cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Tibbiyot kundaligi

🩺 Tibbiyotni seving va u bilan yashang 🌱 Shaxsiy rivojlanish haqida 👩🏻‍🎓 Xalqaro va Milliy OTM magistri 🕊️ Rasmiyatchilik va siyosatdan holi makon Savol: @TKmurojaat_bot

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
664
المشتركون
-224 ساعات
-177 أيام
-1130 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

I was listening to a podcast, and one piece of information attracted me. Then some of my memories came back that are related to this topic. I started searching and found it. Menstrual synchrony, also known as the McClintock effect, is the hypothesis that the menstrual cycles of women who live together or spend a lot of time together tend to synchronize over time. Martha McClintock first proposed this idea in a 1971 study published in the journal *Nature*, based on observations of college roommates and close friends. The hypothesis suggests that pheromones, which are chemical signals secreted by the body, might influence women's menstrual cycles in close proximity, causing their cycles to align. Pheromones are believed to be detected through the olfactory system (sense of smell), potentially leading to hormonal changes that result in synchronized menstrual cycles. Here is the result of the latest study about "menstrual synchrony": The initial onset difference of the menstrual cycle was 7.58 ± 4.25 days, whereas the final onset difference was 6.06 ± 3.92 days. The calculated synchrony score was -9.28 ± 5.05, which was statistically significant. Menstrual cycle synchrony was observed in 17 pairs (54.8%) and asynchrony in eight pairs (25.8%). Don't forget to leave your comments below.
إظهار الكل...
👍 6🕊 1
00:56
Video unavailableShow in Telegram
Kecha shu videoni koʻrib qolib, bir tomondan taraqqiyotdan boshim koʻkka yetgan boʻlsa, ikkinchi tomondan yigʻlashdan beri boʻldim. Bizda bemorlarning qadri bunchalik emas hali, otlarnikini gapirmasa ham boʻladi. Qiziqib soʻradim, bizda otlar yoki qoramollar shunaqa ogʻir kasal boʻlib qolsa nima qilishadi "harom oʻlmasidan, soʻyib yuboring deyishadi va shunday qilishadi". Keyingi safar siqilmasligingiz uchun otlar haqida emas, odamlar haqida narsa joʻnataman 🌚
إظهار الكل...
31.07 MB
😢 18👍 13🕊 6🐳 1
Bunaqa aktivlikdan keyin bir oylarga yoʻq boʻlib ketsam kerakov. Yaxshi dam olinglar.
إظهار الكل...
🐳 15😁 5🕊 5👍 1
1.08 MB
1.07 MB
5.56 KB
👍 29🕊 8😢 3🐳 1
👍 5🐳 2🫡 1
Bunaqa mavzular bizning ham oilada qiz va ona oʻrtasida bir paytlar muhokama qilinmagan. Men boshlaganman. Biron mavzuni boshlasam onam hijolat boʻlib boshqa mavzuga oʻtmoqchi boʻlar edilar. Men esa gaplashishimiz kerak, qariganimda "onam men bilan shu mavzuda gaplashmaganlar" deb nolib yurishni xohlamayman, shuning uchun hozir ayni mavridi derdim 😂 va haligacha ham shunday. Onam opalarimga aytishni unutgan yoki hijolat boʻlib ayta olmagan mavzularini ham men koʻtarganman. Oldigina hammalari ajabsinib qarashgan, keyin sekin sekin qabul qilishgan. Tibbiyotda oʻqiganim manga plus boʻlgan. Aytmoqchi boʻlganim, sizda ham baryer boʻlsa uni kimdir olib tashlashini kutib oʻtirmang. Qadamni oʻzingiz tashlang, xuddi mendek.
إظهار الكل...
🫡 19👍 15😁 6
#case Yana bir holat diqqatimni tortdi. Onam ham shifokorlar. 18 yoshli qizning rasmini joʻnatdilar. Koʻkragida yaxshigina assimetriya bor. Shuni yaxshilab tekshirib beringlar dedilar. Bemor keldi, obyektiv koʻrikdan keyin UTT qildik. Kattagina adenoma ekan. Atigi 15 x 15 sm. Tasavvur qilyapsizmi! Bu bir ikki kun yoki oy ichida boʻlib qolmagan. Yillar davomida shu holatgacha kattalashgan. Qiz bechora boʻlsa oʻzidagi oʻzgarishni hech kimga ayta olmagan. Xatto-ki onasiga ham! Nimadir boʻlib oʻzini ayblashadi deb oʻylagan. Farzand, ayniqda qiz tarbiyasidagi inqiroz ham shu nuqtada. Uyatni bahona qilib qiz va ona gaplashishi va muloqot qilishi kerak boʻlgan juda koʻp mavzular yopiq qozon ostiga berkitiladi. Xuddi-ki, bu mavzularni qiz farzand osmondan oʻrganib olishi kerak. Natijada ona va qiz oʻrtasida yuqoridagi holatga sabab boʻlgani kabi baryer paydo boʻladi. Bu holatda adenoma operativ yoʻl bilan olib tashlanadi. Olingan material rejali gistologiya tekshiruviga beriladi. Agar hammasi yaxshi boʻlsa, olingan tugunda atipik hujayralar aniqlanmasa shu bilan hammasi tugaydi. Va qizning koʻkragidagi assimetriya maksimal toʻgʻrilanadi. @tibbiyotkundaligi
إظهار الكل...
👍 13🕊 5😢 2
#case Sir emas juda koʻp kasalliklar borgan sari yosharib boryapti. Yaʼnikim ularning uchrash yoshi kichrayib boryapti. Oldinlari 40 yoshdan keyin yuzaga keladi deyilgan kasalliklarni hozir bemalol 25-30 yosh orasidagilarda ham anchagina uchratish mumkin. Onkologik kasalliklar ham bundan mustasno emas. Hozirgacha koʻkrak saratoni bilan ogʻrigan men koʻrgan eng yosh ayol 26 yoshda edi. Caseʻni oʻzi ham juda ajoyib. Bir tinglang-da. Ayol 3 ta farzandi bor. Koʻkragida tugun (hosila) paydo boʻlganini sezgan. Darrov shifokorga chopmagan. Yoshi katallardan maslahat olgan. Unga koʻra "bitta tugʻ keyin emiz, tuguning yoʻq boʻlib ketadi" deyilgan. Ayolga ham shifokorga borishdan koʻra tugʻish oson tuyilgan boʻlsa kerak. 4-farzandiga homilador boʻlish ishlarini boshlab yuborgan. Shu bilan u farzandini ham dunyoga keltirgan. Bir yildan sal oshiqroq vaqt uni emizgan. Lekin ajab-ki tugun yoʻqolmagan. Keyin oxiri kelgan onkologga. Biopsiya, immunogistokimyo va qarabsiz-ki Lyuminal A tip Her2 neu "-" saraton. Bu koʻkrak saratonining agressivligi eng kam va prognozi yaxshi turi. Shuning hisobiga oʻsma shuncha vaqt ichida juda kattalashib ketmagan (atigi 4,5 sm!) va metastaz berishga ulgurmagan boʻlgan. Shu bilan tezda kimyoterapiya boshlab yuborildi. Tibbiyot rivojlanishi nafaqat tibbiy hodimlar-u, tibbiy asbob uskunalar, balki aholining tibbiy madaniyati bilan ham amalga oshadi. Mana shunday ertaklarga va turli tabiblarga ishonadigan insonlar bor ekan, koʻplab kasalliklarning tashxisi kechikadi va tuzalish koʻrsatkichlari pasayadi. Va biz umumiy hisobda yomon natija bilan qolishda davom etamiz. @tibbiyotkundaligi
إظهار الكل...
🐳 13👍 8😢 6🕊 3
Photo unavailableShow in Telegram
Bu sirnikilarning dunyoga kelishi ajoyibotlarga toʻla boʻldi. Ozib yozib kecha doʻkonga chiqib kelgandim. Keyin doʻkonda birdan tvorog yegim kelgani esimga tushib qoldi. 5 xili turgan ekan. Ichidan eng yaxshisini oldim (men yaxshiligini odatda narxidan farqlab olaman 😂). Uyga kelib darrov tayyorlab yemoqchi boʻlib ochsam, "svejiy"ga oʻxshamadi. Sanasiga qarasam muddati tugashiga atigi bir kun qolganini olibman 🌚. Odatda uy uchun hech narsa sotib olmasliging bilindi dedim oʻzimga oʻzim. Chunki turmush oʻrtogʻim bozorlik qilganlarini kuzatganman, hamma narsani erinmasdan sanasiga qarab oladilar. Yaxshi, sinchkov er va menga oʻxshagan xotindan muvozanatdagi oila chiqadi. Bugun birga shifokorga borishimiz kerak edi, shuning uchun ertalabdam ikkimizga ham ish yoʻq. Turgim kelmasdan yotib, "qachon uygʻonamiz" deb soʻradim. Sen turaver, keyin menam chiqaman dedilar. Baribir yotaverdim. Keyin birdan tvorog esimga tushib qoldi. Uni bugun nonushtaga ishlatib yubormasam, keyin axlatga tashlashga toʻgʻri kelar edi 😁
إظهار الكل...
😁 38👍 10🕊 1
Zoʻr gap aytsam. Qoʻlim montaj qilishdan shunaqayam chiqib ketibdi-ki, ayti qoʻyaverasizlar. Oʻzimni yomon koʻrib ketdim shuning uchun. Oxiri dam olishdan ham charchab, qoʻlimni va miyamni chigalini yozishga kirishyapman. Back to routine Alhamdulillah. Qaytishimga ikki odam sababchi boʻldi. Birinchisi Vestminsterdagi kursdoshim. Bir kuni shunaqayam kuyinib menga tushuntirishga yozdilar endi, oʻqiblar hijolat boʻlib ketdim. Yaʼnikim, qoʻlingdan keladigan ishni dangasalik qilib tashlab qoʻyyapsan va hkz. Ikkinchisi, turmush oʻrtogʻim. Suhbatni detallariga ja toʻxtalmayman. Va alal oqibat men noutbugimni qoʻlga olishga va videolarimni bir koʻzdan kechirishga qaror qildim. Axir shundoq ajoyib loyiha boshlab qoʻygan ekanman. Oʻrta yoʻlda chala qoldirsam insofdan emas. Nima deysizlar?
إظهار الكل...
👍 40🐳 7🕊 5😁 3🫡 1
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.