Elga yor (Elyor)
الذهاب إلى القناة على Telegram
Kechinmalarim Aloqaga chiqish uchun: elyorgamurojat@gmail.com ga yozing! Yoki Telegramdan to’gridan to’gri shaxsiyga yozing.
إظهار المزيد1 071
المشتركون
+224 ساعات
+37 أيام
+11930 أيام
أرشيف المشاركات
1 071
Ishxonamdagi Ms. Jessie qo’limga tutkazib ketdi.
Koreyslar ham O’zbeklarga (o’zimizga) o’xshab ulashishni yoqtiradi. O’z luqmasini yaqinlariga ham ilinadi. Shu ma’daniyati alohida yoqadi.
Ishning birinchi kunlari ham Ms. Jessie juda katta yordam bergan edi. Kerakli saytlarni Id va pw larigacha email orqali yozib yuborgani hali ham yodimda.
1 071
#F27 #Visa
Assalomu alaykum! Kelayotgan Qurbon Hayitingiz muborak bo’lsin.
Vanihoyat uzoq kutilgan videoni You Tube tarmog’iga joyladim. F2-7 viza olish haqidagi umumiy ma’lumotlarga birma bir to’xtalib o’tdim.
Matn ko’rinishida ham yozmoqchi edim, ammo bu juda uzun bo’lib ketar ekan.
Tg: @Elyorbilan
Videoga link: https://youtu.be/_p5uFEWuFro?si=OQejG_WJcM3i_ptH
1 071
Hozirgina Abdulla Qodiriy (Julqunboy) qalamiga mansub, Mehrobdan Chayon asarini tugatdim.
Ochig’i, Turkiy tilga oid bo’lgan nodir asar eshitmaganimga ancha bo’libdi.
Bir kun albatta Qo’qonga borganda Mirzo Anvarning hayoti haqida biroz izlanib ko’raman.
Shuningdek Toshkentda eski juva mahallasiga ham borishni niyat qildim.
So’zimni yakuni o’laroq, barchamizga Mirzo Sultonali va Safarboy bo’zchidek do’stlar nasb qilsin.
1 071
Bugun o’zimizning “massonlar” kichik tashkilotimizda F2-7 vizasi bo’yicha bilganlarimni ulashdim. Yarim soatda oshiq videoda boshlang’ich ammo juda kerakli ma’lumotlarni ayta oldim degan umiddaman. O’zaro suhbatni esa videoni o’chirgandan so’ng davom ettirdik:) Bilib bo’lmaydida keyinchalik nima bo’lishini😁
Balki lozim topsam bu videoni Facebook dagi F2-F5 viza egalari guruhimizda ham ulasharman.
1 071
Shu rasmni “oboy” qilib elektron uskunamga joylab qo’ydim. O’zgacha kayfiyat bag’ishlar ekan.
1 071
Kimhe “respublikasida” hayit namozi Yakshanba,
Koreya Respublikasida esa Dushanba kuni o’qiladigan bo’layabdi.
Har doimgidek!
1 071
Odatda hech qanday tijoriy maqsadlarsiz, reklamalarsiz o’tadigan tadbirga qatnashishga va qo’llab-quvvatlashga harakat qilaman. Shundan biri WAYU da bo’lgan vebinar edi. Abdulatif taklif bildirgan edilar, o’ylab o’tirmay rozi bo’lgan edim.
Iyun oyi oxirida ham shunga o’xshash tadbir ustida ishlayabman. Daejeonda o’tadigan ushbu tadbirga Salom Koreya admini Jamshid aka ham tashrif buyurib, presentation qilib beradigan bo’lganlar. Ulardan tashqari yana 2 kishi “master klas” o’tishadi.
Ho’sh, xomiylarsiz qanday qilib o’tkazish mumkin? Hokimiyat tomonidan tenderga o’xshab ajratiladigan pul mukofotini yutib oldik. Ma’lum maqsadlarga yo’naltirgan holatdagina ishlata olamiz.
To’liqroq ma’lumotni yaqin 1 hafta ichida ochiqlayman.
1 071
Bangladesh elchixonasi ham o’zimizni elchixonaga o’xshab ketar ekan.
2 lasi ham telefonni ko’tarmaydi. Ingliz tili va Koreys tilidagi hamma raqamlarni terib chiqdim.
1 071
#kichiktajribamdan
Noliyveradiganlar ko’p xollarda imkoniyatni ko’rmay qolishar ekan.
Shuningdek - begona bo’lsin, hatto yaqinlari ham uni tark etishni boshlaydi.
Sababi noliyveradigan inson judayam “toksik” bo’ladi.
1 071
Qo’yarga qo’yishmadi. Halol ovqatimni ko’tarib boraman shekil:)
Ma’lumot uchun: Bu umuman boshqa bo’lim. 30 kishidan 1-2 kishini taniyman xolos. O’zimni bo’limim bo’lganda mendan so’ramay o’zligi bilib ovqatlargacha tayyor qilib qo’yishar edi.
Bu yerdagilarni ham tushunsa bo’ladi, men haqimda to’liq ma’lumotga ega emas.
1 071
회사에서 행복하다 그러면,
너 요즘 일이 부족하니? 일 좀 더 줄까? (Videodan parcha)
Bir videoni ko’rayotib haqiqat ekanligini anglab yetdim:)
Qiziqsangiz linkini keyingi postda yozib qoldiraman. Qisqacha sharhlab!
1 071
Koreya kompaniyasida ishlashning yagona minusi bu - kechki ovqat masalasidir.
30 kishi faqat men uchun Halol restoranga borishi ularga ham, menga ham noqulay va hijolatli vaziyat.
Shu sabab tinchgina, shunday tushuntirib qo’yaman. Afsus 회식비 예산 인당 5만원 edi. (O’zligi bilib hisobimga tashlab qo’yishsa ham mayli edi😏)
1 071
Men iloji boricha O’zbek/Muslim qizlar bilan tushgan rasmimni/alohida bo’lsin, ijtimoiy tarmoqqa qo’ymaslikka harakat qilaman. O’zi umuman rasmga tushmaslikka harakat qilamanu, ammo ramziy va esdalik uchun tushishga to’g’ri keladigan paytlar bo’ladi.
Ko’z tegib qoladi, ko’z. (Qizlarimizga albatta)
Bu odatim bir necha yillardan beri shaklangan, ustozationni bir “istoriyasi” turtki bo’lgan edi. Menimcha meni Instagram storizimda ham ko’rgansiz.
1 071
+2
#foydali
Hayrli kun Yurtdoshlar! Dam olish kunini yaxshi o’tkazayabsizmi?
Men yana foydali ma’lumot bilan keldim.
Yaqin kunlarda O’zbekiston elchixonasi konsullik xizmatlari haqida ma’lumot beradigan telegram bot ishga tushadi.
Bot ustida WAYU Korea jamoasi va bu borada katta tajribaga ega Diyor Pardaev ish olib bormoqda!
Bot ishga tushishi joriy yilning avgust oylariga reja qilingan.
Ha aytgancha, matn yozish va tahrirlash borasida tajribaga ega volontyorlar, jamoamizga qo’shilishingiz mumkin!
Diyorbekni ko’pchilik tanisa ham kerak. Bir necha yillar davomida tijoriy maqsadlarsiz xizmat qilgan “Halal_bread” botini ishlab chiqgan edilar!
Elchixona vakillari bilan ko’rishganimda ushbu taklifni ham kiritgan edim. Amalga oshirilayotganini ko’rib, odam quvondi. Ko’pchilik endi, telefon qilishiga hojat qolmaydi. Hammasi elektron oson amalga oshiriladi.
متاح الآن! بحث تيليغرام 2025 — أهم رؤى العام 
