cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

TATU-Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi | Rasmiy kanal

Ushbu kanalda siz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar hamda yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin!

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
2 811
المشتركون
-924 ساعات
-257 أيام
-11430 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

#Yaponiya #Xalqaro_hamkorlik 🇯🇵 Friendship Association of Nagoya va TATU Nurafshon filiali o'rtasida anglashuv memorandumi imzolandi ✉️ Joriy yilning 12-iyun kuni Nagoya shahrida bo'lib o'tgan tantanali marosimda Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nurafshon filiali direktori Nurbek Nasrullayev va Friendship Association of Nagoya rahbari Shamoto Yosuke janoblari o'rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Ushbu memorandum ikki tashkilot o'rtasida hamkorlikni rivojlantirish, bilim va tajriba almashish hamda madaniy aloqalarni mustahkamlash maqsadida imzolandi. ✅ TATU Nurafshon filiali va Nagoya o'rtasidagi anglashuv memorandumi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashda muhim qadam bo'lib, bu hamkorlik nafaqat universitetlar o'rtasidagi, balki butun jamiyat o'rtasidagi aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu memorandumning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi bilan ikki mamlakat o'rtasida yangi imkoniyatlar yaratilishi kutilmoqda. ✈️@tuituz_official
إظهار الكل...
🏆 4👍 1
#stajirovka 👥 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Kompyuter injiniringi fakulteti dekani T.Kuchkorov hamda tayanch doktorant T.Ochilov Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan o’tkazilgan yosh olimlarni xorijiy yetakchi tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish tanlovida g’olib bo’lib, hozirda xalqaro QS reytingida TOP-700 o’rindagi Pragadagi Chexiya hayot fanlari universitetida (Czech university of Life Sciences Prague) uch oylik ilmiy stajirovka o’tashmoqda. ✅ Ilmiy stajirovka tadqiqot yo’nalishi sifatida raqamli qishloq xo’jaligi uchun sun’iy intellekt ilovalari, sun’iy yo’ldosh va UAV tasvirlariga ishlov berish, geoaxborot texnologiyalari, masofadan zondlash kabi yo’nalishlar belgilangan bo’lib, universitetning “Engineering” fakulteti yetakchi professori Jitka Kumhalova bilan hamkorlikda tadqiqot olib borishmoqda. 🤝 Stajirvoka davomida “Axborot texnologiyalari”, “IoT” va “Qishloq xo’jaligida smart texnologiyalar” laboratoriyalariga tashrif buyurildi hamda “Engineering” fakulteti mas’ullari bilan ham uchrashuv tashkil qilinib, kelgusida universitet bilan hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirish yuzasidan muzokaralar olib boriladi. ✈️@tuituz_official
إظهار الكل...
👍 4
01:04
Video unavailableShow in Telegram
#TATU_OAV_Nigohida #TATU_SF 👥 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida "Milliy qadriyatlar sayli" bo'lib o'tdi. 📺 Shu haqida Samarqand telekanalining Kun xabarlari informatsion dasturi orqali reportaj tayyorlanib, efirga uzatildi. ✈️@tuituz_official
إظهار الكل...
4_KUN_XABARLARI_08.06.2024.mp420.78 MB
👍 2
#иқтибос Инсонга бир марта бериладиган ҳаётда у умридан, ўтган кунидан қониқиб яшаши керак. Виждонига хилоф иш қилмай яшаса – бундан улуғ бахт йўқ. Ҳар бир айтган сўзинг, ишинг ўзингнинг хоҳишингга мувофиқ бўлса – энг катта бахт шу! ✍️Эркин Воҳидов
إظهار الكل...
👌 2
#THE #GSDC ✅ Ayni vaqtlarda Tailandning Bangkok shahrida “Times Higher Education” xalqaro reyting tashkiloti tomonidan tashkil etilgan Global barqaror rivojlanish kongressi (“The Global Sustainable Development Congress”) bo’lib o’tmoqda. 🗒 Mazkur xalqaro kongressda yetakchi kompaniyalar, xalqaro ekspertlar ishtirokida - barqarorlik uchun xalqaro hamkorlik: Tailand oliy ta'lim tajribasi, 2030 yildan keyin barqaror kelajakni ta'minlashda ilm-fan, sanoat va innovatsiyalar, barqaror rivojlanishda  hamkorlikni yo'lga qo'yish va muammolar kabi mavzularda seminarlar tashkil etildi. Shuningdek, ko’rgazmalar zalining O‘zbekiston pavilionida Muhammad al-Xoramiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va boshqa yetakchi OTMlar o'z stendlari bilan ishtirok etmoqdalar. 👥 Shu bilan bir qatorda, TATU rahbariyati va tashkiliy qo'mita a'zolari (Times Higher Education” xalqaro reyting tashkilotining Buyuk Britaniya va Yevropa bo’yicha tijorat direktori) Lachin Italmazova, UNESCOning Bangkokdagi ofisi Ta'lim sifat nazorati bo'limi boshlig'i - Faryal Khan hamda  Education Worldwide India kompaniyasi menejeri - Siddharth Jain bilan bir qancha uchrashuvlar tashkil etilib, universitetning xalqaro reytingga kirishi yuzasidan olib boriladigan ishlar, xalqaro grant loyihalar, xorijiy talabalarni universitetga jalb etish masalalari muhokama qilindi. ✈️@taturektori
إظهار الكل...
👍 1
03:05
Video unavailableShow in Telegram
#OAV_nigohida #Nurafshon_TV 🎥 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filialida o'tkazilgan "Milliy qadriyatlar sayli" tadbiri yuzasidan Nurafshon TV telekanalida maxsus reportaj tayyorlanib, efirga uzatildi. 👩‍💻 nbtuit.uz |✈️ Telegram  |📷 Instagram | 📒Facebook
إظهار الكل...
NURAFSHON SHAHRI_MILLIY QADRIYATLAR SAYLI_10.06.2024.mp430.43 MB
👍 5 2❤‍🔥 1
01:09
Video unavailableShow in Telegram
#dam_olish_kunlari 📣 Rasman: Qurbon hayiti 16-iyun kuni nishonlanadi 🟢Qarorga ko‘ra, yurtimizda 16-iyun Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi. 🟢Dam olish kuni esa 17-iyun – dushanba kuniga ko‘chiriladi. 🟢18 iyun – seshanba kuni ham barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi. ✈️@tuituz_official
إظهار الكل...
11.47 MB
👍 2
#THE #GSDC ✅ Tailandning Bangkok shahrida “Times Higher Education” xalqaro reyting tashkiloti tomonidan tashkil etilayotgan Global barqaror rivojlanish kongressi (“The Global Sustainable Development Congress”)ning ochilish marosimiga tayyorgarliklar ishlari boshlandi. Mazkur xalqaro kongressda jami 850dan ortiq Vazirlik, tashkilot hamda yetakchi OTMlaridan jami 3000 nafar mutaxassilar ishtirok etishadi. Ko’rgazmalar zalida yetakchi mamlakatlar qatorida, O‘zbekiston pavilioni tashkil etilib, unda O’zbekistonning yetakchi 11 ta oliy ta’lim muassasasi, jumladan TATU ham ishtirok etmoqda. ✈️@tuituz_official
إظهار الكل...
8.41 MB
👍 5
#yozgi_maktab 🙋 2024-yilning 8-iyun sanasida Muhammad al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Musa Riskulbekov nomidagi Qirgʻiziston iqtisodiyot universiteti (KEU) talabalari uchun tashkil etilgan “Yozgi maktab”ning yakuniy uchrashuvi bo'lib o'tdi. ✅ KEU tomonidan yozgi maktabni muvaffaqiyatli tamomlagan 24 ta talaba-yoshlar hamda 3 nafar professor-o’qituvchilar sertifikatlar hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar. 🤝 KEU bilan tashkil etilgan mazkur uchrashuv Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universitetini o’quv va ilmiy hamkorlik faoliyatining debochasi sifatida xalqaro reytingda inobatga olinishi ko’zda tutilgan. ✈️@tuituz_official
إظهار الكل...
👍 2🔥 1
03:25
Video unavailableShow in Telegram
#ŏquv_mashqlar #TATU_OAV_nigohida ✅ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hududida favqulodda vaziyat sodir bo‘lganda aholini xavfsiz joylarga evakuatsiya qilishga doir amaliy-ko‘rgazmali o‘quv mashqlari o‘tkazildi. 📺 Shu haqida Toshkent teleradiokanali Poytaxt informatsion dasturi orqali maxsus reportaj tayyorlanib, efirga uzatildi. ✈️@tuituz_official
إظهار الكل...
27.51 MB
👍 2