ar
Feedback
Dr. Algorithm

Dr. Algorithm

الذهاب إلى القناة على Telegram

Saidolim Djuraev’ning turli ma'lumotlar kanali. Savollar va takliflar uchun: @DrAlgorithmBot

إظهار المزيد
4 722
المشتركون
-524 ساعات
-217 أيام
+36930 أيام
أرشيف المشاركات
Just Eat Bugun CTO lar tadbiri bor edi. Just Eat joy beribdi. Sponsorlik qilib. Shuni ofisi. Stol futbolini 2 xili turibdi. Yangi chiqqan modeli ham bor. Uslub (stil) chiroyli qilgan. 2-qavatda joylashgan. Hamma yoq oyna, shaharni koʻrib ishlanadi. Ajoyib joy ekan. @UKHayot

Strategiya va Bajarish Ertalab turib, ishni nimadan boshlasam ekan,- degay hayol koʻpchilikdan oʻtgan boʻlsa kerak. Ishxonaga
Strategiya va Bajarish Ertalab turib, ishni nimadan boshlasam ekan,- degay hayol koʻpchilikdan oʻtgan boʻlsa kerak. Ishxonaga kelib majlisga 10 daqiqa qolganida kofe ichish yoki email tekshirish orasidagi tanlovchi? Undan ham zoʻri bor: Excelga 100 ta ismni nusxalash (copy/paste) va bu ishni avtomatlashtirish (macros yoki boshqa usulda). Sizda ham boʻlganmi? Qaysi biri qizziqroq?
Ikkilanish xolatlarining asosi esa bizning strategik fikrlashimiz va ishni bajarishimiz orasidagi tanlov ekan.
Kayfiyatimiz tez oʻzgaruvchan boʻlgani uchun biridan ikkinchisiga sakrashga oʻtar ekanmiz. Bu albatta muammo. Chunki vaqtimizning koʻp qismi tanlov bilan oʻtib ketadi. Eng qizzigʻi tanlov natijasi aniq, yo ishni qilish kerak, yoki qanday qilishni oʻylash kerak. Yechim: (matematikada masala ishlashni eslatvordi shu soʻz.) Hullas yechim:
Rejalashtirish (strategiya) va bajarish (execution) vaqtlarini alohida qilib olish.
Aniq bitta vaqt olib, masalan ertalab soat 8:00, faqat rejalashtirish uchun sarflang. Qachon qaysi ishni qilishingizni puxta reja qiling. Keyin esa reja qilgan ishingiz vaqti kelganida faqat shu ishga urgʻu bering. Endi strategiyani esdan chiqaring. Ishga qarang va ishni bajaring. Bu usul kuningiz samarali oʻtishi va ish vaqtida barcha ishlaringiz tugashiga yordam beradi. Hech nima birdan boʻlmaydi. Har kuni oz ozdan yaxshilab borsangiz, bir necha oyda natijasini koʻrganingizni sezmay qolasiz.
Koʻp oʻylamay ishingni qil!
Qiynalvurmi kallangni ishlatsang boʻlardi!
Deyiladiganlar bagʻishlanadi. Agar fikrlaringiz boʻlsa, oʻrtoqlashing. Boshqalarga ham foydali boʻladi. @DrAlgorithm

Repost from UzGeeks Community
Assalomu alaykum UzGeeks March2024 Project Management Day Meetupning to'liq video sizlarga taqdim etamiz. https://www.youtube.com/watch?v=y_fBUbWII-o @UzGeeksCommunity

Bugun yangiliklarga boy kun bo`ldi!

Repost from MohirDev.uz
Ingliz tilini oʻrganayotganlar uchun 🤩 Edu-Action bilan hamkorlikda mockexam platformasini ishlab chiqdik. Unda IELTS imtihoni uchun sinov testlarini topshiriladi. Platformani tanishtirish maqsadida taqdimot uyushtiryapmiz. Taqdimot davomida ekspertlarimiz platforma haqida toʻliq maʼlumot va sizni qiziqtirgan savollarga javob berishadi. 🎁 Diqqat! Tadbir ishtirokchilari IELTS imtihonini bepul topshirish imkoniyatini olishlari mumkin. 🕐 Platforma taqdimoti 13-aprel 13:00 da Yoshlar Ijod Saroyida boʻladi. ⚠️ Taqdimotda BEPUL qatnashish uchun hoziroq roʻyxatdan oʻting: https://forms.gle/e2Vka5Md2mjSRy279

Bu nima? * Ha, bu yerda USB kabi simlar * Ha, bu akula * Ha, bu IT ga aloqasi bor Bitta so`z bilan bu nima?
Bu nima? * Ha, bu yerda USB kabi simlar * Ha, bu akula * Ha, bu IT ga aloqasi bor Bitta so`z bilan bu nima?

Rejalashtirishda ishlatilgan har bir daqiqa bajarishda ishlatiladigan 10 daqiqani tejaydi. Bu esa energiyani 1,000% saqlab qoladi.
- Brian Tracy

Repost from Ali Ahmad
Hozirgi 20-24 yoshli maqsadi bor, lekin juuuuuuuuuuda sekin natijalarga erishayotgan uka-singillarga bir gap! Ustoz tuting, bilimlarizni oshirish va mustahkamlash ustida ikki barobar ishlang, robot yoki qulday ishlayapman degan tushunchani miyyangizdan chiqaring. Vaqt sizlarni ayamaydi, hozirgi vaqtingiz ham energiyangiz ham nisbiy! Manzilga yaqin qolgansiz, yagona kalit bu ustoz! Sizlardagi bu tushkunlik muvaffaqqiyatsizlik emas, energiya yetishmasligi ham emas, bu shunchaki ruhiyat, ha sizni ildamlaydigan, koyib turadigan, “ping”lab turadigan, maqtab turadigan va Sizni eng zoʻr mutaxassis boʻlishizga ishonadigan Ustoz kerak! Tutayotgan roʻzalaringiz qabul boʻlsin azizlar! Biz baxtli davrada tugʻildik, roʻza tutmoqdamiz, biz omadga erishmoqdamiz, sizlarga ham juuuuuuuda ozgina qoldi. @AkhmatovichUz

Vaqt taqsimlash. Koʻp soʻrasam, manga bermaydi. Kam soʻrasam, ulgurmayman. Koʻrchilikda boʻladigan holat. Biror ishni olganda
Vaqt taqsimlash.
Koʻp soʻrasam, manga bermaydi. Kam soʻrasam, ulgurmayman.
Koʻrchilikda boʻladigan holat. Biror ishni olganda qancha vaqt ketishini baxolash. Nima uchun shunday? ------ Rasmda: Senior dasturchi Juniorʼga qaraganda koʻproq vaqt olishi mumkin. Bir xil vazifa: Senior: 5 kun. Junior: 2 kun. Bir haftadan keyin... Senior: boshqa vazifani bajarmoqda. Junior: yana 3 kun vaqtini avvalgi vazifani toʻgʻrilashga sarfladi. Keyin tushundi-ki, bu vazifani bajarishi uchun boshqa yondashuv kerak ekan. ------ * Koʻproq vaqt olishga qoʻrqish kerak emas. Kengroq fikr qila olmaslikdan qoʻrqish kerak. * Savol berishdan qoʻrqish kerak emas. Javobni tushunmay, aniqlashtirmaslikdan qoʻrqish kerak. * Kod ishlamay qolsa, qoʻrqish kerak emas. Urinishdan toʻxtab qolishdan qoʻrqish kerak. Hullas, kuchingizga qarab vaqt oling. Oʻzingiz ustingizda ishlab, xatosiz vazifa bajarishni oʻrganing. Xatolar kamayganda vaqtni qirqartirishni boshlaysiz. Izoh: Rasm internetdan olindi. @DrAlgorithm

Repost from UzGeeks Community
Elbek Baxromov o’z chiqishlarini boshlashdi. @UzGeeksCommunity
Elbek Baxromov o’z chiqishlarini boshlashdi. @UzGeeksCommunity

Juda kuchli tavsiyalar bo`votti. Agar shulardan birortasini amalga kiritishni boshlasangiz, korxonada katta o`zgarishlarni his qilasiz.

Repost from UzGeeks Community
Anvar aka Narzullaev chiqishlarini boshlashdi! @UzGeeksCommunity
Anvar aka Narzullaev chiqishlarini boshlashdi! @UzGeeksCommunity

Repost from UzGeeks Community
PHP fanlar nomzodi, professor Sardor Dushamov sahnada! @UzGeeksCommunity
PHP fanlar nomzodi, professor Sardor Dushamov sahnada! @UzGeeksCommunity

Repost from UzGeeks Community
Raqamli texnologiyalar vaziri o’rinbosari Rustam Karimjonov meetupni ochib berishmoqda. @UzGeeksCommunity
Raqamli texnologiyalar vaziri o’rinbosari Rustam Karimjonov meetupni ochib berishmoqda. @UzGeeksCommunity

Bugun meetup bor ekani esingizdami? Boshlanishiga oz vaqt qoldi. Juda katta tadbir bo`ladigan. Siz ham shunday tadbirlarda qatnashib turing, Ko`proq tanish orttiring, ertaga hamkorlikka albatta kerak bo`ladi. Tadbir foydali va maroqli o`tsin! @DrAlgorithm

Repost from UzGeeks Community
Ichkarida shu joy! @UzGeeksCommunity
Ichkarida shu joy! @UzGeeksCommunity

Bandaning haqqi Birovning haqqi hech kimga buyurmaydi. Hatto qaytarib berib, faqatgina vaqtincha o`zidan so`ramasdan foydalin
+1
Bandaning haqqi Birovning haqqi hech kimga buyurmaydi. Hatto qaytarib berib, faqatgina vaqtincha o`zidan so`ramasdan foydalinib turgan bo`lsang ham. Sam Bankman-Fried, juda zo`r dastur ishlab chiqqan. Ko`pchilik foydalangan. Faqat birovning pulini o`ziga etmasdan foydalanishi unga qimmatga tushdi.
Huddi, qaysidur davlat idorasi buxgalteri xodimlar oyliklarini qimorga tikib, yo`q qilgani kabi.
Crypto bilan ishlang, faqat halol yo`l bilan ishlang. Birovning haqqini yeb qo`yishingizdan qo`rqing. Umidjon akani etgan gaplari bor, rosa manga ma'qul kelgan:
- Crypto bilan ishlash kerak, sotib olish, sotish kerak. Faqat nima uchun? Trendda turish uchun, qanday ishlashini, nima jarayonlar bo`layotganini bilish va xabardor bo`lib turish uchun, - degan edilar. - Qancha pul tiksa bo`ladi? - deganda. - Senga qancha pulni yo`qotish ko`tarsa, shuni aylantir. Kimgadur $10, kimgadur $100, kimdagur $1,000. Lekin bu aylantirvotgan pulingni ishlatma.
Faqat o`rganish va ma'lumot olish uchun bo`lishi kerak. Ertaga crypto harom deganda, barcha tikkan pulingdan kechishga tayyor tur. Sam Bankman-Fried ga 25 yil berishibdi. Boshqa bunga o`xshash qalloblik qilganlarda 100 yilgacha berilgan ekan. (jadvalga qarang).
Birovni haqqidan qo`rqing. Doim halol tomonda bo`ling.
@DrAlgorithm

Agile Manifesti 2001 yil Fevral, Yuta shtatidagi Snowbird togʻ-changʻi kurorti, konferentsiya, yengil usulda dasturlash vakil
Agile Manifesti 2001 yil Fevral, Yuta shtatidagi Snowbird togʻ-changʻi kurorti, konferentsiya, yengil usulda dasturlash vakillari va foydalanuvchilari uchrashuvi. Muhokama sababchisi mavjud ogʻir jarayonli, mukammal hujjatlarga bogʻliq boʻlgan dasturiy ta'minot ishlab chiqish jarayonnini boshqa, muqobil usulga oʻtkazish zarurligi. Konferentsiya yakunida ular umumiy yondashuvni belgilab, manifest sifatida oʻz fikrlarini nashr etdilar. Bu usul dasturiy ta'minotni ishlab chiqishning tezkor usuli (Agile software development) deb nomlandi Asosiy kelishuvlar quyidagilar: • Jarayonlar va vositalar emas shaxslar va munosabatlar • Yaxshi yozilgan hujjatlar emas ishlaydigan dasturiy ta'minot • Shartnoma boʻyicha kelishish emas mijozlar hamkorligi • Reja boʻyicha ishlash emas oʻzgarishlarga moslashish Ya'ni, chapgadi narsalarda qiymat mavjud boʻlsa-da, biz oʻngdagi narsalarni koʻproq qadrlaymiz. Siz bunga nima deysiz? Fiklaringizni izohda qoldiring.

Bittagina tugma-ku Ko`pchiligimizni o`ylantiradigan savol. Biznes egalari dasturchi bilan gaplashganda ko`pincha shu xolatga
Bittagina tugma-ku Ko`pchiligimizni o`ylantiradigan savol. Biznes egalari dasturchi bilan gaplashganda ko`pincha shu xolatga tushiladi. Tizim ishlab chiqasiz, talablarni hammasini qilib bo`lganingizda: - shu yerga ham bitta tugma qo`yib ber, yuklab oladigan (download), bo`ldi, - deyishadi. Bechora dasturchi keyin tepa sochi tikka bo`lib, asabiylashib o`tiradi. Chunki bu bitta tugma orqasida nimalar borligini tushuntirish, amri mahol. Hullas, loyihalar bor ekan, shunday bo`laveradi. Yoki Biznes egasi va Dasturchi bitta tilda gaplashishni o`rganadi.
Bitta tilda gaplasha olish naqadar go`zal.
@DrAlgorithm