgatadi..
Ayollar, erkaklarga qanday yashashni o’rgatadi.
O’zini hayoti esa kiradigan joyiga kirib yotibdi. O’zini emas, birovni o’zgartirishga harakat qiladigan “ahmoq”lar to’lib toshib yotibdi.
1 071
Kompaniya tomonidan Futbolka berilayotgan ekan. Qaysi raqam va rang olishni o'ylab turibman. Tanlashda yordam berib yubora olasizmlarmi?
Misol uchun: 2번, 그레이 / 2- seriy rang
1 071
#ogohlantirish #aktual #firibgar
Shuncha ogohlantirishimizga qaramay, baribir firibgarlar domiga tushib qolganlar aloqaga chiqishayabdi. Ataylab, tushunarli holda va vaqtingizni tejash uchun ham video tariqasida chiqargan edim.
Ko’rmagan, Facebook ga kirmaydigan do’stlaringizga ham yuborib, ogohlantiring. Biz iloji boricha olib chiqishga harakat qildik.
1. Pul o’tkazmalari
2. Kargo/Yuk jo’natmalari
3. Telefon, texnika
4. Banksho’t
5. Ehson
Yuqoridagi aldovlar haqida “keys” videodan topasiz.
You Tubega link:
https://youtu.be/2CBl70-EYO4?si=PkOKO2Zli40MZNS3
1 071
Sozlab, ichib ko’rdim.
Hohlagan qahva “kapsulasini” solib ichsangiz bo’lar ekan. Ishdan so’ng, qahvani yonga olib dam olganga nima yetsin😎
1 071
#Job #Korea
Ahamiyat bergan bo’lsangiz, Koreyada “gigant” kompaniyalar chet elliklarga qiziqish bildirib, dunyo bozoriga chiqmoqchi. Buning uchun ular Koreyada o’qishni bitirayotgan Talabalar uchun ish taklif qilishayabdi.
Navbatdagi Ottogi oziq-ovqat Kompaniyasi ham Avgust oyida o’qishni bitiradigan, Ingliz va Koreys tillarini yaxshi biladigan talabalarni ishga olishni e’lon qildi.
Yo’nalish:
1. 브랜드경험 BX
2. 마케팅 PM
3. 글로벌영업
4. 구매
Koreys tilidan kamida 4-daraja kerak bo’lib, E-7 vizasi olish uchun ham yordam berilar ekan. (Bu vizalardan keyin F-2 vizalariga o’tish oson)
Shu sabab imkoniyatni qo’ldan boy bermasdan tezroq topshiring.
Ha aytgancha, CV “이력서“ ni ma’romida yozishni unutmang!
Topshirish uchun Word file ni shu kanalimdan topasiz.
Manba: https://www.ottogi.co.kr/about/otgrecruitment_view?page=1&recruitmentContentIdx=34&sword=&category=
@Elyorbilan
1 071
Koreyslar uzoq umr ko’rishining sabablaridan biri.
Qayerda ko’rgansiz, O’zimizning Vatanda oilaviy kechki yugurishga chiqishganni? 🍽🇺🇿
Aslida kechga yog’liq, nosog’lom ovqatni yeb TV ko’rib o’tirgandan ko’ra shunday odat shakillantirgan afzal.
To’g’ri, bunday yugurish uchun yo’llar deyarli yo’q ekanini hammamiz bilamiz ona Vatanda🤐
1 071
Yaqinda bir proektga qatnashgan edim. Hech qanday moddiyat ko’zlanmagan Volontyor edim. Bugun o’sha proekt menejiri kofelashaylik deb shuni ham sovg’a qilib berib yubordi.
Kapsula kofedan ham ichib ko’radigan bo’ldim endi.
O’ylab qarasam, kofega bir oyda 100 mingdan ortiq sarflar ekanman, ancha tejasam kerak.
1 071
한국인: 엘료르 너 베트남 비자 필요해?
외계인: 아 한번 알아볼게요
(Kerak bo’lsa kerak, eng rivojlanmagan davlatlargacha viza olamizku Musaffo osmon ostidagilar)
다른 해결방법이 없나? 귀화 말고
1 071
Iordaniyalik Dr. Hasan bilan odatda shunday habarlashamiz. Video meeting payti ham Islom olamida qo’llaniladigan termin, iborlarni ishlatadi. O’zi ko’pchilik arab davlatlari Musulmon birodarlar uchun odatiy holat bu. Men ku gapalshganda muammosiz tushunib, vaziyatni filtr qila olaman. Ammo Koreyslar uchun bu juda qiyin. Elyor nima deyabdi? O’zing hal qila olasana? ka’bi iltimoslari borgan sari odatiy holga aylanib qolayabdi. Bu albatta yaxshi, o’z o’rnimga ega bo’la olaman. Ammo keyinchalik men ketadigan bo’lsam Kompaniya aniq biroz qiyinchillika yuz tutadi. Tushunmovchiliklar sabab bir necha yillar yo’qotilishi mumkin. (Shunday ham bo’lgan ekan)
Bunday holatlar 연봉협상da albatta asqotadi, ishonavering 🤫.
1 071
+1
2024-yil Koreys tili nutqi tanlovida Mohinur singlimiz maxsus sovrin “Korean Humanities Research Group Award” loyiq deb topildilar. Yosh bo’lishlariga qaramay, Koreys tilida Koreyslardanda chiroyli va ravon gapirishlari maqtovga sazovor. 🥇🎉🎊
Pasda link qoldiraman, videoni ko’rishingiz mumkin:
https://youtu.be/BYTtWJyuIqk?si=YgtShnKnUv93PrP7
Shuningdek, qolgan sovrindorlar videosiga link: https://klsc.koreatimes.co.kr/KLSC_winners.html
@Elyorbilan
1 071
Bizda shaxsni ulug’lab yuborish kuchli. Bu odam “sarcasm” qilib yozmagan. Inson o’ziga nisbatan “bahosi” bu darajada past bo’lishi juda achinarli va kulguli.
1 071
Uyda ovqat qilib yeyishni boshladim. Hadeb ko’chadan ovqatlanish ham vaqtimga, sog’lig’imga va hamyonimga zarar ekan.
Yaqin do’stim ovqatni “sayratib” yuborar edi, men ham chakki emas ekanman.
Shu vaqtgacha 20 dan oshiq ovqat turlarini qilishni o’rgandim. Umid qilamanki, ovqat qilishim uzoqqa cho’zilmaydi. 😂
متاح الآن! بحث تيليغرام 2025 — أهم رؤى العام 
