cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti | rasmiy kanal

Buxoro davlat Pedagogika instituti Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti rasmiy kanali. ✅ Fakultet dekani S.S.Hamroyev ga aloqa bot manzili: 📬 @BuxDPI_PIFF_murojaat_bot Fakultet matbuot kotibasi: Gulbahor Sulaymonova @SGS_YAGMUR

إظهار المزيد
Uzbekistan34 770لم يتم تحديد اللغةالتعليم77 812
مشاركات الإعلانات
907
المشتركون
-424 ساعات
-137 أيام
-2130 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

02:13
Video unavailableShow in Telegram
#BuxDPI #Buxoro_MTRK #OAV Diyor yangiliklari dasturi: Buxoro davlat pedagogika instituti rektori, Xalq deputatlari Buxoro shahar kengashi deputati Bahodir Ma’murov tashabbusi bilan Buxoro shahrining kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalardagi 10 nafar bolajonning sunnat to‘yi o‘tkazildi. Shuningdek, institutda Sadriddin Salim Buxoriy va Samad Azimov nomidagi o‘quv xonasi ochildi. 🎥 Batafsil videolavhada Telegram | Veb-sayt | Facebook | Instagram
إظهار الكل...
0607.mov74.76 MB
👏 1
إظهار الكل...
Ota mehridan afzal, ustoz jabri!

Qurbonova O‘lmasoy Usmonovna.  Buxoro davlat pedagogika instituti  Pedagogika kafedrasi dotsenti. Ota mehridan afzal, ustoz jabri! Dunyoda shunday kasb egalari borki, ularsiz hayotimizni tasavvur qilish qiyin. O‘qituvchilar, hayotimiz charog‘bonlaridir. Kim bo‘lmaylik, qaysi sohada faoliyat yuritmaylik, barchamizga muallimlar ta’lim va tarbiya berishgan. Xalqimizda "Ustoz otangdek ulug‘", degan naql bor. Kimki bu hayotda biror yutuqqa erishsa, kasbidan e’zoz topsa, uning qalbida ustozlariga, birinchi o‘qituvchisiga…

👍 2👏 2
Photo unavailableShow in Telegram
🗣 Abituriyentlar uchun muhim sanalar ▫️ 5-25-iyun — abituriyentlarni ro'yxatga olish; ▫️1-25-iyul — ijodiy imtihonlar; ▫️14-28-iyul — kirish test sinovlari; ▫️29-iyuldan 12-avgustgacha — abituriyentlar universitet, yo‘nalish, o‘qish shakli va ustuvorligini tanlaydilar. ✅ Bizni kuzatishda davom eting! Telegram 📱Instagram 📱Facebook
إظهار الكل...
👍 1
إظهار الكل...
BUXORONING YUKSALISH STRATEGIYASI BELGILANDI

BUXORONING YUKSALISH STRATEGIYASI BELGILANDI           Xalqimiz yetakchisi Shavkat Mirziyoyevning qadimiy va navqiron abadiyat shahri boʻlgan Buxoroyi Sharifga tashrifi buxoroliklar koʻpdan beri kutgan tashrif boʻldi. Buxoro qadimdan diniy va ilmiy bilimlar taraqqiy etgan markaz sifatida islom olamida muhim oʻrin egallab kelgan. Tan olish kerakki, qadimiy Buxoro katta eʼtibor, fidoiylik, vatanparvarlik va yurtga sadoqatning xalqchil namunasini kutayotgan edi. Bu esa Prezident tashrifi va maxsus Buxoro uchun…

👍 3 1👏 1🤩 1
Repost from Edu.uz
30:04
Video unavailableShow in Telegram
#qabul2024 #uzbekiston24 “O‘zbekiston 24” telekanalida Oliy talim fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligi mas’ullari 2024-2025 o‘quv yili qabul jarayonlaridagi muhim o‘zgarish va yangiliklar haqida ma’lumot berdilar.
Yuqoridagi video orqali quyidagi savollarga javob topishingiz mumkin.
02:55 ➡️Kasbiy ijodiy imtihonlar bu yil qanday o‘tadi? 05:22 ➡️Chet tili imtihonlarida qanday o‘zgarish bor? 06:18 ↪️Kvotalar taqsimlanishi joriy yilda qanday amalga oshiriladi? 09:25 ➡️Joriy yilda talabalarga qanday qo‘shimcha imtiyozlar beriladi? 10:35 ➡️Ijtimoiy grant nima degani? 12:55 ↪️OTMga kira olmaganlar professional ta’lim tashkilotlariga qanday qabul qilinadi? 14:00 ↪️Davlat grantini bir o‘quv yili uchun ajratish jarayoni qanday amalga oshiriladi? 15:38➡️ Kirish imtihonlari qanday tartibda o‘tkaziladi? 16:58 ➡️Bu yil qancha abituriyent oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun hujjat topshirishi prognoz qilinmoqda? 17:35 ↪️Yoshlar qaysi sohalarda ko‘proq qiziqish bildiryapti? 18:30 ➡️Nima uchun abituriyentlar soni yildan yilgacha oshib bormoqda? 19:14 ➡️OTMlari va talabalar soni nechta? 22:10 ↪️O‘zbekiston OTMlarining QS reytingiga kirishining ahamiyati nimada? 25:40 ↪️Magistraturaga qabulda qanday o‘zgarishlar kiritildi? 27:03 ➡️Qabul jarayonida abituriyentlar nimalarga e’tibor qaratishi kerak?
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
إظهار الكل...
888888.mp495.26 MB
02:51
Video unavailableShow in Telegram
#BuxDPI Inson qadri uchun Mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda o‘zaro mehr-oqibat, hamjihatlik va xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbarining “2022 – 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida ta’kidlangan “Aholi o‘rtasida huquqiy madaniyatni shakllantirish bo‘yicha huquqiy-ma’rifiy tadbirlarni xalqimizning boy tarixi, ilmiy-madaniy merosi, milliy-diniy qadriyatlarni o‘rgatish bilan uyg‘un holda tashkil qilish, o‘zbek xalqining milliy qadriyatlari va ma’naviy merosini asrab-avaylash, keng ommalashtirish hamda rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash”dan kelib chiqib, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning har tomonlama qoʻllab-quvvatlanishi “Inson qadri uchun” tamoyili asosida olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlarning natijasidir. Buxoro davlat pedagogika instituti rektorining tashabbusi bilan shahrimizning kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalardagi 10 nafar bolajonning sunnat to‘yi o‘tkazildi. O‘zbek xalqining milliy qadriyatlari va ma’naviy merosini asrab-avaylash, keng ommalashtirish hamda rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xayriya sunnat to‘yida institut jamoasi, nuroniylar, to‘y bolalarning yaqinlari ishtirok etib, jajji va beg‘ubor bolajonlarni sunnat to‘yi bilan muborakbod etib, ular haqlariga duo qildi. So‘ng jajji bolajonlar va ularning ota-onalariga to‘yona va sovg‘alar berildi. Bu to‘y jajji o‘g‘lonlar xotirasida yaxshilik, mehr-saxovat ramzi sifatida bir umrga muhrlanib qoladigan bo‘ldi. Telegram | Veb-sayt | Facebook | Instagram
إظهار الكل...
102.58 MB
#BuxDPI Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi "Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi boʻgʻin sifatida ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PF-209- son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-may – 1-iyun kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi davomida "Mahalla yettiligi" tizimi faoliyatini tubdan yaxshilash hamda samaradorligini oshirish borasida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda Buxoro davlat pedagogika instituti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur memorandum ta'lim va tadqiqotlar jarayonlarida yangi texnologiyalardan foydalanish, "Mahalla yettiligi" tizimi samaradorligini oshirish borasida ilm-fan sohalari boʻyicha tajriba va ma'lumot almashish, mutaxassislar tayyorlash, professor-oʻqituvchilar va ilmiy xodimlarning ilmiy, ijtimoiy, ta'lim va siyosiy jarayonlardagi faoliyatini kuchaytirishni oʻz ichiga oladi. Telegram | Veb-sayt | Facebook | Instagram
إظهار الكل...
إظهار الكل...
Buxoro tajribasi – sadoqat namunasi

Buxoro tajribasi – sadoqat namunasi Xabaringiz bor, Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning kuni kecha viloyatimizga tashriflari chog’ida belgilab berilgan ustuvor vazifalar qadim Buxoroning yaqin istiqboldagi rivojlanish strategiyalarini o’zida mujassam etadi. Xususan, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha o’tkazilgan yig’ilishda Davlatimiz rahbari viloyatimizni kambag’allik, ishsizlik va jinoyatdan xoli hududga aylantirish hamda boshqa bir qator muhim sohalarda “Buxoro tajribasi”ni yaratishni…

👍 3👏 1🤩 1

👍 5