cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Ilyos Safarov

Jurnalist Ilyos Safarovning rasmiy telegram sahifasi. 🇺🇿🇹🇷🇰🇿🇫🇷🇩🇪🇦🇹🇨🇭🇰🇬

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
6 711
المشتركون
+1424 ساعات
+357 أيام
-10330 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Yanayam kim biladi deysiz, balki, "kozer"lar allaqachon ishlatib bo'lingadir ham.
إظهار الكل...
🤣 98👍 9😁 3
Prezident administratsiyasi axborot siyosati departamenti boshlig‘i Komil Allamjonovning OAVda ko'rinmay qolgani bo'yicha yozilgan turli postlarga duch kelyapman. Kimdir uni AQSHdan siyosiy boshpana so'ragani haqida yozayotgan bo'lsa, yana kimdir Janubiy Koreyaga uchirib yuborgan. Postlarda go'yoki uning siyosiy umri tugaganiga ishora qilinmoqda. Mendan so'rasangiz, bu kabi postlar hech bir asosga ega bo'lmay, faqat shaxsiy taxminlarga asoslanib yozilmoqda. Chunki, Allamjonov bugungi hukumatda shunday o'rinda o'tiribdiki, bu o'ringa yetib kelish va ketish unchalik oson ish emas. Ya'ni u o'tirgan lavozim va bu lavozimda ega bo'lingan ma'lumotlar bilan birinchidan, shunchaki xorijga chiqib ketishi oson emas. Davlat bunga yo'l qo'yib qo'ymaydi. Siyosiy boshpana inchunun. Ikkinchidan, Komil Allamjonov siyosiy ambitsiyalari shunchalik yuqori kishiki, u bu ambitsiyalardan osongina voz kechishiga ishonish qiyin. Bunga qo'shimcha, tarmoqlarini hisoblab chiqishning o'zi oson bo'lmagan bizneslar masalasi bor. Uchindan, o'ylashimcha, Allamjonov o'ziga keladigan qandaydir xatarlarga qarshi qimmatli "kozer"larga ham egaki, ularning qachondir o'yinga tashlanishi uning ketishidan ko'ra qimmatroqqa tushishi mumkin. Qandaydir o'zgarishlardan avval bu jihatlar jiddiy hisoblab chiqiladi. Xullas, men ishonmadim. Aytgancha, post Allamjonovga qo'llov sifatida yozilmadi. Shunchaki, reallikdagi asoslar taxminlardan ko'ra ko'proq tosh bosyapti. @haqiqatdaIlyos
إظهار الكل...
👌 56👍 24🤔 23😁 4👎 3 3🥰 1🤓 1
Repost from Vatandosh TV
Photo unavailableShow in Telegram
#AES #jinoyat #Turkiya ⚡️ Turkiyada “Rosatom”ning AES qurilishi uchun olgan pullari hibsga olindi Davlat korporatsiyasi rahbari Aleksey Lixachev “Rossiya 1” telekanaliga bergan intervyusida Rossiya-Turkiyaning eng yirik sarmoyaviy loyihasi bo‘lgan “Akkuyu” AES qurilishi uchun “Rosatom” Turkiyaga o‘tkazayotgan pullar hibsga olinayotganini xabar qilgan. Top-menejerning so‘zlariga ko‘ra, mablag‘larni olib qo‘yish uchun "Rosatom" bilan ishlaydigan "yuridik shaxslar va banklar o‘rtasida" bo‘lgan "amerikaliklar" javobgardir. Turkiyada qiymati 25 milliard dollarga baholangan va to‘liq Rossiya tomonidan to‘lanadigan atom elektr stansiyasi loyihasini amalga oshirishga sanksiyalar to‘sqinlik qilmoqda, deya tan oldi Lixachev. “Rosatom”ning o‘zi Gʻarbning cheklovchi choralari ostida bo‘lmasa-da, uning bir qancha shoʻba korxonalari sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan. Ular orasida yadroviy qurilmalarni o‘rnatish texnologiyalarini ishlab chiquvchi “Atomstroy” AJ va uranni boyitish uchun syentrifugalar ishlab chiqaruvchi VPO “Tochmash” kompaniyalari bor. Moskva loyihani o‘zining “suveren jamg‘armalari” hisobidan to‘lamoqda, degandi prezident Vladimir Putin iyun oyida Fan va ta’lim bo‘yicha kengash yig‘ilishida. "Bularning barchasi Rossiya hisobidan", dedi Putin va hukumat tomonidan moliyalashtirishning bu darajasi "iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq" ekanligini ta’kidlagan. O‘zbekiston Atom energiyasi agentligi (O‘zatom) va “Rosatom” o‘rtasida respublikada kam quvvatli atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnomaning kuchga kirishi to‘g‘risidagi protokol imzolandi, uning infratuzilmasini yaratish kuzda boshlanishi xabar qilingan edi. Ma’lumki, Moskva O‘zbekistonga qariyb 13 milliard dollarga “3+” avlod ВВЕР-1200 ikkita zamonaviy blokidan stansiya qurishni taklif qilmoqda. Shu joyda savol tug‘iladi: Rossiya atom sanoati kompaniyalariga qo‘yilgan sanksiyalar O‘zbekistonda quriladigan AES qurilishi sur’atiga zarar yetkazmaydimi? Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube
إظهار الكل...
🤣 22👍 11🔥 3😁 2
Repost from Vatandosh TV
Photo unavailableShow in Telegram
#AES #jinoyat #Turkiya ⚡️ Turkiyada “Rosatom”ning AES qurilishi uchun olgan pullari hibsga olindi Davlat korporatsiyasi rahbari Aleksey Lixachev “Rossiya 1” telekanaliga bergan intervyusida Rossiya-Turkiyaning eng yirik sarmoyaviy loyihasi bo‘lgan “Akkuyu” AYeSi qurilishi uchun “Rosatom” Turkiyaga o‘tkazayotgan pullar hibsga olinayotganini xabar qilgan. Top-menejerning so‘zlariga ko‘ra, mablag‘larni olib qo‘yish uchun "Rosatom" bilan ishlaydigan "yuridik shaxslar va banklar o‘rtasida" bo‘lgan "amerikaliklar" javobgardir. Turkiyada qiymati 25 milliard dollarga baholangan va to‘liq Rossiya tomonidan to‘lanadigan atom elektr stansiyasi loyihasini amalga oshirishga sanksiyalar to‘sqinlik qilmoqda, deya tan oldi Lixachev. “Rosatom”ning o‘zi Gʻarbning cheklovchi choralari ostida bo‘lmasa-da, uning bir qancha shoʻba korxonalari sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan. Ular orasida yadroviy qurilmalarni o‘rnatish texnologiyalarini ishlab chiquvchi “Atomstroy” AJ va uranni boyitish uchun syentrifugalar ishlab chiqaruvchi VPO “Tochmash” kompaniyalari bor. Moskva loyihani o‘zining “suveren jamg‘armalari” hisobidan to‘lamoqda, degandi prezident Vladimir Putin iyun oyida Fan va ta’lim bo‘yicha kengash yig‘ilishida. "Bularning barchasi Rossiya hisobidan", dedi Putin va hukumat tomonidan moliyalashtirishning bu darajasi "iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq" ekanligini ta’kidlagan. O‘zbekiston Atom energiyasi agentligi (O‘zatom) va “Rosatom” o‘rtasida respublikada kam quvvatli atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnomaning kuchga kirishi to‘g‘risidagi protokol imzolandi, uning infratuzilmasini yaratish kuzda boshlanishi xabar qilingan edi. Ma’lumki, Moskva O‘zbekistonga qariyb 13 milliard dollarga “3+” avlod ВВЕР-1200 ikkita zamonaviy blokidan stansiya qurishni taklif qilmoqda. Shu joyda savol tug‘iladi: Rossiya atom sanoati kompaniyalariga qo‘yilgan sanksiyalar O‘zbekistonda quriladigan AES qurilishi sur’atiga zarar yetkazmaydimi? Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube
إظهار الكل...
Ba'zi hamkasblardan jurnalist Anora Sodiqovaning chiqishlariga nisbatan "populizm", "ming'irlash" degan munosabatni eshitib qolaman. Albatta, kimning chiqishiga qanday baho berish hammaning o'z ishi. Ammo aniqki, Anora Sodiqovaning faoliyati murosasoz, maddoh va o'z tinchi uchun vijdonini har kuni o'nlab marta sotadigan yuzlab jurnalistnikidek kir faoliyat, kir yashash emas. U bugun hech bo'lmaganda, murosasozlar qatoriga qo'shilib chopayotgani yo'q. Imkon yo'qligidan ko'p narsani yozolmayotgandir, ammo hech bo'lmasa, jurnalist nomini toza saqlab turibdi. Kir tizimning kir murvatiga aylangani yo'q. @haqiqatdaIlyos
إظهار الكل...
👍 129🔥 10💯 9😢 5 3😍 1
Muvaffaqiyatga erishganda bolalar hammaniki, unga butun O'zbekiston hukumati ota-ona, do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi bo'lib chiqadi. "Davlatimizda to'g'ri tashkil qilingan tizim natijasida bu yutuq qo'lga kiritildi", – mazmunidagi chiqishlarni tez-tez eshitib, ko'rib qolamiz. Lekin ko'chalarda o'layotgan bolalar uchun javob beradigan biror rasmiy shaxs, tuzilma yo'q. Bu masalalarga kelganda, negadir, intervyu beradiganlar topilmay qoladi. Xo'sh, yo'llarda o'layotgan bolalar uchun kim javob berishi kerak, bevaqt o'limlar kimning, qaysi notog'ri ishlayotgan tizimning aybi? Bu masalalalarga jim ko'nishimiz, shunday fojialarga o'rganishimiz kerakmi? Yutuqlarda maqtanganlar, o'limlarga kelganda vijdoningizng qiynalmayaptimi? Afsuski, bu ikkiyuzlamachi tizim farzandini yo'qotgan ota-onaga ta'ziya bildirishga-da yaramay qoladi. Kimningdir ta'ziyasini ko'rmay qolgan bo'lsam, uzr so'rashga tayyorman. Alloh o'tgan norasidalarning yaqinlariga sabr bersin. @haqiqatdaIlyos
إظهار الكل...
👍 83😢 36🔥 9💔 7🤔 1
Oʻzbekistondagi jazoni ijro etish muassasalari, tergov izolyatorlari va maxsus hibsxonalarda qiynoq, oʻlim holatlari odatiy holga aylangan. Xuddi 19-iyun kuni Bekobod shahar IIB binosiga olib borilgan 43 yoshli erkakning vafoti, kecha, 4-iyulda Rishton IIBga sog‘ holda olib kirilgan fuqaroning ichkarida hushini yo‘qotib, reanimasiyaga yotqizilgani va bunga qadar bo‘lgan yana o‘nlab shunday holatlar kabi. Ichki ishlar binosiga kirgan inson borki, uning tirik chiqishiga hech kim javob berolmaydi. Tizim shunchalik nazoratsiz, tartibsiz ishlamoqda. Bu tizimsizlik haqida bir necha yillardan beri gapirilib, eʼtiroz bildirib kelinayotganiga qaramay, afsuski, tartibga kelmayapti. Shulardan keyin savol tugʻiladi, 2017-yilda ichki ishlar vaziri lavozimiga kelarkan, Poʻlat Bobojonov soha uchun nima ish qildi, nimani oʻzgartirdi oʻzi? Bu inson qaysi sifatlari uchun 7 yildan buyon vazir sifatida ushlab turilibdi? Bobojonov davrida qaysi bir ish oxiriga yetkazildiki, bu bilan ichki ishlar va xalq oʻrtasida ishonch oshgan boʻlsa? – Sohaning moddiy texnik bazasi oʻzgarib ketdimi? – Kadrlar tayyorlash ishi yaxshilandimi? – Tergov jarayonlaridagi ahvolni yuqorida yozdim. – Mamlakatda jinoyatlar keskin kamaydimi? – Tizimga nisbatan xalq orasida hurmat oshdimi, qoʻrquv yoʻqoldimi? – Sohada mehnat qilayotganlarning mehnat sharoitlari yaxshilandimi? Xoʻsh, Ichki ishlar vazirligi tizimida islohot deya koʻrsatish mumkin boʻlgan, oxiriga yetgan biror ish, bajarilgan vazifa bormi? – Tergov izolyatorlari toʻla kameralashtirildimi, jarayonlar aytilgani kabi toʻla yozib olinyaptimi? – Hech boʻlmasa, yagona forma masalasi oxiriga yetdimi? Vazir Bobojonov xalq va hukumat oʻrtasidagi munosabatlar yaxshilanishi uchun nima qildi? Tizim islohotga muhtojligi haqida koʻp gapirilyapti, hamma gapiryapti. Ammo o'zgarish yo'q. Balki, endi tushunishar islohotlarni vazirlikka insonparvar, qonunparvar, ishchan, tartibli, qattiqqoʻl va yosh bir vazir olib kelishdan boshlash kerakligini. Chunki, bugun ma’lum bo‘ldi, Bobojonov bilan IIB tartibga kelmas ekan, u bilan tizimni isloh qilish mumkin emas ekan. U rahbar bo‘lgan tizimda o‘limlar to‘xtamas ekan. Aytgancha, O‘zbekiston hukumati 1995-yilda imzolagan mana bu konvensiyadan imzosini qaytarib olaversa ham bo‘ladi. Biz uni baribir ishlatmadik, ishlatolmadik. Hech bo‘lmasa konvensiyani bulg‘amaylik. @haqiqatdaIlyos
إظهار الكل...
👍 98🤬 7🔥 5 2
Photo unavailableShow in Telegram
Tashqarida harorat 40 darajadan kam emas. Buning ustiga, asfalt qoplama yerga tushayotgan quyosh nurlarini o‘zidan qaytarib, tabiiy haroratga qo‘shimcha issiqlik qo‘shmoqda. Ana shunday sharoitda tilanchilikka chiqqan ayollar qo‘lidagi go‘daklar ahvolini ko‘rish azobli. Sal avval Chilonzordagi Qozirabod masjidi yonida shunday bolalardan birining holatiga guvoh bo‘ldim. Bola suv-suv terlagan, issiqda qiynalayotganini tushuntirolmay faqat yig‘lamoqda. Onaning esa (u o‘zbek edi) bola bilan ishi yo‘q, uning dardi jumadan qaytguvchilardan iloji boricha ko‘proq ehson yig‘ishda. Urishib berganimdan keyingina o‘zini chetroqqa, suratda ko‘rinib turgan daraxt soyasiga oldi. O‘zbekistonda tilanchilik va bu faoliyatda bolalar mehnatidan foydalanish ko‘rsatkichi yildan-yilga oshib bormoqda. Ha, menda bu borada aniq statistika yo‘q, lekin yo‘llarda, masjidlar yonida bola ko‘targan tilanchilar soni yildan-yilga oshib borayotganini hech kim inkor qilmaydi. Rasmiylar uchun jamoatchilikka qarata tilanchilikni tugatish qiyin, bunday ota-onalar bilan ishlash oson emas, degan bahonalarni qilish osondir. Ammo bizga bahonalar emas, go‘daklarni azobga qo‘yadigan, ularning mehnatidan foydalanish bilan bog‘liq barcha faoliyat turlarini butkul tugatadigan mehanizmlar kerak. Biz o‘z vaqtida paxta dalalarida bolalar mehnatini to‘xtata oldik. Bola sotuvchilari ushlangani, qamalgani haqida har kuni bo‘lmasa ham oyda bir necha xabarlarni o‘qiymiz. Bolaga qo‘l ko‘targanlar jazolanmoqda. Xo‘sh, tilanchilik faoliyatiga bolalarni jalb qilganlik uchun javobgarlikni oshirish, uni butkul tugatishga nima xalaqit bermoqda? Bola lo‘linikimi, o‘zbeknimi, farqi yo‘q, baribir bola. U normal sharoitda, azoblarsiz o‘sish huquqiga ega. O‘rtoq siyosatchilar, bolalarni bu huquqdan mahrum qilmang. @haqiqatdaIlyos
إظهار الكل...
👍 114💯 29🔥 7😁 1🤔 1
Bir kun kelib oshkoralik zamoni qayta boshlansayu, bugungi (o'sha paytda sobiq) siyosatchilarda erkin gapirish imkoni paydo bo'lsa, davlatchilik darajasidagi juda ko'p tartiblarning oyog'i osmondan bo'lib ketadi. Unutmaslik kerak, hamma narsa, u hatto yolg'on bo'lsa ham haqiqatga xizmat qiladi. @haqiqatdaIlyos
إظهار الكل...
👍 89🔥 7💯 7 3😁 3 1
08:39
Video unavailableShow in Telegram
28-iyun kuni Xorazm viloyatidagi bazalt qoplamalar ishlab chiqaruvchi Thermo Plus zavodida mehmon bo'ldik. Zavoddagi ishlab chiqarish jarayonlari haqida bunga qadar press-tur ishtirokchilari batafsil yozib, ma'lumot berib bo'lishdi. Nazarimda, qo'shimcha qilishga hojat yo'qdek. Ammo tadbir davomida jurnalist va blogerlar uchun o'tkazilgan matbuot anjumanidagi quyidagi savol-javob e'tiborliki, u avvalroq ayni shu zavodda ishchilarning mehnat huquqlari buzilayotgani borasida chiqqan xabar yuzasidan obyektiv xulosa qilishga yordam beradi.
إظهار الكل...
36.94 MB
👍 14🔥 4😴 2
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.