cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

SHEʼRLAR | Sherlar

💥Premyeralar👇 💫Yangi she'rlar✅ ♻️Eng Sara sherlar✅ ♻️YouTube: https://www.youtube.com/@yangi_sherlar Guruh: @ijodkorlar_shoirlar_va_shoiralar ♻️Grupamizdagi shoirlarning sifatli sherlari kanalga qo'yib boriladi Reklama ADMIN @Xolbek

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
3 476
المشتركون
-524 ساعات
+37 أيام
-1330 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Uzur sizga yuragimni berolmayman😔🥀    Men roziman kunglingizdan uchirsangiz Bevafosiz rosti yo'lga sololmayman Yaxshi edi gina qilmay kechirsangiz Uzur sizga yuragimni berolmayman Charchamaysiz ichdan tuqib yolg'on aytib Yorim debon mag'rur qaddim kerolmayman Bir adashdim ishonmayman endi qaytib Uzur sizga yuragimni berolmayman Yosh emassiz o'n sakkizga to'lsangiz ham Aybingiz ko'p yoningizda qololmayman Shudir gapim mayli hafa bo'lsangiz ham Uzur sizga yuragimni berolmayman O'z o'zimga barcha gunohim savobim So'ramayman rizoyingiz ololmayman Eshitsangiz mana aytay rad javobim Uzur sizga yuragimni berolmayman Sevdim desam sevmay kulib ketgan siz siz Endi men ham avvalgidek bo'lolmayman Vafosi yo'q jafosi ko'p yomon qiz siz Uzur sizga yuragimni berolmayman Ko'p adashdim bu sevgidan pandlar yeya O'sha tanish raqamlarga terolmayman Kechirganman bari o'tib ketdi deya Uzur sizga yuragim berolmayman Kechgansizku bizdan o'zga bahtga yeting Dilim pora bo'lganda ham o'lolmayman Ko'p bezovta qilmang endi bo'ldi keting Uzur sizga yuragimni berolmayman Nomaxramlar ortingizda kazo kazo Mushtimdek bir bo'lagimni berolmayman So'zdan qaytmas bitta gapli Sarvar Mirzo Uzur sizga yuragimni berolmayman Muallif✍Sarvar Mirzo  ❌️Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin
إظهار الكل...
👍 1
Repost from N/a
Arsh guli Rayhon... Bir oshiq qanchalik, bólar bilmadim, Balkida Majnun-u, Farhod talabgor Va lekin yurakka, otashdek manim Ishq tushdi shu zamon, ahvolim abgor Yóq yoʻq, qandaydir bir gózal qiz emas Zulayho husnidan emas yurak qon Moziydan daragin eshitib bir pas Oshufta otashga shóngʻidim chunon Demishlar jannatiy ruxsor bor emish Firdavs makoni oshiyon abad Kavsar Har lahzada Unga yor emish Har tomchi soʻylarmush,bu sof muhabbat Rayhon deb nomini zikr etdilar Tamoman takrori yoʻq emish ey voh Garchi tasviriga doston bitdilar Lek uni koʻrgan yoʻq, yo nada guvoh Molik ul Rayhonni yaratdi shundoq Poyasi billurdan, barglari kumush Subhida shudring ham tusharkan biroq Tomchilar marvarid hamda dur emish Shunday bir yaproqki, bejirim gavhar Iforin soʻylamoq qanchalar goʻzal Atrofga mushkini yoyar har safar Malaklar sarxushdek mast boʻlgan azal Sevgi deb atamang dildagi zorim Hattoki muhabbat deya kamsitmang Buni ishq deydilar, pinhona yorim Diydor ham uzoq deb jonga tigʻ suqmang Dunyodan kerakmas zarracha davlat Demangki:"Xom xayol kalimang bori" Sulaymon taxti ham yoʻllasa da'vat Menga diydor afzal ,Rayhon diydori Jannat goʻzalligi u bilan boʻlak Samo Shohligining husni mujassam Menchi bu Rayhonning oshigʻi demak Allohga qasam bu Allohga qasam Shunchalar telbaga aylandim nahot Yusufning husnidan tondim shu zamon Yo Rahmon dardimga vaslidur najot Meni maftun qildi Arsh guli Rayhon! ✍ Kavsar (Sardor Samandar oʻgʻli) Eslatma! Biror sahih hadisga tayanmagan holatda yozildi. Bu shunchaki mubolagʻa va tasavvur!
إظهار الكل...
🔥 7👍 4👏 3
Photo unavailableShow in Telegram
Mayli xasta, mayli yarimta joni, Mayli tutolmasa qo‘llar asoni, Uyim farishtasi, shohi sultoni, Sochlariga qo‘ngan qoriga shukur, Ota-yu onamning boriga shukur. Boladek iymanib turganda so‘zlab, Beparvo ketardim dunyoni ko‘zlab, Dardin tinglamadim darmonlar izlab, Quchog‘i halovat, tanbehi huzur, Ota-yu onamning boriga shukur. Ko‘ngli ming bor sinib bildirmagan zot, Qanotim singanda bo‘lguvchi qanot, Kulbam sizla fayzli, siz ila obod, Xizmati kor bo‘lsa, koriga shukur, Ota-yu onamning boriga shukur. ✍M  Mardonzoda she'ri.
إظهار الكل...
👍 9 4
Дунёлардан, ғавғолардан, безган билан, Ҳеч ким дардинг, ололмайди, сезган билан, Ҳасратларинг тугармиди ёзган билан, Гоҳи қувонч, гоҳида ғам, дунёси шул, Йиғлама дил, йиғлама дил, йиғлама дил. Оқибатдан, манфаатлар, устун замон, Минг бўлакка, бўлма ўзинг, сақла омон, Инсон қадри, писта пўсти, каби арзон, Ўзга билмас, ўз қадрингни, сен ўзинг бил, Қўйгин энди йиғлама дил, йиғлама дил. Ёлғонларга уя бўлди, тармоқлар ҳам, Ҳақиқатни ёзмай қўйди, бармоқлар ҳам, Қорни очнинг ҳоли, қорни тўққа не ғам, Парвардигор энди ўзинг адолат қил, Қўйгин энди, йиғлама дил, йиғлама дил. ✍M. Мардонзода шеъри.
إظهار الكل...
👍 8👏 3 2
Photo unavailableShow in Telegram
Дугонам Мавлудага бағишладим.... Дўстим Йўқчилик ғамлари солганда соя, Бирор йўл кўрсатар, ё бирор ғоя, борлиги кўнглимга таскин, кифоя, Тушкинлик этолмас ҳолим хор мени, Ёнимда бағри кенг дўстим бор мени. Сохтакор дўстлар бор иши юлишдир, Омад келса мақтаб, кетса кулишдир, Ундай дўст, дўст эмас таниш билишдир, Номарду пастларга қилмас зор мени, Ёнимда бағри кенг дўстим бор мени. Усиз кўнглимда йўқ ҳаловат ҳузур, Базида ранжитиб сўрайман узур, Аллоҳ омад берса бергани шудур, Йиқилсам суяйди бир шунқор мени, Ёнимда бағри кенг дўстим бор мени. У бор давраларда ўрним бўлакдир, Душманим у учун душман демакдир, Бирлашган билаклар кучли билакдир, Бошимга ёғолмас ёмғир қор мени, Ёнимда бағри кенг дўстим бор мени. ✍М Мардонзода шеъри.
إظهار الكل...
👍 13
Repost from N/a
♻️XPLUS 🍇UZUMda🙂. Bizda👇 🇺🇿 Avtomobil biznes kartasi 🇷🇺 Автомобильная визитка 💰Atagi 18.000sum 14000sum 🌐 Maxsulot haqida batafsil ma'lumotni UZUMdagi do'konimizda ko'ring va xarid qiling. @xplusuzum
إظهار الكل...
Jannatimsiz onam Sheʼr boshidan shukronalik aytaman, Shu kunlarda yurganimga men yana. Boymasturman, saroyim ham yoʼqku mana, Siz borsizku menga nima kerak ona. Boyligim ham jannatim ham oʼzingiz, Soʼzlaringiz tillo zardan qimmat ona. Dard chekkanda darmonimsiz oʼzingiz, Bu dunyoda jannatim ham siz ona. Bu hayotda boringizga shukur deyman, Yonimizda turganizdan men baxtliman. Bunday baxtdan boshqasini tanlamayman, Yashashimning mazmuni ham sizku ona. Baʼzida koʼnglingizni ogʻritqanman, Afsuslardan ichimda dart yutqanman. Endigina oʼzimga keldim mana. Siz borsizku menga nima kerak ona. Shukur deyman ustu boshim but mana, Suyanishga Jigarlarim siz bor yana. Nasib boʻlsa qilamiz hoji ona, Siz borsizku menga nima kerak ona. Kiblam boʼlmish Kaʼbatulloh aylanamiz, Shu kunlarga yetmoq uchun harakatdamiz. Hayotimning mazmuni farishtamsiz, Siz borsizku menga nima kerak ona. ✍ Sevinch Xaytboyeva @sherlar_shoirlar_va_shoiralar
إظهار الكل...
SHEʼRLAR | Sherlar

💥Premyeralar👇 💫Yangi she'rlar✅ ♻️Eng Sara sherlar✅ ♻️YouTube:

https://www.youtube.com/@yangi_sherlar

Guruh: @ijodkorlar_shoirlar_va_shoiralar ♻️Grupamizdagi shoirlarning sifatli sherlari kanalga qo'yib boriladi Reklama ADMIN @Xolbek

👍 11 2🥰 2👏 1
Bugun not avhida hoz sotganga 1 000 tasiga 60 mingdan beraman 904012203 @xolbek sotish
إظهار الكل...
👍 1
https://t.me/hamsTer_kombat_bot/start?startapp=kentId1769316030 Hamster sotuvga chiqishi kutilyabdi kirmaganlar ulgursin 😊
إظهار الكل...
Hamster Kombat

Just for you, we have developed an unrealistically cool application in the clicker genre, and no hamster was harmed! Perform simple tasks that take very little time and get the opportunity to earn money!

😢 2
SOʻNGI QOʻNGʻIROQ 🔔 Bugun yangrar yigʻlatib sado Koʻzlar mayus yurakda titroq Qalb tubidan eshtilar nido Chalinmoqda soʻngi qoʻngʻiroq 🔔 Maktabdan ham ketyapmiz mana Koʻngillar hech uzilmas biroq Shu maktabga kelsaydim yana Ayiqmoqda soʻngi qoʻngʻiroq 🔔 Yurak qabul qilmayapti hech Ketamizmi maktabdan yiroq Koʻnglim gʻashdir tinmayapti hech Chalinmoqda soʻngi qoʻngʻiroq 🔔 Maktab davrim oʻtibdi tushdek Parvozga shay boʻlibmiz qushdek Goʻyo kecha edikku mushtdek Yangrar bugun soʻngi qoʻngʻiroq 🔔 Boʻgʻzimda soʻz qoldi tiqilib Toʻldik biz ham misli bir varoq Tez tez urar yurak hapqirib Chalinmoqda soʻngi qoʻngʻiroq 🔔 Bolalikda orzu qilibmiz Maktabni tez tugatsam edi Bugun esa gʻamgin turibmiz Chalinmoqda soʻngi qoʻngʻiroq 🔔 Kattalarga ishonmas edim Sogʻinasan derdi maktabni Ketmasimdan rost ekan dedim Chalinmoqda soʻngi qoʻngʻiroq 🔔 Barbir qalbda qolarkan tugun Ketishga hech tortmaydi oyoq Tark etamiz maktabni bugun Chalinmoqda soʻngi qoʻngʻiroq 🔔 22:58 08_05_2024 Muallif: ABUDIL (DILSHODBEK)
إظهار الكل...
👍 8😢 2
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.