Muhammadislom | Dasturlash va AI
الذهاب إلى القناة على Telegram
"IT sohasidagi influencer, nazariy va amaliy loyihalar asoschisi." • Freelancer, Frontend Engineer Management va AI yordamida Biznesni avtomatlashtirish haqida gaplashamiz. Natijalar: @muhammadislom_results Bog'lanish: @Xojimuhammedov
إظهار المزيد1 303
المشتركون
-124 ساعات
-147 أيام
-1330 أيام
أرشيف المشاركات
Har safar uyga kelganimdagi asosiy tema toʻy
Bugun ham buvimnikiga borganimizda birdan shu tema ochildi. Oʻqishni bitirib olding, ishlaring ham yaxshi ketyapti. Faqat biroz ozib qolibsan, endi senga qaraydigan bir kelin kerak desa-da buvam 😊
Ichimda: Ooo my god ☺️
Hazil, hazil-ku bu jiddiy mavzu, bizga atalgani ham qaydadur yuribdi faqat yaqin vaqtda bunga qaytmay turaman.
Shunaqa gaplar…
🔗 @Muhammadislom_Dev
Toshkentdan uyga qaytishda singlimga mayda-chuyda narsalar olib kelgandim
Keyin ertalab ularni ko’rib: Kiyimlaring bormi yuviladigan deb qoldi ☺️
Ayol kishi uchun eng yaxshi narsa bu e’tibor va kompliment 🙂🔗 @Muhammadislom_Dev
Vijdonsizlar naqd 15+ ta televizordagi kanallarda bir xil konsert
Hatyabi 3-4 tasida ham qoʻysa mayli edi 🥹
@Muhammadislom_Dev
Bu xabarni oʻqib xursand boʻldim
Oxirgi 2-3 yilda ertalabda transport vositalarida juda koʻp muammolar, tirbandliklar boʻlyapti.
Ayniqsa Toshkentda yildan yilga odam soni oʻsib boryapti, natijada taksi xizmatlari narxlari ham sun’iy koʻtarilishga sabab boʻlyapti.
2-sentabrdan boshlab Oʻzbekistonda buyuk koʻchish boʻladi 😄Anaqa aytgancha yotoqxonada turadiganlar yeydigan narselarga ehtiyot boʻlinglar hop ☺️ 🔗 @Muhammadislom_Dev
Toshkentni havosidan dimiqib ketdim Anjanga ketyapman 😄
dimiqib soʻzini tushungan tushundi 😅
🔗 @Muhammadislom_Dev
Ishim yuzasidan IT Parkga haftada 2-3 marta borishga to'g'ri keldi oxirgi paytlarda. Eng yoqqan jihatlaridan biri yonida masjid borligi va unda ayollar uchun imkoniyat ham borligi odamni xursand qildi
Abet payti ham qulay qilingan, tashqariga chiqmasdan bino ichida cafelar bor qulaylik zo'r. Masalan bugun abet payti cafega tushdik va azon ovozi ham eshitildi.
Kimga qanday bilmadimku, lekin meni orzuyimdagi office masjid yaqin bo'lsa va ovqatlanish uchun qulay bo'lsa yetarli 😅IT Parkda ishlaydigan yoki o'qish bilan yuradiganlar, sizlarga havasdaman. 🔗 @Muhammadislom_Dev
+1
AI-agent turizm loyihasi: birinchi natijaga erishdim
Xabaringiz bor, bir tanishimga AI yordamchi tayyorlab berishni kelishkandim. Kecha birinchi o'zgarishlarni qilib sinovdan o'tkazdim.
Modul 1 Gid yordamchisi - bu Opus, Sonnet kabi model. Faqat men bergan qo'llanmalar asosida baza yaratib shu asosida javob beradi.
Bu kichik o'zgarish lekin keyingi qadamlarda agentni bazasini kengroq qilaman.🔗 @Muhammadislom_Dev
Sentabr oyidan instagramda yana content qilishni faol davom ettiraman, chunki o'qimoqchi bo'lgan kursim bevosita instagramga bog'liq 😄
Instagram garchi ko'p vaqtni olsa-da bog'langan inson uchun, lekin to'g'ri maqsadda foydalanilsa yaxshi daromad va rivojlansa bo'ladi.
Kurs uchun oxirgi yillarda sarflagan pullarim o'zini oqlayapti, bu daromad taraflama va sohaviy o'sish ham bo'ldi hamd.Shunaqa gaplar bizlar tarafda, sizlar tarafda nima gaplar 😅 🔗 @Muhammadislom_Dev
Bir mundo otamlashmaymizmi 😅
https://t.me/anonimqbot?start=dknmvs
Marhamat 🙌
Oʻzim uchun yana bir sohani kashf qilish arafasidaman 😅
Sentabr oyidan nasib yangi kursda oʻqishni boshlayman. Kelgusidagi ishlar va rejalarni tuzib olyapman asta. Eng muhimi boshqa sohadagi insonlar bilan yana Networkingni kuchaytirib olaman.
Bilasizlarmi shu Networking sizni har tomonlama rivojlanishizga sababchi boʻladi.
Oʻzizni sferangizdan tashqaridagi insonlar bilan ham networking qilib turing 🙂
🔗 @Muhammadislom_Dev
Nega hozir boshlashimiz kerak...
Bitta sun'iy intellekt vositasini o'zingizni ishingiz, biznesingiz uchun moslay olasiz. Kundalik hayotda ishlatadigan Chatgpt, Claude AI vositalari bilan ishlaringizni har kuni unga o'rgatib borishizi, xatolarini to'g'rilashingiz, xuddi bitta yosh bolani tarbiya qilgandek AI ni ham tarbiya qilib borasiz.
Bu sizga vaqtlar davomida ishingizni tushunadigan, vaziyatdan kelib chiqib tanqidiy fikrlaydigan, maslahat beradigan yoki amaliyotchi bo'lib beradigan darajaga chiqishi mumkin.
Kimdirlar o'ylashi mumkin AI ni kuchli bo'lganida ishlataman hozir emas deb. Ko'pchilik shunday fikrlab adashyapti.
Buni sababini keyingi postda ba'tafsil tushuntiraman..
🔗 @Muhammadislom_Dev
Tadbirkor, Dasturchi yoki boshqa soha vakillari ham o'zlarining kundalik ishlaridan maksimal foyda olib foydalanishini bilamiz
Lekin nega 1 yildan keyin emas, hozir boshlashimiz kerak AI Agent qurib ishlatishni yoki nega hozir ishimizga to'liq tadbiq qilishimiz kerak?
Shu kabi savollar sizlarni o'ylantirishi mumkin, eng qiziqarli joyi qanaqa qilib daromad qilsa bo'ladi?
Hozir sizlarga yaqinda bo'lgan holatni tushuntirib beraman...
🔗 @Muhammadislom_Dev
Bugun sizlarga AI Agent qilib foydalanib kelgusida qanday natijalarga erishish mumkin va qanday qilib daromad qilish mumkin shu mavzularda oʻz fikrlarimni ulashmoqchiman.
Sizlarga qiziq boʻlsa bittadan reaksiya qoldirib keting, motiv boʻlib turadi 😄
🔗 @Muhammadislom_Dev
AI Agent tayyorlashda Open WebUI open-source loyihadan foydalanyapman
Hozir birinchi Claude modellarini uladim, bular orqali taqdimot va qo'llanma tayyorlashni sinovdan o'tkazaman.
Bu AI Agentni bazasini o'zim 0 dan shakllantirib boraman ya'ni men berib borgan ma'lumotlar asosida ishlaydi.🔗 @Muhammadislom_Dev
Doim uyga borganimda 2-3 yoshdagi bolalarni youtube ko’rishini koʻrardim, bunga juda yaxshi yechim boʻldi
Z avlod ham qoʻshilib koʻradi sababi aynan biz shu multiklarni koʻrib katta boʻlganmiz 😅
🔗 @Muhammadislom_Dev
KidTube yosh bolalar uchun ishlab chiqilgan youtubening o'zbek tilidagi varianti
Hozir kirib ko'rgandim maktab davrlari ertalab choy ichib ko'rgan multiklarim chiqib qoldi 😅
Ochig'i yoshimiz o'tsada lekin bolaligimiz qolaverarkan, bir oila bo'lib ovqatlanish, o'tirib suhbatlashish bu boshqacha baribir.
Jiyanlaringiz, kichik ukalaringiz yoki farzandingiz bo'lsa Youtube o'rniga shundan foydalanishni tavsiya qilaman.Manzil: https://kidtube.uz/en 🔗 @Muhammadislom_Dev
Claude AI ishlatsangiz, belgilangan qismiga o'zingiz haqizda ma'lumotlarni qancha to'liq kiritsangiz yaxshi javob olasiz AI dan.
Bu qanday ishlaydi, AI dan o'zizni ishizga aloqador mavzuda savol so'rasangiz siz kiritkan ma'lumotlar asosida javob beradi.
Ya'ni, tajribangiz va qiladigan ishlaringizni oldindan biladi. Bu esa savolizga yaxshi javob olishizga yordam beradi.Foydali bo'lgan bo'lsa bitta reaksiya qoldirib keting 😄 🔗 @Muhammadislom_Dev
+1
AI Assistant tayyorlash boʻyicha yaqin bir tanishim bilan kelishuv amalga oshirdim
AI dan kunlik hayotida foydalanib kelgan, ammo bir xil ishga ko’p vaqtini sarflashini tushuntirdi gaplashkanimizda.
AI Assistant tayyorlash bosqichini ulashib boraman, bu assistant faqat bir yoʻnalish uchun ishlaydi.Kuzatamiz deyish uchun bitta “⚡️” 🔗 @Muhammadislom_Dev
