ar
Feedback
PACEMAKER | 2.0 |

PACEMAKER | 2.0 |

الذهاب إلى القناة على Telegram

Fundamental fanlar Klinik fanlar Tez tibbiy yordam ko'rsatish ESC tavsiyalari asosida bilimlarga ega bo'ling. Kanal manzili:👇 https://t.me/PACEMAKER_2 Instagram: cardio_arrythmology https://www.youtube.com/@Pacemaker_academy

إظهار المزيد
4 808
المشتركون
+624 ساعات
+117 أيام
+730 أيام
أرشيف المشاركات
TO‘SATDAN O‘LIM: 2-QISM (XKT-10: 146.1 shifri bilan) (1-qism avvalgi postda) 🩺 Davolash: Zudlik bilan 1 daqiqada 100 kompres
TO‘SATDAN O‘LIM: 2-QISM (XKT-10: 146.1 shifri bilan) (1-qism avvalgi postda) 🩺 Davolash: Zudlik bilan 1 daqiqada 100 kompressiya tezlikda yurakning yopiq massajini o‘tkazish (kardiopamp yordamida faol kompressiya-dekompresiya usuli samaraliroq). Kompressiya chuqurligi 5-6 sm dan kam emas. 🤩 Qulay usul bilan O‘SV (massaj va nafas harakatlarining nisbati 30:2), nafas yo‘llari o‘tkazuvchanligini ta’minlash (boshni orqaga tashlash, pastki jag‘ni chiqarish, havo o‘tkazgichni kiritish, ko‘rsatmaga ko‘ra nafas yo‘llarini sanatsiyalash): *️⃣100% kisloroddan foydalanish; *️⃣traxeyani intubatsiyalash (intubatsiya jarayoni 30-40 soniyadan ortmasligi lozim); *️⃣yurak massaji va O‘SVni 30 soniyadan uzoq to‘xtatmaslik. 🩺 Qorinchalar fibrillyatsiyasida: ✓ perikardial zarba (defibrillyator bo‘lmaganda); ✓ samara bo‘lmaganda yurak-o‘pka reanimatsiyasini davom ettirish, imkon boricha tez defibrillyatsiya o‘tkazish imkoniyatini ta’minlash. 🤩 Markaziy (periferik) venani kateterlash: ✓ Adrenalin (epinefrin) 1 mg dan har 3-5 daqiqada yurak-o‘pka reanimatsiyasini o‘tkazish. 1️⃣ Imkon qadar erta - defibrillyatsiya 200 Dj; 2️⃣ Samara bo‘lmaganda – defibrillyatsiya 360 Dj; 3️⃣ Lidokain 1,5 mg/kg - defibrillyatsiya 360 Dj; 4️⃣ Samara bo‘lmaganda – 3-5 daqiqadan so‘ng o‘sha dozada lidokain inyeksiyasini takrorlash - defibrillyatsiya 360 Dj; 5️⃣ Samara bo‘lmaganda — amiodaron, kordaron 300 mg (takroriy doza 150 mg v/i) - defibrillyatsiya 360 Dj. 🩺 Asistoliyada: ✔️ 1. Zudlik bilan 1 daqiqada 100 kompressiya tezlikda yurakning yopiq massajini o‘tkazish (kardiopamp yordamida faol kompressiya-dekompressiya usuli samaraliroq). ✔️ 2. Qulay usul bilan O‘SV (massaj va nafas harakatlarining nisbati 30:2), nafas yo‘llari o‘tkazuvchanligini ta’minlash (boshni orqaga tashlash, pastki jag‘ni chiqarish, havo o‘tkazgichni kiritish, ko‘rsatmaga ko‘ra nafas yo‘llarini sanatsiyalash): — 100% kisloroddan foydalanish; — traxeyani intubatsiyalash (intubatsiya jarayoni 30-40 soniyadan ortmasligi lozim); — yurak massaji va O‘SVni 30 soniyadan uzoq to‘xtatmaslik. ✔️ 3. Markaziy (periferik) venani kateterlash. ✔️ 4. Adrenalin (epinefrin) 1 mg dan har 3-5 daqiqada yurak-o‘pka reanimatsiyasini o‘tkazish. – imkon qadar erta elektrokardiostimulyatsiyani yo‘lga qo‘yish; — asistoliya sababini bartaraf etish (gipoksiya, gipo- yoki giperkaliyemiya, asidoz, dori dozasining ortishi va boshqalar). 🩺 Elektromexanik dissotsiatsiyada:1. Zudlik bilan 1 daqiqada 100 kompressiya tezlikda yurakning yopiq massajini o‘tkazish (kardiopamp yordamida faol kompressiya-dekompressiya usuli samaraliroq). ⏩2. Qulay usul bilan O‘SV (massaj va nafas harakatlarining nisbati 30:2), nafas yo‘llari o‘tkazuvchanligini ta’minlash (boshni orqaga tashlash, pastki jag‘ni chiqarish, havo o‘tkazgichni kiritish, ko‘rsatmaga ko‘ra nafas yo‘llarini sanatsiyalash): — 100% kisloroddan foydalanish; — traxeyani intubatsiyalash (intubatsiya jarayoni 30-40 soniyadan ortmasligi lozim); — yurak massaji va O‘SVni 30 soniyadan uzoq to‘xtatmaslik. ⏩3. Markaziy (periferik) venani kateterlash. ⏩4. Adrenalin (epinefrin) 1 mg dan har 3-5 daqiqada yurak-o‘pka reanimatsiyasini o‘tkazish. Kordaron yoki amiodaron 300 mg v/i (takroriy doza 150 mg); ✓ imkon qadar erta elektrokardiostimulyatsiyani yo‘lga qo‘yish; ✓ asistoliya sababini korreksiyalash va bartaraf etish (massiv O‘ATE, yurak tamponadasi, gipovolemiya va boshqalar). #TÕ | #Reanimatsiya ━━━━━━━━━━━━━━ FOYDALI TIBBIY BLOG: @KASALLIKLAR_UZ

👆👆👆

Uch og’ayni botirlar
Uch og’ayni botirlar

Dinamika

Final stentsiz, ballonsiz

Tromb aspiratsiya qilindi
Tromb aspiratsiya qilindi

Guide Wire o’tkazilgach tromb katta bo’lgani uchun tomir o’zani tiklanmadi

RCA distali yopilgan
RCA distali yopilgan

Vapshe jiddiysi. STEMI JT bn

TO‘SATDAN O‘LIM: 1-QISM (XKT-10: 146.1 shifri bilan) 🩺 Ta’rifi: Hushsizlik, arterial bosim va uyqu arteriyalarida pulsning y
TO‘SATDAN O‘LIM: 1-QISM (XKT-10: 146.1 shifri bilan) 🩺 Ta’rifi: Hushsizlik, arterial bosim va uyqu arteriyalarida pulsning yo‘qligi, teri qoplamlari rangpar, mustaqil nafas olishning yo‘qligi yoki to‘xtashi, kengaygan, yorug‘likka reaksiya qilmaydigan qorachiqlar. 🩺 Patogenezi: To‘satdan koronar o‘limning sabablari: qorinchalar fibrilyatsiyasi (80% hollarda), asistoliya yoki elektromexanik dissotsiatsiya, kardiomiopatiya (10-20%). Asistoliya (yurak to‘xtashi) — qorinchalar qisqarishining to‘liq to‘xtash holati, odatda qorinchalar fibrillyatsiyasining uzoq muddatli davrlarida bo‘lganidek, yurak to‘qimalarida yuqori energetik fosfat zaxirasining kamayishi natijasida uning elektrik faolligi yo‘qligidan guvohlik beradi. Asistoliya miokard tonusi saqlanganida to‘satdan (reflektor) yuzaga kelishi mumkin yoki miokardning yaxshi tonusidagi kabi atoniyada ham sekin-asta rivojlanadi. Yurak to‘xtashining (reflektordan tashqari) sabablari gipoksiya, giperkapniya, atsidoz va asistoliya rivojlanish jarayonida o‘zaro ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan elektrolit balansining buzilishidir. Mazkur holatda asosiy patogenetik jihati gipokalsiyemiya ta’siri ostida mushak qisqarishi uchun zarur bo‘lgan energiya ajratilishi bilan ATF bo‘linishini katalizatsiyalaydigan miozin fermentativ faolligining pasayishi hisoblanadi. 🩺 Tasnifi: Yurak to‘xtashining uch turi mavjud: 1) qorinchalar fibrillyatsiyasi; 2) elektromexanik dissotsiatsiya; 3) asistoliya. 🩺 Belgilari: Sabablaridan qat’iy nazar qon aylanishining to‘satdan to‘liq to‘xtashi, odatda 15 soniya davomida hush yo‘qotishga olib keladi. Periferiya va uyqu arteriyalarida pulsning hamda arterial bosimning yo‘qligi teri qoplamlarining rangparligi. Agonal nafas, apnoz va qorachiqlarning maksimal kengayishi 30-60 soniyada boshlanadi. EEGda izoelektrik chiziq 15-30 soniya davomida paydo bo‘ladi. 🩺 Differensial diagnoz: Klinik o‘limni biologikdan farqlash lozim. Biologik o‘lim belgilari: murdaning sovib qolishi, murda dog‘lari, mushuk ko‘zi simptomi. 🩺 Alohida e’tibor qaratish lozim: Qorinchalar fibrillyatsiyasi kutilmaganda rivojlanadi, simptomlar navbat bilan paydo bo‘ladi: uyqu arteriyalarida pulsning yo‘qolishi, hushsizlik, tana mushaklarining bir martalik tonik qisqarishi, nafas buzilishi va to‘xtashi. O‘z vaqtida o‘tkazilgan yurak-o‘pka reanimatsiyasiga ijobiy, yurak-o‘pka reanimatsiyasi to‘xtatilishiga tez salbiy reaksiya. O‘pka arteriyasining massiv tromboemboliyasida elektromexanik dissotsiatsiya kutilmaganda rivojlanadi (ko‘pincha jismoniy kuchlanish vaqtida) va nafas to‘xtashi, hushsizlik va uyqu arteriyalarida pulsning yo‘qolishi, tananing yuqori qismida keskin sianoz, bo‘yin venalarining shishi bilan namoyon bo‘ladi. O‘z vaqtida boshlangan yurak-o‘pka reanimatsiyasida uning samaradorligi belgilari aniqlanadi. Miokard yorilishi va yurak tamponadasida elektromexanik dissotsiatsiya odatda cho‘zilgan retsidivlanadigan anginoz xuruj fonida to‘satdan rivojlanadi. Yurak-o‘pka reanimatsiyasi samaradorligi belgilari yo‘q. Pastki tana qismlarida gipostatik dog‘lar tez paydo bo‘ladi. 🩺 Diagnoz mezonlari: Hushsizlik, uyqu arteriyalarida pulsning va arterial bosimning yo‘qligi, teri qoplamlari rangpar, nafas to‘xtashi, kengaygan, yorug‘likka reaksiya qilmaydigan qorachiq. #TÕ | #Reanimatsiya ━━━━━━━━━━━━━━ FOYDALI TIBBIY BLOG: @KASALLIKLAR_UZ

photo content

photo content

O'KS va Miokard infarkti
✅O'tkir koronar sindromda birinchi yordam ✅Miokard infarkti ☎️ https://t.me/medical_xpress

📸📸📸📸 Bor mavzular ketma-ketligi Bir umr kerak bòladigan ma'lumotlar eng sònggi davolash usullari bilan ! 🤩 Gastrointestinal sistema 1️⃣🔤Gastrointestinal farmakologiya 2️⃣🔤 Oshqozon ichak yara kasalligi 3️⃣🔤Surunkali gaktritlar 4️⃣🔤 Òt tosh va diskneziyalar 5️⃣🔤Surunkali gepatitlar 6️⃣🔤Surunkali pankreatitlar 7️⃣🔤Malabsorbsiya Seliakiya 8️⃣🔤 Laktoza yetishmovcgiligi Ekssudativ enteropatiyalar 9️⃣🔤 Surunkali enterokolit 1️⃣0️⃣🔤Surunkali yarali kolit Kron kasalligi 👅🩸Ayirish sistemasi kasalliklari 1️⃣1️⃣🔤Siydik yòllari infeksiyalari, sistit 1️⃣2️⃣🔤Pielonefrit 1️⃣3️⃣🔤 Glomerulonefrit 1️⃣4️⃣🔤 Dismetabolik nefropatiyalar Oksalatli, uratli nefropatiya 1️⃣5️⃣🔤Tubulopatiyalar 1️⃣6️⃣🔤 Surunkali buyrak yetishmovchiligi Ulashish esdan chiqmasin 😉😉😉 ☎️ https://t.me/PACEMAKER_1

Repost from PACEMAKER | 2.0 |
📸📸📸📸 Bor mavzular ketma-ketligi Bir umr kerak bòladigan ma'lumotlar eng sònggi davolash usullari bilan ! 🤩 Gastrointestinal sistema 1️⃣🔤Gastrointestinal farmakologiya 2️⃣🔤 Oshqozon ichak yara kasalligi 3️⃣🔤Surunkali gaktritlar 4️⃣🔤 Òt tosh va diskneziyalar 5️⃣🔤Surunkali gepatitlar 6️⃣🔤Surunkali pankreatitlar 7️⃣🔤Malabsorbsiya Seliakiya 8️⃣🔤 Laktoza yetishmovcgiligi Ekssudativ enteropatiyalar 9️⃣🔤 Surunkali enterokolit 1️⃣0️⃣🔤Surunkali yarali kolit Kron kasalligi 👅🩸Ayirish sistemasi kasalliklari 1️⃣1️⃣🔤Siydik yòllari infeksiyalari, sistit 1️⃣2️⃣🔤Pielonefrit 1️⃣3️⃣🔤 Glomerulonefrit 1️⃣4️⃣🔤 Dismetabolik nefropatiyalar Oksalatli, uratli nefropatiya 1️⃣5️⃣🔤Tubulopatiyalar 1️⃣6️⃣🔤 Surunkali buyrak yetishmovchiligi Ulashish esdan chiqmasin 😉😉😉 ☎️ https://t.me/PACEMAKER_1

photo content

photo content

photo content
+1

رسالة فيديو00:12

EKG dinamika
+1
EKG dinamika