cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

𝐇𝐮𝐬𝐡𝐛𝐨̃𝐲 𝐳𝐚𝐧𝐣𝐚𝐛𝐢𝐥💍

Amor fati💍🧡 Chet el adabiyotining ifori 🍇 Mantiq izlamang, xulosa oʻzi keladi 🥂 @XonzodaDavron_bot @hushboy_zanjabil_pdf Reklama xizmati mavjud @rek_xd https://t.me/Xonzoda_Davron bu yerdan menga tegishli hamma narsani topa olasiz 💚

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
2 124
المشتركون
+624 ساعات
+1277 أيام
+20830 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Men sizlarni boshingizni bu masalada qotirishni xohlamayman. Oʻzimni sohamga taalluqli sizlarga zoʻr maʼlumotlarim bor. https://t.me/thexonzodaonly/1793 Mana shu kanalimda aytib beraman. Erkaklarga mashuqa xotinlar yoqadimi, yoki jim yuradigan xotinlar. Ular qanaqa ayollarini xotinlikka tanlashadi. Nega ularni tanlashadi yoki nega ayollari bilan yashay olishmaydi.
إظهار الكل...
36🔥 7❤‍🔥 6👍 5
Lekin pullik qolgan kanallarni muhokama qilgim yoʻq. Barcha mehnat qiladi. Oʻzim kecha kechasi bilan asar yozgandim, ertalabdan koʻzim ogʻrib chiqdi. Oynaga qarab qorqib ketdim kim bu deb. Murda qarab turgandi menga 🤣 Oʻshanichun ham birovning mehnatini gapirgim kelmayotgandi. Muommo menda, koʻpchilik biror ishni qilsa doim ajralib turgim keladi. Oʻshanda ham ajralib turish uchun qilmoqchi edim, endi sizam hammaga oʻxshab shunaqa qilasizmi degan gap qilishsa yoqmaydi 😂 Men boshqa yoʻlini topa qolaman, asarlarimni tipografiyadan kitob qilib chiqarib sotaman. 😂 Buni ham mendan avval kimdir qilib qoʻysaya 🤣
إظهار الكل...
🔥 16❤‍🔥 2😁 2
Photo unavailableShow in Telegram
Saida ovutmaydi u battar gazlaydi 😂😂😂
إظهار الكل...
😁 11❤‍🔥 2
https://t.me/Xazon_Rezgi/16794 Bu yozuvchi inson mendan yoshi ancha katta. Asarlarimiz tasodifiy nomi bir xil boʻlib qolgan. Ularni asarlari hayotiy deb eshitganman. Hozir oʻqib koʻrdim fikrlarni tarixiy asar ekan. Lekin meni ham 3-bolimimda Qora marvaridni ular oʻtmishga borishi kerak edi. Ular oʻtmishda ham yashagan edi 🥲😂 Hozir shuni ham yozsam koʻchirmachi boʻlamanmi 😂
إظهار الكل...
XazonRezgi (Official Channel)

Шу ўринда бир савол туғилади.  "Нима учун бу сафарги қисса пуллик?" деган.  Бунинг ўзига яраша  сабаблари кўп.  Энг аввало биринчи ўринда меҳнатим қанчалик қадрланиши мен учун қизиқ.  Иккинчидан,  кейинги вақтларда кўп асарларим муаллиф ҳақига риоя қилинмаган ҳолда ўзлаштириб юборилмоқда ва шу тадбир орқали бу ишнинг олдини қисман бўлса-да олмоқчиман. Учинчидан,  шу йўл билан тўпланадиган маблағнинг бир қисмини эҳтиёжманд бир аёлнинг даволаниши учун эҳсон қилишни ният қилдим. Тўртинчидан жуда кўпчилик мендан асарларимни яҳлит китоб ҳолида чоп қилинишини сўрашган эди. #ҚОРА_МАРВАРИД илк бор бошдан оҳиригача тугалланган асар ҳолида онлайн китоб ҳолида тақдим этилади. Юқорида таъкидланганидек,  уни сотиб олган инсон фақат ўзи учун бир нафасда ўқиб чиқиш имконини қўлга киритади. Ҳуллас сабаблар бисъёр.  Энг асосийларини санаб кўрсатдим деб ўйлайман.  Галдаги савол:  #ҚОРА_МАРВАРИД  қачон Хазонрезгининг шахсий муалифлик каналида чоп этилиши мумкин?  Жавоб:  Буни вақт кўрсатади. Ҳали бир тўҳтамга келганим йўқ. Аммо…

1
Photo unavailableShow in Telegram
Aytgancha Xazonrezgi degan yozuvchi opa bor ekan, kimdir joʻnatdi shundan oʻgʻirlagan ekansiz, asarizni dedi. U opa "Qora marvarid" degan pullik asar yozibdi. Men oʻzimni qaysi devorga uray, meni bu asarim qishdan beri bor 🤦🏼‍♀😂 Qachonlar yaralgan, u yozuvchi esa shu yoz mana shu oy e’lon qilgan ekan asarni. Hozir bu asar nomi kimni mualliflik huquqiga kiradi endi 😂 Baribir men koʻchirmachi emishman, Astagʻfirulloh. Oʻzimni qaysi devorga uray 😄
إظهار الكل...
🤷‍♀ 27❤‍🔥 2 2🔥 2👍 1
Esingizdami, telegramda birinchi marta arziydigan asarlarni pullik qilish kerak, chet elda platformalarda pulga obuna boʻlib oʻqishadi degandim 😅 Oʻshanda Amar asarini yozayotgan vaqtim, uni pullik qilish fikri kelib qolgandi. Amar roppa rossa bir yil avval yozilgan. Lekin, men haliyam birorta asarimni bunday tizimga qoʻymadim, ammo boshqalar qoʻyib boʻlibdi. Dugonam menga: koʻrdingmi sen yurovur, oʻzi birinchi sen aytganding shu gapni. Endi ogʻzingdan bitta gap chiqmasin, ichingda saqla hammasini. Qayerga qarasam hamma pullik qilibdi, — dedi. Menam xoʻrsinib: ha qoʻyuvur bir gap boʻlar dedim 😅😂 Lekin endi rostdan ham hech kimga gʻoyalarimni aytmayman, ichimda qolgani yaxshi ekan 🤧
إظهار الكل...
🔥 32❤‍🔥 3👍 1 1
00:29
Video unavailableShow in Telegram
Xixixi😂 Muzaffarga yoqmadi chogʻi serial
إظهار الكل...
2.94 MB
😁 85🙉 14❤‍🔥 8👍 5 3
Xojatxonadan butunlay tashqariga chiqsam hech kim yoʻq ekan, zinadan chiqib kelayotgan Asadga koʻzim tushdi. U bilan shu oʻquv markazda tanishganmiz, keyin bitta ijaraga uy olishni boshlaganimizda doʻstlashdik. Hozir u menga ishxonadan hammadan koʻp qaygʻuradigan odam edi. Qand kasalim borligini hammaga ham aytishni istamasdim. Menga achinish koʻzlari bilan qarashlari yoqmaydi. Bu umuman yoqimsiz holat. — Darsing tugadimi?, — qoʻl soatiga qarab soʻradi Asad. — Ha ozgina qoldi, — xonaga qaytarkanman javob berdim. — Boʻla qol, hali 2-smena oʻquvchilarimiz kelguncha tushlikka chiqib kelishga ulgurishimiz kerak. Ayniqsa sen och qolishing mumkin emas. — Yaxshi. — Dorimni qabul qilib olay deb boya kirib ketgan eding-ku, oʻzi, — u menga zimdan qaradi, — Yo mazzang qochib oʻzingga kelguncha oʻtirdingmi? Mendan yashirma! — Yoʻq, hammasi joyida, — u ortiqcha vahima koʻtarmaslik uchun toʻgʻrisini aytishga toʻgʻri keldi, — Bir qiz ichkarida dugonasi bor deb oʻylab tashqarida rossa ertak aytib turdi. — Ertak?, — Asad menga gʻalati qaradi. — Ha. Kesatyapman. Qachon u kesatganimga joyida anglar ekan-a? — Oʻshani eshitib turdingmi sen? — Agar chiqqanimda u uyalib qolardi. Uyaltirishni xohlamadim. — Bunchalar oliyjanobsiz-a! Mana shu yerda doʻstim aniq koʻrsatdi. — Shuni ayt! Sen ham mendan oʻrgan, qizlarga qanday mulozamatli boʻlishni. — Kim ekan u qovun qiz? — Bilmadim, — darsga kirishimdan oldin yolgʻon soʻzlab dedim, — 10 daqiqadan keyin chiqaman kutib tur. Uch smena darsdan yoʻq, har kungidek uyga charchab qaytdik. Dars oʻtayotganimda bu azob bilinmasdi. Bu kechasi bilinardi. Kechasi bilan miyamda misol yechib chiqishimni bilardim, lekin oʻngimda alahsirashimni Asad aytib ustimdan kulganida hayron qolgandim. Shu kuni oʻtgan kuni alahsiraganim eslab qoldi. — Kechasi Pifagor teoremasini nega yodlamading, deb baqirding!, — Asad oʻziga muzdek ichimlikdan quyarkan mazza qilib kuldi, — Yoningga borib, "Darsda emassan" degandim jim boʻlding. — Ha, kul, kul, — unga stol ustidagi gʻijimlangan qogʻozlarni otdim, — Oʻzing uxlayotganda xurrak otasan bilasanmi? Keyingi safar paypog‘imni ogʻzingga tiqib qoʻyaman! — Eh doʻstim, — u ichimlikdan simirib ichdi, — Senga mana bunday narsalar mumkin emas-da! Rohatini bilmaysan. Hayotingda birorta shirin narsa yoʻq, mumkin emas. Maslahatim tezroq uylan, oʻshanda shirini bitta boʻlsa ham boʻladi. Lekin, buning uchun ja uylanish ham shart emas, degandi kecha Suxrob. U idishlarni yigʻishtirib oshxonaga oʻtib ketdi. Shiringa uylanishing nima aloqasi bor ekan?! Uxlashga yotgan kishi boʻlib, noutbookimni qoʻlimga oldim. Qulay boʻlishim uchun oyogʻimga yostiq, uni esa yostiq ustiga qoʻydim. Qani, bir oʻsha serialni koʻraychi?! Nima bemaʼnilik haqida toʻlib toshib gapirgan ekan. Internetdan toʻliq qismlari chiqavermagani uchun qisqa qisqa vidoelarini koʻrib chiqdim. Uchta vidoesidan keyin kimni kim ekanini ajrata oldim. Latifa deb taʼriflangani agar toʻgʻri taxmin qilgan boʻlsam, shamlar yoqib arabcha libosda eriga raqsga tushayotgan edi. Mana nimaga u zoʻr xotin unvoniga sazovor koʻrilibdi-da! — Nima qilyapsan?, — orqamdan Asad paydo boʻlib qoldi, — Uylanishga tayyorlanyapsanmi? — Ey, bor, uxla!, — noutbookimni yopib qoʻyib uni haydadim, — Kechasi tinch qoʻy. — Yoʻq, yoʻq, och, — u yonimga oʻtirib oldi, — Zoʻr narsa koʻrayotgan eding. Koʻzlarimni suzib noutbookimni qayta ochdim. U biroz qarab turib: — Bu yoshligimizdagi serial-ku, — dedi, — Hamma koʻrardi. Boshlangan vaqti koʻchada hech kim qolmasdi, lekin yaxshi serial emas. Gʻirt boʻlmagʻur. Buni tushunib boʻldim. Demak, u qiz shunaqa seriallar koʻrarkan-da. Menga nima?
إظهار الكل...
🤣 143🔥 38👍 27 15❤‍🔥 6😁 4🥰 1🎉 1🐳 1
00:15
Video unavailableShow in Telegram
#parcha 😁 hali ancha bor lekin 😂
إظهار الكل...
4.90 MB
🤣 101❤‍🔥 15👏 3🔥 2🐳 2🥰 1
Qiz oʻqishga kirishni oʻylaydigan kunlarda qandaydir bemaza serial haqida toʻlib gapirdi. — Menga... Oh, menga koʻproq Said yoqdi! Ha, yoqmay qolsin. Qizlarga qanaqadir masqarabozlar yoqadi oʻzi.
إظهار الكل...
😁 103🤣 58 20👍 16👏 8❤‍🔥 5🥰 1🐳 1
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.