cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Edu.uz — DTM.uz — Abituriyentlar.uz — Oliygoh.uz — Abt.uz — Taʼlim kanallar — Xushnudbek.uz — xabar

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar! 📩 @DTMreklama Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi. http://instagram.com/edu.uz

إظهار المزيد
Uzbekistan119لم يتم تحديد اللغةالتعليم170
مشاركات الإعلانات
266 086
المشتركون
-37824 ساعات
-3 3467 أيام
-27 61330 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

⚡️Magistratura va doktoranturaga qabul qilishda xorijiy tilni bilish to‘g‘risidagi sertifikat talabi quyidagicha o‘zgartiriladi: ➖ta’lim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinadi; ➖ soha xususiyatidan kelib chiqib madaniyat, san’at, sport, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ishlab chiqarish, muhandislik ishi, qishloq xo‘jaligi, veterinariya, arxitektura va qurilish, fizika va tabiiy fanlar, transport xizmatlari yo‘nalishlari bo‘yicha sertifikat talabi bir pog‘ona – B1 darajasiga tushiriladi; (Sertifikat talabi xorijiy tillar yo‘nalishlarida C1 darajada, aniq fanlar, biologiya, matematika, huquq, jurnalistika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va iqtisodiyot yo‘nalishlarida B2 darajada saqlanadi) Safimizga qoʻshiling 👇 https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
إظهار الكل...

⚡️Kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni sanasi o‘zgardi ✅ Xabaringiz bor, 2024-yil birinchi yarimyillik uchun e'lon qilingan taqvimga muvofiq joriy yil 19-mayda Bilimni baholash agentligi tomonidan kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. ✍️Talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda, imtihon o‘tkazish sanasiga o‘zgartirish kiritildi. ✅ Kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar uchun test sinovlari 26-may kuni o‘tkaziladi. 📱Imtihon o‘tkazish smenasi va vaqti haqida qo‘shimcha ma'lumot beriladi. Safimizga qoʻshiling 👇 https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
إظهار الكل...
Edu.uz — DTM.uz — Abituriyentlar.uz — Oliygoh.uz — Abt.uz — Taʼlim kanallar — Xushnudbek.uz — xabar

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar! 📩 @DTMreklama Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi. http://instagram.com/edu.uz

Yandex сунъий интеллект соҳасидаги энг яхши ёш тадқиқотчиларни танлаб олади Yandex компанияси Yandex ML Prize халқаро илмий мукофоти учун аризаларни қабул қилишни бошлайди. Ғолиблар 70 миллион сўм, илмий раҳбарлар эса 140 миллион сўм миқдоридаги мукофот билан тақдирланишади. Мукофот ёш тадқиқотчиларга, илмий раҳбарларга ва ўқитувчиларга компьютерни техник жиҳатдан кўриш, табиий тилни таҳлил қилиш ва автоматик таржима, нутқни таниб олиш ва синтез қилиш, ахборотни қидириш ва маълумотларни таҳлил қилиш, генератив моделлар соҳасидаги ютуқлари учун берилади. 2024 йилда мукофот бешта номинацияда тақдим этилади: ✅"Биринчи нашр". ✅ "Тадқиқотчилар". ✅"Ёш илмий раҳбарлар". ✅"Илмий раҳбарлар". ✅"ML ўқитувчилари". Аризаларни қабул қилиш 6 майдан 21 июнгача давом этади. Yandex ML Prize мукофотини топшириш маросими 2024 йил кузида бўлиб ўтади. Мукофот экспертлар кенгашига халқаро даражадаги сунъий интеллект тадқиқотчилари ва мутахассислар киради.
إظهار الكل...
⚡️ Huquqshunoslik fanlaridan o‘tkaziladigan aprobatsiya sinovlari uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi 📆 2024-yil 3-may (juma) kuni Toshkent, Buxoro, Namangan va Urganch shaharlarida huquqshunoslik fanlaridan o‘tkaziladigan aprobatsiya sinovlari uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi. 📱 Aprobatsiya sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani https://my.uzbmb.uz/service/98 havolasi orqali yuklab olishlari mumkin. 📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi. ✅ Talabgorlar aprobatsiya sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 14:00 dan boshlab (aprobatsiya sinovi 15:00 da) kiritiladi. ❕Aprobatsiya sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha aprobatsiya o‘tkazilmaydi. Safimizga qoʻshiling 👇 https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
إظهار الكل...
Edu.uz — DTM.uz — Abituriyentlar.uz — Oliygoh.uz — Abt.uz — Taʼlim kanallar — Xushnudbek.uz — xabar

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar! 📩 @DTMreklama Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi. http://instagram.com/edu.uz

Yandex Ўзбекистонда мактаб ўқувчилари ва ўқитувчилари учун махсус IT -таълим дастурини ишга туширади 🧑‍💻Дастурнинг биринчи босқичида Yandex Ўзбекистонда болалар учун дастурлаш мактабларини ишга туширади. Шундай мактаблардан бири Тошкентда аллақачон муваффақиятли фаолият юритмоқда, яна икки мактаб эса 2024 йил кузида яна икки шаҳарда ишга туширилиши режалаштирилган. 👨‍🏫Дастурнинг иккинчи қисми Ўзбекистон информатика ўқитувчиларини қўллаб-қувватлашдан иборат бўлади. Улар учун Yandex бепул дастурлаш курсларини очади ва замонавий ўқитиш усуллари билан таништиради. Ўқитувчилар “Яндекс Задачник”ка кириш имкониятига эга бўладилар – бу Python бўйича бепул ўқув материаллари. 💻"Бизнинг дастуримиз шундай комплекс ечим яратишга қаратилганки, у мактаб босқичида дастурлаш бўйича умумий таълим даражасини оширишга, шунингдек, дастурлаш мактабларида махсус таълимни барча учун янада қулайроқ қилишга ёрдам беради," дейди Yandex Taxi компаниясининг МДҲ бўйича ривожланиш директори, дастурнинг спонсори Кирилл Свинцов.
إظهار الكل...
Bilimni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan Chet tilidan ko‘p darajali test sinovi gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati aprobatsiyasi ✅ Chet tilini bilish darajasini baholash boshqarmasi tomonidan chet tilidan gapirish ko‘nikmasini baholash uchun yangi format loyihasi ishlab chiqildi. ⌚️ Ushbu yangi format aprobatsiyasi 2024-yil 10-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda Ilmiy o‘quv-amaliy markazi tomonidan o‘tkazilishi rejalashtirilgan. ⚡️💻 Aprobatsiya test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar https://my.uzbmb.uz/ilmiy/service havolasi orqali ro'yxatdan o‘tishlari mumkin. ⚡️ Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2024-yil 8-may soat 08:00 gacha. Test sinovi narxi: 25 000 so‘m. To‘lovni amalga oshirish muddati: 2024-yil 8-may soat 10:00 gacha. 📱 @bba_ilmiy_markaz https://t.me/BaholashUz/6512 📞 (95) 507-70-72 📞(95) 515-68-68 Safimizga qoʻshiling 👇 https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
إظهار الكل...

Repost from RealSoft
🌎 Texnologiyalar yordamida dunyomizni qanday qilib ekologik toza qilish haqida fikringiz bormi? Sovrin jamg'armasi 45 million so'm bo'lgan IT ECO FEST 2024 xalqaro ekofestivalining xakatonida ishtirok eting! Biz qanday IT loyihalarini qidiramiz: 🌱 ekologik muammolarni hal qiluvchi — havoning ifloslanishi, chiqindilarni yig‘ish va qayta ishlash, ichimlik suvi yetishmasligi va boshqalar 🧑🏻‍💻 yaxshi ishlab chiqilgan — maqsad, vazifalar va amalga oshirish rejasini tuzgan 🤝 amalga oshirish uchun shu kabi fikrlaydigan insonlarni va sheriklarni izlayapmiz. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya Vazirligi tomonidan eng yaxshi loyihalar pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: 1-o‘rin — 20 million so‘m 2-o‘rin — 15 million so‘m 3-o‘rin — 10 million so‘m G‘olib, shuningdek, festivalning bosh homiysi va bosh tashkilotchisi – RealSoft dasturiy ta’minot kompaniyasi bilan birgalikda o‘z g‘oyalarini hayotga tatbiq etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Loyihangizni taqdimot formatida 3 may soat 10:59 ga qadar https://forms.gle/g1hN62YpYdW9xkG89 koʻrinishida topshirishingiz mumkin — xakaton mutaxassislari barcha arizalarni baholaydilar va sizni 4-may kuni Astrum IT akademiyasida boʻlib oʻtadigan pitchingga taklif qilishadi. Natijalar 5-may kuni kechqurun Markaziy bog‘dagi festival o‘tkaziladigan joyda e’lon qilinadi. Ishtirok etish haqida savollaringizni ushbu post ostidagi izohlarda berishingiz mumkin. Biz sizning g'oyalaringizni kutamiz va biz birgalikda dunyoni yaxshi tomonga o'zgartirishimizga aminmiz!
إظهار الكل...
Tarix va fizika fanlaridan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi 📝 2024-yil 7-aprel kuni o‘tkazilgan tarix va fizika fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi. 📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin. ✅ Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi: 🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja; 🔹 65 - 69,9 ball — A daraja; 🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja; 🔹 55 - 59,9 ball — B daraja; 🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja; 🔹 46 - 49,9 ball — C daraja. ✅ Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi: 🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball; 🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball; 🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball. Imtihon natijalarining statistik tahlili Agentlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirildi. Safimizga qoʻshiling 👇 https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
إظهار الكل...
Edu.uz — DTM.uz — Abituriyentlar.uz — Oliygoh.uz — Abt.uz — Taʼlim kanallar — Xushnudbek.uz — xabar

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar! 📩 @DTMreklama Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi. http://instagram.com/edu.uz

Milliy sertifikat uchun huquqshunoslik fanlaridan aprobatsiya test sinovlari o‘tkaziladi 📝 Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga muvofiq 2020-2024-yillarda oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga imtihon topshiriladigan 9 ta umumta’lim fanidan milliy sertifikat joriy etish vazifasi qo‘yilgan edi. Mazkur topshiriq agentlik tomonidan 2023-yilda nihoyasiga yetkazildi. ⚖️ Agentlik tomonidan huquqshunoslik fanlaridan ham milliy sertifikat imtihonlarini tashkil etish ustida ish olib borilayotgan bo‘lib, joriy yilning 3-may kuni aprobatsiya test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan. 📱 Bunda huquqshunoslik fanlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan va huquqshunoslik fanlaridan aprobatsiya test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar https://my.uzbmb.uz/service/98 havolasi orqali aprobatsiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. 📍 Huquqshunoslik fanlaridan aprobatsiya test sinovlari Toshkent (200 nafar), Buxoro (600 nafar), Namangan (600 nafar) va Urganch (600 nafar) shaharlarida tashkil etiladi. 📆 Aprobatsiya sinovlarida ishtirok etish bepul bo‘lib, talabgorlarni ro‘yxatga olish 28-aprelgacha davom etadi. 🖥 Aprobatsiyada ishtirok etuvchilar soni cheklangan bo‘lib, ma’lum bir hududda o‘rinlar soni to‘lganda, ro‘yxatga olish muddatidan oldin yakunlanishi mumkin. Kelgusida tashkil etiladigan imtihonlarning yanada sifatli bo‘lishini ta'minlash maqsadida huquqshunoslik fanlaridan tayyorgarlikka ega bo‘lgan va aprobatsiya sinovlarida albatta ishtirok etish imkoniyati mavjud bo‘lgan talabgorlarning ro‘yxatdan o‘tishlarini so‘raymiz! Safimizga qoʻshiling 👇 https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
إظهار الكل...

Siz uchun barcha plyuslar bir obunada! Yandex Music-da qo‘shiq va podkastlarni tinglang, Kinopoisk-da filmlar va seriallarni tomosha qiling, Bookmate-da kitoblar va komikslarni o‘qing, shuningdek Yandex Go-da 10% chegirma bilan Komfort va Biznes tariflarida taksiga buyurtma bering — bularning barchasi bir Yandex Plus obunasida. 2024-yil 15-maygacha 90 kun bepul ulanishga shoshiling saytida! <
إظهار الكل...