cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

UFQ

Musulmon olamidagi ijtimoiy-siyosiy hayot, sharqshunoslik Kanalga yaqinlaringizni taklif qilishni unutmang! E'tibor eng katta qo‘llovdir! Hamkor: @tafakkur_chizgilari Murojaat: @ufquchunbot

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
1 326
المشتركون
-224 ساعات
-187 أيام
+4430 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Xorazmiyning aqidaviy qarashlari
إظهار الكل...
Xorazmiyning aqidaviy qarashlari

Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso Xorazmiy Majusiy Qatrabbuliy (783 – 850) — turkiston ilm-fani tarixidagi ilk qomusiy olimlardan. Muhammad Xorazmiyning 29 asari bizgacha saqlanib qolgan. Bu asarlar, asosan, aniq va tabiiy fanlarga oid boʻlsa-da, ammo ularda ijtimoiy fanlar sohasiga doir anchagina qiziqarli malumotlar uchraydi. Xususan, Xorazmiyning aqida masalasidagi qarashlari diqqatga sazovordir. Xorazmiy osmon jismlarini, umuman, koinotni jiddiy oʻrganganligi sababidan dastlab musulmonlarning bular toʻgʻrisidagi…

👍 13👏 3 2
Biotexnologiya- qadimiy soha yoki organik kimyoga oid eksperimental tadqiqotlarga asos solgan Sharq olimlarining ishlari
إظهار الكل...
Biotexnologiya- qadimiy soha yoki organik kimyoga oid eksperimental tadqiqotlarga asos solgan Sharq olimlarining ishlari

Ko’plab kishilar biotexnologiyani juda zamonaviy, yaqinda tashkil etilgan hamda asosiy kelajak fani deb biladilar. Albatta bu ko’p jihatdan to’g’ri xulosalar, biroq biotexnologiya nafaqat bugun yoki kelajak uchun ahamiyatli, balki uzoq o’tmishdan buyon muhim sohalardan biri bo’lib hisoblanadi. Ma’lumki qadimgi davrlarda oziq- ovqat mahsulotlarini uzoq saqlaydigan texnologik asbob, jihozlar yoki hozirgi kundagi mavjud bir necha ming turdagi kimyoviy vositalar bo’lmagan. Ortiqcha yoki boshqa mavsum uchun zarur…

👍 6 3❤‍🔥 2
إظهار الكل...
Odilxon

Shaxsiy qarashlar, fikrlar, xulosalar. Mavzular: tarjimonlik, HR, o‘quv kurslari, siyosatshunoslik, falsafa, umumiy gumanitar soha. Ilmiysifat maqolalar: @ufq_horizon

🤩 2
Yevropani oʻzgartirgan kitob Musulmon olimlarning dunyo ilm-fani va tamaddunidagi oʻrni haqida fikrlarimni eʼlon qilishni boshlagan edim. Avvalgi postimda kimyo otasi Jobir al-Hayyonning lotin tiliga tarjima qilingan asarlari Yevropa universitetlarida asosiy qoʻllanmalar boʻlganligini haqida yozgandim. Ana shu fikrlarimni davom ettirmoqchiman. Oʻrta asrlar Yevropasida bir qator faylasuf olimlar yetishib chiqdi. Ular tabiiy fanlarning qator sohalarida bir qadar muvaffaqiyatlarga erishishdi. Tabiyotshunoslik, xususan, kimyo, tibbiyot, dorishunoslik va falsafa fanlari rivojida Albert Magnus, Rojer Bekon, Arnaldus de Villa Nova, Nikolas Flamel, Paratsels... Eʼtiborli jihati shuki, nomlari zikr etilgan ushbu olimlar Jobir Al-Hayyonning asarlarini oʻrganishgan. Jobir al-Hayyon Yevropada butun boshli fanlarning rivojiga oʻta kuchli taʼsir koʻrsatadi. Yevropa olimlari Jobir al-Hayyonning asarlariga sharhlar yozishgan. Birgina “Kitab al-Kimyo” asari yevropalik mutafakkirlar orasida juda mashhur boʻlib ketadi. Oʻrta asrlarning mashhur mutafakkiri Albert Magnus “Kitab al-Kimyo” (lotinchasi “Liber de Alchemia”)ni oʻrganib, oʻzining asarlarida undan koʻp foydalanadi (iqtiboslar keltiradi), “Kitab al-Kimyo”ning butun Yevropada oʻrganilishini targʻib etadi. Ingliz olimi Rojer Bekon ham Jobir al-Hayyonning ilmiy ishlaridan taʼsirlangan. Ilmiy tajriba va empirik usullarning qatʼiy tarafdori boʻlgan Bekon oʻz tadqiqotlarida “Kitab al-Kimyo”dan foydalanadi. Kataloniyalik kimyogar va fizik Arnaldus de Villa Nova “Kitab al-Kimyo”ni oʻrganib, unga sharh yozadi, kimyo maʼruzalarida Jobir al-Hayyonning shu asaridan foydalanadi. Soxta Geber nomi bilan Yevropada mashhur boʻlgan olimning “Summa Perfectionis” va “Liber Fornacum” kabi asarlariga “Kitab al-Kimyo” juda kuchli taʼsir koʻrsatadi. Asardagi koʻp usullarni oʻzlashtiradi. Farmatsevtika va toksikologiya fanlari rivojiga katta hissa qoʻshgan Paratsels (Paracelsus) “Kitab al-Kimyo”dagi ishlarni davom ettiradi, undagi tajriba usullarini oʻz laboratoriyasida qoʻllaydi. Xulosa oʻrnida aytajak fikrim shuki, nafaqat musulmon olimlar, balki ularning birgina kitobi – “Kitab al-Kimyo” oʻrta asrlar Yevropasidagi kimyo va unga bogʻliq qator fanlar rivojiga turtki berdi. “Kitab al-Kimyo”ga turli sharhlar yozildi, kimyo maʼruzalari shu kitob asosida tuzildi. Yevropa universitetlari kutubxonalarida asarning lotin tiliga qilingan tarjimalari eng qimmatbaho manba edi. Umuman olganda, musulmon olimlarining hissasi shu birgina “Kitab al-Kimyo” bilan cheklanib qolmaydi. Nasib qilsa, keyingi maqolalarda har biriga alohida toʻxtalib oʻtamiz. © Baxtiyor Abdug‘afur
إظهار الكل...
👍 13❤‍🔥 4🐳 2
Photo unavailableShow in Telegram
Harakatsiz bilim isrof, bilimsiz harakat ahmoqlikdir. Abu Homid G'azzoliy @ufq_horizon
إظهار الكل...
👍 13 7😭 2
Photo unavailableShow in Telegram
Havoyi nafs shohlarni qul qiladi, sabri jamil esa qullarni shohga aylantiradi. Abu Homid G'azzoliy @ufq_horizon
إظهار الكل...
12👍 7👏 2
Photo unavailableShow in Telegram
Dunyo aqli bor-u, iymonsiz hamda iymonli, ammo johil odamlarga bo'lingan. Abu Ali Ibn Sino (ga nisbat beriladi) @ufq_horizon
إظهار الكل...
👍 6❤‍🔥 3🗿 3🐳 2
Photo unavailableShow in Telegram
Qadrli kuzatuvchilar! Musulmonlar uchun muborak ayyom — Qurbon hayiti barchangizga muborak bo‘lsin! Alloh ibodatlarimiz va qurbonliklarimizni dargohida qabul qilsin! تَقَبَّلَ اللهُ مِنَّا وَمِنكُم!
إظهار الكل...
👍 5 3❤‍🔥 2🐳 2
🕯️Ba'zi [faylasuflar] ning fikricha: faqatgina haqiqiy borliq uning o‘zigina birinchi sababdir, chunki u borliqning hech narsaga zotan ehtiyoji yo‘q; boshqalar birinchi sababga muhtojlar. Vujudda boshqaga muhtoj bo‘ladigan narsaning vujudi xayolga o‘xshash bo‘lib, haqiqiy vujud bo‘lolmaydi: haqiqiy vujud faqatgina [o‘sha] avvalgi yagonaning o‘zi, dedilar. ▶️So‘fiyalar, ya'ni hakimlarning tushunchalari ana shundaydir. Chunki yunoncha "suf" so‘zi "hikmat" demakdir. Shuning uchun faylasufga filosufo, ya'ni "hikmatni suyuvchi" deb nom berilgan. Musulmonlardan bir guruhi so‘fiyalarning o‘sha tushunchalariga yaqin fikrga borganidan ular ham so‘ffiya deb ataldilar.⤵️ ⏩Musulmonlarning ba'zilari so‘ffiya so‘zining ibora ekanini bilmasdan tavakkal qilib, so‘ffiya so‘zini (arabcha sod harfi bilan) — suffa so‘ziga nisbat berib, "so‘ffiyalarni payg‘ambar alayhissalom s.a.v. davridagi suffa suhbatdoshlari as'hobi suffadan iborat kishilardir" dedilar. Undan keyin [bu so‘zni] suf attuyus — taka juni so‘zidan qisqartirilgan deb tushunishdi. 📚[Qadimgi yunonlar] orasida "o‘zini mumkin qadar birinchi sababga o‘xshatib, oradagi vositalarni tark qilib va monelarni olib tashlab, butunlay sababga o‘zini topshirgan kishi u bilan birlashadi" deguvchi kishilar ham bor. So‘fiya maslagidagilar ham shunday e'tiqod qiladilar, chunki [ikkovining ham bu masalaga] qarashi bir-biriga o‘xshaydi. Abu Rayhon Beruniy, "Hindiston", 3-bob @ufq_horizon
إظهار الكل...
👍 6 3🤩 2❤‍🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Har bir xalqdagi yuqori tabaqa bilan avom xalqning e'tiqodi bir-biridan farqli bo‘ladi. Chunki yuqori tabaqaning tabiati aqliy fikrlar xususida bahslashib, asl va asosni aniqlashni mo‘ljallaydi. Avom xalqning tabiati esa hissiy sezadigan narsalar bilan cheklanib, asldan ajralib chiqqan faqat shoxobchalarga qanoat hosil qiladi, asosni tahlil qilishni istamaydi. Ayniqsa, bu tabaqalarning fikr va irodalari turlicha bo‘lib, bir-biriga muvofiqlashmaydigan tarzda bir-biridan farqli bo‘ladi. Abu Rayhon Beruniy, "Hindiston" @ufq_horizon
إظهار الكل...
👍 17❤‍🔥 6 2
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.