cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Janob Musayev | Digital World

IT, Biznes va Menejment kesishgan nuqta - Dasturiy Muhandislik va Arxitektura - Raqamli Transformatsiya - Biznes tahlil - Product va Project Management - UX va CustDev - Marketing - StartUp Start Something Priceless!

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
1 123
المشتركون
+224 ساعات
+147 أيام
+3130 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Repost from Musayev blogi
O'zbekistondagi hozirgi dasturchilar oyligi Bitcoin narxiga o'xshab ketyapti tobora. Bu shar qachondir portlashi aniq va portlagan paytda ancha dasturchilarning haqiqiy darajasini ko'rsatib qo'yadi. #justthoughts P.S: Ma'lumot uchun hozirgi dasturchilar oyligi yevropaning o'rtacha davlatlariga yetib olgan. Lekin daraja jihatidan ancha orqadamiz. @musayev_blogi
إظهار الكل...
👍 14
Dasturlash o'ldi tan olish kerak... Kecha Adham Zokirov kanalida Ustoz-Shogir kanalidagi ish e'lonlarini Prompt Engineering bilan tahlil qilib chiqqanini e'lon qildi. Bu ma'lumot Sardor Og'a kanalida ulashgandan keyin qizg'in muhokamalarga sabab bo'ldi. Va ulardan eng asosiysi Sardor Og'a o'zi ham alohida e'tibor qaratgan quyidagi fikr bo'ldi
Dasturlash o'ldi tan olish kerak, 3 karra ish kamaygan
Dasturlash rostdan ham "o'ldi"mi? Yuqoridagi fikrda jon bor. Chunki jadval 2020-yildagi ish e'lonlari soni 900 dan 2023-yilga kelib 300 taga tushganini yaqqol ko'rsatib turibdi. Lekin umumiy holatni tahlil qilmay turib faqat bu sondan xulosa chiqarish xato bo'lishi mumkin. 2020-yil Bu yerda eng muhim va esdan chiqayotgan jihat jadval aynan 2020-yildan boshlangani. Pandemiya nafaqat O'zbekistonda, balki butun dunyoda birdaniga kompaniyalarni onlayn rejimga o'tishga majbur qildi. Onlayn xizmatlarga ehtijoy ortishi natijasida esa dasturchilarga bo'lgan talab ham osmonga sakradi (qolgan ishlar esa "o'ldi"). Tasvirni kattaroq olish uchun esa AQSHdagi yangi ish o'rinlari statistikasiga e'tiboringizni qaratmoqchiman. Pandemiya dunyoga tarqalgan mart oyidan ish o'rinlari keskin kamayib, aprelda 6 yillik minimumga (4637 ta) tushgan. Ammo o'sha yil iyul oyidayoq o'zini ancha tiklab olgan (6439 ta) va bu aynan texnologik ishlar hisobiga amalga oshgan. 2021-yil 2021-yil boshida pandemiya cheklovlari kamayishni boshladi va AQSH hukumati "o'tirib qolgan" iqtisodni tiklash uchun kredit foizini minimum darajaga tushirib qo'ydi. Natijada kompaniyalar katta miqdorlarda kreditlar olib, o'z faoliyatini tiklashga kirishib ketdi. Ustoz-shogirdda ham 2021-yil pik bo'lganini ko'rish mumkin. Ammo buning natijasida 2021-yil oxiri va 2022-yil boshlarida AQSHdagi inflyatsiya "osmonlarga" ko'tarilib ketdi. 2022-yil Izdan chiqayotgan inflatsiya (7-8%) ni jilovlash maqsadida 2021-yil oxiridan boshlab FED keskin tarzda kredit foizini ko'tarishni boshladi. Natijada kompaniyalar moliyalaviy holati cheklandi, bozor keskin qisqarishni boshladi va xarajatlarni kamaytirish ehtiyoji paydo bo'ldi. Moliyaviy bosim sababli endi kompaniyalar yoppasiga dasturchilarni ishdan bo'shatishni boshladi (layofflar mavsumi). O'zi shundoq ham ishdan bo'shatib turganda esa yangi ish o'rni ochish ham sezilarli tarzda pasayishni boshladi. 2023-yil Inflatsiya tezda pasayib qolmadi va 2023-yilda ham baland qoldi (5-6%). Layofflar ancha kamaygan bo'lsa ham, kompaniyalar yangi xarajatlar haqida juda ehtiyot bo'lib harakat qilishni boshladi. Bundan tashqari 2023-yil boshida ommalashishni boshlagan Generative AI bozordagi noaniqlikni kuchaytirib yubordi. Umumiy shov-shuv ortidan AI bilan bog'liq kompaniyalar narxi uchib ketishiga qaramay, unga tezda moslasha olmaganlar biroz tahlikali vaziyatga tushib qoldi (Google va Apple ham shular qatori). Natijada kompaniyalar xarajatlari judayam konsentratsiyalashib ketdi. Deyarli barcha mablag'lar AI uchun mos serverlar va qurilmalarga yo'naltirildi. Natijada dasturlash ish o'rinlari ham juda tor mavzuda bo'lib qoldi. 2024-yil Bu yilga kelib AQShdagi inflatsiya stabil pasayishni boshladi va hozirda 3% atrofida. Ammo FED o'zi maqsad qilgan 2% ga yetmaguncha foiz stavkalarini baland ushlab turishda davom etyapti. Bozordagi noaniqliklar ham ancha bosildi. Kompaniyalar ham, dasturchilar ham AI plyus-minus tomonlarini tushunib oldi va ikkisi ham "hali beri vahima qilish shart emas ekan" degan xulosaga keldi. Tech ish o'rinlari ham 2024-yilda stabillashib, sekin o'sishni boshlayotganini ham ushbu jadvaldan ko'rish mumkin. Xulosa Dunyoning eng katta IT bozoridagi holat butun dunyo qatori O'zbekistonga ham, Ustoz-Shogirddagi e'lonlar soniga ham ta'sir qildi. Shu sababli ham
Dasturlash o'lmadi, u shunchaki o'ziga kelib oldi )
#software_engineering #financial_markets #economics @Janob_Musayev
إظهار الكل...

👍 16 1🔥 1💯 1👨‍💻 1
Photo unavailableShow in Telegram
Backend Frameworklar "yulduzlari" tahlili Jahongir aka kanalida GitHubda eng ko'p yulduzga ega backend frameworklar haqida rasm qo'yibdi. Lekin menga har doim total raqamlar emas, ko'proq trendlar qiziqroq. Shu sababli o'zgarish tarixini ozroq tahlil qilib chiqdim. 1. Django — 2018-yildan beri yetakchi bo'lib kelgan Laravelni shu oy ortda qoldirib birinchi o'ringa chiqqan. 2. Laravel — 2013-18 yillarda kuchli o'sish ko'rsatib 2018-yili yetakchilikni MeteorJS (!) dan olib qo'ygan. Undan keyin o'sish trendi biroz pasaygan 3. Spring Boot — o'yinga bor yo'g'i 2013-yilda qo'shilgan, lekin 2016-yildan hozirgacha juda kuchli o'sib 3-o'ringa chiqib olgan. Ammo joyini tez orada FastAPI ga bo'shatib berish ehtimoli yuqori 4. Fast API — eng kuchli o'sish ko'rsatgan freymwork. Jadvaldagi NVIDIA ) 5. Flask — 2018-yilgacha yaxshi o'sib kelgan. Ammo undan keyin tezlik ancha pasaygan va tez orada NestJS va ExpressJS orqasiga o'tib oladi 6. NestJS — Fast API dan keyingi fenomen 7. ExpressJS — Ruby On Railsdan keyin GitHubda paydo bo'lgan klassik o'yinchi. Stabil o'sib kelyapti 8. Ruby On Rails — bozordagi eng klassik o'yinchi. Ammo 2017-18-yillarga kelib mashhurligini ancha yo'qotgan. 9. MeteorJS — 2 marta sakrab 1-o'ringa ko'tarilgan, ammo shu bilan qotib qolgan 10. KoaJS — kim o'zi bu? ) Jadvalni o'zim star-history.com orqali yasab chiqdim. Yaqindan ko'rmoqchi bo'lganlarga link qoldiraman. Foydalanishda mualliflikni hurmat qilasiz degan umiddaman. ⛓ Top 10 Backend Frameworks GitHub Star History #software_engineering #stats #backend P.S: Izohlarda PHP va Python jangini ochiq deb e'lon qilaman ) @Janob_Musayev
إظهار الكل...
🔥 6😎 4👍 2👨‍💻 2
Photo unavailableShow in Telegram
Microsoft va Mastercard ofisiga birinchi marta 2022-yil noyabr oylarida, hali Mastercardga hujjat topshirish haqida o'ylamagan paytimda kelgandim. O'sha paytda aylanib shu oshxonaga tushlikka kirganman. Ishga kirib, Dublinga ko'chgandan keyin shu oshxona joylashgan ko'chadan deyarli har hafta o'tib yurdim. Lekin hech o'sha oshxona oldidan o'tib yurganimni sezmagan ekanman. Bugun deyarli 2 yildan keyin o'sha oshxonaga kelib qolibman. Ajoyib his bo'lar ekan. #irishlife P.S: Lekin o'sha paytda ham shu ryukzagim men bilan edi. Haliyam menga sodiq ) @Janob_Musayev
إظهار الكل...
👍 25🤓 5
Repost from Allaev Uz
Шахсий бренд қураётган тадбиркорларимиз бошини деса сочини олиб келадиган даражага келиб қолди. Шахсий бренд экспертлик атрофида қурилади деб ўйлайман. Эрталабги нонуштаси, қайси бутикдан кийингани, машинасини кимга мойка қилдиргани ва сочини кимга олдиргани онгли аудиторияга қизиқ деб ўйламийман. Яқинда бир таниқли тадбиркор акамиз ҳазил қилиб айтди, шахсий бренд деб эрталаб хотинига тухум қовуриб берганигача пост қиляпти деб. Тавсиям, шахсий брендни ўзингиз эксперт бўлган йўналишда қилинг, ўзингизнинг соҳа профессионали эканлигингизга аудиторияни ишонтиринг, у билан билимларни бўлишинг. Сизга керакли аудитория сизни ошни зўр пиширганингиз учун кузатмайди. Агар кулинария қизиқ бўлса, яхшиси Баҳриддин Чустий кабиларни кузатади. @allaevuzb
إظهار الكل...
🔥 14👍 12
#lean_startup Yangi startap ishga tushirayotgan paytda 2 ta gipotezani tekshirish kerak: — Qiymat gipotezasi. Mahsulotingiz odamlarga kerakmi? Uni rostdan ishlatishadimi? — O'sish gipotezasi. Mahsulotingizga yangi foydalanuvchi faqat pul sarflab reklama qilganingizda keladimi yoki millionlab foydalnuvchilar o'zlari qidirib keladimi? Agar shu 2 ta narsani tez va arzon tasdiqlab ola olsangizgina, mahsulotingiz "mukammal" versiyasini ishlab chiqishga astoydil kirishishingiz mumkin. Lean Startup, Eric Ries @Janob_Musayev
إظهار الكل...

👍 13
Kecha ba'zi sabablarga ko'ra "Erotosfen g'alviri" algoritmini sal qaytarib chiqish kerak bo'ldi. Ingliz tilida Googleda topda chiqadigan postlar uncha yoqmadi. Keyin o'zim 5 yil oldin shu mavzuda yozgan postni o'qib, YouTubeda qanday implementatsiya qilganim videosini ko'rdim. "Balki o'zim o'ylagandek yomon dasturchi emasdirman" deb o'ylab qoldim keyin... 🤔 Yoki 5 yil unchalik yomon bo'lmaganman 😐 #coding #algo #ds @Janob_Musayev
إظهار الكل...
N gacha bo’lgan tub sonlarni topish. Erotasfen g’alviri

“Mathematics is the queen of the sciences and number theory is the queen of mathematics.” — Carl Friedrich Gauss

👍 13🥴 6😐 2
Muhammadkarim (Janob Panda) meni adashdi deb sal adashdi. NVIDIA 18-iyun kuni bozorni dunyodagi eng qimmat kompaniya sifatida yopdi. 19-iyun kuni esa bozor dam oldi. 20-iyun kuni boshida aksiya narxi yana ham ko'tarilib tarixiy maksimumga chiqdi. Lekin kunni 18-iyundan ham past narxda yopdi. Juma, 21-iyunda ham bu narsa davom etdi. Shunday qilib NVIDIA faqat bir ish kuni davomida eng qimmat kompaniya bo'lib turdi ) Tushunmaganlar Muhammadkarim posti va men unga yozgan izohni o'qib ko'rarsizlar 🙂 @Janob_Musayev
إظهار الكل...
🔥 12👍 7
Ba'zida tajriba ham yordam bermaydi Bir haftacha oldin Linkedindan recruiter yozdi "I'm impressed by your experience... etc. etc" deb. O'zi ishga kirganimdan beri 3-4 marta yaxshi-yaxshi kompaniyalardan yozishdi. Faqat endi ishga kirganim sabab hammasiga "Uzr hozir ish qidirmayapman" deb yozgandim. Bu safargisi ham Zoom sotib olgan Workvivo kompaniyasidan ekan. Qiziq tuyulgan joyi "PHP Laravel va React stekida Senior Software Engineer qidiryapmiz" degan joyi bo'ldi. O'zi hozir ham kompaniya o'zgartirish niyatim bo'lmasa ham "Qani o'zi tajribam yetarmikun?" deb o'ylab "Ok, let's have a chat" deb bitta kunni tanladim. Qiziq joyi menga yozgan recruiter o'zi Janubiy Afrikadan ekan. Irlandiyadagi ofisga odam qidirib yozibdi. Suhbat davomida ish uchun kerak texnologiyalarda tajribam necha yil, qanday loyihalarda ishlaganman kabi standard savollar berdi. Keyin esa "Ishlashing uchun sponsorship kerakmi?" deb so'radi. Men "Hozir kerak, lekin vizamni yangilashga topshirganman. U tugagandan keyin kerak bo'lmaydi" deb aytdim. Shundan keyin aynan o'sha ish o'rin uchun ariza topshirishim kerakligini va shundan keyin asosiy recruiter aloqaga chiqishini aytdi. Mayli deb topshirdim. Ertasi kuni esa... rejection keldi 😁 Agar o'zim qidirib topshirsam va ertasi kuniyoq reject qilishsa "Ha mayli" derdim. Lekin bunisi huddi oldin qizimizni bir borib ko'ring deb maqtab-maqtab, "Xo'p" qani deb borsangu, eshikdan kirmasingdan "Bizga to'g'ri kelmaysiz" deb qaytarvorishdek bo'lib tuyulib sal alam qildi ) Keyin haligi recruiterga "Adashib ketmadinglarmi?" deb qiziqib yozdim. U esa "Hozir yoki keyinchalik ishlashing uchun sponshorship kerakmi? degan joyiga "Ha" deganing uchun qaytarishibdi. Uzr" deb javob yozdi. Men ichimda "Qiziq ekansizlar" dedimu, unga "Mayli omad ishlaringizda" deb suhbatni tugatdim. Qissadan xissa Ba'zida sohada 4-5 yillik tajribang borligiyu, hozirda yurib turgan 2-3 ta loyihada (asosiy) ishda ishlaganing ham yordam bermasligi mumkin. Shunchaki yuqoridagi "yulduzingiz-yulduzingizga to'g'ri kelmaydigan" holatlar ham uchrab turadi 😁 #software_engineering #engineering_life #job_hunting @Janob_Musayev
إظهار الكل...
👍 28🔥 5🤓 1
Interface vs Inheritance | OOP Universitetdagi dasturlash darslarida OOP bu huddi Ingliz tilidagi “To Be” mavzusiga o’xshaydi. Qanchalik ko’p o’tilmasin va oddiy ko’rinmasin, amalda juda kam odamlar ishga kirish suhbatlarida OOP asosiy mavzularidan biri — nasl olish va interfeyslar farqini va ishlatilishini aniq tushuntirib bera oladi. Bugun ularni o’zimning tajribamdan kelib chiqib tushuntirishga harakat qilaman. Interface vs Inheritance klassik misollarda Nasl olishda klassik misol bo’lib jonzotlar keltiriladi. Ya’ni agar sizda Bird classi bo’lsa, undan Eagle, Falcon va Sparrow kabi qush classlarini nasl qilib olishingiz mumkin. Bunda qushlar umumiy qushlarga ega xususiyatlarni o’zida jamlaydi: ovqatlanish, nasl qoldirish va uchish… Bir daqiqa! Agar hamma qushlar ucha oladi deb belgilab qo’ysak unda Pingvin va Tuyaqush kabi qushlar nima bo’ladi? Aynan mana shu joyda bizga Interface yordamga keladi. Bu holatda Flyable degan interfeys yaratib uni ucha oladigan qushlar turiga biriktirib chiqishimiz mumkin. Yoki FlyableBird nomli classni Bird classdan nasl olib, unga Flyable interfeysini biriktirib qo’yish (implementatsiya qilish) va ucha oladigan qushlarni undan nasl olish mumkin. Bu bizga o’zimiz o’ylamagan boshqa qiziq narsani ham beradi. Agar bizda Transport classidan nasl olingan Plane (Samalyot) classi bo’lsa, endi shu Flyable interfeysni unga ham bog’lab qo’yish mumkin. Toy classidan nasl olingan Kite (Varrak) classiga ham. Qush, Samalyot va Varrak har xil uchishini esa bemalol ularning har biri ichida izohlab/implementatsiya qilib chiqamiz. Shundan kelib chiqib quyidagicha ta’rif berishimiz mumkin:
Intefeys — bu obyektga ma’lum bir xususiyatni biriktirish imkoniyati
OOP asosi bo’lgan tillarda (Java) inhertance bitta, lekin Interfacelar ko’p bo’lishi mumkinligi ham ma’lum bir jonzot odatda asosan bir turdagi jonzot nasl bo’lgani, lekin ko’p xususiyatga ega bo’lishi mumkinligidan kelib chiqqan deyish mumkin. Interface va Inheritance dasturlashda Yuqoridagi kabi misollar umumiy konsepsiyani tushunib olish uchun yaxshi, lekin dasturlashda biz qushlar, samalyotlar va varraklarni yasamaymizku, to’g’rimi? ) Shunga realroq misollarga o’tamiz: 1. Tasavvur qiling sizning sistemaga bir xil foydalanuvchi kirib ishlaydi: Admin, User va Partner. Ular hammasini bitta jadvalga tiqib, type degan maydon orqali ajratib olib keyin dasturingiz hamma joyida if…else qilib yursangiz ham bo’ladi. Lekin buning o’rniga Authenticable nomli interfeys yaratib, uning ichida identifikator va parol orqali ishlaydigan login metodini qo’shishingiz mumkin. Shundan keyin Admin class identifikator o’rnida username, User uchun email va Partner uchun telefon raqam ishlatib metodni implementatsiya qila olasiz. 2. Real misollardan biri esa — Laravel Notification Channels kutubxonasi. U yerda juda ko’p turdagi xabar yetkazuvchilarni ko’rish mumkin (Push, Email, Social). Garchi ular ma’lum interfeysni implementatsiya qilmasa ham, barcha kanallarda bir xil tuzilgan send() metodi mavjud. 3. Interfeyslar bundan tashqari metod ortidagi driverni almashtirish ehtimoli bor holatlarda ham yaxshi ishlaydi. Ya’ni sizda to’lov tizimi uchun Paymeni integratsiya qilgansiz, lekin ertaga talab o’zgarib Click yoki boshqa to’lov tizimiga o’tish kerak bo’lganda ham bu ishni PaymentProcessor interfeysi va Dependency Injection orqali oson hal qilish mumkin. Bu mavzu haqida esa keyinroq :) #software_engineering #design_patterns @Janob_Musayev
إظهار الكل...
👍 18🔥 4 2😐 2👨‍💻 1
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.