cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Maktab ta'limi metodlari.

Bu kanalda siz maktab ta'limga oid materiallar bilan tanishishingiz mumkin. InShaAllah barchamiz uchun manfaatli bo'ladi. REKLAMA UCHUN: 👇👇👇 ga murojaat qilishingiz mumkin. @Rano_Yusufjonovna

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
362
المشتركون
+124 ساعات
-97 أيام
-130 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

O‘quvchilar yozgi ta'tilni unumli o’tkazishlari uchun tavsiyalar O’quv yili tugagach, o'quvchilar birinchi navbatda qanday dam olishni o'ylaydi. Yozgi ta'til haqiqatan ham dam olish vaqti bo'lsa-da, o’quvchilar shaxsiy rivojlanish uchun ko'plab imkoniyatlarni e'tibordan chetda qoldirmasliklari kerak. Bolalar vaqtni to’g’ri boshqarib, ta’tilni qiziqarli mashg'ulotlar bilan o'tkazishlari bilan birga foydali bo'lishi mumkin bo'lgan yangi narsalarni o'rganishlari mumkin. Yangi til o’rganish Chet tillarni bilish bizga turli madaniyatlar va turmush tarzini bilish imkonini beradi. Bundan tashqari, bu chet elda o‘qish, yangi biznes hamkorlik yoki mavjud hamkorlikni yaxshilash yo‘llari kabi qator imkoniyatlarni ochib beradi. Til o'rganish ko'p vaqt va kuch talab qilganligi sababli, yozgi ta’til bolalar uchun ideal davrdir. Yangi ko'nikmalar hosil qilish Qanday qilib bir vaqtning o'zida foydali ish bilan shug'ullanayotganda dam olish ham mumkin? Agar bolalar qiziqadigan sevimli mashg'ulotlari bilan shug’ullansa, ular samarali hordiq oladi. Buning uchun ularning qiziqishlari va moyilliklarini qo'llab-quvvatlash kerak. Chunki sevimli mashg’ulot majburiyati ko'p foydali ko’nikmalarlar (sabr-toqat, intizom, topqirlik va boshqalar) shakllanishiga xizmat qiladi. Kutubxonada vaqt o’tkazish Yozgi ta’tilni foydali o‘tkazish yo‘llari haqida gapiradigan bo‘lsak, kitoblar mavzusini chetlab o'tib bo’lmaydi. Kitob o’qish yozning eng yaxshi va foydali mashg'ulotlaridan biri hisoblanadi. O'qish yolg'izlikdagi mashg'ulot bo'lishi shart emas. Kitobxonlar klublarida o’z tengdoshlari bilan uchrashib, o'zlarining sevimli asarlari haqida fikr almashishlari, yangi do’stlar orttirishlari mumkin.
إظهار الكل...
Zerikkan paytda kirilsin.pdf5.95 KB
👍 4
01:58
Video unavailableShow in Telegram
48200975_1193687832067892_3423325011589100446_n.mp413.23 MB
Farzandingiz maktabda o‘rganganlarini unutmasligi uchun yozgi ta’tilni qanday o‘tkazish kerak? Yoz oylarida ota-onalarning beparvoligi sabab bolalar ta’tilning birinchi haftasidayoq butun dasturni unutishadi. Uch oy ichida butun yil davomida o‘qigan mavzularni unutish dargumon, ammo baribir darslarni takrorlash kerak. Bilimlarni saqlaymiz va oshiramiz Yoz uchun hech qanday qoidalar va vazifalar yo‘qligi sababli qanday strategiyani tanlash muhim rol o‘ynaydi — yil davomida o‘tilgan darslarni takrorlang yoki yangi narsalarni o‘rganing. Birinchi navbatda takrorlamoqchi bo‘lgan narsalar va mavzular ro‘yxatini tuzing. Bu qayta ko‘rib chiqilishi kerak bo‘lgan murakkab mavzular bo‘lishi mumkin. Bu holda repetitor yoki kurslar yordamida takrorlash foydali bo‘ladi. Ikkinchi navbatda bolalar bilan nimani bilishni xohlashlarini muhokama qilishingiz mumkin. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, bolalarning 70 foizi ta’til paytida yangi narsalarni o‘rganishni xohlaydi. Ular rasm chizish, sport, dasturlash, shaxmat bilan shug‘ullanishni, raqamli kasblarni — videobloglar, dizayn, 3D modellashtirishni o‘rganishni istaydi. Shuning uchun yozda siz maktab mavzulariga emas, balki shunchaki qiziqarli mavzularga e’tibor berishingiz kerak Noodatiy shug‘ullaning
إظهار الكل...
Osmonga tuflama yuzinga tushar, Oʻzgaga tosh otsang uzinga tushar. Bandani uzingday kura olmasang, Bir kun uning kuni boshinga tushar. Ozor berib kimning koʻnglin gʼashlasang, Vafo qilmay doʻstning koʻzin yoshlasang. Salomga aliksiz ishing boshlasang, Bilki, yomon kunlar boshinga tushar. Sanoni aytishga qilmasang toqat, Nafsga qul bulsang, bermasang roxat. Otangning gapiga etmay itoat, Bir kun otang kuni boshinga tushar. Qaytar dunyo ekan, kelgusi qaytib, Yashashda davom et bismillah aytib. Oʻzgani oʻzingday sevolsang bilib, Omon-omon kunlar boshinga tushar. © Ilhom Shams
إظهار الكل...
👍 4
1. Yoz — sogʻlom turmush tarzini yoʻlga qoʻyish vaqti Bugun farzandining sogʻlom boʻlib voyaga yetishini xohlagan ota-onalar uchun deyarli hamma imkoniyatlar bor. Shahringizda, hatto qishloqlarda ham, karate, suzish, yoki boshqa bir sport toʻgaragini topish mumkin. Biroq bu yozda balki bolangizga oʻzingiz trenerlik qilarsiz? Har kuni 60 daqiqa u bilan jismoniy mashqlarni bajarishga, kun tartibi tuzib, birgalikda sogʻlom ovqat ratsioniga rioya qilishga, bu jarayonda bir-biringizni nazorat qilishga nima deysiz?  2. Yoz — kitoblar bilan doʻstlashish vaqti Har kuni 1 soat kitob oʻqish bolalarning oʻqib tushunish qobiliyatini rivojlantiradi. Qiziqarli hikoya, ertak yoki romanlarni oʻqish uning tasavvur olamini kengaytiradi. Unga oʻzingiz yordam berishingiz, birgalikda oʻqishingiz va taassurotlari bilan tanishib borishingiz mumkin.  3. Yoz — dunyoni oʻrganish vaqti Yozgi taʼtil dunyoni kuzatish orqali kashf qilish mumkin boʻlgan eng munosib payt. Farzandingizga koʻchada koʻproq oʻynashiga ruxsat bering. Oilaviy doʻstlaringiz va ularning farzandlari bilan birgalikda piknik uyushtiring.  4. Yoz — yosh sanʼatkorlarni kashf qilish vaqti Ularga yaratish, ijodiy va innovatsion koʻnikmalarni rivojlantirishga yordam bering. Birgalikda qoʻshiq ayting, raqsga tushing, rasm chizing. eng kamida, moyboʻyoq olib bering.  5. Balki kundalik yuritarmiz? Farzandingizni shaxsiy kundalik yuritishga qiziqtiring. Bu bolalarning oʻz fikrini tizimli tarzda bildira olish, oʻz dunyosini kashf qilish, kechinmalarini, rejalarini, maqsadlarini qogʻozga tushira olish koʻnikmasini shakllantiradi.  Maktab ta'limi metodlari. Kanalga do'stlaringizni taklif qiling.RA'NOXON QURBONOVA: https://t.me/RQ_1994
إظهار الكل...
10. Yoz — bolalar bilan pishir-kuydir qilish vaqti Ovqat pishirishni oʻrganish va qozon-tovoqqa muhabbat bir qaraganda bola uchun oʻrganilishi kerak boʻlmagan ishdek tuyulishi mumkin. Biroq siz ular bilan birgalikda ovqat pishiring. Ularga oshxonada tajribalar oʻtkazishiga, yangi taʼmlarni kashf qilishiga imkon bering. Bu kelajak uchun foydali koʻnikma boʻladi. Ovqat pishirish boʻlajak olim yoki biznesmen uchun yaxshi hobby boʻlishi mumkin.  11. Kutubxonaga boramiz Kutubxona faqatgina kitob oʻqiydigan joy emas. Kitoblarni uyda oʻtirib ham oʻqish mumkin. Biroq kutubxona, yuzlab odamlarning kitoblar olamiga shoʻngʻib ketganini tomosha qiladigan va bundan motivatsiya oladigan joy. Bolalaringiz bilan yozda kutubxonaga ham borishni unutmang.  12. Mazza qilib kir boʻlamiz Baʼzida shunchaki qum, loy oʻynashganda zavqliroq narsa yoʻq. “Yuksak madaniyatli inson” rolidan biroz voz kechib, bolalarga xohlagancha kir boʻlish, yozni his qilish imkonini bering.  Maktab ta'limi metodlari. Kanalga do'stlaringizni taklif qiling.RA'NOXON QURBONOVA: https://t.me/RQ_1994
إظهار الكل...
6. Chegara bilmas kreativlik Agar inson ijodkor boʻlsa, hatto oddiy tosh bilan ham sanʼat asari yaratishi mumkin. Tosh esa topish eng oson boʻlgan narsa. Bolalaringizga toshdan shunday ajoyib “doʻstlar” yaratish mumkinligini koʻrsating. Tez orada, uning oʻzi yaratgan yuzlab doʻstlari boʻladi.  7. Hech boʻlmaganda, birgalikda yulduzlarni tomosha qilish mumkin Oila bilan tungi osmonni tomosha qilish, koinot jismlari bilan bolalarni tanishtirish ular uchun unutilmas bolalik xotiralarini qoldirishi mumkin.  8. Eng qiziq kinolarni taʼtilda koʻrmasak, qachon koʻramiz? Uyda kinoteatr tashkil qiling. oʻzingiz yoki doʻstlari bilan birgalikda eng qiziqarli, kino yoki multfilmlarini tomosha qilishi uchun sharoit yaratib bering. Tomoshadan keyin taassurotlarini soʻrang.  9. Yozgi taʼtilda yaratilgan bogʻ Ekin-tekin ishlari, bogʻ ishlari bolalar uchun tabiat bilan yaqinlashishga koʻmaklashishi mumkin. Ularga biror oʻsimlikni ekishga, joyidan koʻchirishga, yoki payvand qilishga imkoniyat bering. Oddiygina, oʻsimliklarni sugʻorish ham, ularga jonli tabiatni koʻproq oʻrganishga yordam beradi. Maktab ta'limi metodlari. Kanalga do'stlaringizni taklif qiling.RA'NOXON QURBONOVA: https://t.me/RQ_1994
إظهار الكل...
👍 1
13. Baʼzida ilm-fanni ham “oʻynab” turing Yozgi taʼtil paytida bolalar uchun tajriba oʻtkazish va ilmiy tadqiqotlar qilishga yaxshi imkoniyat mavjud. Masalan, soda va sirkani aralashtiring, toshlarni taqqoslang. Siz farzandingiz bilan ilm-fan bilan bogʻliq koʻplab qiziqarli tajribalarni bajarishingiz mumkin. Google ushbu tadbirlar roʻyxatini olish va yozgi mavsumni eksperimental mavsumga aylantirish uchun sizga yechim boʻla oladi.  14. Yoz osmoni va varraklar Yoz keng maydonda varrak uchirib zavqlanishning ayni vaqti. Bolangiz ham oʻzingiz ham xursand boʻlasiz. Varrakni birgalikda yasang. Bu undan ham qiziq boʻladi.  15. Oilaviy vaqt. Bu yozda oilangiz bilan birga vaqt oʻtkazishni rejalashtiring. Oila va bobo-buvilar bilan birga oʻtkazilgan lahzalar har doim bebaho va esda qolarli.  16. Yozgi fotoalbom katta fotoalbom sotib oling. Oilangiz bilan sayohatlarga boring. Va har bir sayohat fotoalbomdan joy olsin. Fotoalbomni bolalaringiz ham toʻldirishga harakat qilsin. Rasmlarning yoniga birgalikda izoh yozing. Bundan-da yaxshiroq esdalik boʻlmasa kerak. Maktab ta'limi metodlari. Kanalga do'stlaringizni taklif qiling.RA'NOXON QURBONOVA: https://t.me/RQ_1994
إظهار الكل...
Yozgi ta'til ssenariysi Bolalar har yilgi yozgi taʼtilni intiqlik bilan kutishadi. Goʻyo bu taʼtil ular uchun hayotlarini tubdan oʻzgartirib yuboradigan qandaydir sarguzashtlarni yetaklab keladigandek. Yozgi taʼtilning yaqinlashishi ota-onalar uchun ham alohida bosh qotirishni talab qiladi: “Bu yozdan bolalar bilan qanday qilib zerikishsiz chiqib olish mumkin, qanday qilib ularni ham xursand qilish, ham foydali mashgʻulotlar bilan band boʻlishlarini taʼminlash mumkin”. Biroq, koʻpchilik ota-onalar yoz bolalar uchun oʻzlashtirilmay qolib ketgan chet tili kurslari yoki matematikani oʻzlashtirish vaqti boʻlib xizmat qilishi kerak deb oʻylashadi. Biroq oʻzingizni farzandingizning oʻrniga qoʻyib koʻring, “endi maktab tugadi deb quvonganimda yana darslarmi!?” degan boʻlar edingiz. Quyida sizga farzandingiz uchun ham qiziqarli, ham foydali boʻladigan, eng muhimi ota-ona va farzand oʻrtasida yana-da iliq munosabatni shakllantiradigan “Yozgi taʼtil ssenariysi”ni taqdim etamiz. Maktab ta'limi metodlari. Kanalga do'stlaringizni taklif qiling. https://t.me/RQ_1994
إظهار الكل...
👍 1