cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Psixolog Dildora Ulmasova

Instagramdagi sahifamiz https://www.instagram.com/dildorakhon_ulmasova?igsh=YzljYTk1ODg3Zg== Psixologik konsultatsiya va kurslar haqida ma'lumot uchun @Dil0104 ga murojaat qiling.

إظهار المزيد
Uzbekistan28 857لم يتم تحديد اللغةعلم النفس10 309
مشاركات الإعلانات
1 267
المشتركون
-324 ساعات
+417 أيام
+9830 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Dilsora: "O'zi boshqalani yomon deydiganlar o'zi shunaqa bo'ladi-a? To'g'rimi? Man bilaman." (Kichik psixolog 😂) Sal avvalroq "oyi, nega bir xilla hich kimga ishonmidigan bo'p qoladi?", degan savoli bilan hayron qoldirgandi. Qizim misolida bolalarda kuzatuvchanlik, axborotlarni tahlil qilish,  noverbal signallarga sezgirlikni yaxshi rivojlangan bo'lishini kashf qildim. @farzandruhiyati
إظهار الكل...
👏 10👍 6 4
Dilsora: "O'zi boshqalar yomon deydiganlar o'zi shunaqa bo'ladi-a? To'g'rimi? Man bilaman." Kichik psixolog. 😂 Sal avvalroq "oyi, nega bir xilla hich kimga ishonmidigan bo'p qoladi?", degan savoli bilan hayron qoldirgandi. Kuzatuvchanlik, axborotlarni tahlil qilish, noverbal signallarga sezgirlik
إظهار الكل...
#takror Ruhiy yetuklik bu... hayoting mas'uliyatini bo'yningga ola bilishing. Qarorlaring, tanlovlaring uchun birovni aybdor qilmasliging; Hayotingni resurslaring hamda imkoniyatlaringga qarab rejalashtira olishing; kerakli paytda o'zgarishlarga ochiq bo'lishing va qachon turg'unlik ma'qulligini payqab shunga muvofiq harakat qila olishing; hislaring, ehtiyojlaringni yaxshi anglab, ularni to'g'ri yo'naltira olishing; O'zing bilan samimiy bo'la olishing. Imkoniyat hamda ojizliklaringni samimiy tan ola bilishing; o'zingni ojiz his qilayotganinda ham qo'llab quvvatlay olishing; Dam olishga, xato qilishga o'zingga ruxsat bera olishing hamda xatolardan xulosa chiqarib yo'lingda davom etishing; Jamiyatdagi streotiplarga tanqidiy ko'z bilan boqa olishing, seni qabul qilishlari, yaxshi ko'rishlari, e'tirof etishlari uchun olomon ortidan quvmasliging; Har bir ishni bajarayotganingda fokusni Alloh rizoligiga qaratishing. Ruhiy yetuklik uzun yo'l. Umr bo'yi manzil tomon oshiqamiz. Ba'zan yo'ldan adashamiz, ba'zan tajribasizligimiz bois xatolar qilamiz. Muhimi yo'limizda davom etishimiz. Jarayonda takomillashamiz, o'zimizni yaqinroqdan taniy boshlaymiz.🌸🌸🌸 @farzandruhiyati
إظهار الكل...
👍 4🥰 3 2
00:26
Video unavailableShow in Telegram
farzandlarimizga o'rgtishiniz kerak! @farzandruhiyati
إظهار الكل...
5👍 4
Photo unavailableShow in Telegram
Rasmni qanday nomlagan bo'lardingiz? @farzandruhiyati
إظهار الكل...
5
Repost from Allaev Uz
Bitiruvchilarga bazi bir kichik maslahatlar. Erta tongdan xayolga kelganlari: 1. Aslida sening hayoting deyarli hech kimga qiziq emas. O'zing uchun o'l yetim. Qattiqroq mehnat va harakat qil. 2. Sen haqiqatdan o'zing xohlagan narsalarni qilib boshlasang ko'pchilik norozi bo'ladi, hatto jahli chiqib bosim o'tkazadi. Ko'pchilikka o'zi xohlagan hayotga intilayotgan sen emas, ular uchun qulay sen kerak. Sening baxtli bo'lishing, ruhiy sog'lomliging jamiyat to'g'ri deb biladigan hayotdan muhimroq. 3. Senga ishi tushmaguncha seni payqamaydigan insonlar bor. Senga ishi tushganda sen dunyodagi eng yaxshi insonga aylanasan. 4. Ayrim masalalarga shunchaki parvo qilishni to'xtatganingda hammasi yaxshilanadi. Vaziyatni o'zgartirish qo'lingda emasmi, shunchaki beetibor qoldir. 5. Yuragingni yaralaydigan narsalar odatda ko'zingni ochadigan narsalardir. 6. Ba'zida odamlarning faqat yaxshi tomonini ko'rishni to'xtatib, ular senga o'zini qanaqa ko'rsatayotganini anglashga majbur bo'lasan. 7. Ba'zi insonlar seni hech qachon qo'llab quvvatlamaydi, hatto to'g'ri yo'ldan seni qaytarishga harakat ham qiladi. Ko'rolmaydigan yoki hasadchi odamlar hayotning bir qismi. 8. Bu hayotda odamlar seni xafa qiladi, va'dasida turmaydi, aldaydi. Sen boshqalardan kamroq narsa kutishing va o'zingga ko'proq ishonishing kerak. 9. Yaxshi inson bo'l, ammo yaxshi inson ekanligingni isbotlashga vaqt sarflama. 10. O'zingga eslatib tur, agar bu oson bo'lganida, hamma shu yo'ldan borgan bo'lardi. Qiyin yo'l ko'pincha eng to'g'risi bo'lishi mumkin. 11. Agar biror maqsad sen uchun muhim bo'lsa, yo'lini topasan, bo'lmasa bahona topasan. 12. Kimgadir qanchalik ishonishingdan qatʼiy nazar, ba'zi sirlar butun umr o'zing bilan qolishi kerak. 13. Agar haqiqatdan buyuk ish qilmoqchi yoki yaratmoqchi bo'lsang, tanqidlarga tayyor tur. 14. Seni yoqtirmaydigan insonlar bo'lishi tabiiy. Buni boricha qabul qil. Ko'p odamlar sen u yoqda turgin, hatto o'zini ham yoqtirmaydi. 15. Hayot har doim o'ylaganingdek yoki reja qilganingdek ketmaydi. Moslashuvchanlikni o'rgan. 16. Ko'proq networking qil, yaxshi insonlar bilan tanish, ko'proq suhbatlash. Ular seni shaxs sifatida yuksaltiradi. 17. Har kuni hech bo'lmasa 10 bet kitob o'qishni odat qil. Arzimagan 20-25 daqiqa dunyoingni qanchalik o'zgartirishini faraz ham qilolmaysan. @allaevuzb
إظهار الكل...
👍 7
#takror Bolalarning sizga aytolmaydigan ehtiyojlari Ruhiy sog'lom bola deganda xayolingizda birinchi bo'lib qanday bola keladi? Farzand ruhiy jihatdan sog'lom bo'lishi uchun ota-ona farzandining qanday hissiy ehtiyojlarini qondirishi kerak deb o'ylaysiz? Bolaning eng bazaviy hissiy ehtiyojlaridan bu xavfsizlikka bo'lgan ehtiyojidir. Bunga bola bir narsadan cho'chiganda tinchlantira olish ko'nikmasidan tortib, oilada psixologik jihatdan osoyishta muhitni tashkil qilib bera olish layoqati kiradi. Tarbiyada qo'rqitishdan ko'p foydalanilgan oilalarda odatda farzandning xavfsizlikka bo'lgan ehtiyojini qondirishida muammolar yuzaga keladi. Bu esa bolada doimiy xavotir hamda aybdorlik hislarini oshib ketishiga olib kelishi mumkin. Bola uchun keyingi muhim ehtiyojlar tan olinish hamda qadrlanish ehtiyojidir. Bu ikkalasi bir-biri bilan uzviy bog'liq bo'lgani uchun ham ketma-ketlikda qayd etdim. Farzand ota-onasi uni qandaydir o'ziga xosliklari bilan ham qabul qilishi hamda shu sifatlari bilan ham yaxshi ko'rishini his qilishi lozim. Bolaning asab tizimi, xarakteridagi o'ziga xosliklarni hisobga olmay "Balandroq gapir, nega sekin gapirasan?, "imillama", "singlingdan o'rnak olsang-chi" kabi buyruq/dakkilar uning tan olinish hamda qadrlanish ehtiyojlarini sog'lom usulda qondirishiga to'sqinlik qiladi. Faqat yuksak natijalarga erishgandagina ota-onasidan mehr olgan, qadrlangan bolalarda narsisistik xarakter shakllanishi mumkin. Maqtov eshitish (e'tirof) ham bola uchun muhim ruhiy ehtiyojlardandir. Boisi o'zi haqida hali yetarli tasavvurga ega bo'lmagan farzandga ota-onasining u haqidagi fikrlari, e'tiroflari,sog'lom tanqidlari birlamchi manbaa bo'lib xizmat qiladi. Kuzatishlarim bo'yicha aytishim mumkinki, ko'pchilik ota-onalar maqtov o'rniga xatolariga urg'u berishga moyil bo'ladi yoki aksincha, e'tirofni haddan oshirib yuborib, bolada o'zi haqida sun'iy tasavvurlar hosil qilishiga sabab bo'lib qolishadi. Konstruktiv maqtov haqida bu yerda o'qishingiz mumkin. Keyingi muhim ehtiyoj qo'llab-quvvatlanish. Bola yosh taraqqiyoti mobaynida turli inqirozli holatlar bilan yuzlashadi. Deylik, emizishdan chiqarilayotgan farzandning buvisinikiga olib borib qo'yilishi yoki ona ko'kragiga achchiq surtib olishi bolaning xavfsizlikka hamda qo'llab-quvvatlanishga bo'lgan ehtiyojini qondirishiga shafqatsiz usulda to'sqinlik qilish sanaladi. Boisi bola psixikasi hali juda ta'sirchan bo'ladi. Qiyin vaziyatlarda qo'llab quvvatlansa, inqirozlarni yengishi oson bo'ladi. Aksi bo'lsa bola travmali holatlarda kechirgan emotsiyasi bilan yolg'iz qolib ketadi.Bu bolada surunkali ravishda shu emotsiyalarni his qilishiga olib kelishi mumkin. Bola qayg'udaligida, biror yangi narsani sinab ko'rayotgand, qandaydir vazifani yaxshi bajara olmaganda qo'llab-quvvatlanishga ko'proq ehtiyoj sezadi. Navbatdagi ehtiyoj mustaqillik ehtiyojidir. Bola mustaqillik ehtiyojini qondirishi orqali o'zini butun shaxsdek his qila boshlaydi. Bolalarning mustaqillik ehtiyoji ham hissiy infantil ota-onalar tomonidan bostirilishi mumkin. Ya'ni ota-ona bolaga biror narsada mustaqil bo'lishiga o'zida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan xavotirlar sabab to'sqinlik qilishi mumkin. Aslida, mustaqilikka bo'lgan ehtiyoj bolada 3yoshdan boshlanadi. U olamni mustaqil o'rganish, unda turli eksperimentlar qilib ko'rish istagi paydo bo'ladi. Shunday pallada bolaning imkoniyati doirasida bunga to'sqinlik qilinmasa, unda o'ziga bo'lgan ishonch shakllanishni boshlaydi. Kiyimlarini taxlamoqchimi, idish-tovoq yumoqchimi, mayli yuvib ko'rsin. Garchi sizning ko'nglingizdagidek qila olmasa ham😄. Mustaqillik ehtiyoji yaxshi qondirilmagan bolalar ulg'ayganda ham o'zini anglashga qiynaladilar. Nimalarda o'zlarining qobiliyatli ekanliklari, qanday yumushlarni yaxshi uddasidan chiqa olishlar borasida tasavvurlari kamroq bo'ladi. Bolaligingizda sizning shu ehtiyojlaringiz qanchalik qondirilgan? @farzandruhiyati
إظهار الكل...
9👍 2
#ilmiytadqiqotlar Britaniya Kolumbiyasi Universiteti olimlari 2014-yilda 7-13yoshga bo'lgan 326ta sinaluvchilar orasida qiziq tadqiqot o'tkazgan ekan. Unga ko'ra otasi uy ishlari (ovqat tayyorlash, idishlarni yuvish) kabi vazifalarni bajarishda ko'mak beradigan qizlar oldiga jiddiy maqsadlar qo'yib unga intilishga layoqatliroq bo'lishi aniqlanibdi. Buni olimlar oiladagi rollar modeli gender streotiplarini buzishga qodir bo'lgani uchun ham bunday muhitda tarbiya topgan qizlar maqsadlariga erishishda kuchliroq bo'lib voyaga yetadi deya izohlagan. Manbaa: Croft, A., Schmader, T., Block, K., & Baron, A. S. (2014). The second shift reflected in the second generation: Do parents’ gender roles at home predict children’s aspirations? Psychological Science, 25(7), 1418–1428 P.s. Uy ishlarida qarashadigan otalarni xursand qilish uchun, yordam bermaydiganlariga ko'mak berishni boshlashlari uchun yuborib qo'yamiz. 😂 @farzandruhiyati
إظهار الكل...
👍 5 3🤣 3👏 1
00:05
Video unavailableShow in Telegram
إظهار الكل...
👍 7 1
#bolatilidan Sa'diya: -Oyi, man kotta bo'san sizga qimmat moshina oberaman. Keyin xursand bo'las. -hm ober, qizim. -keyin usha moshinada mani maktabdan obkelas. 😂 @farzandruhiyati
إظهار الكل...
🤣 21🥰 2