cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Birgalikda kitob o‘qiymiz 📚📖📎

بِسْمِ ْاللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الْرَحِمِ Xush kelibsiz: Bu sahifa aynan siz uchun! Kitoblardan iqtiboslar...📗📕📙 Chiqarilgan xulosalar... Va kitob haqidagi boshqa qiziqarli ma'lumotlar... 📝📝📝

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
243
المشتركون
-124 ساعات
-97 أيام
-1030 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

#mutolaa Bu yozuvchi haqida avval umuman eshitmaganim uchun negadir ismini jarangidan turk yozuvchisi deb o‘ylabman.Qissaning birinchi sahifasidanoq o‘zbek yozuvchisi ekanligini payqadim. Google ga murojaat qilib bildimki ijodkor 1964-yili Samarqad viloyatida tavallud topgan va bir qator asarlari mavjud.Lekin nega tanimaymiz? Ha, har doimgidek o‘sha holat - o‘zbek adabiyotidan darslikdagi yozuvchilarnigina bilamiz xolos.Asarlari sotuvda yo‘qligi ham buning bir sababi. Aslida bunday yozuvchilar ko‘p ya'ni bizni nazarimizdan chetda qolayotganlari. Gapni qisqa qiladigan bo‘lsam shu qissani o‘qib chiqdim bugun.Negadir asar O‘tkir Hoshimovning ''Tushda kechgan umrlar'' romanidagi bir salbiy qahramonni yodimga soldi.Ismi aynan esimda qolmagan lekin butun bir oilani parokanda qilib yuborgan tergovchi edi.Hukumat soyasiga yashirinib har ish qo‘lidan keladigan bunday obraz ''Bibisora'' qissasida ham mavjud.Qissada yosh bolaning ko‘zi bilan o‘sha qishloqdagi sodir bo‘layotgan noma'qulchiliklarni ko‘rishingiz mumkin va asar so‘ngida siz turli savollar girdobida qolishingiz aniq, tahminiy javoblar esa o‘z-o‘zidan yopirilib keladi. @birgalikdakitoboqiymiz
إظهار الكل...
3🔥 2👍 1❤‍🔥 1
#qissa Ularda dard va iztirob ne qilar, Ular faqat kishnab yurgan yilqilar. O‘ljas Sulaymon @birgalikdakitoboqiymiz
إظهار الكل...
Sobir O'nar. Bibisora (qissa) [@kitoblar1].pdf2.94 KB
5🔥 2
04:58
Video unavailableShow in Telegram
#xotira Bugun uyga qaytayotib bir muddat poyezd o‘tib ketishini mashinada kutib qoldik. Poyezdni kuzatayotib beixtiyor xayolimda Sharof Boshbekovning ushbu bolalik xotirasi jonlandi. Ko‘z yoshlar aralash ushbu xotirani sizlarga ham ulashishni istadim. P.s. Video ''Men bilgan haqiqatlar'' ko‘rsatuvidan qirqib olindi. @birgalikdakitoboqiymiz
إظهار الكل...
21.31 MB
❤‍🔥 5💔 1
Repost from Fenomena | Mira
Bizning zamonamizning paradoksi shundaki, bizda baland binolar bor, lekin tor dunyoqarash. Koʻp pul sarflaymiz, lekin kamiga egalik qilamiz, koʻp narsalar sotib olamiz, lekin juda kam zavqlanamiz. Bizda katta uylar bor, lekin kichkina oilalar, yaxshi sharoitlar mavjud, ammo vaqtimiz kam. Eng yaxshi oliy ma'lumotga egamiz, ammo kam aql egasimiz. Bilimga egamiz, ammo vaziyatni yomon baholaymiz. Mutaxassislar koʻp boʻlsa-da, muammolar ham koʻp. Yaxshi dori-darmon mavjud, ammo salomatlik yomon. Juda koʻp ichamiz, juda koʻp chekamiz, mas'uliyatsiz vaqt sarflaymiz. Juda oz kulamiz, juda tez yuramiz, gʻazablanamiz. Juda kech yotamiz, juda charchaymiz, juda oz oʻqiymiz, juda koʻp televizor koʻramiz va kamdan kam hollarda ibodat qilamiz. Nolish-shikoyatlarni koʻpaytirdik, ammo ularning qadrini pasaytirdik. Biz qanday omon qolishni bilamiz, lekin qanday yashashni bilmaymiz. Inson hayotiga yillar qoʻshamiz-u, lekin yillarga hayot qoʻsha olmaymiz. Ular oyga yetib borishdi va qaytib kelishdi, lekin biz zoʻrgʻa koʻchani kesib oʻtib yangi qoʻshni bilan tanishdik. Kosmosni fath eta oldik, ammo (qalb) ruhiyatimizni emas. Ulkan ishlarni amalga oshiramiz, lekin eng yaxshi ishlarni emas. Havoni tozalaymiz, ammo qalbni ifloslantiramiz. Atomni boʻysundirdik, lekin shaxsiy notoʻgʻri nuqtai nazarimizni emas. ©Jorj Karlin #hikmat @mira_blogi
إظهار الكل...
🔥 6 1👍 1👏 1
57:52
Video unavailableShow in Telegram
#tavsiya ⚡️O‘zim anchadan beri kuzatadigan kanallarning egalari qatnashgan suhbat.Ko‘ring, sokingina ortiqcha bahslarsiz kitoblar haqida yaxshi suhbat bo‘lgan. @birgalikdakitoboqiymiz
إظهار الكل...
KITOBDOSH-PODCAST-Hozir-kitobxonlik-qay-ahvolda.mp4151.09 MB
🔥 5 3👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#yangi_mutolaa Katta jasorat bilan ushbu kitobni boshlamoqchiman. O‘zimga ulkan sabrlar tilayman. 😁 (Kitob 900 sahifaligidan xabaringiz bo‘lsa kerak😮‍💨). Yaqinda nashrdan chiqqan bo‘lishiga qaramay, ko‘pchilik o‘qib chiqdi bu asarni, sababi asar asosida suratga olingan serailni muxlislari yetarlicha. Xullas kalom, yozning jazirama issig‘ida qish taftini his qilamiz. P.s. Chiroyliroq rasmga olmoqchiydim, o‘xshamadi🥲 P.s.s. Kitobini berib turishni o‘zi taklif qiladigan yaxshi odamlar hali ham mavjud yer sayyorasida:) @birgalikdakitoboqiymiz
إظهار الكل...
❤‍🔥 7🔥 1👏 1😁 1🤯 1🏆 1
#nazm Umrimdan ming marta roziman, biroq Gohida ko'ksimni ortiq keribman. Yoshlik - g'o'rlik ekan, anglamay, ko'proq Katta shaytonlarga salom beribman. Vaqtning tezligiga hayron qolaman Va kulib qarayman buning bariga. Endi yoshim ulug', alik olaman Kichik shaytonlarning salomlariga. Abdulla Oripov @birgalikdakitoboqiymiz
إظهار الكل...
🔥 4❤‍🔥 2 2👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#iqtibos Ammo koʻzlar bu shunday narsaki, uzoqdan ham, yaqindan ham oʻzgarmaydi, adashtira olmaysan. Xuddi barometrga oʻxshaydi ular. Koʻzga qarab odamning qalbida nimalar kechayotganini bilish mumkin. ©Mixail Bulgakov "Ityurak" @birgalikdakitoboqiymiz
إظهار الكل...
❤‍🔥 3 3👍 1🔥 1🕊 1
#sarhisob_iyun Kitoblar: 1.''Qalb besabrligi'' Stefan Sveyg; 2.''Ityurak'' Mixail Bulgakov; Filmlar: 1.''Orzular xonasi'' (Belgiya); 2.''Lucy'' (Fransiya); 3.''Qizim uchun'' (Turkiya); 4.''Kristafer Robin'' (AQSH,Buyuk Britaniya); 5.''Yuzsiz'' (AQSH); 6.''Toshkent non shahri'' (O‘zbekfilm); 7.''Mening qizim'' (AQSH); 8.''1917'' (Buyuk Britaniya); 9.''Tafakkur o‘yini'' (AQSH); Multfilm: 1.''Tepaga'' (Up); 2.''Hayvonlar shahri'' (Zootopia); 3.''Boshqotirma'' (Insight out); Anime: 1.''Nafis so‘zlar bog‘i'' (Yaponiya); Podkast & Intervyu: 1.''Qizlar o‘qishi kerak'' Nodirabegim Ibrohimova bilan suhbat.(''Parda'' podkast); 2.''Botir Shermuhammad bilan suhbat'' (''Online King''); 3.''Sharof Boshbekov bilan suhbat'' (''Men bilgan haqiqatlar''); @birgalikdakitoboqiymiz
إظهار الكل...
Birgalikda kitob o‘qiymiz 📚📖📎

​​#nihoya ''Qalb besabrligi'' Stefan Sveyg Stefan Sveyg ijodidan birinchi o‘qigan asarim.Bu ijodkorni ''Kristina'' asari orqali tanirdim.''Qalb besabrligi'' romani esa uning ijodi bilan yaqindan tanishtirdi. Romanda harbiy polkda xizmat qiladigan leytenant Toni Gofmiller va boy honadon qizi Editning muhabbati haqida hikoya qilinadi.Aniqroq aytadigan bo‘lsak, bir tomonlama muhabbat va vijdon azobi. Bosh qahramon leytenant Gofmiller qizning sevgisini qabul qila olmagani katta falokatga sabab bo‘ladi va umri davomida buni hech qachon unutolmay yashaydi.Asar so‘ngida aytilganidek ''Hamonki vijdoning yodda tutar ekan,hech qanday gunoh unutilishga mahkum emas''. Asardagi bu holat menga ''Chinor'' romani qahramoni Akbarali tushgan holatni eslatdi.U ham bir soniyali qo‘rqoqlik tufayli o‘zini kechira olmaydi.Toni ham vaqtinchalik o‘z hissiyotlarini boshqara olmagani sabab bir insonning umriga zomin bo‘ldi. Asar 400 sahifadan oshiq bo‘lishiga qaramay,o‘zining qiziqarli syujeti bilan meni o‘ziga torta oldi…

👏 6🔥 2 1🐳 1🏆 1
إظهار الكل...
Bobil Kutubxonasi

Kitob o’qishni endi boshlayotgan yo boshlamoqchi bo’lib yurganlar uchun jichik yo’riqnoma yozdim. Buni balki ogohlantiruv deyish ham mumkin. Ishqilib, o’qisangiz balki ba’zi savollaringizga javob, ba’zi javoblaringizga savol toparsiz. @bobil_kutubxonasi

https://telegra.ph/Kitoblar-Ayalar-va-Boshlangichlar-06-28

2 1🔥 1
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.