cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Aroma of books

Kitoblar so'zlasin... @aromaofbooks_bot

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
267
المشتركون
-224 ساعات
-27 أيام
-1930 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Uinston Grum - ,,Forrest Gamp'' asari O'zi ovsar, dovdir, ahmoq lekin bir vaqtning o'zida har sohada muvaffaqiyatli inson haqida eshitganmisiz hech? Forrest Gamp - juda omadli telba, unda aqliy salohiyat bilan muammolar bor. Lekin samimiy, atrofidagilardan yordamini ayamaydigan qahramon. Asar nima haqida? Asar Forrest Gamp obrazi orqali achchiq kulgilar zamirida jamiyatdagi o'zgarishlarni oddiy Amerika aholisi hayotiga qanday ta'sir qilgani haqida. Mutolaa davomida ahmoq so'ziga yuz martalab duch kelasiz. Lekin, bunday o'ylab qaralsa, haqiqiy ahmoq aslida kimligi haqida mulohaza qilishga undaydi muallif. Shu o'rinda bir savol! Aslida ahmoq kim? Hoziri bilan yashayotgan , sodda, go'l, to'g'riso'z Forrestmi yoki ming xilda niqoblangan jamiyatmi? Asarning bosh qahramon tilidan hikoya qilinishi mutolaani yanada zavqli qiladi. Asarda fantastika, komediya va satira janrlari aralashmasiga duch kelasiz. Romantika nisbatan kam, lekin Forrestning sevgisi tahsinga sazovor. O'zi 200 varaqli kichik kitob, o'qib ko'rishingizni tavsiya qilaman. @aromaofbooks
إظهار الكل...
🥰 3🎉 2🔥 1
00:13
Video unavailableShow in Telegram
Kitob nomi: Forrest Gamp Kitob muallifi : Uinston Grum Kanal nomi: @aromaofbooks Tonggi mutolaa, toza havo, suv tafti, quyosh chiqishi, qushlar ovozi🫠🥹😇
إظهار الكل...
4.21 MB
🎉 4🔥 1🥰 1
00:05
Video unavailableShow in Telegram
- Senga yordam bergan kishi bilan orang hech vaqt ochiq bo'lmaydi, - dedi Dantes, - qarzga olingan pul qaytarilgani bilan hali minnatdorlik qarzi qoladi, tugamaydi. ,,Graf Monte Kristo'' asaridan Aleksand Dyuma @aromaofbooks
إظهار الكل...
1.50 MB
4👍 2🥰 2
Anna Dostoyevskaya -,,Xotiralar''asari Bir insonning hayotida sodir bo'lgan xotiralarni o'qish kishiga qanchalik zavq beradi. Har bir inson xotiralarida butun bir sir-asrorini, umrini, lahzalarini, voqeliklarini yashirgan bo'ladi. U xotiralarni kitobga tushirilgan yozma shaklini o'qish lazzatiga nima deysiz? ,,Xotiralar'' kitobini o'qish kitobxonni mutolaa zavqidan eritib yuboradi go'yo🫠Dostoyevskiyning turmush o'rtog'i Anna Dostoyevskaya o'zining hayotini ushbu kitobi bilan kitobxonlarga tuhfa qilgan va ushbu xazinani Nodirabegim opa Ibrohimova va Yangi asar avlodi nashriyoti biz kitobxonlargacha yetib kelishini ta'minladilar🥰. ,,Xotiralar'' kitobini o'qib boshlaganingizdan siz kitobga naqadar bog'lanib borayotganingizni his qilasiz. Asar Annaning yoshlik yillari, qiz bolalik hayoti, Dostoyevskiy bilan qanday tanishgani, ularning nikohi, farzandlari va butun bir hayoti haqidagi sirlarni bayon qiladi. Ushbu asarni o'qiganimda, Anna Dostoyevskaya menga oilada ayol kishining roli nihoyatda katta ekanligini uqtirdi. Chunki Anna Dostoyevskaya bir vaqtning o'zida jonkuyar va vafodor rafiqa, jonkuyar ona va jamiyat uchun foydali inson edi. Barcha-barchaga o'qishni tavsiya qilaman. Ishoning, afsuslanmaysiz! @aromaofbooks
إظهار الكل...
❤‍🔥 3😇 3🥰 2 1🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Kitob nomi : Xotiralar Kitob muallifi: Anna Dostoyevskaya Surat muallifi: Muqaddas Tuxtasheva Kanal nomi : @aromaofbooks Kitobga qo'ygan bahoyim: 10/10 🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩
إظهار الكل...
🔥 3🥰 3 2
Bilimni orttirish uchun sayohat qiladi kishi, yangi joyni ko'rmoq uchun o'rnidan qo'zg'aladi kishi. ,,Graf Monte Kristo'' asaridan Aleksand Dyuma @aromaofbooks
إظهار الكل...
🥰 3 2👏 2
Insonning yuragi uning tanasidan yuz baravar og'irroq... shu darajada og'irki, uni bir kishi ko'tarolmaydi... Binobarin, biz, odamlar toki tirik ekanmiz, bir-birimizga yordam berishimiz, bir-birimizning yuragimizga madad bo'lishga harakat qilishimiz kerak: siz-menga, men-unga, u esa boshqa birovga, shu tariqa uzluksiz davom etishi lozim... ,,Abadiyat qonuni'' asaridan Nodar Dumbadze @aromaofbooks
إظهار الكل...
🥰 4👍 2 2👏 2🔥 1
00:09
Video unavailableShow in Telegram
Talabalik - oltin davrim ham o'z nihoyasiga yetdi. Umr atalmish kitobimning 4 yili -oltin davrim sevimli kursdoshlarimga, universitet xotiralariga va unutilmas onlarga boy o'tdi. 2020 - 2024 mana shu 4 yilda ehee nimalar bo'lmadi deysiz? Poytaxtda yashash hissi, o'zing uchun javobgarlikni bo'yningga olishing, yangi tanishlar orttirishing, har xil viloyat shevalarini o'rganishing😁mustaqil qarorlar qabul qilishing, yangi narsalarni sinab ko'rishing, poytaxtni to'rt tomonini bearmon kezishlaring, oraliq va yakuniy paytlari siqilib qolishlar, ustozlarni har xil taassurotlar va nomlar bilan eslab qolishlar, davomat payti kursdoshlaringni tarafini olib nb qo'ydirmasliklar... ehee bu ro'yxatni yana qancha davom ettirish mumkin.. Oltin davr degancha bor ekansan - talabalik yillarim...🥹🥹🥹 @aromaofbooks
إظهار الكل...
4.01 MB
🥰 11 5🔥 2🍾 2🎉 1
00:14
Video unavailableShow in Telegram
Agar o'qituvchiga savol bersangiz, u sizga, odatda, javob qaytaradi. Agar u aytgan javob sizni o'ylantirsa, bosh qotirib o'tirmasdan uni nimani nazarda tutganini so'rashingiz mumkin. Biroq agar kitobga savol beradigan bo'lsangiz, unga o'zingiz javob berishga majbursiz. Shu jihatdan kitob xuddi tabiat yoki olam kabidir. Agar uni so'roqqa tutsangiz, u fikrlash va tahlil qila olish darajangizga qarab sizga javob qaytaradi. ,,Kitoblar qanday o'qiladi'' kitobidan @aromaofbooks Ps. Videoda o'zimning kitoblarimning bir qismi va o'zimning gulim. Hozirda ,,Farishtalar va iblislar'' asari mutolaa jarayonida. Siz qaysi kitob bilan yashayapsiz? @aromaofbooks
إظهار الكل...
4.78 MB
8👍 3🥰 3🔥 2👏 2
00:05
Video unavailableShow in Telegram
Yer yuzasining to'rtdan uch qismi suv bilan o'ralgan. Suvning xususiyatlaridan biri yer yuzidagi haroratning bir xil saqlanib turishini ta'minlashdir. Suvning xususiyatlari juda ko'p bo'lib, ularning har biri Alloh taolo suvni O'zining maxluqlariga zarur narsa qilib yaratganligiga dalildir. ,,Iymon'' kitobidan @aromaofbooks
إظهار الكل...
1.60 MB
7🥰 2👍 1
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.