cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Dr.Ibrakhimov | UASH | 103-T.T.Y. haqidagi kanal

Faqat shifokor va tibbiyot xodimlari uchun! UASH -> uchun tavsiyalar! T.T.Y. -> Tez Tibbiy Yordam xodimlari uchun tavsiyalar! Yozilgan dorilarni bemorga qo'llash bo'yicha admin javobgar emas! Reklama uchun adminga yozing Admin: @Tursunboy_Ibrakhimov02

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
10 636
المشتركون
+3124 ساعات
+127 أيام
+34330 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Hammaga xayrli kech do'stlar ! 21:30 dagi guruhimiz to'ldi, lekin takliflar ko'pligi tufayli seshanba, payshanba va shanba kunlari 20:00 ga guruh ochildi. Shoshilamiz do'stlar joylar soni cheklangan. Murojat uchun : @Dr_ibrakhimovadmin @Dr_ibrakhimovadmin
إظهار الكل...
👍 5
📌📌📌SUPER YANGILIK 📆Ko'pdan buyon kutilayotgan xabar. 📈 Do'stlar ko'plab taklif va iltimoslarga binoan << UASH&TERAPIYA >> kursiga start beramiz. 📝 Kursda nimalar o'rgatiladi ? 1⃣ UASH- amaliyotida kasalliklarda 1-shifokorlik yordami ; 2⃣ UASH- amaliyotidagi kasalliklarni davolash usullari va taktikalari ; 3⃣ UASH - da foydalaniladigan asosiy hujjatlar va ularni to'ldirish ; 4⃣ Laboratoriya analizlari taxlillari ( Normal holatdan, patologiyalargacha ) 5⃣ Hozirgi paytda qo'llaniladigan dori preparatlarining xomiladorlar, bolalar va kattalar qo'llanilish dozalari ... << Qolgan ma'lumotlar dars davomida tushuntiriladi >> ✅ 2 TA TARIF REJA MAVJUD: 1-TARIF: 2 OYLIK KURS Haftada 3 kun -> seshanba, payshanba va shanba kunlari 21:00 da; Kurs to'lovi-> 200 MING/OY ; 2-TARIF: MUSTAQIL TAYYORLANISH GURUHI ( SELF-STUDY); kursga vaqt bo'lmasa yoki o'zi tayyorlanishni istaganlar uchun guruh->> bu guruhda sizga darsning barcha materiallari: konspekt, ppt va videolar 1.5 oy davomida to'liq beriladi. KURS TO'LOVI->200 MING/UMUMIY. 🏃‍➡️🏃‍➡️🏃‍➡️Shoshilamiz do'stlar 2 ta tarifdan ham faqat 1 tadan guruh ochiladi. ❌UASH bo'lib ishlashim kerak ekan, lekin qo'rqyapman, qanaqa qilib kasal ko'raman ekan ? DEGAN GAPLARGA O'RIN YUQ. KURSGA QO'SHILING BATAFSIL O'RGATILADI. Murojat uchun: @Dr_ibrakhimovadmin @Dr_ibrakhimovadmin ga yozing ! Dr.Ibrakhimov Tursunboy
إظهار الكل...
👍 12🔥 4
#UASH 📌 Биокимёдан шпаргалка 1. Синтез глюкозы. 2. Синтез гликогена. 3. Синтез холестерина. 4. Синтез АТФ. 5. Синтез арахидоновой кислоты. 6. Цикл Кори-1. 7. Цикл Кори-2. 8. Цикл Кребса. Др.Иброхимов Турсунбой
إظهار الكل...
👍 10🥰 2
🔰Taklif va iltimoslarga binoan << Terminal holatlar >> haqida dastlabki tushunchalar. 📝Terminal holat - bu klinik o'lim oldidan organizm hayotining qayta tiklanadigan pasayishi. O'z vaqtida va kerakli tibbiy yordam ko'rsatish bilan organlarning hayotiy funktsiyalarini tiklash va o'limning oldini olish mumkin. 🔱Terminal holatining aniqlash: Bemorning terminal holatini qanday aniqlash mumkin? Buning uchun siz uning alomatlarini bilishingiz kerak. Terminal holatining belgilari uning bosqichiga bog'liq: ⚜Preagonal holat quyidagilar bilan tavsiflanadi: • chalkashlik; • qo'llar va oyoqlarning sianozi; • rangpar teri;( rangi o'chgan) • puls va qon bosimini aniqlash juda qiyin; • nafas olish buzilishlari. ⚜Agonal holat quyidagilar bilan tavsiflanadi: ▪︎tashqi ogohlantirishlarga javob yo'qligi; ▪︎terining haddan tashqari oqarib ketishi; ▪︎qo'llar va oyoqlarning siyanozi; nafas olish muammolari; ▪︎Puls va yurak urishini aniqlash qiyin. ⚜Klinik o'lim - bu barcha organlarning faoliyatini to'xtatish, ammo bemor hali ham tiklanishi mumkin. 5-7 daqiqa davom etadi, keyin biologik o'lim. Terminal holati shoshilinch yordamni talab qiladi. Bunday holda, hisob tom ma'noda daqiqalardir. Tananing faoliyatini imkon qadar tezroq tiklash juda muhimdir. Buning uchun oxirgi imkoniyat 5-7 daqiqa davom etadigan va agonal holatni kuzatib boradigan klinik o'lim bosqichidir. Buning ortidan biologik o'lim keladi.‌‌ 🔱Terminal holatining sabablari: Bemorning terminal holatining sabablari har xil: ☆ sezilarli qon yo'qotish; ☆ yuqori yoki past haroratlarda uzoq muddatli ta'sir qilish, shuningdek, keskin o'zgarishlar; ☆ og'ir jarohatlar, shu jumladan elektr shikastlanishi; ☆ kuchli o'tkir intoksikatsiya; ☆ yurak qon aylanishining buzilishi. Miya, qon tomirlari va boshqalar kasalliklarini davolash o'z vaqtida boshlangan bo'lsa, terminal holatning oldini olish mumkin. Dr.Ibrakhimov Tursunboy
إظهار الكل...
👍 11🔥 3 1
Taxlil : Bemorning shikoyatlaridan , ko'ruv vaqtidagi belgilaridan ko'rinib turibdiki, oshqozon -12 barmoq ichakdan qon ketishi yaqqol bilinib turibdi. Chunki <<kofe quyqasi>> ko'rinishidagi qon ketish yaradan qon ketishga xos. Bemorning aybi spazmolitik olgan va qon ketish kuchaygan. (Avjiga chiqqan ) Tashxis : Meda va 12 barmoq ichak yarasidan qon ketishi . 1-yordam : - qon bosimi, puls va saturatsiya nazorati. Bu yerda tez yordamning vazifasi qon ketishini imkon boricha to'xtatish, bemorning hayotiy faoliyat funksiyalarini saqlagan holatda, ya'ni shok, kollaps kabi holatlarga qarshi muolaja qilish; - ditsinon 12.5 % 2-4 ml t/i Yoki etamzilat 12.5 % 2-4 t/i - aminokapron kislota 100 ml t/i - Hozirgi holat uchun glukoza 40% 10 ml Prednizolon 30-60 mg t/i - Qon ketayotgan paytda ▪︎Analgetik va spazmolitiklar umuman qarshi ko'rsatma ! ▪︎zondli yoki zondsiz oshqozonni yuvish umuman taqiqlanadi ! - Shok holati uchun NaCl 0.9% 250 ml t/i Kerak bo'lsa mezaton 1 ml t/i Dr.Ibrakhimov Tursunboy
إظهار الكل...
👍 16🔥 5
Kechki 19: 40 larda tez yordam chaqirilgan. Sababi bemor qonli qusmoqda. Tez yordam 19: 50 larda bemor uyiga kirib borgan. Bemor 32 yosh ayol kishi, kasbi uy bekasi, 3 nafar farzandi bor. Shikoyatli : tushlikdan so'ng bir marta ozgina qonli qusuq bo'lgan va qorinda og'riq bo'lgan. Uyida hech kim bo'lmagan. Kechgacha bemor bir joyda yotgan. Kechki ovqat yeganda qorinda og'riq kuchaygan, bemor uyida noshpa 2 ml m/o qildirgan. Oradan 15-20 minut o'tgach bemorda qonli qusiq judayam ko'paygan. Qusiq << kofee quyqasi >> ko'rinishida 1 soatda 7-8 marta va tez yordam chaqirilgan. Bemor ko'ruvida : teri shilliq qavati rangpar, biroz terlagan. Qorin kuchlangan, palpatsiyasida og'riqli. Yurak tonlari bo'g'iq, puls kuchsiz ( to'liqsiz ) minutiga 120-130 ta, AD 80/50. Stul-> suyuq, qatronsimon rangda. Do'stlar vaziyat haqida fiklilar , tashxis va 1 - yordam qanday ? Javobilarni commentda kutaman.... Dr.Ibrakhimov Tursunboy
إظهار الكل...
👍 12🔥 1
Kechagi Metrogil ......
إظهار الكل...
#foydali Metrogil davom etadi ...... Qo'llanilishi : ▶️ 12 yoshdan kattalar uchun 0.5-1 gr sistema holatida t/i 30-40 minut davomida yuborilishi kerak. 500 mg -> 100 ml sistema yuborilishi 5 ml/minutiga. Kurs davolanish 7 kun va sutkalik miqdor 4 gr dan ko'p bo'lmasligi kerak. ▶️ 12 yoshgacha kamdan kam buyuriladi, lekin agar buyurilsa 7.5 mg/kg bir martalik, sutkalik miqdor. Nojo'ya ta'sirlari : ☆ oshqozon-ichak tizimidan -> ko'ngil aynishi, qusish, diareya, meteorizm; og'izdan metal ta'mi kelishi, og'iz qurishi, glossit, stomatit. ☆ nerv-tizimiga oid-> bosh aylanishi, harakat koordinatsiyasi, ataksiya,xush buzilishi, qo'zg'alish yoki depressiya, uyqusizlik, bosh og'rishi, sudirgi , galyutsinatsiya. ☆ allergik reaksiya ->krapavnitsa, teri qichishishi, teri giperemiyasi, burun oqishi, istima, bo'limlarda og'riq. ☆ siydik-ayiruv tizimidan -> ixtiyorsiz siyish, ko'p siyish, siydik rangini to'qlashib ketishi ... Qarshi ko'rsatma: ▪︎M.N.S. ning tug'ma va orttirilgan kasalliklarida -> epilepsiya, miya shishi va boshqalar. ▪︎Homiladorlikning 1-3oyligida va laktatsiya davrida ; ▪︎turlicha qon kasalliklari va jigar yetishmovchiliklarida ; ▪︎metronidazolga nisbatan sezuvchanlik yuqori bo'lganida qo'llash mumkin emas . Asosiy chiqaradigan va VOZ tan olgan davlatlar -> Rossiya va Hindiston. Foydali bo'ldi degan umiddaman. Dr.Ibrakhimov Tursunboy
إظهار الكل...
👍 9
Taxlil qilsak : Bemor anamnezidan ko'rinib turibdiki, bir marta infarkt miokard o'tkazgan va bemor hali to'liq tuzalmagan , chunki infarkt o'chog'i to'liq bitib chandiqlangunicha kamida 6 oydan uzoqroq vaqt kerak va bu vaqt davomida bemor ma'lum qoidalarga rioya qilishi kerak: fizik kuchlanish qilmaslik, qonning qo'yiqlashtiradigan ovqat yemaslik, asabiylashmaslik kabi. Bemorda infarkt qaytalanishi yoki ishemiyaa kuchayishi uchun 2 ta xolat bo'lishi kerak : 1-si infarktdan to'liq tuzalmaslik, 2-si yuqoridagi sabablardan qaysidiri bo'lganki, xolat og'irlashgan va ishemiya kuchaygan. Bemorning tez yordan kelgandagi holati aniq O.K.S uchun tortadi, va bu vaziyatda yordamning o'z algoritmi bor. Shifokor dastlabki yordamni ko'rsatgan va olib ketgan, yo'lda bemorning holati og'irlashgan. Chunki 1-yordam yetarli bo'lmagan va bemorda chap qorincha yoki bo'lmachada to'liq qisqarmasligi ( effektli yurak ishi bo'lmagan) sabali 4 ta o'pka venasida qon dimlangan--> keyin Yurak Astmasi fonida o'pka shishi kelib chiqqan. Bu holatda endi spirtli ingalyatsiya zo'r foyda bergan ( kislorod ulangan suvli idishga spirt quyilgan ) , chunki surfaktat yuzasini oshirgan va o'pka shishi kamaygan, belgilar bo'g'ilish pasaygan. Dastlabki holatda 1-yordam to'liq bo'lganida bunday bo'lmagan bo'lar edi , balkim ... Dastlabki holatda 1-yordam : - qon bosimi , puls va saturatsiya nazorati, EKG qilinishi ( agar ekg bo'lsa ) - og'riqsizlantirish : bo'lmasa bemor og'riq shokiga ham o'tib ketadi. Narkotik -> morfin 1 ml t/i yoki Nonarkotik -> analgin 4 ml yoki baralgin 5 ml t/i. - nitroglitserin 1 tab . 3 marta berish 5-10 minut orasida - aspirin 0.5 tab. Chaynatish - geparin 1 ml ( 5000 Ed) t/i - Furasemid 2-ml t/i ( davlena va o'pka shishi uchun ) - oksigenatsiya - gospitalizatsiya .... Dr.Ibrakhimov Tursunboy
إظهار الكل...
👍 16 3
Tez yordamga 12: 30 larda tez yordam chaqirilgan. Sababi bemor ko'chada kuchli og'riq bezovta qilgan. Tez yordam bemor oldiga 12: 38 da yetib borgan. Bemor 52 yosh erkak. Borilganida bemor yerda yotibdi, bezovta og'riqdan ko'kragini ushlab olgan, judayam bezovta, xansirash Bemor ko'ruvida: ko'krak qafasini ushlanganida yopishqoq terlash bo'r, ko'ylaklari ho'l bo'lib ketgan. Teri qoplami o'zgarishsiz. Ko'rsatkichlari : qon bosimi : 150/90 Puls 100 ta auskultatsoyada bo'g'iq. Saturatsiya : 90% Nafas : 35 ta. Anamnezida : 1 marta 3 oy oldin miokard infarkt o'tkazgan. Shifokor buyurgan : - nitroglitserin 1 tab . 5 minut oraligida 2 marta bergan. - aspirin 0.5 tab chaynatgan - Dibazol 5ml Papaverin 2 ml m/o buyurgan. - oksigenatsiya qilingan va mashinaga olingan. Gospitalizatsiya paytida bemorda bo'g'ilish xurujlari boshlangan. Bemor ko'ruvida: bemor yarim o'tirgan xolatda majburiy holatga, xansirash aralash tipda, yuzda sianoz , bemor yo'talganida ozgina pushti ko'pikli ajralma kelmoqda, auskultatsiyada o'pkaning pastki qismlarida mayda pufakli xrillashlar eshitilmoqda. Ko'rsatkichlar : - qon bosimi : 100/70 - puls : 110 ta - saturatsiya: 80-85% - nafas : 40 dan ko'p minutiga. Shifokor spirtli ingalyatsiya qilgan, keyin bo'g'ilish va xansirashlar kamaygan. Shifoxonaga yetib olingan. Bemor reanimatsiyaga olingan. Do'stlar judayam qiziq vaziyat bo'lgan, erinmasdan o'qib o'z fikrilarni bildiringlar ? Sizlarning taktikelar qanday bo'lar edi ? Javobini commentda yozinglar ! Dr.Ibrakhimov Tursunboy
إظهار الكل...
👍 13
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.