cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

PEDIATR SHIFOKOR

Bolalar salomatligi bo‘yicha eng ishonchli ma’lumotlar beriladigan O‘zbekistondagi yagona kanal! Farzandlarimiz sog‘ligi dunyodagi eng bebaho ne'matdir. @yosh_onalar_bola_tarbiyasi @Rahmonberganim 👈Admin

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
8 163
المشتركون
-224 ساعات
-1507 أيام
-73630 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

🔰Bolani jazirama issiqdan asrang! Issiq yoz kunlarida bolaning kuni bilan quyosh nurlari ostida o'ynab yurishi juda xavflidir. Olimlarning ta'kidlashicha, kunduzgi soat 11:00 dan soat 15:00 gacha quyosh nurlari odam teriga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin, bolalarda esa bu ta'sir yanada kuchliroq namoyon bo'ladi. Lekin aynan yozda bolalar ko'chadan uyga kirishni istamaydilar... Issiq yoz kunlarida bolani zararli quyosh nurlaridan asrash yo'llari ☑️1. Bolani quyosh nurlari eng zararli bo'lgan payt 11:00 dan 15:00 gacha ko'chaga o'ynagani chiqarmang. Shu vaqt oralig'ida biron joyga borishi kerak bo'lsa, soya joylardan yurishga harakat qiling. ☑️2. Issiq yoz kunlarida bolaga tez-tez suyuqlik ichirib turing. Bola suv so'ramagan holda ham unga qaynatilgan suv berib turing. Sharbat va limonadlar chanqoqni bosmaydi, gazlangan yoki mineral suv ayni muddao. ☑️3. Bolani kiyimiga ahamiyat bering. Yoz kunlarida bola tabiiy matolardan tayyorlangan kiyimda yurishi kerak. Eng yaxshisi - bu paxta tolalaridan qilingan kiyim-kechaklar. Sintetik matolar issiqdan terlayotgan bola terisida yoqimsiz qo'zg'atishni yuzaga keltirishi mumkin. ☑️4. Bolaning oyoq kiyimi ham qulay va tabiiy materiallardan tayyorlangan bo'lishi kerak. Bolaga orqasi ochiq "shap-shap" olib bermang. Birinchidan, bu o'sayotgan oyoqlarni deformatsiyasiga olib keladi, ikkinchidan, bolaning yurishi palapartish bo'lib ketadi. Ko'pincha bolalar o'yin davomida bunday payafzalni tushirib yuboraveradilar. Oyoq kiyim sandal ko'rinishida bo'lishi eng yaxshi tanlov. ☑️5. Basseyn yoki dengizga cho'milishga borayotganingizda bolaga albatta quyosh nurlaridan himoyalovchi maxsus krem (SPF) surishni unutmang. Bolaning teri juda nozik bo'lgani uchun aynan yoshiga moslab krem olish kerak. Kattalarning kremi mos kelmaydi. Suvga tushib chiqqandan so'ng ham vaqti-vaqti bialn badaniga krem surib turish kerakligi haqida unutmang. Undan tashqari quyosh nurlari keng tarqalgan dengiz va basseyn atrofida bola boshiga yengil bosh kiyim kiyg'azib qo'ying. ☑️6. Ba'zi ota-onalar farzandiga quyosh nurlariga qarshi ko'zoynak olib beradilar. Aslida ko'chada sotiladigan oynalari to'q ranglik arzon ko'zoynaklar bola ko'zlarini quyosh nurlaridan himoya qilmaydi. U shunchaki o'yinchoq. Aksincha, bola to'q rangdagi oyna orqali qarash davomida qorachig'i kengayadi, natijada quyoshning nurlari ko'zga yanada kengroq darajada ziyon yetkazadi. Agar farzandingiz haqiqatan ko'zoynak taqishni istab, uni o'yinchoq sifatida qabul qilmaydigan yoshda bo'lsa, u holda unga haqiqiy quyosh nurlaridan himoya qiluvchi ko'zoynak olib berishingiz mumkin. Bunday ko'zoynaklarda UVA, UVB nurlaridan 60%-100% himoya qilish haqida ma'lumot bo'lib, ularning narxi ham ancha baland bo'ladi. ☑️7. Terlab turgan bola bilan konditsioner yoqilgan xonaga kirmaslikka harakat qiling. Bola tez shamollab qolishi mumkin. ☑️8. Istmalayotgan bolani issiq kunda terlamasligiga e'tibor bering. Tana harorati ko'tarilgan bola organizmi issiqda yanada qiynaladi. ☑️9. Yoz kunlarida bolani yeyayotgan ovqatiga nihoyatda e'tiborli bo'ling. Dizenteriya ko'pincha yozda tarqaladi. Meva va sabzavotlar muzlatgichda saqlanishi, ovqat faqat yangi bo'lishini ta'minlang. Bola eskirgan achigan narsalarni yeb qo'yishidan ehtiyot bo'ling. Ovqat yeyishdan oldin, albatta qo'l yuvish kerakligini unutmang. ☑️10. Bolaning issiqda ichi ketishiga ahamiyat bering. Ba'zida ichburug' jiddiy kasallik alomati bo'lishi mumkin. Farzandingiz o'ziga zarar keltrimagan holda yoz kunlarida mazza qilib dam olishi uchun siz sharoit yaratib bering. Kanalga ulanish👉@PEDIATR_SHIFOKOR
إظهار الكل...
👍 4 1
Gijja kasalliklari(Gelmintozlar)ni uy sharoitida qanday aniqlash mumkin?(Onalar uchun) Gijja kasalliklarini uy sharoitida kasallikning klinik belgisiga qarab aniqlash mumkin! Quyida ko‘p uchraydigan kasalliklar belgilari! ⚡️Ostritsa(Enterobioz) bilan zararlanish belgilari: ✅Qichishish(anal teshigi atrofida va jinsiy organlarda, kechqurun kuzatiladi) ✅Ishtaha pasayishi ✅Xotira pasayishi ✅Bosh og‘rig‘i ✅Yuzdagi oq dog‘lar ✅Uyqu buzilishi(kuchli qichishish tufayli) ✅Tishini g‘ichirlatishi(uyqu paytida) ✅Qorinda og‘riq (kindik atrofida,kuchsiz) ✅Og‘iz qurishi ✅Ich ketishi ✅Enurez ✅Vulvovaginit(qiz bolalarda) ⚡️Askarida(Askaridoz) bilan zararlanish belgilari: ✅Ishtaha pasayishi ✅Ozib ketish ✅Isitma(davriy ravishda) ✅Ich ketish(yoki qotishi) ✅Ko‘ngil aynishi ✅Qusish (kam hollarda) ✅Qorinda og‘riq(kindik atrofida va qovurg‘a ostida) ✅Qo‘zg‘aluvchanlik ✅Tez charchash ✅Bosh og‘rig‘i ✅Uyqu buzlishi(Tungi qo‘rquv) ✅Tishini g‘ichirlatishi(Uyqu paytida) ✅Anemiya ✅Ko‘p so‘lak ajralishi ✅Soch to‘kilishi(tanga shaklida) ❗️Bolada yuqoridagi belgilarning bir nechtasi(2 tadan ko‘p) aniqlanganda, uni yuqumli kasalliklari shifokori yoki Pediatr ko‘rigiga olib borish zarur! Kanalga ulanish👉@PEDIATR_SHIFOKOR
إظهار الكل...
👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
Bolalar bir kunda qancha miqdorda shakar iste’mol qilishi kerak? (Pediatr tavsiyasi) 📌5 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun kuniga 10 grammdan kam shakar 📌5 yoshdan 10 yoshgacha bolalar uchun 20—25 gramm shakar 📌10 yoshdan 15 yoshgacha bolalar uchun 25—30 gramm shakar 📌15 yoshdan katta bolalar kuniga 30 gramm shakarni iste’mol qilishlari mumkin. ❗️Eslatma. Sutkalik shakar miqdori hisoblanganda, shirinliklar tarkibidagi shakar ham inobatga olinishi kerak. @PEDIATR_SHIFOKOR
إظهار الكل...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Yangi tug‘ulgan chaqaloqlarda jismoniy ko‘rsatkich normalari(Oy kuni yetib tug‘ulgan chaqaloqlar uchun) 1.Tana uzunligi normada - 46-56 sm(1 yoshda 74-76sm) 2.Tana vazni normada - 2500-4000g(6 oylikda 7300-8800g, 1 yoshda 9700 - 11200g ) 3.Bosh aylanasi normada- 34-36 sm(1 yoshda 46-48 sm) 4.Ko‘krak aylanasi normada - 33-35 sm(1 yoshda 48-50sm) @PEDIATR_SHIFOKOR
إظهار الكل...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
❓Chaqaloqqa qancha suv ichirish kerak? JSST bergan tavsiyasiga ko'ra 6 oylikkacha bo'lgan, ona suti bilan katta qilinayotgan bolalarga suv berilmaydi. Chunki ularning suyuqlikka bo'lgan ehtiyojini ona suti to'liq qondiradi. Lekin issiq yoz oylarida bola terlash orqali me'yoridan ko'p suyuqlik yo'qotadi. Bunday holatda bolaga belgilangan miqdorda suv berish mumkin. Kichkintoylarga yozning issiq kunlarida beriladigan suv miqdorlari: ▪️1 oylik chaqaloqlarga 60 ml dan ▪️3 oylikkacha bo'lgan go'daklarga 60-120 ml dan ▪️3 oylikdan 6 oylikkacha bo'lgan go'daklarga 120-180 ml dan ▪️6 oylikdan 1 yoshgacha bo'lgan bolalarga 240 ml dan oshmasligi kerak. Suv berishda quyidagi tavsiyalarga rioya qiling: ▫️Issiq kunlarda bolaga suvni faqat ovqatlantirishlar oralig'ida berish lozim. ▫️Bolaga beriladigan suv toza(qaynatilgan), iliq, uzoq turib qolmagan, gazsiz bo‘lishi kerak. ▫️Bola ochlik va chanqoq hissini adashtirmasligi lozim. Kanalga ulanish👉@PEDIATR_SHIFOKOR
إظهار الكل...
👍 1
00:36
Video unavailableShow in Telegram
🔹Yuzingizga toshmalar toshishi ko’p holatlarda iste’mol qilayotgan mahsulotlaringizga bog’liq… Butun O'zbekiston kuzatayotgan kanal: @PEDIATR_SHIFOKOR
إظهار الكل...
5.93 MB
🌐Болалар уйқуси ҳудди овқатланишдек муҳим аҳамиятга эга ҳисобланади. Уйқуси тинч, вақтда уҳлаб етарлича ором оладиган болаларнинг соғлиғи ҳам яхши бўлади!!! ✔️Ҳар бор бола индивидуалдир. Буни олдинги постларимда ҳам кўп бор ёзиб ўтганман. Баъзи болалар тез ва оссонликча ҳатто ўйнаб ётган ҳолда ҳам уйқуга кетса😴, бошқа бир болалар уҳлаб қолиши жуда қийин😥. Улар уҳлаши учун алоҳида одат тусига кирган вазият (масалан эмизиб уҳлатиш, қўлда ёки бешикда тебратиб уҳлатиш ва ҳ.к.)  керак бўлади. Шунингдек бир ҳил болалар шовқинда ҳам миқ этмай уҳлайверади. Бошқа болалар эса тиқ этган товушга ҳам уйғониб кетишади.   ✅Бола тинч ва узоқроқ уҳлаши учун бир нечта тавсиялатни санаб ўтаман: ✓болангиз уҳлайдиган хонани тез тез шамоллатиб туринг ✓хона ҳаводи мўътадил бўлсин. Бу 🌡️+20-23 С° даража демакдир ✓бола краватчаси🛏️ қаттиқ ҳам юмшоқ ҳам бўлмаслиги керак. Қаттиқроқ бўлгани яхши ✓ҳонага қуёш нурлари☀️ тушишини таминланг ✓болангиз кийими ва чойчаби табиий пахтадан бўлиши керак. Синтетика бола танасига ҳаво ўтказмайди. ✓иложи бўлса кундузги 1,5-2 соатлик уйқуни очиқ ҳавода бўлишига шаройит яратинг. Бу ҳоҳ ҳовлида, ҳоҳ сайр вақтида, ҳоҳланг балконда бўлсин. Очиқ ҳаводаги уйқу бола қонини кислород билан таминлайди. Қуёш нури эса табиий Д витаминидир. ✓бола уҳлаётган маҳал бир маромдаги сокин мусиқани🎼 ўрта баландликда қилиб қўйсангиз кичкинтойингиз турли ҳил ташқи шовқинларга ( 🐕 вовилаши, 🐈 миёвлаши, эшик ғирчилаши каби) уйғониб кетавермайди.  💁Масалан бундай мусиқаларга 👉 ёмғир товуши🌧️, 👉дарё шовқини🌊,  👉шамол овози🌪️  кабилар жуда мос келади. Русларда бундай оҳанглар “белый шум,”дейилади. "Белый шум"  дастурларини бемалол интернет сайтларидан телефонингизга 📲ўтказиб олишингиз мумкин. Аслида кичкинтойни жимжитлик ва қоронғу хоналарда уҳлашга бошиданоқ ўргантмаган мақул. ❗️Шунда турли вазиятларда болани уҳлатишга қийналамайсиз. Аҳир ҳар дойим ҳам тинч ва қоронғу жойни топа оламай қолишингиз мумкинку. Шундай эмасми😉🤗 ✅Яқинларизга ҳам улашинг!!! @PEDIATR_SHIFOKOR
إظهار الكل...
👍 4
Photo unavailableShow in Telegram
🤱🏻SUTINGIZ KAMMI? #mini_maslahat ✨Sut koʻpaytirishni eng oson va samarali usuli bilan boʻlishaman☺️ 💞Jajji farishtangizni koʻproq koʻtarib yuring 🌸Yanada koʻproq yaxshi koʻrib erkalang 🌸Koʻp koʻp oʻpib quchoqlang 🌸Yoningizdan bir zum qoʻymang 🌸Kechasi bagʻringizda olib yoting 🌸Oʻz yumushlaringiz bilan band boʻlganingizda miyangiz farzandingiz haqida shirin hayoli bilan band boʻlsin 💁🏻‍♀Mana koʻrasiz 3 kunda sutingiz koʻpayib farzandingiz ham sutga ham mehriga toʻyayotgani sezasiz 😉Ishoning ona mehri sutni koʻpaytirishga qodir kuch! @PEDIATR_SHIFOKOR
إظهار الكل...
👍 2😢 1
🌐Оналик бахти бу....                                          😅Буни фақат она бўлганлар тушунишади....  ✅Яқинларизга ҳам улашинг!!! @PEDIATR_SHIFOKOR
إظهار الكل...
🌐Бола тарбияси борасидаги қизиқарли фактлар!!!   ✅Австрияда бола учун бошқа мамлакатларга нисбатан энг кўп ўйинчоқ сотиб олинади. ✅Англияда агарда бола шамолласа, унинг тана ҳарорати ошиб йўталса, у касал ҳисобланмайди ва мактабдаги дарсларни қолдиришга рухсат берилмайди. ✅Бельгияда кичкинтойлар уч ёшдан бошлаб мактабга боришади. ✅Европада энг тарбиясиз болалар италияликлар ҳисобланади. Улар жамоат жойларида ўзларини тутишни билишмайди. ✅Гонконгда бола учун энага ёлланилмайди. Болалар чақалоқлигиданоқ боғчага берилади. ✅Бразилияда бола учун энг олий жазо – уни футбол ўйнашдан маҳрум қилишдир. ✅Кубада ҳаттоки 7-8 ёшдаги болалар ҳам дарсдан сўнг ишлашга мажбурдир. ✅Германияда 90 фоиз оилаларда 8 ёшгача болага телевизор кўриш таъқиқланади, 8 ёшга кирганида эса унга фақатгина болалар учун мўлжалланган кўрсатувларни томоша қилишга рухсат берилади. ✅Яқинларизга улашинг @PEDIATR_SHIFOKOR
إظهار الكل...
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.