cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB ANDIJON FILIALI

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Andijon filiali MATBUOT XIZMATI (Andijon shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati) Instagram: instagram.com/itschool_andijan

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
2 018
المشتركون
+724 ساعات
+507 أيام
+23130 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Repost from ANDIJON_TRK
03:46
Video unavailableShow in Telegram
ANDIJON AXBOROTI | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA KIRISH IMTIXONLARI 05.07.2024 YIL Telegram | Youtube | Instagram
إظهار الكل...
2.mp451.92 MB
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #New_Uzbekistan_university 🔔 ERTANGI IMTIHONDA QATNASHUVCHI ABITURIYENTLAR DIQQATIGA! “Yangi O‘zbekiston” universiteti bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga 2024/2025-o‘quv yili uchun o‘tkaziladigan saralash imtihonlari 6-iyul kuni 15:30da boshlanadi. 📶 Eslatib o‘tamiz, barcha abituriyentlar imtihondan bir soat oldin shaxsni tasdiqlovchi hujjat hamda ruxsatnoma bilan imtihon o‘tkaziladigan manzilga borishlari kerak. 🖨 Imtihon ruxsatnomasini shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishni va qog‘ozga chop etgan holda imtihon bo‘ladigan joyga olib borishni unutmang. 💫 Imtihonlarda barcha abituriyentlarga omad tilaymiz! Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
إظهار الكل...
👍 8🔥 1
👍 16
#imtihon_2024 #ixtisoslashtirilgan_maktablar ⚡️Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarining 3-smenasi yakunlandi. Bugun, 4-iyul kuni ixtisoslashtirilgan maktablar uchun kirish imtihonlarining 1-, 2-, 3-smenalarida Respublikamiz bo‘ylab jami 71 779 ta talabgor ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari 6-iyul sanasiga qadar davom etadi.
📊 Ma'lumot o‘rnida, 2024/2025-o‘quv yili uchun Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga jami 134 019 ta ariza kelib tushgan. 🌐 Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
إظهار الكل...
👍 11👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #Ixtisoslashtirilgan_maktablar 🔔 Hurmatli ota-onalar! ⚡️ Kirish imtihonlarida sizdan bir nechta tartib-qoidalarga amal qilish so‘raladi. 🗣 Jumladan: ✅ Kirish imtihoni o‘tkaziladigan belgilangan manzilga farzandingiz bilan birga kelishingiz va imtihondan so‘ng o‘zingiz bilan olib ketishingiz; ✅ Imtihonlar o‘tkazilayotgan vaqtdagi issiq ob-havoni hisobga olgan holda kiyintirishingiz; ✅ Imtihonga kelishdan oldin farzandingizning ovqatlanishiga ham e'tibor qaratishingiz kerak (turli yog‘li va imtihon jarayonida o‘quvchini behuzur qiladigan taomlar iste'mol qilmaslik tavsiya etiladi). ✅ Mazkur tartiblarga rioya qilishingiz farzandingizning imtihon jarayonida o‘zini yaxshi his qilishiga yordam beradi. ❌ Eslatib o‘tamiz, imtihon jarayonida yordam berishni va’da qilayotganlarning hech biriga ishonmang, aldanib qolmang. 📚 Farzandingizning bilimigina uning natijasiga asos bo‘ladi!
Maʼlumot oʻrnida, talabgorlar imtihon boshlanishidan 1 soat oldin tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan kelishlari kerak.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
إظهار الكل...
👍 20👏 2👌 2
Repost from Jo‘rabek Jangirov
Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_manzillari #imtihon_2024 #Ixtisoslashtirilgan_maktablar ❗️MUHIM ESLATMA 📆 Ertaga, 4-iyul kunidan Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari boshlanadi! 🌐Ota-onalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, imtihonlar bo‘lib o‘tadigan manzillar ro‘yxati Agentligimizning rasmiy saytiga joylashtirildi. 📶 Quyidagi havola orqali farzandingiz qaysi manzilda imtihon topshirishini bilib olishingiz mumkin: 📍MANZILLAR ROʻYXATI Telegram | X
إظهار الكل...
👍 6🔥 2 1
Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #call_markaz ⚡️AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT, IJOD HAMDA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA HUJJAT TOPSHIRGAN OTA-ONALAR DIQQATIGA. 📥 2024/2025-oʻquv yili uchun Agentlik tizimidagi maktablarga jami 244 378 ta ariza kelib tushgan. Shundan: ➖Prezident maktablariga 62 062 ta; ➖Ijod maktablariga 5 512 ta; ➖Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga 42 785 ta; ➖Ixtisoslashtirilgan maktablarga 134 019 ta. 📊 Hozirgi kunda "Qabul-2024" jarayonlari bilan bogʻliq masalalarda tashkil etilgan 1206 qisqa raqamli call-markazga bir paytning oʻzida minglab murojaatlar boʻlayotganligi sababli ushbu raqamga bir martada bogʻlana olmasligingiz mumkin. 📶 Shu sababli 1206 qisqa raqamiga qaytadan qoʻngʻiroq qilib savollaringizga batafsil javob olishingiz mumkinligini maʼlum qilamiz. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
إظهار الكل...
👌 8👍 7 2🔥 1👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar 📣📣📣📣📣 🔔 TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARNING KIRISH IMTIHONLARI 8-9-IYUL KUNI BO‘LIB O‘TADI 📆 Joriy yilning 8-9-iyul kuni Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulugʻbek hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablari uchun kirish imtihonlari o‘tkaziladi. ✅ Bu yil har yilgidan farqli ravishda hududlardan hujjat topshirgan talabgorlar uchun kirish imtihonlari o’z hududlarida – Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo’lib o’tadi. Yaʼni hududlardan mazkur maktablarga hujjat topshirgan oʻquvchilarning imtihonda qatnashishi uchun Toshkent shahriga kelishlari talab etilmaydi. ❗️Diqqat, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi hamda mazkur maktabning Nukus shahri, Andijon va Samarqand viloyatlaridagi filiallari uchun kirish imtihoni bir vaqtda bo‘lib o‘tadi. ⏱Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi. ❌ Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi. 📨 Har bir talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumotni shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
إظهار الكل...
👍 14🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #Ixtisoslashtirilgan_maktablar ❓IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA KIRISH IMTIHONLARI QAYSI FANLARDAN VA QANDAY TARTIBDA O‘TKAZILADI? ✅Kirish imtihonlari yo‘nalishlar bo‘yicha bir bosqichda quyidagi fanlardan o‘tkaziladi. 🧮 Aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha: ➖ 5 — 7-sinflar uchun matematikadan 30 ta topshiriq, ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq; ➖ 8 — 11-sinflar uchun algebradan 12 ta topshiriq, geometriyadan 8 ta topshiriq, fizikadan 10 ta topshiriq va ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi. 🔬Tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha: ➖ 7-sinflar uchun tabiiy (science) fanidan 30 ta topshiriq va ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq; ➖ 8 — 11-sinflar uchun biologiyadan 10 ta topshiriq, kimyodan 20 ta topshiriq, ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi.
⏱ Eslatma, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi. ❗️DIQQAT, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
إظهار الكل...
👍 13👏 1
Repost from Jo‘rabek Jangirov
Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #ixtisoslashtirilgan_maktablar 🔔 AGENTLIK TIZIMIDAGI TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARI BIR BOSQICHDA QUYIDAGI TARTIBDA O‘TKAZILADI: 📍Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga: ➖ 5-sinflar uchun matematikadan 30 ta topshiriq (shundan 10 tasi mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan), ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi. 📍Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga: ➖ 7-sinflar uchun tabiiy (science) fandan 30 ta topshiriq va ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi. 📍Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga: ➖ 7-sinflar uchun matematikadan 30 ta topshiriq (shundan 10 tasi mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan), ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi.
⏱ Eslatma, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi. ❗️DIQQAT, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
📶 Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga kirish imtihonining sanasi boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi. Telegram | X
إظهار الكل...
👍 5🔥 1
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.