cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Advokat Ko'chkanboyev

Ushbu kanal orqali siz o'zingizni qiynab kelayotgan huquqiy muammolaringizga malakali ADVOKAT tomonidan javob olishingiz mumkin. Advokat Izzatillo Ko'chanboyevdan mobil telefon orqali yuridik maslahat olish uchun + 998 91 173 99 18

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
570
المشتركون
-624 ساعات
-137 أيام
-2430 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Notcoin sotishga javobgarlik bormi?
إظهار الكل...
01:00
Video unavailableShow in Telegram
7.75 MB
👍 1
‼️Chet eldagi shaxsdan aliment undirsa bo‘ladimi? Bunday holatda aliment undiruvchi fuqarolik sudiga aliment undirish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilib sud buyrug‘i chiqartirishi kerak. 📘Fuqarolik prosessual kodeksining 171-moddasiga ko‘ra voyaga yetmagan bolalar uchun alimentlar undirish to‘g‘risida arz qilinganda sud buyrug‘i berilishi ko‘rsatilgan. Fuqarolik prosessual kodeksining 170-moddasida sud buyrug‘i ijro hujjati kuchiga egaligi belgilangan. Sud buyrug‘i bo‘yicha undiruv buyruq berilganidan keyin o‘n kunlik muddat o‘tgandan keyin va sud hujjatlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Shuingdek ushbu moddada aliment undirish to‘g‘risidagi sud buyruqlari darhol ijro etilishi lozimligi ko‘rsatilgan. Oila kodeksining 104-moddasiga muvofiq aliment O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida pul yoki natura tarzida olingan barcha turdagi daromadlardan ushlab qolinadi. Agar davlat ijrochisida qarzdorning Chet eldagi daromadlari haqida ma’lumot bo‘lsa, aliment miqdori o‘rtacha oylik ish haqi miqdoridan kelib chiqib belgilanadi. Agar bunday ma’lumot bo‘lmasa, aliment undiruvchi davlat ijrochisidan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida qarzdorning haqiqiy daromadlarini aniqlashni va aliment miqdorini ushbu daromadlardan kelib chiqib belgilashni talab qilish mumkin. Bunda davlat ijrosichi xalqaro shartnoma asosida tegishli tartibda qarzdorning daromadlari to‘g‘risida ma’lumot olish uchun xalqaro shartnomani imzolagan ikkinchi davlat (misol uchun Janubiy Koreya) vakolatli organlaridan ma’lumot olishi mumkin. Qo‘shimcha ma’lumot: Masalan, O‘zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi o‘rtasida fuqarolik va xo‘jalik ishlari bo‘yicha huquqiy yordam to‘g‘risidagi Shartnoma bilan (Seul, 2012 yil 20 sentyabr) har ikki davlatning bir-birlariga o‘zaro huquqiy yordam berish tartibi belgilangan. 📩 Юристга савол юбориш @advokat0220 ☎️ Қўнғироқ орқали юрист билан ҳозироқ онлайн боғланиш +998911739918 Энг сунги янгиликларни биздан оласиз https://t.me/online_advokat0220_uz
إظهار الكل...
Advokatlar xizmati

Ushbu guruh orqali siz o'zingizni qiynab kelayotgan huquqiy muammolaringizga malakali ADVOKATLAR tomonidan javob olishingiz mumkin. Sudlarga da'vo arizalar yozib, onlayn kiritib beramiz. Advokat Izzatillo Ko'chkanboyev bog'lanish uchun:👇 +99891 173 99 18

Qonunchilikda yolg‘iz onalarga qanday imtiyozlar belgilangan? Amaldagi qonunchiligimizda farzandlarini yolg‘iz parvarishlayotgan onalarga bir qancha imtiyozlar belgilangan bo‘lib, hozirda ushbu imtiyozlar haqida atroflicha ma’lumotlar berib o‘tamiz. Soliq kodeksining 380-moddasi birinchi qismi 5-bandiga asosan, ikki va undan ortiq 16 yoshga to‘lmagan bolalari bor yolg‘iz onalar qisman soliq solishdan ozod etiladilar. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-martdagi 257-sonli Qarori bilan tasdiqlangan ilovaga asosan, ikki yoki undan ortiq voyaga yetmagan farzandlar tarbiyalayotgan yolg‘iz onaning iqtidorli farzandlarini uzuliksiz ta’lim olishi moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlanadi O‘zbekiton Respublikasi Prezidentining 2019-12-sentyabrdagi PQ-4447-son Qarorining 312-bandiga asosan, o‘n to‘rt yoshdan kichik farzandlari bo‘lgan yolg‘iz onalarni ularning roziligisiz tashkiliy-shtat tadbirlari munosabati bilan kontrakt bo‘yicha haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatishga yo‘l qo‘yilmaydi. Mehnat kodeksning 400-moddasiga ko‘ra, 14 yoshga to‘lmagan bitta yoki undan ortiq bolani (16 yoshga to‘lmagan nogiron bolani) tarbiyalayotgan yolg‘iz onaga mehnat ta’tilini ularning xohishiga ko‘ra yozgi yoki ular uchun qulay bo‘lgan boshqa vaqtga beriladi. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-apreldagi 285-sonli Qarorining ilovasiga muvofiq, farzand(lar)ini yolg‘iz tarbiyalayotgan onalarga arzon uy-joylar oilishda ijtimoiy ustunlik beriladi. Vazirlar Mahnkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son Qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan, arzand(lar)ini yolg‘iz tarbiyalayotgan onalar uy-joy sotib olish uchun ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya olishlari mumkin. Bundan tashqari, yolg‘iz onalar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam olishda ham ustunlikka ega hisoblanadilar hamda 14 yoshga to‘lmagan bolalari va nogiron bolalari bor yolg‘iz onalar Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan o‘zlarining loyihalari bo‘yicha moliyaviy yordam olish huquqiga ham ega bo‘ladilar. 📩 Юристга савол юбориш @advokat0220 ☎️ Қўнғироқ орқали юрист билан ҳозироқ онлайн боғланиш +998911739918 Энг су‌нги янгиликларни биздан оласиз https://t.me/online_advokat0220_uz
إظهار الكل...
Advokatlar xizmati

Ushbu guruh orqali siz o'zingizni qiynab kelayotgan huquqiy muammolaringizga malakali ADVOKATLAR tomonidan javob olishingiz mumkin. Sudlarga da'vo arizalar yozib, onlayn kiritib beramiz. Advokat Izzatillo Ko'chkanboyev bog'lanish uchun:👇 +99891 173 99 18

👍 2
Жарима қарори қанча муддатда ҳуқуқбузарга етказилмаса ушбу жаримани бекор қилиш мумкин?
إظهار الكل...
00:59
Video unavailableShow in Telegram
7.58 MB
❗️Алимент боланинг ҳаққи! Шу туфайли ота-она уларни моддий жиҳатдан таъминламаса, давлат қонуний йўл билан улардан вояга етмаган фарзандлари учун алимент ундиради. ❗️Оила кодексининг 96-моддасида ҳар бир ота-она ўзининг вояга етмаган фарзанди учун алимент тўлаши шарт эканлиги белгиланган. ❌ Мана шу қоидаларга кўра ота алимент тўлашдан бош торта олмайди. Боланинг манфаатлари учун ота-онадан алимент ундиришда уларнинг иш жойига эгалиги аҳамиятга эга эмас. Оила кодексининг 99-моддасига биноан алимент тўлови агарда ота она ўртасида алоҳида келишув мавжуд бўлмаса суд томонидан болалар сонига қараб белгиланади. Улар қуйидагича: ота-онанинг ҳар ойдаги иш ҳақи ва (ёки) бошқа даромадининг: •  бир бола учун — тўртдан бир қисми; •  икки бола учун — учдан бир қисми; •  уч ва ундан ортиқ бола учун — ярмиси миқдорида ундирилади. Бунда ҳар бир бола учун ундириладиган алимент миқдори қонунчилик билан белгиланган меҳнатга ҳақ тўлаш энг кам миқдорининг 26,5 фоизидан кам бўлмаслиги керак. Ҳозирда меҳнатга ҳақ тўлаш энг кам миқдори 1 050 000 эканлигини ҳисобга олсак, энг кам алимент миқдори 278 250 сўмни ташкил этиши керак. “Ўзбекистон Республикаси Бош прокуратураси ҳузуридаги Мажбурий ижро бюроси тўғрисида”ги низомга 9-бандига мувофиқ суд ҳужжатлари ва бошқа органлар ҳужжатларининг сўзсиз ижросини таъминлаш, ижро ҳужжатлари ҳамда ундирилган маблағларнинг ҳаққоний ҳисобини юритиш, ижро иши юритишда сансалорлик ва суистеъмолчилик ҳолатларини олдини олиш Мажбурий ижро бюроси (МИБ)нинг асосий вазифаларидан бири ҳисобланади. Шунингдек, низомнинг 12-бандига кўра суд ҳужжатлари ва бошқа органлар ҳужжатларнинг ўз вақтида ва тўлиқ ижро этилишини таъминлаш соҳада МИБ жавобгар ҳисобланади. ✅ Шундай экан, сиз алимент ундириш учун туман МИБга мурожаат қилишингиз лозим.
إظهار الكل...
👍 3
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni o'z vaqtida amalga oshirmaslik ma'muriy javobgarlikka sabab bo'ladi!
إظهار الكل...
00:59
Video unavailableShow in Telegram
7.65 MB
O‘zboshimchalik bilan yo‘llarda yoki ko‘chalarda sun’iy to‘siqlar o‘rnatgan shaxslar javobgarlikka tortiladi!
إظهار الكل...
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.